O‘zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish


QORAKO‘LCHILIK TARMOG‘INI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Download 102,23 Kb.
bet2/10
Sana18.02.2022
Hajmi102,23 Kb.
#456028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
saidamir

QORAKO‘LCHILIK TARMOG‘INI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda qorako‘lchilik tarmog‘ida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali sifatli qorako‘l teri yetishtirish, cho‘l ozuqabop ekinlar urug‘chiligi maydonlarini tashkil etish va yaylovlar hosildorligini oshirish hamda qorako‘lchilik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida so‘nggi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda sohada mavjud ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti.
Xususan, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi maydonlarini kengaytirish, sohada eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va xomashyolardan tibbiyot maqsadlari uchun foydalanish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.
Respublikada qorako‘l zotli qo‘ylar bosh soni va qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, naslchilik ishlarini ilmiy asosda takomillashtirish, qorako‘lchilik mahsulotlarini, xomashyolarini chuqur qayta ishlash va tibbiyot maqsadlari uchun keng foydalanish hamda soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda qorako‘l zotli qo‘ylar bosh soni, jun va qorako‘l teri ishlab chiqarishni ko‘paytirishning prognoz parametrlari 1, 1a, 1b-ilovalarga muvofiq;
qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etuvchi korxonalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
qorako‘lchilik sohasida eksportbop qorako‘lcha teri yetishtirish va tibbiyot uchun noyob dorivor vositalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan qorako‘lchilik xomashyosi yetkazib berish korxonalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
yaylovlar hosildorligini oshirish maqsadida cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘chiligi maydonlarini kengaytirish parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklariga kuchli ozuqalar yetishtirish maqsadida talab etiladigan sug‘oriladigan yer maydonlarini ajratish parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlariga qarashli uzoq cho‘l hududlaridagi naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklarining suv chiqarish inshootlari joylashgan naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklariga ajratiladigan yaylov yer maydonlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi, “Xalq banki” ATB bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq belgilangan prognoz parametrlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanlar va qorako‘lchilik subyektlari kesimida manzilli chora-tadbirlarni tasdiqlasin hamda ularning samarali va to‘liq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan o‘rmon bilan qoplanmagan yaylov yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlaridan naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklariga ajratib berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi, Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimliklarining Navoiy viloyatida qorako‘l zotli qo‘ylarning sur rangi bo‘yicha, Qashqadaryo viloyatida qora va ko‘k rangi bo‘yicha yuqori elita sinfli nasldor qorako‘l qo‘ylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Quyidagilar Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yuqori nasldor elita sinfiga mansub sur, qora va ko‘k rangli qorako‘l zotli qo‘ylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish;
otarlarda naslchilik va sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etish, bunda ranglar bo‘yicha qimmatli eksportbop yarim doira qalamgul, qovurg‘asimon va yassi gul tipidagi qorako‘l qo‘ylar seleksiyasiga alohida e’tibor qaratish;
serpusht qorako‘l qo‘ylarni o‘zaro juftlash orqali jahon mo‘yna bozorlari talabidan kelib chiqib, qorako‘l terining raqobatbardosh turlarini yaratish;
yetishtirilgan yuqori mahsuldor qorako‘l qo‘y va qo‘chqorlarni aholi xonadonlariga, dehqon hamda fermer xo‘jaliklariga tizimli ravishda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish.
Ushbu stansiyalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy davlat hokimiyatiorganlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, 2019 — 2023-yillarda qorako‘lchilik xo‘jaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorako‘l terisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 50 ming so‘mdan va har bir dona qorako‘lcha terisi uchun 75 ming so‘mdan subsidiyalar ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.

Download 102,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish