O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar
Hayvonlar organizimining fiziologik ko’rsatkichlari
Hayvonlar organizimida klinik ko’rsatkichlari
Issiqa chidamlilik indeksi
Iste’mol qilingan oziqaga haq to’lash hususiyati
Iqtisodiy samaradorlik
II guruh qora-ola golshtin (n=10)
Oziqlantirish va asrash sharoiti
Amaliy tavsiyalar
Ekstrer va tana tuzilish indekslari
Tekshirish usullari. Dissertatsiya tadqiqotlarida zootexnikaviy (sutning mahsuldorligi, sutning sifati, pushtdorlik xususiyatlari, ekstrer va tana tuzilishi, ozuqani mahsulot bilan qoplashi), biometriya (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich va xato, o‘zgaruvchanlik koeffitsienti) va iqtisodiy (qilingan jami xarajat, shu jumladan ozuqa xarajatlari, mahsulotning tan narxi, xarid narxi, olingan foyda va samaradorlik darajasi) ko‘rsatkichlarlarni o‘rganish usullari qo‘llaniladi.
Tajriba davomida o’rganilishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar quyidagi uslublar yordamida aniqlandi:
1. Xo’jalikning jug’rofiy joylashishi va suv manbasi, yer maydoni va uning tarkibi, iqlim sharoiti, oxirgi uch yildagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlar va oziqa zahirasi xo’jalikda mavjud bo’lgan zootexnikaviy rasmiy, huquqiy va statistik ma’lumotlar asosida o’rganiladi.
2.Tajriba o’tkaziladigan xo’jalikda chorvachilikni xususan qoramolchilikni holati va bu tarmoqning rivojlanish istiqboli, poda tarkibi va harakati, tajriba uchun ajratilgan hayvonlarning zoti va zotdorligi xo’jalikda yuritilayotgan zootexnikaviy va moliyaviy hujjatlar asosida o’rganiladi.
3. Haqiqiy iste’mol qilingan oziqa miqdori har bir tadqiqotda alohida bir oyda bir marta ketma-ket kelgan 2 kunda nazorat oziqlantirish tashkil qilindi. Bunda haqiqiy berilgan oziqa va oxirda ortib qolgan nishxurd oziqalar miqdori aniqlanib, farq (Kalashnikov A.P. 1985)hisoblanadi.
4. Tadqiqotlarda hayvonlarni mutloq va nisbiy o’sish ko’rsatkichlarini o’rganish uchun tug’ilganda import yo‘li bilan keltirilgandan so‘ng va 12 oyligida ularning har biri alohida tarozida tortilib tirik vazni aniqlandi. 24 oyligida esa asosiy tana o’lchamlari (yelka, orqa, bel va dumg’aza balandligi, ko’krak chuqurligi va kengligi, tos cho’qqi suyaklari kengligi, tananing qiya uzunligi, ko’krak, kaft va orqaning yarim aylanasi) olindi va shu ma’lumotlar aosida tana tuzilish indekslari (Sobirov P.S., Kaxarov A.K., Dustkulov S.D., 2003) hisoblanadi.
5. Tadqiqotlarda hayvonlarning yilning fasli kesimida klinik statusi (tana harorati, qon bosimi, tomir urishi va nafas olishining takrorlanishi) umum ma’lum bo’lgan usullar yordamida o’rganiladi. Aynan shu oylarda g‘unojin (har guruhdan 3 bosh) bo’yin venasidan qon olinib, qon tarkibidagi gemoglobin Sali usulida, eritrosit va leykositlar miqdori Goryayev kamerasida sanash orqali, qondagi oqsil fraksiyalari esa elektorforez qog’ozida, umumiy oqsil refraktomerda aniqlanadi.
.
6.G‘unojinlarlarning issiqqa chidamlilik koeffisiyenti (Raushenbax Yu.O., 1975) usulida quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi:
IChK= 2 (0,6 t2 – 10dt + 26)
Bu yerda: IChK – issiqqa chidamlilik koeffisiyenti
t2– tana harorati aniqlangan kunning havo harorati
dt – ertalab va kunduzgi tana harorati o’rtasidagi farq.
8.Barcha tadqiqotlarda tajribaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblashda, 1 s tirik vazn uchun sarflangan yem-xashak (oziqa birligi), mehnat sarfi (odam/soat), 1 s tirik vaznning tannarxi, qoramol go’shti ishlab chiqarish samardorligi (%) kabi ko’rsatkichlar umum ma’lum bo’lgan usul (Ismoilov A.Q., Murtazayev O., 2005) yordamida hisoblanadi.
9.Olingan raqamiy ma’lumotlar kichik tanlamalar aosida statistik jihatdan qayta ishlanadi (Merkuryeva Ye.K., 1970).
10.Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib, ishlab chiqarishga amaliy tavsiyalar beriladi.
Tajriba xo’jaligida aniqlash va shu asosida maqola Veterinariya va chorvachilik sohasidagi yutuqlar, mavjud muommolar va ularning yechimi. Respublika ilmiy -amaliy konfrensiyasi materiallari to‘plami. Samarqand 2021.6-7-may. 32-35 betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |