Guliston davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti 79-21- guruh talabasi Jumaniyozov Dilmurodning «kurs ishi» taqdimoti Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligining mazmuni, korsatkichlari va uning hajmiga tasir qiluvchi omillar Reja: Kirish 1. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. 2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari, turlari va ularning mazmuni. 3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i tasnifi. 4. Imkoniyatlardan foydalanish asosida samaradorlikni oshirish yo’llari. Xulosa Ishlab chiqarish bu – jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar(turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iboratdir. Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, ishlab chiqarish taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun zarurdir. Ishlab chiqarish taraqqiy etgani sari undan turli usullar yordamida foydalanish mumkin. Inson o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning turli usullarini qo’llaydi va o’zi uchun eng maqbul variantni tanlaydi. Ishlab chiqarishning usullarini biralshtirgan holatda o’zi uchun ishlab chiqarishning yangi imkoniyatini yaratadi. Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. O’zbekiston sanoatida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan. Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir.S = (natija/xarajatlar) = (natija/mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar) Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan mikdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
To'la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo'lgan barcha resurslardan to'la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo'lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni хohlagan va unga layoqatli bo'lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta'minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo'sh qolmasligi hamda to'la quvvat bilan ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to'liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya'ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko'p hissa qo'shadigan qilib foydalanishni va mavjud teхnologiyalarning eng yaхshisini qo'llashni ham bildiradi.
Inson ehtiyoji cheksiz, ularni qondirish uchun resurslar cheklangandir. Har bir jamiyat bir xil muammoga - imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga duch keladi. Har bir oilaning daromadi, jamg'argan pulining miqdori va qarz olish imkoniyati cheklangandir. Korxona esa o'z daromadlari, jamg'armasi va qarz to'lash imkoniyati jihatdan cheklangan. Huddi shuningdek davlat ham soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan cheklangandir.
Rivojlangan ishlab chiqarish korxonalarining ba’zilari bitta korxonada bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu korxonalar ishlab chiqarish imkoniyatlarini qo’llagan holda mahsulot ishlab chiqarish texnikasini o’zgartiradi. Masalan, ham kompyuter, ham telefon ishlab chiqarayotgan bo’lsa hozirgi kunda bu mahsulotlarning sotuv rivoji rivojlanmoqda. Oldin bir kunda 150 ta telefon va 60 ta kompyuter ishlab chiqaradigan bo’lsa, pandemiya tufayli ushbu texnikalarni ishlab chiqarish uchun mahsulot tanqisligi bo’lmoqda. Shu sababli bir kunda 120 ta telefon yoki 40 ta kompyuter ishlab chiqarishi mumkin. Endi korxona rahbari o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini to’g’ri qo’llagan holda muqobil tanlovni amalga oshirishi lozim. Agar to’g’ri tanlov qilmasa korxona sinishi mumkin.Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to'g'risida yaхshiroq tasavvurga ega bo'lish uchun:
- Birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki хil mahsulot - non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda non iste'mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi);
- Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o'zgarmaydi;
- Uchinchidan, mehnat unumdorligi va teхnologiya doimiy bo'lib qoladi, deb faraz qilamiz.
Mahsulot
Muqobil imkoniyatlar
Kompyuter
ming dona
0
10
20
30
Televizor
ming dona
60
40
20
0
Tanlash muammosi va muqobil imkoniyatlarni ishlab chiqarish imkoniaytlari chizig'i yordamida ifodalash mumkin. Aytaylik bir mamlakatda kompyuter va televizor ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ammo ikkala mahsulotni ishlab chiqarish uchun bir xil resurslar talab qilinadi deylik. Faraz qilaylik, mamlakat resurslarni faqat kompyuterlar ishlab chiqarishga sarflasa, 60ming dona kompyuter ishlab chiqarish mumkin. Aksincha resurslarni faqat televizorlar ishlab chiqarishga sarflasa 30 ming dona televizor ishlab chiqarishi mumkin. Endi bitta kompyuter ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar ikkita televizor ishlab chiqarish uchun sarflanishini bilgan holda quyida ishlab chiqarish imkoniyatlarini misol tariqasida keltirib o’tdim.
T
60
40
20
10 20 30 K
. A
M2 B
Endi jadvaldagi muqobil imkoniyatlarga e'tibor bering. Agar mamlakat 10 ming dona kompyuter ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi bo'lsa, 20 ming dona televizor ishlab chiqarishdan voz kechishi lozim. Va aksincha 20 ming dona televizor ishlab chiqarish uchun 10 ming dona kompyuter ishlab chiqarishdan voz kechiladi. Kompyuter ishlab chiqarishning muqobil qiymati 20:10=2 teng bo'lsa, televizor ishlab chiqarishning muqobil qiymati 10:20=0,5 ga teng bo'ladi. Jadvaldagi ma'lumotlardan foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'ini yasaymiz. 1-rasm.Ishlab chiqarish imkoniyatlar egri chizig'i.
Grafikni tahlil qilib ko'ramiz. Unda joylashgan A, B va D nuqtalar vaziyatiga e'tibor beramiz. Birinchi B nuqta turgan joyga qarang, bu nuqta ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i ustida joylashgan. Agar nuqta bu chiziqning qayerida bo'lmasin ustida joylashgan bo'lsa, resurslardan to’la foydalanilayotgan bo'ladi. Biz qurgan grafikda B nuqta shunday joylashgan. Faqat bunda mamlakat to'liq resurslardan foydalangan holda 20ming dona kompyuter va 20ming dona televizor ishlab chiqarish imkoniyatini tanlagan va amalga oshirgan. A nuqta joylashgan vaziyat esa mamlakat turli sabablarga ko'ra, masalan mehnat resurslarining yetishmasligi yoki kapital resurslarning rivojlanmaganligi kabi sabablarga ko'ra resurslardan to'la foydalanilmayotganini bildiradi. D nuqta esa ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'idan tashqarida joylashgani ushun bunday imkoniyatga erishish mumkin emasligini ifodalaydi. Masalan, mavjud resurslar yordamida ham 60ming dona televizor ham 20ming dona kompyuter ishlab chiqarish mumkin emas.