buyurtmachi — davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar;
ta’lim oluvchi — o‘rnatilgan tartibda Akademiyada ta’lim dasturlari asosida bilim oluvchi jismoniy shaxs;
ta’lim xizmati — Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan buyurtmachining hisobidan va talabi asosida ta’lim berish faoliyati;
asosiy ta’lim dasturi — buyurtmachi talabi asosida Akademiya tomonidan shakllantirilgan ta’lim dasturi;
qo‘shimcha ta’lim dasturi — Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan hamda buyurtmachiga taklif etilgan ta’lim dasturi.
3. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish Akademiya ustaviga muvofiq amalga oshiriladi, undan kelib tushadigan mablag‘lar Akademiya ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
4. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish narxi o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda har yili Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi. Tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumotlar Akademiya rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
5. Akademiya o‘quv dasturi va shartnoma shartlarida belgilangan ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.
6. Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuzilganidan so‘ng ta’lim xizmatlari ko‘rsatish narxini o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ikki tomonning roziligi bilan shartnoma predmeti kengaytirilgan hollar bundan mustasno.
7. Akademiya tomonidan quyidagi ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin:
Akademiya o‘quv jarayoni dasturlari asosida ta’lim oluvchilarning
malakasini oshirish;
buyurtmachi talabiga asosan ta’lim oluvchilarning malakasini oshirish;
Akademiyaning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tayyorlash.
2-bob. Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va shartnoma tuzish tartibi
8. Akademiya buyurtmachi bilan shartnoma tuzishga qadar ta’lim xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni buyurtmachiga taqdim etishi lozim.
9. Buyurtmachiga taqdim etiladigan ma’lumotlarda quyidagilar o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak:
Akademiyaning joylashgan manzili;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish yo‘nalishlari;
ta’lim xizmatlari ro‘yxati va ularni ko‘rsatish tartibi;
ta’lim xizmatlari narxi;
ta’limni tugatgandan keyin beriladigan hujjat shakli;
Akademiyaning ichki tartib-qoidalari.
10. Buyurtmachining so‘roviga binoan Akademiya quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi kerak:
Akademiya ustavi hamda o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq
hujjatlar;
shartnoma namunalari;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlari;
ta’lim xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar.
11. Ma’lumotlar buyurtmachiga quyidagi usullarda yetkaziladi:
Akademiya rasmiy veb-sayti;
bukletlar;
prospektlar.
12. Ma’lumotlar o‘zbek tilida yoki buyurtmachining so‘roviga ko‘ra rus tilida taqdim etiladi.
13. Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun tomonlar o‘rtasida tuzilgan ta’lim xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) asos bo‘lib hisoblanadi.
14. Shartnoma tuzishda bir buyurtmachiga boshqasiga nisbatan ustuvorlik berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Shartnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Akademiya to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot;
buyurtmachi — yuridik shaxsning to‘liq nomi, pochta manzili, uning nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxsning lavozimi,
familiyasi, ismi,
otasining ismi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili;
ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami;
ijrochi, buyurtmachi va ta’lim oluvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
ta’lim xizmati narxi va uni to‘lash tartibi;
ta’lim dasturining turi va yo‘nalishi;
ta’lim muddati;
ta’lim dasturini egallagan ta’lim oluvchiga beriladigan hujjat shakli;
shartnomani talablarini o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish
va bekor qilish asoslari;
ta’lim xizmati xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar.
16. Shartnomaga ta’lim oluvchining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Shartnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Akademiyada saqlanadi, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga, uchinchi nusxasi ta’lim oluvchiga taqdim etiladi.
18. Shartnoma Akademiya nomidan Rektor tomonidan imzolanadi.
19. Buyurtmachi shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va muddatda ta’lim xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshiradi.
3-bob. Akademiya va buyurtmachining javobgarligi
20. Tomonlar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
21. O‘quv dasturlarida nazarda tutilgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklar uchun buyurtmachi quyidagilarni talab qilishga haqli:
pul to‘lash shartisiz ta’lim xizmatini ko‘rsatish;
ta’lim xizmati ko‘rsatish narxini mos ravishda pasaytirishni;
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan xarajatlarni qoplashni.
Agar buyurtmachini yuqorida qayd etilgan
holatlar qanoatlantirmasa, u holda buyurtmachi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi mumkin.
22. Quyidagi hollarda shartnoma Akademiya tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin:
ta’lim oluvchining o‘quv dasturida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganligi;
ta’lim xizmati ko‘rsatish uchun to‘lovning shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmaganligi;
Akademiya ichki tartib-qoidalariga rioya qilinmaganligi.
4-bob. Yakuniy qoida
23. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining
Davlat gerbi
|
O’zbekiston Respublikasi
|
|
Qayta tayyorlash
haqida
|
|
SERTIFIKAT
|
QT № 000000
|
|
____________________________________________________________________________
|
(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
|
|
20 ___ yil ___________________________ dan 20 ___ yil ________________________ gacha
|
|
__________________________________________________________________________da
|
(Qayta tayyorlash ta’lim muassasasining nomi)
|
|
___________________________________________________________ soatga mo’ljallangan
|
(Qayta tayyorlash kursining nomi)
|
|
qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, ________________________________________________
|
___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
|
komissiyasida ______________________________________________ bahoga himoya qildi va
qayta tayyorlash o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi
|
| |
Muhr o’rni
| |
| |
Rektor ___________
| | |
| | |
Sana ____________
|
Qayd raqami __________
|
Qayta tayyorlash haqida davlat
namunasidagi sertifikatning
TAVSIFI
Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish
uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1054-modda)