O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 175,08 Kb.
bet1/14
Sana30.04.2020
Hajmi175,08 Kb.
#48321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
745 19.09.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (Asosiy qoidalar) 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standarti 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 3-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Akademiya boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar berilishini ta’minlasin.

3. Akademiyaning boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 o‘quv yilida:

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan bir yillik kurslarga 60 nafar (shundan 40 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga va 60 foizi to‘lov-kontrakt asosida);

ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan to‘rt oylik kurslarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 100 nafar tinglovchi o‘qishga qabul qilinsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki, Akademiyada magistraturaga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan to‘rt oylik kurslarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

5. Akademiya hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi boshqa ta’lim muassasalari o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (Asosiy qoidalar)ga bir oy muddatda muvofiqlashtirsinlar.

6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 19-sentabr,

745-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga


1-ILOVA

Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limning

DAVLAT TA’LIM STANDARTI
(Asosiy qoidalar)

1-bob. Asosiy qoidalar



1. Mazkur davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son va “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. “Boshqaruv kadrlari tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (Asosiy qoidalar)” (keyingi o‘rinlarda BKT OT DTS deb ataladi):

boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;

boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura bitiruvchilarining tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarini;

o‘quv yuklamasi hajmini;

boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.

3. BKT OT DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni, boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashni tartibga soluvchi o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni (o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) tayyorlash uchun asos hisoblanadi.

4. BKT OT DTS oliy ma’lumotli boshqaruv kadrlarini tayyorlovchi barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

5. BKT OT DTSini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:

O`z DSt 1.0:1998. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;

O‘zRST 1.8-94. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Amal qilinadigan hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;

O`z DSt 1.9-95. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.

2-bob. Asosiy tushunchalar

6. BKT OT DTSda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:


Download 175,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish