O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Akademiyadan biriktirilgan amaliyot va stajirovka rahbari



Download 175,08 Kb.
bet13/14
Sana30.04.2020
Hajmi175,08 Kb.
#48321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
745 19.09.2017

Akademiyadan biriktirilgan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya rektori tomonidan tayinlangan, tinglovchining amaliyot va stajirovka o‘tashini tashkillashtirish uchun mas’ul shaxs;

qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya tinglovchisining amaliyot va stajirovkasiga rahbarlik qilish uchun qabul qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxs;

Amaliyot va stajirovka o‘tash dasturi — o‘quv rejalari asosida Akademiya tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tegishli dastur.

3. Amaliyot va stajirovka o‘tash muddati, joyi tegishli dastur hamda nazariy tayyorgarlik, tanlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi hisobga olingan holda o‘quv reja asosida aniqlanadi.

4. Barcha amaliyot va stajirovkalar o‘quv rejada belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va viloyat hokimlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari Akademiya tinglovchilarining malakaviy amaliyot va stajirovkasi (dublyor sifatida) sifatli va maqsadli o‘tishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

2-bob. Malakaviy amaliyotning tuzilishi va mazmuni

6. Akademiyaning magistratura ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturida quyidagi amaliyot turlari nazarda tutiladi:

6 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mikro darajada amaliyot o‘tash;

6 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mezo darajada amaliyot o‘tash;

4 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida makro darajada amaliyot o‘tash;

7. 16 haftaga mo‘ljallangan amaliyotning umumiy dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

amaliy mahorat va ko‘nikma;

magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish;

amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot yozish;

malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) bo‘yicha himoya;

tashkilot rahbarining dublyori sifatida ishlash;

“ustoz — shogird” modeli asosidagi ta’lim.

8. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mikro darajadagi amaliyot qabul qiluvchi tashkilotlarning amaliy faoliyati haqidagi tasavvurni shakllantiradi hamda birlamchi kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi. Amaliyotning mazkur shakli auditoriyalardagi ta’lim yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi.

Mazkur amaliyotning maqsadi o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirish jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashdan iborat.

9. Mikro darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:

individual topshiriqqa muvofiq tashkilot faoliyati bilan bog‘liq vazifalarga doir ma’lumotlar (materiallar)ni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha dastlabki malakaga ega bo‘lish;

tashkilotning sohaviy faoliyati xususiyatlarini aniqlash;

individual topshiriqqa ko‘ra kasbga oid tushunchalarni muayyan tashkilotga bog‘lagan holda ishlata olish;

davlat, jamiyat va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilish;

tashkilotning tizim sifatidagi tavsifi yuzasidan tasavvurga ega bo‘lish;

individual topshiriqqa muvofiq tashkilot boshqaruvi tizimi haqida tushunchaga ega bo‘lish.

10. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mezo darajadagi amaliyot mikro darajadagi amaliyotdan keyin o‘tkaziladi va tinglovchilarga soha bo‘yicha mahoratni oshirish va boshqaruv prinsiplarini amaliyotda qo‘llab ko‘rish imkonini beradi.

Ushbu amaliyotning maqsadi vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarida ishlash uchun zarur bo‘ladigan mutaxassis ish usuli va uslublarini o‘rganish, kasbiy malaka va bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.

11. Mezo darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga oid talablar bilan tanishish;

tashkilotning boshqaruv va ish yuritish tizimini o‘rganish;

bo‘linmalar (bo‘limlar) funksiya (vazifa)larini belgilash va ularning ishlarini muvofiqlashtirish tizimini o‘rganish;

mutaxassislar orasida vazifalar hamda ish hajmi taqsimotini tahlil qilish;

tashkilotda ilg‘or boshqaruv usullari va qarorlarni qo‘llash tajribasini o‘rganish va tahlil qilish;

boshqaruv va nazorat tizimini tahlil qilish;

davlat, jamiyat va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilish;

barcha turdagi hujjatlar mazmuni va hisobini yuritishni o‘rganish;

o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan (egallangan) malakani amaliyotda qo‘llay olish.

12. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida makro darajadagi amaliyot mezo darajadagi amaliyotdan keyin o‘tkaziladi va tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyalarini yozishda zarur bo‘ladigan materiallarni yig‘ishlari uchun kasbiy faoliyatni o‘zlashtirishning uzluksiz va tadrijiy jarayonini ta’minlab berishni nazarda tutadi.

Mazkur amaliyotning maqsadi boshqaruv va innovatsion faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish hamda bajarish, shuningdek, natijalar yuzasidan hisobot tayyorlash bo‘yicha malaka, mahorat va bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.

13 Makro darajadagi amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

amaliyot bo‘yicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish uchun materiallar yig‘ish va ularni qayta ishlash;

mutaxassislikka oid nazariy va amaliy bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va kengaytirish hamda ularni muayyan masalalar va muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llash;

ishni mustaqil ravishda olib borishni rivojlantirish va o‘rganilayotgan muammo hamda masalalarni echishda tadqiqot va tajriba o‘tkazish usullari (metodlari)ni o‘zlashtirish;

tinglovchilarning zamonaviy talablarga muvofiq ravishda mustaqil ishlay olishlariga bo‘lgan tayyorgarliklarini aniqlash.

14. Malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) bo‘yicha himoya yakuniy bosqich bo‘lib, unda tinglovchilarning amaliyot davrida bajargan ishlari natijalari tahlil etiladi va baholanadi. Amaliyot hisoboti himoyasi Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida keys-stadi usulida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.

15. Amaliyot hisoboti himoyasi har yili sentyabr oyida 2 hafta davomida quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi:

amaliyotda nazariy bilimlarni qo‘llash darajasi;

amaliyot o‘tash davrida tinglovchilar tomonidan yig‘ilgan materiallar, o‘rganilgan va echilgan masalalarning mazmuni, darajasi va sifati.

16. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining amaliyoti alohida maxsus dastur hamda 12 kunga mo‘ljallangan o‘quv reja asosida tashkil etiladi. Mazkur malakaviy amaliyotning maqsadi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun materiallar yig‘ish hisoblanadi.

3-bob. Stajirovkaning tuzilishi va mazmuni

17. Akademiyaning ta’lim dasturi bo‘yicha 2-kursda o‘qiyotgan tinglovchilar uchun stajirovka, shu jumladan xorijiy stajirovka tashkil etish nazarda tutiladi.

18. Stajirovka o‘quv jarayonida tinglovchilar tomonidan egallangan boshqaruv faoliyatiga bog‘liq nazariy bilimlar va kasbiy malaka hamda mahoratni mustahkamlash, muayyan ish joyida boshqaruv faoliyatiga tayyorlanish va magistrlik dissertatsiyasining amaliy qismiga materiallar yig‘ish uchun yo‘naltirilgan.

19. Stajirovka 16 hafta davomida tinglovchilarning doimiy yashash joyidan tashqarida bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda bo‘lib o‘tadi.

20. Stajirovkaning maqsadi:

tinglovchilarning malakaviy amaliyot dasturlarini o‘zlashtirishda olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash;

o‘zlarining xizmat vazifalarini ijro etishda amaliy malaka va mahoratdan samarali foydalana olish ko‘nikmasini oshirish hisoblanadi.

21. Stajirovkaning asosiy vazifalari:

ish joyida amaliy malaka va mahoratni qo‘llash;

magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.

22. Stajirovka dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

rahbarning dublyori yoki referent-maslahatchisi sifatidagi vazifani bajarish;

lavozimga kelish, ish joyiga muvofiq ravishda lavozim funksiyalari va vazifalarini dublyor sifatida ijro etish;

mazkur ish o‘rniga oid tartib va faoliyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, ushbu lavozimga layoqati bor yoki yo‘qligini, bor bo‘lsa uning darajasini tekshirish;

bajarilgan ishlar, ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlarni tushunish;

bajarilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlar tushunilganligini rasmiylashtirish, stajirovka hisobotida ushbu bajarilgan vazifalarga tayyorgarlikni baholash;

taqdimot va stajirovka hisoboti himoyasi.

23. Himoya yakuniy bosqich sifatida 1 hafta davomida stajirovka davrida tinglovchilar tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholash asosida o‘tkaziladi.

Stajirovka hisoboti himoyasi Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.

24. Akademiya tinglovchilarining xorijdagi stajirovkalari chet eldagi hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi. Ilg‘or xorijiy tajribalarni sohaviy tashkilotlar va markazlarda o‘rgatish maqsadida Akademiya xodimlari rahbarligida tinglovchilarni 1 oylik muddat bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xorijga yuboriladi.

25. Xorijdagi stajirovka dasturi quyidagi talablarni o‘zi ichiga oladi:

ta’lim ixtisosligiga muvofiq keluvchi bir xil yoki aynan o‘xshash (identiv yoki analog) idoralarning faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi, shakllari hamda muammolari tahlili;

kasbiy layoqat, tatbiq etish va implementatsiya qilish maqsadida xorijiy tashkilotda qo‘llaniladigan metod va metodologiyalar tahlili;

asosiy ish joyi bo‘yicha stajirovka o‘tayotgan tashkilot (muassasa) yoki uning tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshirish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

26. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi 1 hafta davomida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi bo‘yicha Komissiya tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.

4-bob. Amaliyot va stajirovka o‘tash davrida tinglovchiga qo‘yiladigan talablar

27. Tinglovchi:

metodik va instruktiv materiallar bilan tanishishi, Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbaridan yo‘l-yo‘riq olishi;

amaliyot va stajirovka o‘tash choralarini ko‘rish va nazorat qilish bo‘yicha tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi;

amaliyot va stajirovka o‘tash dasturlarida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda to‘liq hamda sifatli bajarishi;

Akademiya platformasidagi onlayn va offlayn tizimi vositasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlardan olingan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;

har kuni tartibli ravishda kundalik yuritishi;

talabga ko‘ra yuritayotgan kundaligini Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi;

kelgusi o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanishi mumkin bo‘lgan materiallarni yig‘ib borishi;

qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat qoidalari va talablariga rioya etishi shart.

28. Tinglovchi Akademiya tomonidan tayinlangan rahbariga amaliyot va stajirovka yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

amaliyot va stajirovka kundaligi;

kelajakda o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun tinglovchiga yakuniy xulosalardan so‘ng qaytarib beriladigan amaliyot va stajirovka o‘tash davrida yig‘ilgan materiallar jildi (ularning ro‘yxati kundalikda o‘z ifodasini topishi zarur).

29. Uzrli sabablarsiz amaliyot va stajirovkani o‘tashdan ozod etilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5-bob. Amaliyot va stajirovkani tashkil etish talablari

30. Amaliyot va stajirovka o‘tashni tashkil etish jarayoniga qo‘yiladigan talablar maxsus dasturlar asosida aniqlanadi. Barcha bosqichlarda tinglovchilarning uzluksiz va tizimli ravishda kasbiy boshqaruv faoliyatini o‘zlashtirishlari ta’minlanishi tashkil etilishi talab etiladi.

Xorijdagi stajirovka mavzusi va mazmuni Akademiyaning ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatidagi bugungi va istiqboldagi ravnaqi masalalariga muvofiq kelishi va stajirovka dasturlari talablariga javob berishi zarur.

31. O‘qituvchilarning amaliyot va stajirovkadagi yuklamalari o‘quv rejasi hamda amaliyot va stajirovka turlarida belgilangan o‘quv pedagogik soatlar (haftalar) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.

32. Amaliyot va stajirovka Akademiya rektorining buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Unda amaliyot yoki stajirovka turlari, muddati va joylari, moddiy ta’minot, yashash joyini taqdim etish, javobgar shaxslar va yuboriladigan tinglovchilar ro‘yxati tarkibi, amaliyot va stajirovka rahbari belgilab beriladi.

33. Qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbarlari amaliyot va stajirovka o‘tash joylarida mehnat muhofazasi talablari hamda tinglovchilar hayotining xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.

34. Akademiya tinglovchilarining chet eldagi stajirovkalari xorijiy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi.

35. Amaliyot va stajirovkani tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limida amalga oshiriladi.

36. Amaliyot va stajirovkani tashkil etishga oid savollar yuzasidan tinglovchilarni xabardor qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobotlar himoyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limi tomonidan korporativ pochta manzillariga yuborish orqali amalga oshiriladi. Tinglovchilar elektron shakldagi xabarlarni muntazam ravishda kuzatib borishlari zarur.

37. Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari:

amaliyot va stajirovkaga ketayotgan tinglovchilarga Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda yo‘riqnoma o‘tkazadi;

tinglovchilarning amaliyot va stajirovka o‘tash joyiga etib kelishini nazorat qiladi;

qabul qiluvchi tashkilot rahbari hamda u yerdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan aloqa o‘rnatadi;

amaliyot va stajirovka o‘tash dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishda tinglovchilarga metodik yordam ko‘rsatadi;

amaliyot va stajirovkaning barcha davri uchun shaxsiy reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan hamkorlikda ish hajmi hamda mazmunini aniqlaydi;

tinglovchilarni amaliyot va stajirovka o‘tash obyektlari bo‘yicha taqsimlashda ishtirok etadi;

amaliyot va stajirovka muddatlari, mazmuni maxsus dasturlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek, amaliyot va stajirovka o‘tash joylariga borib tinglovchilarning yo‘qlamalarini yuritadi;

malakaviy amaliyot va stajirovka hisoboti himoyasida ishtirok etadi;

amaliyot va stajirovka o‘tash hamda ushbu yo‘nalishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilgan hisobotni tayyorlaydi, uni Akademiyaga taqdim etadi.

38. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:

amaliyot va stajirovka o‘tash bo‘yicha Akademiya bilan shartnoma tuzadi;

tinglovchilarni amaliyot va stajirovka o‘tashga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi;

qabul qiluvchi tashkilotning malakali va tajribali mutaxassislari orasidan tinglovchining amaliyot va stajirovkasini o‘tashi bo‘yicha mas’ullarni tayinlaydi, shuningdek, nazorat yurituvchi ishchi guruhni tuzadi;

malakaviy amaliyot va stajirovkaning sifati hamda uning maqsadli o‘tishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi;

amaliyot va stajirovkaning qoniqarsiz tashkil etilishiga shaxsan javobgar bo‘ladi;

dasturga muvofiq amaliyot va stajirovkani tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratadi.

39. Amaliyot va stajirovka qabul qiluvchi tashkilot hamda Akademiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi. Mazkur shartnomada ushbu tashkilot zimmasiga amaliyotchi (stajyor) uchun joy taqdim qilish majburiyati yuklatiladi.

Amaliyot va stajirovka o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada Akademiya va qabul qiluvchi tashkilot hujjatning predmeti, tomonlar huquq va majburiyatlari, amaliyot va stajirovkani tashkil etish tartibi, shartnomaning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari, shuningdek, tomonlarning javobgarligi kabi masalalarni kelishib oladilar.

40. Amaliyot va stajirovka boshlanishi bilan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki tartib qoidalari va ular tanishishi zarur bo‘lgan hujjatlar tanishish uchun taqdim qilinadi.

41. Amaliyot va stajirovka bo‘yicha qo‘yiladigan baholar ta’lim jarayonidagi baholarga tenglashtiriladi va tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha umumiy reytingining yakuniy natijalarida hisobga olinadi.

42. Akademiya ustavi va mazkur Nizomga muvofiq amaliyot va stajirovka natijalari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra dasturlarda belgilangan vazifalarning bajarilmasligi tinglovchini akademik qarzdor sifatida belgilangan tartibda o‘qishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi.

6-bob. Moddiy ta’minot

43. Amaliyot va stajirovka o‘tash davrida tinglovchining asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.

44. Amaliyot va stajirovka o‘tash davri uchun xizmat safari, yo‘l haqi va yashash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Akademiya tinglovchilariga amaliyot yoki stajirovka o‘tash joyiga etib olish va nazarda tutilgan o‘quv dasturiga muvofiq qaytib kelish uchun bir martalik yo‘l haqi to‘lab beriladi.

45. Amaliyot va stajirovka o‘tash davrida tinglovchilarga yashash joyini ijaraga olish uchun quyidagi miqdorlarda oylik kompensatsiya to‘lanadi:

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida yashash uchun eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida;

O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida yashash uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.

46. Akademiya magistraturasi tinglovchilarini xorijdagi boshqaruv kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi ilmiy-ma’rifiy muassasalar va markazlarga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga majburiy tartibda bir oylik muddatga yuborish Akademiyaning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasining budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil etiladi.

7-bob. Yakuniy qoida

47. Amaliyot va stajirovka o‘tashni tashkil etish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni yuritish (hujjatlar aylanishini tashkil etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limi tomonidan zarur bo‘limlar va qabul qiluvchi tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslari (keyingi o‘rinlarda masofaviy kurslar deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv dasturlarini mustaqil o‘zlashtirishi asosida amalga oshiriladi.

3. Masofaviy kurslar onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalarni, maslahatlarni, nazorat turlarini olib borish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarda tashkil etiladi. Mazkur kurslarning sifati va samaradorligining doimiy nazorati Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi elektron monitoring tizimida qayd etiladi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi ta’minlanadi.

4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarining masofaviy kurslarda o‘qishi shartnoma asosida amalga oshiriladi.

2-bob. Masofaviy kurslarning asosiy maqsad va vazifalari

5. Masofaviy kurslarni tashkil etishning asosiy maqsadi tinglovchilarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil o‘qishi va izlanishini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida rag‘batlantirishdir.

6. Masofaviy o‘qitish shaklining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlariga asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakani oshirish o‘quv dasturlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish, mustaqil ta’limni rag‘batlantirish.

3-bob. Masofaviy kurslarga tinglovchilarni qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish

7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini masofaviy kurslarga qabul qilish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmasiga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Masofaviy kurslar boshlanishidan oldin tinglovchilarga Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar mazkur login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” bo‘limiga kiradi va tizimda o‘zining shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi.

9. Masofaviy kurs davomida tinglovchi kurslarni tashkil etish va o‘tkazish rejasiga, o‘qish davomiyligi (kelishuv asosida)ga amal qilishi, shuningdek onlayn va offlayn rejimidagi ta’lim jarayonida shaxsan o‘zi ishtirok etishi talab etiladi.

10. Masofaviy kurslarda tinglovchining faoliyati tasdiqlangan grafik asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

onlayn kirish test sinovi — kurs boshida tinglovchilarning tegishli qayta tayyorlash va malakani oshirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun tashkil etiladi;

onlayn kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga “Masofaviy kurslar” tizimidagi resurslar (mustaqil ta’lim uchun taqdimotlar, o‘quv, audio va video materiallar)dan foydalanishga ruxsat beriladi.

11. Yo‘nalish o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish ketma-ketligi tinglovchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Bunda tinglovchi o‘quv fanlari mazmunini elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtiradi.

12. Masofaviy kurslarda qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasidagi o‘quv fanlari bo‘yicha onlayn ma’ruzalar tashkil etiladi.

13. Onlayn ma’ruzalar Akademiyaning tajribali professor-o‘qituvchilari, malakali amaliyotchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llab amalga oshiriladi.

Har bir onlayn ma’ruzalar o‘tkazilishidan oldin tizimda maxsus e’lon (kuni, soati va mavzusi to‘g‘risida xabar) berib boriladi.

14. Kurs davomida tinglovchi o‘quv rejasidagi har bir fan bo‘yicha assesment (joriy nazorat) topshiriqlarini bajaradi.

Assesment topshiriqlari har bir fan mavzulari to‘liq o‘zlashtirilgandan keyin elektron tizimda bajariladi va ularni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga navbatdagi fanlarni o‘zlashtirishga ruxsat beriladi.

O‘quv rejasidagi barcha fanlar bo‘yicha tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ularning elektron reyting daftarchasida qayd etilib boriladi.

15. Kurs davomida tinglovchilarga buyurtmachilar ehtiyojlardan kelib chiqqan holda o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, maslahatlar onlayn yoki offlayn shaklda, maxsus reja asosida tashkil etiladi.

16. Bitiruv ishi mavzusi tinglovchi tomonidan tizimdagi mavjud mavzular doirasida ixtiyoriy tanlanadi va Akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bitiruv ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

17. Masofaviy kurslarda tinglovchilarning amaliyoti (stajirovka) tinglovchi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotning tegishli yo‘nalish tuzilmalari bazasida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Rahbar kadrlarning malakaviy amaliyoti Akademiyaning amaliyot, stajirovka va joylardagi mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘limi orqali shakllantiriladi va nazorat qilinadi.

Amaliyot yakunlari bo‘yicha tinglovchining hisoboti va natijalari qayd etilgan bayonnoma ko‘chirmasi tasdiqlangan holda tizimning tegishli qismiga ilova qilinadi.

18. Oraliq (chiqish) onlayn test sinovlari masofaviy kurs dasturi doirasida tayyorlangan savollar asosida, belgilangan reja bo‘yicha tashkil etiladi.

Bunda tinglovchilarga oraliq (chiqish) onlayn test sinovlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli markazlarda, joriy vaqtda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashayotgan boshqa tinglovchilar bilan birgalikda topshirishga ruxsat beriladi.

19. Masofaviy kurs davomida tinglovchining joriy (assesment ballari, elektron portfolio ko‘rsatkichlari va amaliyot natijalari) va oraliq nazorat (chiqish testi) turlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Akademiya boshqaruv kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti tizimida qayd etib boriladi.

20. Masofaviy kurslarda o‘qish davomiyligi belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. Bunda kurslarning o‘quv dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan, joriy va oraliq nazorat topshiriqlariga ajratilgan maksimal ballning 56 foizidan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga yakuniy attestatsiyaga kirishga ruxsat beriladi.

21. Agar tinglovchi uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy attestatsiyaga kela olmasa, unga takroriy attestatsiyadan o‘tish muddatidan kelib chiqqan holda keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida yakuniy nazoratga kirishga ruxsat beriladi.

Belgilangan muddat davomida kurslarning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirmagan tinglovchilar masofaviy kurslardan o‘tmagan hisoblanadi.

4-bob. Masofaviy kurslar tinglovchilari bilimini yakuniy baholash

22. Masofaviy kurslar tinglovchilarini yakuniy baholash tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Akademiyada tashkil etiladigan imtihon komissiyalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

5-bob. Yakuniy qoida

23. Masofaviy o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Akademiya Kengashi tomonidan hal etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga


6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari (keyingi o‘rinlarda ta’lim xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:


Download 175,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish