Jarayon deb ayni paytda yechimda bo’lgan dasturga aytiladi. Hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun OS har bir jarayonga markaziy protserni ajratadi. Bir dasturlik OS da faqat bitta foydalanuvchi jarayoni bo’ladi. Multiprogrammali OS da markaziy protserga va boshqa resurslarga bir nechta o’zaro bog’liq bo’lmagan jarayonlar da’vogar bo’lishi mumkin.
Jarayonlarni rejalash- qandaydir rejalashtirish strategiyasiga asosan o’zaro raqobat qiluvchi bir nechta jarayon o’rtasida markaziy protsessor resurslari taqsimotini boshqarishga aytiladi.
Jarayon foydalanuvchi topshirig’i hisoblana boshlaganda paydo boo’ladi va topshiriq tugashi bilan yo’qoladi. Jarayon mavjud paytda uch holatda bo’ladi. Jarayon aktiv bo’ladi, agar u markaziy protsessordan (ыz buyruqlarini bajarish uchun) foydalanayotgan bo’lsa, jarayon to’xtatilgan (blokirovka qilingan) deyiladi, agar uning bajarilishi ma’lum bir shart bajarilgandan keyingina davom ettirilishi mumkin bo’lsa. To’htatilmagan va aktiv bo’lmagan jarayonga tayyor holdagi jarayon deyiladi.
Quyidagi rasmda bir holatdan ikkinchi holatga o’tish ko’rsatilgan.
Jarayonlarni bir holatdan ikkinchisiga o’tishi
Har qanday vaqt momentida bitta jarayon aktiv bo’ladi. OS boshqaruvni foydalanuvchi jarayoniga uzatganda interval taymerini o’rnatadi (aniqlaydi). Shu orqali topshiriq uchun markaziy protsessordan foydalanishga ajratilgan maksimal vaqtini- vaqt kvantini aniqlaydi. Bu vaqt tugashi bilan jarayon aktiv holatdan tayyor holatga o’tadi. Keyin OS rejalashtirish strategiyasiga ko’ra navbatdagi jarayonni tanlaydi (tayyor holatdagi) va uni aktiv holatga o’tkazib, unga boshqaruvni uzatadi. OSning bu funktsiyasiga dispetcherlik deyiladi.
Shunday bo’lishi mumkinki, jarayon o’ziga ajratilgan maksimal vaqtdan to’liq foydalanmagan (ishlatmagan) holda qandaydir shart bajarilishini kutishi mumkin, bunda jarayon to’xtash holatiga o’tkaziladi va qandaydir boshqa jarayon aktivlashadi. Kutilgan holat yuzaga kelganda to’htatilgan jarayon aktivlashishga da’vogar bo’lishi mumkin.
Bir jarayon tugaguncha bir necha marta aktiv – to’xtatilgan - tayer holatlarda bo’lishi mumkin. Bu holatlar hisoblash natijasiga ta’sir qilmasligi uchun uning holati saqlab qolinishi kerak. OSda har bir jarayonning holati Jarayon holati blokida (PSB) saqlanadi. Unda jarayon qaysi holatda bo’lganligi, mashina registrlarini saqlash adresi va boshqa ma’lumotlar saqlanadi (PC va SW qiymatlari).
PSB uchun zarur malumotlarni OS quyidagilardan olishi mumkin:
Vaqt kvanti bo’yicha malumotni taymer bo’yicha uzilish sohasidan;
Boshqaruv uzatilgan jarayon haqidagi malumotni SW uzilish sohasidan oladi.
Operatsion tizimlarni ishlab chiqishda protsessor vaqti, xotira, kiritish-chiqarish kanallari va periferiy qurilmalari resurs bo'lib hisoblanadi. Xozirgi paytda turli tipdagi programmalar va informatsion resurslar tizimlar uchun ob'yekt sifatida qaraladi. Xozirgi paytda tizimli resurslardan tashqari masalalar bilan almashtiruvchi sinxrosignallar ma'lumotlar kabi ob'yektlarni ham resurs deb qabul qilingan. Ma'lumki, birinchi hisoblash tizimlarida har qanday dastur to'la bajarilishi uchun, undan oldingi yuklangan dastur bajarilishi kerak bo'ladi. Hisoblash tizimlarida kompyuterning hamma qurilmalari va quyi tizimlari faqat markaziy prosessor yordamida boshqariladi. Markaziy prosessor hisoblashlarni bajarish va amalga oshirish, hamda berilganlarni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqaradi. Bundan albatta operativ xotira va tashqi qurilmalarda berilganlarni o'zaro almashish tugamaguncha protsessor hisoblashni amalga oshirolmas edi. Hisoblash mashinalari tarkibiga maxsus kontrollerlarni kiritish natijasida markaziy protsessor bajariluvchi hisoblashlar va olingan natijalarni chiqarish operatsiyalarini vaqt bo'yicha parallel olib borish mumkin. Shuning uchun hisoblash tizimlarining multidasturiy rejim ishi tashkil qilindi. Multidasturiy rejim mohiyati quyidagilardan iborat: bitta dastur ya'ni hisoblash jarayoni yoki masala yechimga qo'yilishi mumkin. Multidasturlashda sistemalarning o'tkazuvchanlik qobiliyati kuchayadi, demak, operatsion tizim multidasturlashtirish (ko'p jarayonlilik) ni quvvatlaydi va so'rovlarni u yoki bu yo'l bilan tashkil qilishda resurslardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Resurslarni ajratish sxemasi quyidagicha: ma'lum bir resursdan foydalanishda (operativ xotira, kiritish-chiqarish qurilmasi, berilganlar massivi va hakozo) operasion tizim supervizoriga murojaat qilinadi, (uning markaziy boshqaruv moduliga), bir necha modullardan iborat bo'lishi mumkin bo'lgan moduldir. Masalan, kiritish-chiqarish supervizori, dastur supervizori, masalalar dispetcheri va boshqalar. Maxsus chaqiruvlar (komandalar, direktivalar) orqali chaqiriladi va o'zining talablari haqida ma'lum qiladi. Bunda albatta resurs turi va hajmi ko'rsatilishi kerak. Hajm deganimizda ularga operativ xotiraning yacheykalar soni, yo'laklar soni yoki sistemali diskdagi sektorlar, bosma qurilmasi va chiqarilayotgan ma'lumotlarning hajmi va boshqalar kiradi. Oddiy operasion tizimlarda jarayonlar aktiv va passiv holatda bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |