Mavzu 1. Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi
Reja: umumiy va individual arxitektura xususiyatlari, prosessor arxitekturasi, skalyar va super skalyar arxitekturalar.
Tayanch iboralar: sistemali blok, (asosiy plata, prosessor, operativ xotira RAM, video plata) jadval, saqlanuvchi dastur printsipi
Ma'lumki, kompyuter asosan sistemali blok, monitor, klaviatura va sichqonchadan iborat.
Sistemali blok- bu kompyuter bajaradigan barcha amallarni amalga oshiradigan qurilma. Uning o'zi ham bir necha komponentalardan iborat: main board –asosiy plata, CPU- prosessor, RAM- operativ xotira HDD- qattiq disk, CD-ROM PRIVE –CD disk qurilmasi, SVGA (AGP) –video plata. Sound Card-ovoz platasi va boshqalar.
Mainboardning vazifasi. Mainboardga yuqorida qayd etilgan, uskuna va kompyuterlar bevosita ulanib ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil qiladi.
CPU ning vazifasi. CPU (prosessor) kompyuterga buyurilgan amallarni, qilinishi kerak bo'lgan barcha hisob kitoblarni bajarib, ularni boshqa qurilmaga uzatib beradi. Shu bilan birga CPU kompyuter ishlash tezligini belgilovchi qurilma. Uning bu xususiyati L1 va L2 qatlam xotira xajmi va taktik chastotasiga bog'liq.
HDD-barcha ma'lumotlar saqlanadigan disk (xotira)
RAM-operativ xotira, (vaqtinchalik xotira), SVGA (AGP) - video plata, kompyuter hosil qilgan grafik ma'lumotni ekranga uzatuvchi va qayta ishlovchi qurilma.
Yuqorida aytib o'tilgan CPU larning ishlash tezligi va umuman CPU haqidagi ma'lumotlarni aniqlashni Athlan prosessori misolida ko'rish mumkin.
Athlan prosessorning ustki qismida quyidagi tablisa joylashtirilgan, mana shu tablisa asosida uning xususiyatlari, xotirasi va ishlash tezligini aniqlashimiz mumkin.
Jadval
AMD Athlon (Duron)
A X 1900 D V T S C
(1) (2) (3)(4)(5)(6)(7)
(1), (2)... (7)- identifikatorlar
(1)- identifikator prosessorning qaysi oila va arxitekturaga tegishli ekanligini ko'rsatadi. U quyidagi ko'rinishga ham ega.
A, AX, AXDA AMD oilasiga mansub Athlan arxitekturasidagi prosessorlar.
D, DHD, DHM, DHL AMD oilasiga mansub DURON arxitekturasidagi CPU.
(2) –identifikator – CPU tezligini belgilaydi.
Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik-mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar va boshqalar uning arxitekturasiga kiradi va o'z ichiga quyidagilarni oladi:
1.EXM ning strukturali sxemasi
2.EXM interfeyslarining tashkil qilinishi va razryadliligi.
3.Registrlar guruxi va ularning tegishliligi.
4.Xotirani tashkil qilish va uning adresasiya usullari.
5.EXM ma'lumotlarini tanishtirish, (namoyish qilish) va ularning formatlari.
6.EXM mashina komandalari.
7.Mashina komandalari formati
8. Uzilishlarni qayta ishlash.
Hamma zamonaviy EXMlar ba'zi umumiy va individual xususiyatli arxitekturaga ega. Individual xususiyatlar faqat konkret modelda bo'ladi va uning qolganlaridan ajratib turadi. Ko'pgina kompyuterlar 4 va 5 avlodga tegishli bo'lgani uchun Fon-Neyman arxitekturasi deb atalmish umumiy arxitektura xususiyatlari ham bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |