II BOB BO’YICHA XULOSA
Arab diyorlariga Islom dini kelishidan avvalgi va keyingi holatlarni jamlaydigan bo’lsak, arablarda bolaga ism odatlariga oid yuqorida tahlil qilib o’tgan mulohazalarni jamlaydigan bo’lsak, islomning bolaga ism qo’yishga oid quyidagi talablari va qoidalari mavjudligi ma’lum bo’ldi:
Musulmon o’z farzandiga go’zal ism qo’yishi lozim.
Musulmon o’z farzandiga qo’yadigan ism, nom egasi bo’lgan shaxsni haddan ortiq madh qiluvchi, mag’rurlantiruvchi bo’lmasligi kerak.
Bolaga Alloh taoloning go’zal ismlaridan yasalgan nomlardan tanlash yoki bolaga tanlangan ismda biror bir yaxshilikka dalolat qiluvchi ma'noga ega bo'lgani afzal.
Bolaga ism qo’yishda Payg’ambarimizning s.a.v. hadislardagi tavsiyalariga amal qilish afzal.
Bolaga qo’yilgan ism ma’no jihatidan bolaga ta’sir qilishi haqida Payg’ambarimizning s.a.v. hadislarida aytib o’tilgan.
III BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KISHI NOMLARINING QIYOSIY-KOGNITIV TAHLILI
3.1. Arab va o‘zbek lingvomadaniyatida kishilarga nom qo‘yishdagi o‘xshash va farqli jihatlar
Yurtimizga islom dinining kirib kelishi bilan asta-sekinlik bilan boshqa hududlar qatori Zarafshon vodiysi aholisi o‘rtasida ham mahalliy va arabcha ismlar yonma-yon holda qo‘llanishi urf bo‘la boshladi. Bu jarayon dastlab zodagonlar, ruhoniylar oilasida qo‘llandi. Bu holatni tezlashtirish maqsadida ularga arabcha xoja (hurmatli, e’tiborli xo‘jayin, boshliq, bilimdon, dono olim) unvoni berila boshlandi. Ularning ismlari Valixoja, Ahmadxoja, Muhammadxoja singari shakllarda nomlana boshlandi. Asta-sekinlik bilan musulmon dinining ta’siri kuchaya borishi oqibatida mahalliy aholi o‘rtasida arab tiliga xos ismlar keng tarqala boshlandi. Bolalarning Ollohga, Muhammadga va imomga quloq solishi va bo‘ysunishlarini yodga solib turishlari uchun ularni muborak nomlar bilan atash odat tusiga kira boshladi: Rasul,Muhammad, Rahmon, Quddus, Malik, Jabbor, Aziz, G‘afur, Zohir, Halim, Qayum, Karim, Jalil, Hafiz, Qodir, Samad, Vohid va boshqalar yoki ularga o‘zbekcha yo tojikcha so‘zlar qo‘shish orqali ham ismlar hosil qilina boshlandi: Alloberdi, Xudoyberdi, Xudoydod, Razzoqboy, Muhammadqul, Valijon, Bositxon, Mirto‘ra va boshqalar. Ayollar ismlari ham sof arabcha (Hadicha, Munisa, Karima) yoki arabcha nomga mahalliy so‘zlarni qo‘shish (Hadichabonu, Mohinur, Bibirajab, Buvisaida, Bibijamol) orqali ism qo‘yish odat bo‘la boshladi.
Ism qo‘yish ehtiyoji va ismlarning paydo bo‘lishi har bir xalqning moddiy hamda ma’naviy sharoitlariga, etnik udumlari ga mos ravishda rivojlanib borgan. Ismlar qadimiy davrlardan boshlab shaxslarni ajratib atash vazifasidan tashqari, urug‘ va qabilalarning, keyinchalik elatlar va xalqlarning turli-tuman udumlari, urf odaglarini, orzu va nstaklarini, ma’naviy hamda falsafiy, diniy-axloqiy qarashlarini o‘zida ifoda qiladigan omilga aylana borgan. Shunga ko‘ra har bir tarixiy davrning o‘ziga xos ism berish odatlari, o‘shanga mos ravishda yuzaga kelgan ismlar yig‘indisi (fondi) bo‘lgan. Bu ismlar o‘sha davrning hayotiy talablarini, intilish va orzularini, shuningdek, falsafiy hamda diniy aqidalarini o‘zida ifoda etgan. Chunonchi, ibtidoiy jamoa va urugchilik davrida berilgan ismlarda mardlik, qahramonlik, abjirlik tushunchalari, turli ilohiylashtirilgan tasavvurlar o‘z ifodasini topgan: Oyarig (nurli oy), Oydanarig‘ (oydek nurli), Oykun (oydin kun), Oyqanot (oy qanoti), Kuchbars, Azak, Anas, Alp Aya, Alp Er Tunga, Qutlug‘ tagin, Chag‘ribek Chug‘lan, Tangriqul, Tangriberdi va boshqalar.
Har qaysi tarixiy davr o‘zining moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlari, talablariga ko‘ra bolani nomlash odatlariga ham ta’sirini ko‘rsatgan, unga o‘zgartishlar kiritgan, o‘z qarashlariga mos raivishda ism berish qoidalarini yaratgan va kishilardan unga amal qilishni talab etgan. Chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarining arablar istilosidan keyingi davrda bolani nomlash odatlarida yuz bergan o‘zgarishlar buning yaqqol dalilidir.
Islom dinining O‘rta Osiyoda keng tarqalishi va singishi erli xalqlar ma’naviy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi, ularning bolani nomlash odatlari hamda an’analariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Bu davrga kelib ism berishning islomgacha bo‘lgan turkiycha (o‘zbekcha) rasm-rusumlari “islomchasiga, musulmonchasiga nomlash” odatlari bilan almasha boshladi. Chaqaloqqa nom berish islom dinining ma’lum talablarini bajo keltirish asosida (masalan, chaqaloqning qulog‘iga azon aytish, chaqaloqqa diniy tushunchali ismlar tanlash va boshqalar) amalga oshiriladigan bo‘ldi. Shu sababli O’zbek ismlari fondining tarkibiy qismlaridan birini diniy ma’noli asli arabcha bo‘lgan nomlar tashkil qiladi. Bu nomlar o‘zbek tiliga O‘rta Osiyoda islom dini keng tarqalgach, mahalliy aholi musulmonchilik rasm-rusumlariga amal qila boshlagach kirib keldi. Arabcha diniy ma’noli nomlarning bunchalik keng udum bo‘lib ketishi sabablarini anglash uchun islam dinining bolani nomlashga oid ko‘rsatma va qoidalarini bilish lozim bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, islomning bolani nomlash aqidasi asoslarini ismning ma’noli, mazmunli, kibru havodan holi hamda chiroyli bo‘lishi tashkil qiladi. Muhammad payg‘ambarning Zaynab ismini qanday qo‘ygani haqida hadisi sharifdada shunday rivoyat qilinadi: Abu Rofi’ Abu Hurayradan r.a naql qiladilar: “Zaynabning ismi aslida Barra (xudojo‘y, itoatkor) bo‘lgan. Dong taratsin deb unga shu ismni qo‘yishgan edi. Janob Rasululloh uning bu ismini Zaynab (xush- manzara va xushbo‘y daraxtning nomi) deb o‘zgartirdilar”88.
Shuningdek, mana shu mazmundagi hadis ham mavjud bo‘lib, unga Paygambarimizning inson ismi nafosatiga munosabati ravshan ifodalangan: “Agar menga biror xabarchi yuborsalaring, o‘zi ko‘rkam va ismi ham chiroyli kishini yuboringlar”89.
Islom insonlar nomining ma’noli va kurkam yo‘lishi haqida gapirar ekan, kishilarning bir-biriga laqablar, haqoratli nomlar qo‘yishini va odamni o‘sha laqab bilak atashni nihoyatda qoralaydi.
Ushbu fikrlar “Qur’on”dagi mana bu satrlarda yorqin ifodalangan: “Uzlaringizni (ya’ni bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar! Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir! Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalarning o‘zlaridir” (Hujorot surasi. 2-oyat).
Islom dinida shaxsning nomi kishining hayoti va taqdirida muhim rol o‘ynaydi, yaxshi ism odamga omad, aksincha yomon va noqulay ism esa baxtsizlik keltiradi, deb hisoblanadi.
Allohning nomlarini yod olish va doimo dilda saqlab, takrorlab yurish, ularni aytib tasbeh o‘girish mo‘min-musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri sanaladi. Buning savobi va foydasi “Hadis da shunday izohlanadi: “Abu Hurayra rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning bir kam yuz, ya’ni to‘qson to‘qqizta ismi bo‘lib, kimki uni yoddan bilsa, jannatga kirgaydir. U toq sonni yaxshi ko‘rguvchi bo‘lib, o‘zi ham toq (yagona) dir”90.
Islom dini asoslarini sharhlashga va undan saboq berishga mo‘ljallangan diniy adabiyotlar, shuningdek, izohli lugat hamda qomuslarda Alloh taoloning 99 ismi haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.
Farzandga ism tanlanganda Allohning ushbu nomlari negizi- da hosil qilingan nomlardan foydalanishga da’vat qilinadi. Lekin Islomning talabiga ko‘ra, musulmonlarning farzandlariga qo‘yiladigan nom Allohning nomi bilan ma’nosiga ko‘ra teppa- teng kelib qolmasligi, undan ustun turmasligi lozim. Shu sababli, odatda, Allohning nomidan yasalgan ismlar tarkibida arabcha “abd” (qul), forscha “g‘ulom”, turkiy “qula“ eki o‘sha ma’noga yaqin tushunchalarni ifoda qila oluvchi so‘zlar keladi. Hozirda o‘zbek tilida Allohning go‘zal nomlari zamirida yasalgan ko‘pgina ismlar mavjud va ular o‘zbek kishilarining atoqli otlari ham hisoblanadi.
Islom dini inson nomining nafosati haqida gapirar ekan, eng avvalo Allohning o‘zi go‘zal ismlar sohibi ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi. Bu haqida Qur’oni Karimda aytilgan fikrlarni keltiraylik: “Ollohning go‘zal ismlari bordir. Bas, uni o‘sha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar)” (A’rof surasi. 180-oyat). “U – Alloh yaratuvchidir, (yo‘qdan) bor qilg‘uvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir. Uning go‘zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidnr” (Xashr surasi. 24-oyat). “Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q. Faqat Uning Uzi bordir. Uning uchun eng go‘zal ismlari bordir” (Toha surasi. 8-oyat).
Allohning go‘zal ismlari, ularning ma’nosi haqida “Hadis” va boshqa diniy manbalarda anchagina talqinlar uchraydi.
Allohi taolo nomi ishtirok etadigan o‘zbekcha ismlarning katta bir guruhini oxiri -ulla (-ulloh, -alloh) komponenti bilan tu- gaydigan atoqli otlar tashkil qiladi. Bu ismlarda Allohni har tomonlama ta’rif va tavsiflash hamda bu fikrni chaqaloqqa beriluvchi nom orqali izhor qilish, shuningdek, farzandli bo‘lishni yaratganning Allohning irodasiga bog‘lash, bu uchun shukronalar qilish, bolaning borlig‘i, kelajagi, istiqbolini tangrining xohish-irodasi deb bilish kabi ko‘pg‘ina murakkab ma’nolar ifodalanganini ko‘ramiz. Bu guruh nomlarni faqatgina bir ma’noda, bir xil tushuntirib bo‘lmaydn. Nomlarning asosi oxirida ulanuvchi -ulla (-ulloh, -alloh) unsuri har bir ismda nom qismlarining ma’no munosabatlariga ko‘rahar bir holda o‘ziga xos tarzda talqin qilinishi mumkin. Quyida o‘zbek tilida uchraydigan oxirida -ulla qo‘shimcha mavjud bo‘lgan ismlarning ba’zilarini keltiramiz: Abdulloh - Allohning quli, bandasi; Azizulloh - Alloh ulug‘, muaz- zamdir yoki Allohning qadrli va e’zozlisi; Alimulloh - Hamma nar- sani biluvchi, barcha narsadan xabardor voqif (Alloh); Aminulloh - Alloh - sobitqadam, subutlidir yoki Alloh - haqiqatgo‘y, rostgo‘y va mustahkamdir; Atoulla - Allohberganhadya, sovg‘a, ehson (farzand); Baxshulloh - Allohga bag‘ishlangan, baxshida etilgan bola yoki Alloh o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi ustozdir; Baqoulla - Alloh abadiy, mangudir, ya’ni boqiydir; Ziyodulla - Alloh bergan tuhfa, ehson; Zikrulla - Allohning yodi, xotirasi; Allohni eslovchi, yod etuvchi kishi, yodda tutuvchi, xudojo‘y; Zinnatulloh - Allohning ko‘rkam, bezangan kishisi; Zokirulloh - Allohni eslovchi, uni madh qiluvchi bola va boshqalar.
E.Begmatov o‘zining “Ism chiroyi” risolasida oxiri -ullo (-ulloh) bilan tugaydigan 208 ta ism ma’nolari izohlangan91. Ushbu muallifning“O’zbek ismlari ma’nosi” risolasida esa abdi, abu bilan boshlanadigan ismlar batafsil izohlangan92.
Yuqorida keltirilgan dalillardan ko‘rinadiki, hozirgi davrda o‘zbeklarning atoqli otlari bo‘lmish ko‘pgina nomlar Allohning “go‘zal ismlari“dan hosil qilingandir.
Diniy ruhdagi o‘zbekcha ismlarning ikkinchi manbai - bu paygambarlarning nomlaridir. “Qur’oni Karim”da 25 ta payg‘ambarning nomi aniq ko‘satilgan bo‘lib, bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Is’hoq, Ya’qub, Yusuf, Lut, Ayub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa’, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir93.
Paygambarlarning tilga olingan nomlarini aksariyati o‘zbeklarning atoqli oti sifatida ham keladi. Shuningdek, bu nom- larga boshqa ismlar yoki so‘zlar qo‘shilgani holda anchagina yangi nomlar hosil qilingan: Odambek, Odamboy, Odamtoy, Odamqul; Idris, Idrisali, Idrismirza, Idrisxon, Idrisqul; Solih, Solihboy, Solihjon, Solihxo‘ja, Ibrohim, Ibrohimali, Ibrohimbek, Ibrohimcha, Ismoil, Ismoiljon, Ismoilxon, Ismoilshoh; Is’hoq, Is’hoqali, Isoqjon, Ya’qub, Yoqub, Ya’qubbek, Ya’qubxon; Yusuf, Yusufali, Yusufjon, Yusufahmad, Yusufvali; Yunus, Yunusali, Yunusjon, Yunusqori, Muso, Musoali, Musoyor, Musomuhammad, Musoboy; Horun, Horrunxo‘ja, Ilyos, Ilyosali, Ilyosiddin, Sulaymon; Iso, Isobek, Isoyor, Isojon, Isomuhammad, Isotilla, Isoxon, Isoqul va boshqalar.
Payg‘ambarlar, ularning yaqinlarining asosiy ismlaridan tashqari, ularga xos xususiyat va fazilatlarni ifoda qiluvchi nomlar - kun’yalar, laqablar, ramziy nomlar ham mavjuddir.
Masalan, Al Amin (Muhammad payg‘ambarning sifati. Ma’nosi: to‘g‘riso‘z, jasur, aslzoda). Tohira (Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ayollari Hadicha roziyallohu anhoning sifati, ma’nosi: pokdomon)94 va boshqalar.
Imom at-Termiziy “Shamoili Muhammadiya” asarida “Janobi Rasuli akram sallollohu alayhi vassallamning nom va sifatlaridan ba’zilari” deb quyidagi ikki ma’lumotni keltiradi: Jubayr ibn Mut’im roziyollohu anhudan rivoyat qilinad: Rasuli akram sallollohu alayhi vassallam marhamat qildilar: “Mening birmuncha nomlarim bordur. Men Muhammaddurman, Ahmaddurman, Mohidurman, Alloh taolo men bilan dunyodan kufrni mahv etur. Man Hoshirdurmanki, odamlar mening izmimdan xashr etilurlar va men Oqibatdurman. (Oqibat ma’nosi Ul zotdan so‘ng payg‘ambar kelmas)”. Yana: Hazrati Huzayfa Roziyollohu anhuaytadilar: Men Madina ko‘chalarining birida Janobi Rasuli akram sallollohu alayhi vassallam ila muloqot etib qoldim. O‘shal vaqtda Janob debdilar: Men Muhammaddurman, Ahmaddurman, Nabiyur Rahmadurman, Nabiyut Tavbadurman va Muqaffidurman va Hoshir-durman va Nabiyut Tavba paygambari va Muqaffiman (ma’nosi hamma paygambarlarga itbo‘ qilg‘uvchi demakdur95.
Hozirgi o‘zbek tilida uchraydigan Muhammadjon, Ahmadjon, Nabijon, Rosuljon singari kishi ismlarining yuqorida qayd qilingan nomlar bilan aloqadorligini inkor qilib bo‘lmaydi.
Hozirgi o‘zbek ismlari orasida to‘rt mukarram xalifaning: Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Alilarning nomlari yoki ularning nomlari ishtirokida yasalgan ismlar ham tez-tez uchrab turadi. Chunonchi: Siddiq, Siddiqjon, Siddiqa; Umar, Umarali, Umarxon, Umarshoh, Usmon, Usmonali, Usmonxon, Ali, Alizot, Alizoda, Allimardon, Aliqul, Alixon, Alimuhammad va boshqalar.
Aksariyat holatlarda o‘zbek tilida payg‘ambarlar va xalifai roshidinlarning ismlari birgalikda qo‘llanishini va natijada tilimizda yangi-yangi qo‘shma ismlar hosil qilinganini ko‘ramiz: Alimuhammad (Alimat, Alimamat), Muhammadali; Aliumar, Umarali; Ibrohimali, Muhammadumar (Mad-umar), Muhammadusmon (Madusmon), Muhammadyunus (Mad-yunus), Muhammadmuso (Madmuso), Muhammadyusuf (Mamayusuf), Muhammadya’qub (Mamayoqub, Matyoqub), Muhammadiso (Madiso), Isomuhammad, Muhammadis’hoq, Usmonali va boshqalar.
Musulmonlarda, jumladan, o‘zbeklarda farzandli bo‘lishni Allohu taoloning marhamati, tuhfasi, ota-onalariga ko‘rsatgan mehru shafqati deb tushuniladi: Ollohberdi, Ollobergan, Xudoyberdi, Xudoybergan, Xudobaxsh, Tangriberdi, Tangribergan, Azizberdi, Karimberdi, Azimberdi, Rahimberdi, Berdishukur, Berdirahmon, Rahmonberdi, Atoullo, Baxshulla, Inoyatulla, Lutfilla, In’om, Ehson, Hadyaxon, Hadyatulla, Inobat va boshqalar.
Ba’zida farzandli bo‘lishining sababini payg‘ambarlar, halifa va sahobalarning muruvvati, ularning ehsoni, ko‘magi deb bilganlarni ham ko‘ramiz. Rasulberdi, Murodali, Muhammadniyoz, Niyozali, Aliniyoz, Baxshiali, Ehsonali, In’omali va boshqalar.
Paygambarlar, halifalarning, oila a’zolari yoki qarindoshlarining nomlari ham mo‘tabar ismlar sifatida e’zozlangan va o‘zbeklarning farzandlari uchun sevimli atoqli otga aylangan.
Chunonchi: Fotima, Maryam, Hadicha, Halicha, Hasan, Husan, Zaynab, Oysha, Safiya, (Safiyya), Habiba va boshqalar.
Farzandning dunyoga kelishi va sog‘u salomat ulg‘ayishini turli diniy tushunchalarga bog‘lash hamda o‘shanga mos ravishda ism tanlash orqali ota-onalar, bir tomondan, chaqaloqning musulmon farzandi ekanini ta’kidlashsa, ikkinchidan, ushbu diniy mazmunga ega ism yosh go‘dakni turli balo-qazolardan, baxtsizlik va o‘lnmdan asraydi, deb ishonishgan. O’zbek ismlari tarkibida “islom”, “din”, “-iddin”, (-uddin), “mo‘min”, “banda” singari so‘zlar mavjud bo‘lgan nomlarning ko‘pchiligi ushbu ishonch va e’tiqodning natijasidir. Chunonchi, Islomali, Islomberdi, Islomqul, Nurislom; Mo‘min, Mo‘minali, va boshqalar.
O‘zbek tilida oxiri -uddin qo‘shimchasi (so‘zi) bilan tugaydigan anchagina ismlar bo‘lib, ular anglatuvchi ma’nolar ham turli-tumandir:
Do'stlaringiz bilan baham: |