3.2. Arab va o‘zbek tillaridagi kishi nomlarining lingvokognitiv xususiyatlari
VIII-XI asrlarda qadimiy turkiy (o‘zbekcha) ismlar va o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan nomlar o‘rtasida hayotmamot kurashi bordi. Bunday kurash o‘sha davrdagi o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning bolani nomlash odatlarida na o‘sha asosda chaqaloqqa qo‘yilgan ismlarda yorqin ifodalangan. Mana shu kurashning tarixiy hamda qonuniy natijalari hozirgi o‘zbek tilidagi ismlarning lug‘aviy tarkibida yorqin ko‘rinib turadi. Fikrimizning isboti uchun quyidagi ba’zi qiziqarli xususiyatlarni qayd etishni lozim topamiz.
Birinchidan, o‘zbekcha (turkiy) va arabcha ismlarning o‘zaro kurashida ko‘pincha arabcha nom golib chiqqanini ko‘ramiz. Chunki o‘sha davrda o‘zbeklarning nom berish rasm-rusumlari qat’iylik bilan islom dini talablariga bo‘ysumdirilgan edi. Ism qo‘yishning diniy, ya’ni islomcha usul va qoidalari o‘sha davrda ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanar edi. Natijada kurashda g‘olib chiqqan asli arabcha ismlar o‘zbek tilida mustahkamlandi, aksincha mag‘lubiyatga uchragan ba’zi qadimny turkiy (o‘zbekcha) ism- lar iste’moldan chiqib ketdi. Mana shu sababli ham islomgacha rasm bo‘lgan bir qator turkiy ismlar, shuningdek, qadimiy turkiy yozma yodgorliklar tilida va boshqa xil yozma manbalar tilida uchraydigan bir qator turkiy ismlar hozirgi davr o‘zbek ismlari orasida uchramaydi. Hozir tilimizda mavjud ko‘pgina asli arabcha ismlar o‘sha davrda kurashda g‘olib chiqqan atoqli otlardir.
Ikkinchidan, o‘zbeklarning bolani nomlash odatlarida islom dini ta’sirining kuchayishi va hukmronligi baribir o‘zbeklarning bolaga nom berish bilan aloqador ko‘pgina qadimiy rasm- rusumlarini, ularning barchasini yo‘qqa chiqara olmadi. Ayniqsa, mardlik, botirlik, jasurlik tushunchalari, etik hamda estetik tasavvurlar bilan aloqador bo‘lgan, bolaning tug‘ilish sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek islomgacha amal qilgan qadimiy, diniy, mahalliy an’analarning ifodachisi bo‘lmish ko‘pgina o‘zbekcha ismlar islom dini tarqalgan davrdan keyin ham qo‘yilishda davom etdi va arabcha ismlar bilan kurashda o‘z mavqeyini saqlab qola oldi. O‘zbekcha ismlar orasida hozirda mavjud bo‘lgan kuyidagi nomlar fikrimiz dalilidir: Toshboy, Turg‘un, Turg‘unoy, Sotiboldi, Topiboldi, Yo‘ldosh, Ergash, Ko‘pay, Ko‘paysin, Toshtemir, Bo‘ronboy, Oltiboy, Mengoy, To‘qsonboy, Ko‘klamoy, Boltaboy, Bo‘taboy va boshkdlar.
Uchinchidan, o‘zbeklar qadimdan amal qilib kelgan bolani nom- lash odatlari bilan islomcha nom berish odatlari, diniy qoidalar o‘rtasida asta-sekin qandaydir o‘zaro kelishish, birlashish hodisasi yuz berganini ko‘ramiz. Bunga ko‘ra chaqaloqqa ikkita ism berish: biri o‘zbekcha (tojikcha ham bo‘lishi mumkin) va ikkinchi- si arabcha bo‘lgan diniy ism beriladi. Bunday nomlar keyinchalik qo‘shilgan, qo‘shaloq holda aytiladigan bo‘ldi. Natijada o‘zbek ti- lida qismlari o‘zbekcha va arabcha, arabcha va o‘zbekcha bo‘lgan ko‘pgina qo‘shma ismlar paydo bo‘lgan. O‘zbek tilidagi Turdimuhammad, Muhammadturdi, Tursunali; G‘ulomali, Eshmuhammad, Alisher, Sherali, Ermuhammad, Erali, Yo‘ldoshmuhammad, Jumali, Dehqonali, Ergashali, Turdiniso, Turdiali, Botirali, Oymurod, Oyniso, Bo‘riniso, Muhammadbo‘ri, Qutlug‘muhammad singari ismlar ushbu jarayonga dalil bo‘la oladi.
To‘rtinchidan, davrlar o‘tishi bilan o‘zbeklarga qo‘yilgan bir qator arabcha, diniy ismlar o‘zbek tilining o‘z ichki qonuniyatlariga bo‘ysundirila bordi. Natijada xalq sheva va lahjalarida nomlarning turli shevaviy ko‘rinishlari, qisqartma shakllari yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, qismlaridan biri arabcha bo‘lgan o‘zbekcha qo‘shma nomlarning qisqargan shakllarida aniqko‘rinadi: Toshmat (Toshmuhammad), Toshan (Toshnazar), Buvray (Buvirohila), Toji- mon (Tojimuhammad), Subhon (Subhonulla), Soloy (Salohiddin), Saydil, Sadla (Sa’dulla), Roman, Raman (Abdurahmon), Rizomat (Rizomuhammad), Ramat (Rahmatullo), Egam (Egamnazar), Baxtin (Baxtiniso) va boshqalar.
O’zbek tiliga kirnb kelgan diniy ruhdagi bir qator asli arab- cha bo‘lgan nomlar vaht o‘tishi bilan iste’moldan chiqa boshladi. Hatto, ularning ko‘plari unutildi ham. Tilimiya tarixida ko‘plab uchraydigan bir qator arabcha nomlar, o‘zbeklarni atashning boshqa xil arabcha usullari endilikda o‘zbeklar udumidan chiqib ketdi. Bu jihatdan ba’zi qo‘shma ismlar tarkibida birinchi qism bo‘lib o‘zbekcha nomning kelishi xarakterlidir: Tursunnazar, To‘xtaniso, Turdimat, Eshmurod, Eshmuhammad, O‘rmonali, Eshquvvat, Ermamat, Egammurod, To‘xtamurod, Keldimuhammad, Yigitali, Yo‘ldoshali kabi.
Diniy tushuncha va tasavvurlarning ifodachisi bo‘lmish arabcha ismlar bilan bir qatorda, ularning xuddi shunday tushunchalar- ni anglatuvchi o‘zbekcha, tojikcha kalka va tarjimalari yonma-yon qo‘llanishini ko‘ramiz. CHunonchi: Tangriberdi - Olloberdi - Xu- doyberdli - Xudoydod; Tangriqul - Olloqul - Xudoyqul - Abdulla va boshqalar.
Tarkibida qul, abd, gulom singari so‘zlar kelib aynan bir ma’no anglatupchi ismlar ham mana shular qatoriga kiradi: Abduali - Aliqul - G‘ulomali; Muhammadqul - Muhammadg‘ulom - Abdumuhammad, Abdurahim - Rahimqul va boshqalar.
Diniy aqidalarga asoslangan ismlar ta’sirining o‘zbek tilida keyinchalik qisman susayishiga olib kelgan omillardan biri - arabcha ismlarning shaklan buzilishi, nom qismlaridan birining tushirilishi va keyinchalik unutilishidir. Abduqodir ismining Qodir, Qodirjon, Qodirboy, Qodirbek; Abdushukur ismining Shukurbek, Shukurboy; Abdusattor ismining Sattor, Sattorbek, Sattorjon; Abulqosim ismlarining Qosim, Qosimboy, Qosimjon, Qosimbek; Abdusamad ismining Samad, Samadboy, Samadjon; Abdulfayzi ismining Fanzi, Fayziboy, Fayziqul; Sirojiddin ismining Siroj, Sirojboy; Lutfulla, Lutfiniso ismlarining Lutfi, Lutfixon Lutfijon tarzida qo‘llanishi mana shunday hodisaning qonuniy mahsulidir. Demak, ko‘pincha arabcha nom tarkibidagi abd / / abdu, -iddin (-uddin), -ulla singari unsurlar tushiriladi.
Biz yuqorida arab antroponimiyasidan o‘zlashgan diniy tushuncha, e’tiqod va tasavvurlar bilan bog‘liq ismlarning asosiy namunalarini tahlil qildik. Bular arabcha o‘zlashma qatlam ismlarning asosini, etakchi motivini tashkil qiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, arab o‘zlashmalari orasida kishilarning farzandiga bo‘lgan munosabatini turli kasalliklar bevaqt o‘limdan asrash choralarini anglatadigan ismlar, shuning- dek, ota-onalarning bolaga bo‘lgan orzu-umidlarini ifoda eta- digan nomlar ham mavjud. Bunday ismlarning asosiy tiplarini quyida keltiramiz.
Ma’lumki, bola tug‘ilgach, ota-onalar avvalo farzandiga sogliq tilaydi, uni turli kasalliklar, balo-qazolardan himoya qiladi. Shu tufayli arab tilidan o‘zlashgan antroponimlarning ma’lum guruhini go‘dakni “himoyalovchi nomlar” (asrovchi ismlar) tashkil qiladi. Mana shu harakat bolaga tanlaigan ism uchun asos bo‘ladi. Arabcha tilidagi ismlarning ba’zi namunalari quyidagilar:
1. Bola mustahkam narsalarga qiyoslanadi, uning turli xavf- xatar oldida mustahkam, irodali bo‘lishini istashadi; Hojar (tosh, toshdek mustahkam), Sada (qayrag‘ochdek, yog‘ochdek mustahkam), Suvon (egovdek mahkam), Tabiya (qal’adek mahkam, mustahkam himoyalangan), Hisor (qo‘rg‘on, qal’adek mahkam), Jomad (toshdek mustahkam), Jarira (mol terisidanyasalgan arqon, qayish), Zarira (yovshondek mahkam), Zulfin, Zulfina (eshikning temir halqasidek mustahkam, Izora (qo‘rg‘oshinmonand), Ma’dan (metin, asl toshdek mustahkam), Metin (metindek mahkam) va boshqalar.
2. Bola uning dushmanlari oldida e’tiborsizroq bo‘lsin, bolaga yomon ko‘zlar nazari tushmasin, ko‘z tegmasin deb bolaga ism xunuk ma’noli so‘zlardan tanlanadi: Battol (bemaza, yaramas), Dunboy (yomon, arzimas), Junayd (guvala, kesak), Sanar (loy, balchiq, iflos), Talhak (kakra, achchiq), Qalb (kuchuk), Soyir (o‘zga, boshqa bola) Tabdila (almashib olingan qiz), Talgat (togasi uyida tugilgan).
3. Bola yashasin va umri uzoq bo‘lsin deya, qari chol va kampirlar ismi beriladi: Zol (qari chol, keksa), Arshod (keksa, dono) va boshqalar.
4. Bola qandaydir himoya ostiga olingan (boglangan, mahkamlab qo‘yilgan), uni o‘lim olib ketolmaydi, deb tasavvur qilinadi hamda chaqaloq mana shu xususiyatga ega bo‘lishini orzu qilishadi: Gazima (bog‘langan, mahkam), Zabun (mahkam, mustahkam), Iyaolar (himoyalangan, mahkam), Hazora (turg‘un, sobit), Halqa (halqalangan, mahkamlangan), Himoya (himoya ostiga olingan), Omina (himoyalangan), Robiy (bog‘langan, zanjirlangan), Sabri (chidamli, to‘zimli), Sadid, Sadida (mahkam, mustahkam), Sayina (mahkam, chidamli), Sobit, Sobita (turgun, mahkam), Kafodat (hayoti kafolatlangan), Maknuna (yashirin, berkingan; gavhar), Manzar (nazr qilingan bola), Masrura (to‘silgan, himoyalangan), Mahfuza (himoyalangan, yashovchan), Muqim, Muqima (mustahkam, yashaydigan bola).
5. Ba’zi holatlarda bola tug‘ilganda uning badanida notabiiy belgilar, ortiqchaliklar, farqli holatlar mavjud bo‘ladi. Masalan, ko‘r bo‘lib tugilishi, badanida qora yoki qizil xolning mavjudligi, qo‘l va oyoq barmoqlarining oltita bo‘lishi yoki qo‘l kaft qismining bilakdan yo‘qligi, bukur bo‘lishi, "tish" bilan tug‘ilishi. Ko‘rligi yoki soqovligi va boshqalar. Mana shunday holatlarda kishilar taajjubga tushishadi va uni yaratuvchining xohish irodasiga boglashadi. Ushbu nuqsonlar kattalashib yoki ko‘payib ketishidan qo‘rqishadi va turli rasmu udumlarni ado etishadi. Bolani o‘sha nuqsonlar nomi bilan atashmasa, u bola sog‘ligiga zarar keltiradi, bu nuqsonlar yo‘qolmaydi, deb o‘ylashgan. Arab tilidan kirgan quyidagi ismlar mana shundan dalolat beradi: Alomat (badanida biror nuqson bilan tugilgan), Bashorat (Alloh xohishi), Ishora (badanida qandaydir ortiqcha nuqsoni bor), Karomat (Alloh karomati), Kinoyat (biror ni- shon bilan tug‘ilgan), Muhir (badanida biror nishoni bor), Ramz (nishona, belgi), Fatila (jingalak soch), Hadicha (chala tug‘ilgan), Hayrat (boladagi nuqsonni ko‘rib taajjublanish, hayratlanish), Haysiyat (belgi, nishon bilan tugilgan).
6. Bolani xudodan yolvorib, iltijolar qilib olganmiz degan ma’noda ism qo‘yishadi. Shunday qilinsa, bola turli xavflardan xoli bo‘ladi, deb o‘ylashgan: Darig (afsuslanib, nadomat tufayli erishilgan bola), Jazo (avvalgi turmagan bolalar o‘rniga berilgan bola), Ijabat (iltijolarimiz inobatga olinib erishilgan bola), Iltija (yolvorib so‘ralgan bola), Inobat (ma’qultopib berilgan), Intiq, (sabrsizlik bilan kutilgan), Natija (iltijolarimiz mahsuli bo‘lgan bola), Nafas, (Alloh yoki avliyolar nafasi natijasi), Nido, (yolvorishimiz natijasi), Nozila (Alloh iltifoti), Nail, Naila (orzu qilingan), Ramiza, Rasida (orzu qilingan qiz), Tazarruv (yalinib olingan bola), Tamanno (ilti jo qilib topilgan qiz), Tasalli (ko‘ngilni xotirjam qilgan), Taskin, Taskina (ko‘ngilni tinchlantirgan qiz), Tasmiya (ko‘ngilga tasalli beruvchi), Umid, Umida (orzu qilib yurib erishilgan), Shavqi, Shavqiya (orzu qilingan), Hasrat (orzu-armonimiz bo‘lgan bola), Irodat (tilab olingan), Lozim, Lozima (kerak, kutilgan), Maylon (orziqib yurib erishilgan), Maymanat (Alloh siyla- gan), Manzirat (kutilgan bola), Manzur, Manzura (kutilgan, niyat qilingan bola), Matlab (xohlangan, tilab olingan), Matlub, Matluba (so‘rab olingan), Maqsad, (biz orzu qilgan bola), Maqsud (xohlangan, kutilgan), Miskin (biz muhtoj bo‘lgan bola), Muvofiq (armon bilan kutilgan), Muzir, Muzira (zarur, kerak), Munojot (yolvorib yurib erishilgan), Muntazir (intizor yo‘lib kutilgan), Murod, Murodqabul (maqsadimiz bo‘lgan bola), Mushtoq (intizor bo‘lib erishilgan), Muyassar (orzu qilib yurib erishil- gan), Muhtoj (muhtoj bo‘lib erishilgan) va boshqalar.
7. Farzandni (ayniqsa, bolasi turmagan oilalarda) avvalgi turmagan bola o‘rniga Alloh bergan “tuhfasi, ehsoni, hadyasi” deb bilishadi va ushbu tushuncha ismga motiv (sabab) qilib olinadi. Arab tilidan o‘zlashgan ismlarning bir guruhi mana shu motiv bilan bog‘liqdir: Atiqa (tuhfa, sovg‘a), Bayazit (hadya, sovg‘a), Zayd, Zayda, (tuhfa, in’om), Inoyat (xayrixoqlik, in’om), Inogom (sovg‘a, tuhfa), In’om, In’oma, In’omulla (tuhfa, tortiq), Maqsum (tuhfl, sovg‘a), Mahrifa (gunohidan o‘tilgan), Ehson (lutf, iltifot), Qismat (toleimizga berilgan tuhfa), Hadya (tuhfa, ehson) va boshqalar.
Arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ismlarning bir guruhida inson uchun muhim bo‘lgan xislatlar, ya’ni bolaning yaxshi tarbiyali odam bo‘lib ulg‘ayishini xohlash motivi ifodalangan. Bu quyidagi ismlarda yorqin ko‘rinadi:
1. Chaqaloqning kamtarin, oddiy odam bo‘lishini xohlashadi: Ixlos, Ixlosa (sodda, samimiy), Riyoz (yuvosh, mo‘min-qobil), Qumri, Qumriniso (qumridek beozor, yuvosh), Harir, Harira (yumshoq tabiatli), Halim, Halima (muloyim).
2. Bolaning ulg‘ayib, mehribon, dilkash, shafqatli, odamovi bo‘lishini xohlashadi: Vadud (mehribon, g‘amxo‘r), Jazolat (dil- kash, chechan), Ishqiya (mehr-muruvvat sohibasi), Iqbol, Iqboloy (baxt, saodatli bo‘lsin), Lutfi (iltifotli, mehribon), Masuba (yaxshilik qiluvchi), Maxfirat (rahmdil, shafqatli), Mushfiq (mehribon, mehrli), Rahim, Rahima (mehribon, rahmdil), Iltifot (lutf, yaxshilik), Latif, Latifa (muloyim, mehribon).
3 Ulg‘ayib ota-onasiga, odamlarga ko‘makdosh, yordamchi bo‘lishini istashadi: Ansor (yordamchi, ko‘makchi), Arkona (suyanch), Imdod (ko‘mak, madad), Muin, Muina (ko‘makchi, yordamchi), G‘iyos (yordamchi, suyanchiq) va boshqalar.
4. Ulg‘ayib qadrdon, sadoqatli do‘st, ulfat, esh bo‘lib yurishi- ni istashadi: Anis, Anisa (do‘st, yo‘ldosh), Axiy (do‘st, birodar), Jalis (otasiga esh bo‘lib yursin), Mahbub, Mahbuba (do‘st, suyukli o‘rtoq), Mahsuba (esh, yo‘ldosh), Munis, Munisa (do‘st, sirdosh), Muhabbat (do‘stlik, dildan yaqinlik), Muhib, Muhiba (do‘st, yo‘ldosh), Nadim (do‘st, hamdam), Rafiq, Rafiqa (do‘st, hamdam, yo‘ldosh), ulfat (do‘st, sherik), Habib, Habiba (qadrli, suyukli do‘st, o‘rtoq) kabi.
5. Farzandining qat’iy so‘z, ahdida turuvchi inson bo‘lishini xohlashadi: Ahdiya (subutli), Vafo (sadoqatli), Vafodor (sodiq qiz), Diyonat (subutli, so‘zida turuvchi), Zamir, Zamira (vijdonli, sofko‘ngil), Sodiq, Sodiqa (sadoqatli) kabi.
6. “Tarbiyali, odobli” tushunchasini ifodalaydigan leksema- da bevosita nsmga asos bo‘lgan holatlar uchraydi: Ibrat (barcha- ga ma’qul bo‘lgan), Maqbul (odamlarga yaqin), Muloyim (odobli, tarbiyali), Munazzam (intizomli, odobli), Munjiha, Muntazam (tartibli, sarishta), Reja (tartibli, intizomli), Farosat (odob- li, farosatli), fuzail (yaxshi hislatli), Xosiyat (yaxshi sifatlar egasi), Harir, Harira (yumshoq tabiatli), Munosib (arziydigan, maqbul) va boshqalar.
7. Bolaning ulg‘ayib hammaga manzur, yaqin, yoqimtoy bo‘lishini istashadi: Abir, Abira (yoqimtoy, xushbo‘y), Anbar (xushbo‘y, yoqimtoy), Asal (shirin, yoqimli), Afsah (shirintil), Iqlima (istarasi issiq, jozibali), Laziz, Laziza (yoqimli), Lazokat (shirin, yoqimli), Maknuna (muloyim, odamga yaqin), Mubin, Mubina (ochiq chehrali, yoqimli), Nabot (shirin, yoqimli), Daqiq, Daqiqa (shirinso‘z sohibi), Muattar (xushbo‘y, yoqimli).
8. Tarbiyaning muhim mo‘jizasi bo‘lgan insonning xislatlaridan biri pokiza, halol, gunohlardan xoli bo‘lishidir. Kishilar farzandining ulgayib mana shunday odam bo‘lishini istashadi va ushbu istak bir guruh ismlarga motiv bo‘lgan: Abror ( pokdomon, solih, taqvodor), Azfar (iffatli, pokdomon), Asida (toza, halol, aslzoda), Asliya (sof, pokiza), Afifa (iffatli, bokira), Bokira (iffatli, ma’suma), Gumron (kechirilgan, begunoh), Jomiya (pok, pokiza, musaffo), Zarif, Zarifa (pok, toza), Zilol, Zilola tiniq, suvdek toza, pokiza), Insof (pokiza, halol), Iffat (pokiza), Is- mat (ozoda, pokiza), Latif (muloyim, pokiza), Maftun, Maftuna (zavqlantiruvchi), Ma’zur (kechirilgan, begunoh, pok), Ma’sum, Ma’suma (toza, pok), Ma’fura (kechirilgan, gunohsiz), Mubar- ra (pokiza), Mubila (sof, musaffo), Murtaz, Murtazo (nafsini tiygan, halol), Musaffo (pok, begunoh), Mustaqim (to‘g‘ri, halol, rostgo‘y), Muhiddin (dinning pokiza ixlosmandi), Nazif, Nazi- fa (pokiea, beg‘ubor), Nazih, Naziha (pok, toza), Nazhad (ma’suma, toza), Naqiya (pok, ozoda), Safo, Safali, Safoat (tiniq, toza), Soyib, Soyiba (pok, begunoh), Sofiya (pokiza, sof), Safura (pok, ozoda), Tohir, Tohira (pok, ma’suma, ozoda), Haniya (haqiqatan sof, toza, poknza) va boshqalar.
9. Tarbiyali, odobli inson bo‘lnshning muhim tomonlaridan biri - adolatlilik, to‘g‘riso‘zlikdir. Bir qator ismlarda ota- onalar farzandnning mana shu fazilat egasn bo‘lishini istashi ifodalangan: Vasfiya (maqtashga sazovor), Zamona (davr qizi), Izzatoy (zhtiromga sazovor), Munazzama (intizomli, odobli) va boshqalar.
10. Tarbiya ko‘rgan, odobli insonni odamlar doimo qadrlashadi, uni maqtab, olqishlab yurishadi. Ota-onalar o‘z farzandini mana shunday odam bo‘lib ulg‘ayishini dildan istashadi hamda bola- ga mana igu orzuga mos tushadigan ism qo‘yishga intilishadi: Ar- ziya (layiq, qadrli), Izzat, Izzatbanot, Izzatjamol (izzatli, hurmatli), Ikrom (izzat), Ma’lum, Ma’luma (belgili, taniqli), Ma’qul (arziydigan), Ma’qula (orzu qilingan), Muazzam, Muaz- zama (ulug, e’zozli), Mukarram, Mukarrama (hurmatli, e’zozli), Musharraf (izzatli), Mo‘’tabar (hurmatli, aziz), E’zoza (qadrli, e’zozga loyiq), E’tibor (diqqatga molik), Qimmatoy (e’zozli, hurmatli), Fazolat (e’zozga loyiq\ SHarif / / SHarifa (qadrli, nurli), Ehtirom (qadrli, e’zozli), SHohida (havas qilishga mu- nosib, yoqimtoy), Vasfiya (maqtovga sazovor), Madhiya (maqtovga loyiq), Mamduha (madh qilishga arziydigan) Nufuza (e’tiborli, obro‘li), Ta’rifa (ta’rif qilishga munosib), Tahsina (maqtovga loyiq) va boshqalar.
11. Kishilar farzandining sabr-toqatli, o‘ylab ish yuritadigan odam bo‘lishini xohlashadi: Vadia (sabr-toqatli), Vazina (sabrli, toqatli), Damin (sabr-toqatli), Jalid (puxta, chidamli), Zabir (chidamli, toqatli, himoyalangan), Kozim (sabr-toqatli) kabi.
12. Tarbiyaning asosiy maqsadi insonni har tomonlama ko- mil inson darajasiga ko‘tarishdir. Komillikning talablari serqirradir. Mana shu fazilatning ba’zi tomonlari bolaga ism berish uchun asos rolini o‘ynagan:
1) komillik tushunchasini ifoda etadigan leksemalar ism si- fatida tanlangan: Etuk (barkamol), Akmal (eng etuk), Ahsan (eng yaxshi), Balog‘iddin (etuk, barkamol), Balog‘at, (etuk, barkamol), Mukammal (etuk, kamolga etgan, benuqson), Oliyniso, Oliya (yuk- sak, etuk), SHomil, SHomila (barkamol, etuk);
2) komil inson ma’rifatli, bilimdon, dono bo‘lishi kerak: Ma’rifa (o‘qimishli, savodxon), Ma’rifat (bilimli, idrokli), Fasih, Fasiha (chiroyln nutq sohibasi), Fasohat (ravshan nutq egasi), Fashiya (gapga chechan, so‘zamol), Alloma (bilimdon, xabar- lar, bilimlar egasi), A’zam (bilimdon), Darosat (ilm sohibi, bi- limlar egasi), Zulfan / / Zulpan (bilimdon, donishmand), Zurafo (nozik did, zarif fikr egasi), Idrok (aqlli, bilimdon), Ilmdor (ilm sohibi), Mutallib (izlanuvchi, axtaruvchi), Mutallim (bi- lim o‘rganuvchi), Nabig‘a (yuksak iste’dod egasi, daho), Olim, Oli- ma (bilimdon), Orif, Orifa (aqlli, bilimdon), Qobil, Qobila (iste’dodli, qobiliyatli), Hakim, Hakima (bilimli, aqlli, dono) kabi;
3) komil odam o‘z ishiga tirishqoq, epchil, uddaburon, mohir bo‘lmog‘i kerak: Akif (tirishqoq, gayratli), Vasila (murod-maqsadga etuvchi), Jadal (gayratli, tezkor), Johid (tirishqoq, harakatchan), Ilhom (ruhlangan, jo‘sh urgan), Manzilat (udda- buron, epchil), Matonat (mustahkam, sabotli), Mahorat (epchil, omilkor), Mohir, Mohira (epchil, ustamon, qobiliyatli), Raqiya (olg‘a intiluvchi), Sur’at (chaqqon, epchil) kabi. Mana shu ismlar qatoriga Vorasta (ozod, erkin), Ixtiyor (ozod, hur), Mustaqil (er- kin) nomlarini ham qo‘shish mumkin.
Arab tilidan olingan bir guruh ismlarda ota-onalarning o‘z farzandiga ezgu tilak va istaklari ifodalangan. Quyida mana shu ma’noda beriladigan arab tilidan o‘zlashgan ismlardan namunalar keltiramiz:
1. Eng avvalo, bolani sog-salomat o‘sib-ulg‘ayishini, uzoq umr ko‘rishini istab, unga quyidagicha ismlar berishadi: Aslam (juda soglom), Salim, Salima (soglom yashovchi), Salomat (tinch, osoyishta), G‘afiyat (sog, sog‘lom), Bolig, Bolig‘a (o‘sib balogatga etsin), Boqi, Boqizod, Boqijon (uzoq umrli, poydor), Javdon (uzoq umrli), J akiya (uzoq umrli), Jovid (uzoq umrli), Ziyod, Ziyoda (umri uzoq), Ziyodat (ulg‘ayuvchi, yuksaluvchi), Izofat (qo‘shilsin, ko‘paysin), Imron (uzoq umrli), Kasir (ko‘p, behisob bola), Mavjuda (bor bo‘luvchi, uzoq umrli), Mazid (ko‘paysin, o‘ssin), Mardud (uzoq umrli), Muhayyo (bor bo‘luvchi, yashovchi), Ofiyat (sog‘, omon o‘ssin), Umri, Umur, Umriniso (uzoq umrli), Yusuf (o‘suvchi, ko‘payuvchi, chiroyli), Hargiza (doimo bor, yashovchan qiz) kabi.
2. Bolaning kelajak umri charog‘on, omadli bo‘lishini xohla- shadi. Bola va uning kelajagi nurga, yogduga qiyos qilinadi: Azhar (ravshan, nurli), Anvar (yorug, nurli), Voziha (nurli, ravshan), Zahro (yorqin, ravshan), Ziyo (nur, yog‘du), Zahro (nur, ravshanlik), Zuhro (Cho‘lpon yulduzi), Maftuha (ochiq, ravshan), Munavvar, Munavvara (ravshan, nurli), Munir, Munira (nurli, ravshan), Naira (no‘rli, ravshan), Nur, Nuriya, Nurjamol (yuzidan nur yog‘ib turuvchi), Nurziyo (o‘ta nurli), Ravshan (yorug‘, nurli, tiniq, beg‘ubor), Raxshon, Raxshona (porloq, nurli, baxtli), Siroj (yorug‘lik, yaur), Shamsi, Shamsiya (quyoshmonand, nurli), Shahob (nurli, ravshan), Safura (yorug‘ yulduzdek porloq) va boshqalar.
3. Bolaning hayoti tinch, osoyishta kechishini xohlab, unga ushbu niyatga xos ismlar tanlanadi: Sokin, Sokina (tinch, osoyishta), Farog‘at (osoyishta), Tinchlik, Tinchlikniso, Mamnuna (qanoatli, baxtiyor), Bahri (rohat, farog‘at), Ma’mur, Ma’mura (tinch, fa- rovon yashovchi), Huzur (osuda, rohat-farog‘agda yashovchi), Rohat, Rohatoy (huzur-halovatda yashovchi) kabi.
4. Bola ulg‘ayib nasibasi butun, rizq-ro‘zli bo‘lishini istasha- di: Ne’mat (rizq-ro‘zli), Rizq, Rizqiya (nasibali), Vofir (boy-badavlat), Iris (nasibali), Raxzan (boylik, xazina), Nasib, Nasiba (rizq-ro‘zli), Sarvat (boy, badavlat), Xazina (boylik egasi) va boshqalar.
5. Bolaningkelajagi baxtli, tolei balakdbo‘lishinixohlashadi va ushbu istakka mos ismlar tanlashadi: Balqiya (tolei baland, baxtli), Banot (kelajagi porloq), Bahri, Bahriya (nur, ziyo), Jabin (keng peshonali, tolei baland), Ma’suda (baxtli, baxtiyor), Muborak (duo olgan, baxtli), Sayyor, Sayyora (yorqin istiqbolli), Saodat (baxtli, iqbolli), Sa’di (baxtli), Sitora (tolei Sitora yulduzidek porloq), Surayyo (iqboli, tolei baland), Tavfiq (baxtli, omadli), Farrux (baxtli, zebo), Firuz, Firuza (baxtli, baland toleli), Qutfi, Qutfiniso (baxtli) kabi.
6. Bolaning saxiy, saxovatli, jo‘mard bo‘lishini tilashadi. Chunki birovga yordam qo‘lini cho‘zishlikni insonning olijanob fazilatlaridan biri deb qarashgan: Akram (eng saxiy, ochiq qo‘l), Ahror (muruvvatli, olijanob), Vofir (saxiy, saxovatli), Javdat (saxiy, muruvvatli), Javod (saxiy, muruvvatli), Muhsin, Muhsina (karamli, marhamatli), Nafisa (foyda keltiruvchi, yax- shiliklar qiluvchi), Rauf, Raufa (saxiy, rahmdil), Saxovat (saxiy, ochiqqo‘l), Fayyoz (o‘ta saxiy), Xayri, Xayriya (saxovatli, yaxshilik qiluvchi, ezgulik sohibasi), Sharofat (olihimmat, oliy janob), Himmat (saxovatli, ochiq qo‘l), Xotam (saxiy, saxovatli) va boshqalar.
7. Bola ulg‘ayib biror foydali kasb-kor egasi bo‘lishini orzu qilishgan: Koshif (ijodkor), Mashshota (pardozchi), Musavvar, Musavvira (rassom, naqqosh), Musrak (o‘ymakor, yogoch ustasi), Muganniy (ashulachi, sozanda), Romi (o‘qchi, mergan), Rassom (su- ratkash), Ruboba (ud asbobini chaluvchi, musiqachi), Sayyod (ovchi), Usmon (siniqchi, shikasband), Adib, Adiba, Bazzoz (charm buyum- lar ustasi), Joriya (xazmatchi), Jarroh (jarroh bo‘lsin), Jobir (siniqchi, shikasband, tabib), Zamir (qilichboz, nayzaboz), Najjor (yog‘och ustasi, duradgor), Sarrof (pulni maydalab beruvchi), Saffor (misgar) va boshqalar.
8. Har bir ota-oia farzandini baquvvat, kuchli, mard va jaeur bo‘lib ulgayishini orzu qilishadi: Azamat (ulug‘vor, dovyurak), G‘azanfar (arslon, sher), Jariya (mard, botir, qo‘rqmas), Jasorat (mard, mardlik), Jur’at (jasorat, matonat), Zafar (golib kelgan), Zafir (g‘olib keluvchi), Zufar (g‘olib, muzaffar), Muzaffar//Muzaffara (g‘olib, engilmas), Nusrat (g‘olib, engilmas), Sanjar// Sandjara (jasur, shiddatli), Sijoat (mard, jasur), Shiddat (kuchli, qudratli, shiddatli), Shijoat (qo‘rqmas, dovyurak), Quvvat (kuchli, quvvatli), G‘olib//G‘oliba (engilmas) va boshqalar.
10. Ota-onalar o‘z farzandi bilan g‘ururlanishgan, uni turli sifatlar bilan maqtashgan, yaxshi fazilatlar egasi bo‘ladi deb, o‘shanga mos ism berishgan: Alohida (boshqalardan farqlanib tu- ruvchi, o‘zgacha), Anzirat (tengsiz, noyob), Vasih (ogir, vazmin), Zubay (saralangan, tanlangan), Maknuna (qanoatli, shodon), Maxsus (alohida tanlangan), Mumtoz (tanlangan, mashhur), Nodir // No- dira (tengsiz, kam uchraydigan), Noyob (kam uchraydigan), Azimat (magrur qiz), Jalolat (mag‘rur, viqorli), Kibriyo (mag‘rurlik, ulug‘lik), Magrur (g‘ururli), Aqiqa (qizil rangli qimmatbaho tosh), Badia (noyob, nodir), Durbek // Durbeka, Durgo‘zal (injudek qimmatli), Javohir // Javohira (qimmatbaho toshlardek), Jo‘na (gavhar, inju, uzoq umrli), Zabarjat (zangori tusli asl tosh), Kimyo (qimmatli toshlar, javohirlar), Tansiq // Tansiqa (noeb, nodir), Fardona (yolgiz, yakka), Farid // Farida (yakka, yolg‘iz; teng- siz, bebaho), Qandil / / Qandila (qandildek qimmatli, chiroyli) va boshqalar.
Arab tilidan o‘zlashgan yoki asli arabcha leksemalar asosida o‘zbek tilida hosil qilingan ba’zi ismlar bolaning sho‘x, quvnoq inson bo‘lishini: Avjiya (sho‘x, shaddod), Mahmur / / Maxmura (shodon, maftunkor), Shaddod (sho‘xchan, jo‘shqin), Amroh (shodon, quvnoq), Zavqi // Zavqiya (shod, xursand), Faroh (shodon); hadeb oilada qizlar tug‘ilaverishiga munosabat va o‘g‘il ko‘rish orzusini: Kifoyat (qizlar etarli), Sabilja (sabil qolgur, kerak emas); vafot etgan ota yoki onadan yodgor bo‘lib qolgan bola: Voris (o‘rinbosar), Mavruza (yodgor, nishona), Nusxa, Nusxaoy (yodgor, nishona), Tazkira (yodgor qiz), Sag‘ir, Sagira (etim, etim qiz), Xotira (yodgor bo‘lgan qiz); bolaning oiladagi o‘rni: Zulayho (kichik, kenja qiz), Rabia (oiladagi 4-farzand), Mahduda (oxirgi, kenja bola), Nihoyat (oxirgi qiz), Sabiya (kichik, kenja qiz), So‘gra (eng kichik qiz), Xotima (oxirgi qiz), Qanoat (qanoatlandik, farzandimiz etarli); chaqaloq tavallud topgan vaqt, payt: Asad (asad oyida tug‘ilgan bola), Aqrab (yulduz), Badr (o‘n to‘rt kunlik oy), Barfi (qor, birinchi), Bilol (uch kunlik oy), Zulhijja ((o‘sha oyda tugilgan), Kabisa (shu yilda tugilgan), Mavrid (xosiyatli kunda tugilgan), Muharram, Muharrama (o‘sha oyda tutilgan), Rajab (rajab oyida tugilgan), Ramazon (ramazon oyida tutilgan), Savr // Savur (shamsiya yilning ikkinchi oyida tug‘ilgan), Safar, Safarmurod, Safarnazar (safar oyida tavallud topgan), Shavvol (shavvol oyida tugilgan), Sha’bon (sha’bon oyida tugilgan), Qurbon, Qurbonmurod (qurbon oyida tugilgan), Hamal (hamal oyida tug‘ilgan), Hamduna (maymui yilida tugilgan) va boshqalarni ifodalaydi
Yuqorida keltirilgan ismlar guruhidaya ma’lum bo‘ladnki, o‘zbek antroponnmiyasiga arab va fors-tojik tili antroponimiyasi tizimining ta’siri salmoqli bo‘lgan.
Ammo, arab va fors-tojik tiliga oid ismlarning o‘zlashishi haqida so‘z borganda quyidagi xususiyatni hisobga olish lozim bo‘ladi:
1. Arab va fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga ism (atoqli) ot sifatida o‘zlashgan ismlar: Abdumavlon, Abdulla (arabcha), Sarvinoz, Mehriro‘y, Dilafruz, Dilrabo (fors-tojikcha ismlar) kabi.
2. Arab va fors-tojik tilidan oddiy (turdosh) leksema sifatida o‘tgan so‘zlardan o‘zbek tilining o‘zida hosil qilingan ismlar: Odil, Ilhoma, Asal (yoqimtoy qiz), Baxtibor, Baxtli, Mavlud- beka (arabcha so‘zlardan); Boltabuvi, Gavhartosh, Gadoyqul, Gulyuz, Jo‘rabo‘l, Parimomo, Pechakgul (fors-tojikcha so‘zlardan). Keyingi tip ismlarni lisoniy materialiga qarab olinma o‘zlashgan ism deb qarash o‘rinli bo‘lmaydi, chunki bu nomlar o‘zbek tilida ijod qilingan ismlardir. Qo‘shma ismlar arasida shundaylari ham mavjudki, ularning negizini arabcha yoki fors-tojikcha so‘z tashkil qilsada, komponentlaridan birida o‘zbekcha so‘z keladi: Berdinabi, Tursunali, Gulbeka, Davlatmomo, Mardonkeldi, Nurqo‘zi, Oyshakar kabi. Buiday ismlarni ham olinma deyish o‘rinli bo‘lmaydi.
3. Arab tilidan olingan shunday qo‘shma nomlar mavjudki, ular o‘zbek tiliga o‘tgach, komponentlaridan biri qisqarib, mustaqil ismga aylanadi: G‘anijon (Abdutani), Murod (Murodulla), Jamol (Jamoliddin), G‘afur (Abdugafur), Hakim (Abdulhakim) kabi.
Demak, keltirilgan G‘anijon, Murod, Jamol, G‘afur, Hakim ismlarini arabcha o‘zlashma emas, o‘zbek tilida hosil bo‘lgan mustyaqil ism shakllari deb baholash kerak. Ammo bunday ismlar bir vaqtning o‘zida ham to‘liq shaklda, ham qisqa shaklda iste’molda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |