2.2 Arab tilida kishi nomlariga asos bo‘lgan leksik birliklarning mavzuviy guruhlari
Ma’lumki, bola tug‘ilgach, ota-onalar avvalo farzandiga sog‘liq tilaydi, uni turli kasalliklar, balo-qazolardan himoya qiladi. Shu tufayli arab tilidan o‘zlashgan antroponimlarning ma’lum guruhini go‘dakni “himoyalovchi nomlar” (asrovchi ismlar) tashkil qiladi. Mana shu harakat bolaga tanlaigan ism uchun asos bo‘ladi. Arabcha tilidagi ismlarning ba’zi namunalari quyidagilar:
1. Bola mustahkam narsalarga qiyoslanadi, uning turli xavf- xatar oldida mustahkam, irodali bo‘lishini istashadi; حجر - Hojar (tosh, toshdek mustahkam), سدى - Sada (qayrag‘ochdek, yog‘ochdek mustahkam), سوانSuvon (egovdek mahkam), تعبية - Tabiya (qal’adek mahkam, mustahkam himoyalangan), حسار - Hisor (qo‘rg‘on, qal’adek mahkam), جامد Jomad (toshdek mustahkam),جريرة Jarira (mol terisidanyasalgan arqon, qayish), ذريرةZarira (yovshondek mahkam), ذو الفن Zulfin, ذو الفنة Zulfina (eshikning temir halqasidek mustahkam, إزارةIzora (qo‘rg‘oshinmonand), معادنMa’dan (metin, asl toshdek mustahkam), متينMetin (metindek mahkam) va boshqalar.
2. Bola uning dushmanlari oldida e’tiborsizroq bo‘lsin, bolaga yomon ko‘zlar nazari tushmasin, ko‘z tegmasin deb bolaga ism xunuk ma’noli so‘zlardan tanlanadi: بطالBattol (bemaza, yaramas), دونDun (yomon, arzimas), جنيدJunayd (guvala, kesak), سنارSanar (loy, balchiq, iflos), تلحاكTalhak (kakra, achchiq), كلب Kalb (kuchuk), سائرSoyir (o‘zga, boshqa bola) تبديلةTabdila (almashib olingan qiz), تلغاتTalg‘at (tog‘asi uyida tugilgan).
3. Bola yashasin va umri uzoq bo‘lsin deya, qari chol va kampirlar ismi beriladi: زال Zol (qari chol, keksa), أرشادArshod (keksa, dono) va boshqalar.
4. Bola qandaydir himoya ostiga olingan (boglangan, mahkamlab qo‘yilgan), uni o‘lim olib ketolmaydi, deb tasavvur qilinadi hamda chaqaloq mana shu xususiyatga ega bo‘lishini orzu qilishadi: غازمةGazima (bog‘langan, mahkam), ظبونZabun (mahkam, mustahkam), حضارةHazora (turg‘un, sobit),حلقة Halqa (halqalangan, mahkamlangan), حمايةHimoya (himoya ostiga olingan), آمنةOmina (himoyalangan), رابيRobiy (bog‘langan, zanjirlangan), صبري Sabri (chidamli, to‘zimli), سديد Sadid, سديدة Sadida (mahkam, mustahkam), ساينةSayina (mahkam, chidamli), ثابت Sobit, ثابتة Sobita (turgun, mahkam), Kafodat (hayoti kafolatlangan), Maknuna (yashirin, berkingan; gavhar), Manzar (nazr qilingan bola), Masrura (to‘silgan, himoyalangan), Mahfuza (himoyalangan, yashovchan), Muqim, Muqima (mustahkam, yashaydigan bola).
5. Ba’zi holatlarda bola tug‘ilganda uning badanida notabiiy belgilar, ortiqchaliklar, farqli holatlar mavjud bo‘ladi. Masalan, ko‘r bo‘lib tugilishi, badanida qora yoki qizil xolning mavjudligi, qo‘l va oyoq barmoqlarining oltita bo‘lishi yoki qo‘l kaft qismining bilakdan yo‘qligi, bukur bo‘lishi, "tish" bilan tug‘ilishi. Ko‘rligi yoki soqovligi va boshqalar. Mana shunday holatlarda kishilar taajjubga tushishadi va uni yaratuvchining xohish irodasiga boglashadi. Ushbu nuqsonlar kattalashib yoki ko‘payib ketishidan qo‘rqishadi va turli rasmu udumlarni ado etishadi. Bolani o‘sha nuqsonlar nomi bilan atashmasa, u bola sog‘ligiga zarar keltiradi, bu nuqsonlar yo‘qolmaydi, deb o‘ylashgan. Arab tilidan kirgan quyidagi ismlar mana shundan dalolat beradi: Alomat (badanida biror nuqson bilan tugilgan), Bashorat (Alloh xohishi), Ishora (badanida qandaydir ortiqcha nuqsoni bor), Karomat (Alloh karomati), Kinoyat (biror ni- shon bilan tug‘ilgan), Muhir (badanida biror nishoni bor), Ramz (nishona, belgi), Fatila (jingalak soch), Hadicha (chala tug‘ilgan), Hayrat (boladagi nuqsonni ko‘rib taajjublanish, hayratlanish), Haysiyat (belgi, nishon bilan tugilgan).
6. Bolani xudodan yolvorib, iltijolar qilib olganmiz degan ma’noda ism qo‘yishadi. Shunday qilinsa, bola turli xavflardan xoli bo‘ladi, deb o‘ylashgan: Darig (afsuslanib, nadomat tufayli erishilgan bola), Jazo (avvalgi turmagan bolalar o‘rniga berilgan bola), Ijabat (iltijolarimiz inobatga olinib erishilgan bola), Iltija (yolvorib so‘ralgan bola), Inobat (ma’qultopib berilgan), Intiq, (sabrsizlik bilan kutilgan), Natija (iltijolarimiz mahsuli bo‘lgan bola), Nafas, (Alloh yoki avliyolar nafasi natijasi), Nido, (yolvorishimiz natijasi), Nozila (Alloh iltifoti), Nail, Naila (orzu qilingan), Ramiza, Rasida (orzu qilingan qiz), Tazarruv (yalinib olingan bola), Tamanno (ilti jo qilib topilgan qiz), Tasalli (ko‘ngilni xotirjam qilgan), Taskin, Taskina (ko‘ngilni tinchlantirgan qiz), Tasmiya (ko‘ngilga tasalli beruvchi), Umid, Umida (orzu qilib yurib erishilgan), Shavqi, Shavqiya (orzu qilingan), Hasrat (orzu-armonimiz bo‘lgan bola), Irodat (tilab olingan), Lozim, Lozima (kerak, kutilgan), Maylon (orziqib yurib erishilgan), Maymanat (Alloh siyla- gan), Manzirat (kutilgan bola), Manzur, Manzura (kutilgan, niyat qilingan bola), Matlab (xohlangan, tilab olingan), Matlub, Matluba (so‘rab olingan), Maqsad, (biz orzu qilgan bola), Maqsud (xohlangan, kutilgan), Miskin (biz muhtoj bo‘lgan bola), Muvofiq (armon bilan kutilgan), Muzir, Muzira (zarur, kerak), Munojot (yolvorib yurib erishilgan), Muntazir (intizor yo‘lib kutilgan), Murod, Murodqabul (maqsadimiz bo‘lgan bola), Mushtoq (intizor bo‘lib erishilgan), Muyassar (orzu qilib yurib erishil- gan), Muhtoj (muhtoj bo‘lib erishilgan) va boshqalar.
7. Farzandni (ayniqsa, bolasi turmagan oilalarda) avvalgi turmagan bola o‘rniga Alloh bergan “tuhfasi, ehsoni, hadyasi” deb bilishadi va ushbu tushuncha ismga motiv (sabab) qilib olinadi. Arab tilidan o‘zlashgan ismlarning bir guruhi mana shu motiv bilan bog‘liqdir: Atiqa (tuhfa, sovg‘a), Bayazit (hadya, sovg‘a), Zayd, Zayda, (tuhfa, in’om), Inoyat (xayrixoqlik, in’om), Inogom (sovg‘a, tuhfa), In’om, In’oma, In’omulla (tuhfa, tortiq), Maqsum (tuhfl, sovg‘a), Mahrifa (gunohidan o‘tilgan), Ehson (lutf, iltifot), Qismat (toleimizga berilgan tuhfa), Hadya (tuhfa, ehson) va boshqalar.
Arab tilidagi ismlarni qanday nomlardan hosil bo‘lganligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |