O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita


II BOB. ARAB TILIDA KISHI NOMLARI HOSIL BO‘LISHINING KOGNITIV ASOSLARI



Download 240,34 Kb.
bet12/20
Sana26.06.2022
Hajmi240,34 Kb.
#706049
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Илмий иш 24.05.2022 ТУЗАТИЛГАНИ

II BOB. ARAB TILIDA KISHI NOMLARI HOSIL BO‘LISHINING KOGNITIV ASOSLARI


2.1. Arab tilidagi kishi nomlarini o‘rganishning nazariy asoslari
Arabalardagi ism qo‘yish falsafasi biznikidanda bir qanch jihatlarda farqlidir. Zero, ulardagi bolaga ism qo‘yish odatini ikki davr miqiyosida o‘rganishimiz mumkin. Birinchisi Islom dini kelmasdan avvalgi davr (Johiliyat davri) bo‘lsa, ikkinchisi Islom dini kelib tarqalgan davr. Chunonchi Islom dining go‘zal qoidalari va hukmlari ism qo‘yishgada ta’sir qilmay qolmadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, insonni yaratgan, unga hayot baxsh etgan, shuningdek, insoniyatning ko‘payib, o‘sib borishiga sharoit yaratuvchi yolg‘iz Allohi taoloning o‘zidir. Shunga ko‘ra kishiga farzandni ham Alloh ato qiladi. Shu sababli tug‘iluvchi chaqaloqning holati va taqdiri yolg‘iz Allohgagina ma’lumdir: “Faqat Allohgagina har bir ayolning ko‘tarib yurgan homilasini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-norasomi, chiroylimi-xunukmi ekanini) ham, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan bolani ham, (to‘qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan bolani ham bilur” (Qur’oni Karim. Ra’d surasi. (8-oyat).
Ushbu aqidaga ko‘ra, Alloh dunyoga kelajak chaqaloqning rizqu ro‘zini, turmushi, sog‘ligi va hayotini, baxtu omadini, yashash muddati va o‘limini ham belgilovchi qudrat. Shunday bo‘lgach, musulmonlar o‘z farzandlarining butun borligi, taqdirini Allohga boglashgan, undan yordam, madad kutishgan. Mana shunday ilinj, umid chaqaloqqa beriluvchi ismlarda ham o‘z ifodasini topgan.
Islomda kishilar ijtimoiy, ma’naviy hayoti va turmushining barcha sohalari kabi bola tarbiyasiga oid ibratli ko‘rsatmalar ham mavjud. Bunda bola tarbiyasining ilk onlari unga ism qo‘yishdan boshlanishini alohida ta’kidlash joiz.
Islomda chaqaloqni nomlashga oid ba’zi aniq qoida va ko‘rsatmalar joriy qilingan bo‘lib, unga amal qilish musulmon lar uchun farz hisoblangan. Shu sababli islom dinining qonun-qoidalarini sharhlash va tushuntirishga bag‘ishlangan bir qator adabiyotlarda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Chunonchi, “Muosharot odobi” asarining muallifi shunday yozadi: “Bola dunyoga kelganda eng avval eshitgan tovushi Alloh taoloning ismi bo‘lishi lozim. Shuning uchun uning qulogiga azon aytiladn. Undan so‘ng asal yoki boshqa narsa bilan boqa boshlanadi.
Ettinchi kunda sochi olinib, sochi ogirligida kumush yoki oltin sadaqa beriladi Shu kuni ism beradilar. Bo‘lajak ism yaxshi va ta’sirli bo‘lishi lozim. Shuning uchun bolaga beriladigan ismni chol-kampirlar emas, olim-imomlar saylab qo‘yadilar”52. Qayd qilingan rasm-rusum islomda musulmonlar amal qiluvchi shar’iy hukmlar qatoriga kiradi
Musulmonlar o‘zlarining barcha ishlari, harakatlarida bo‘lgani kabi bolani nomlashda ham “Qur’ondagi quyidagi fikrlarga tayanib ish ko‘rishgan: “Alloh chiroyli amal qilg‘uvchilarni sevadi” (“Oli-Imron” surasi, 48-oyat).
Demak, Alloh yaxshi ishlar, harakatlar qilguvchilarni, chiroyli so‘zlar aytuvchilarni, nafosatli til egalarini ardoqlar ekan, insonga beriluvchi ism ham mazmunli va ko‘rkam bo‘lmog‘i kerak, deyilgan xulosa kelib chiqadi. Islomning bu masalada ham o‘z yo‘li va ko‘rsatmalari bor. Chunonchi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salom 300 ta ish va harakatdan musulmonlarni qaytargan, ya’ni bu ishlarni makruh deb hisoblagan. Bulardan ikkitasi: “Farzandga ma’nosiz va nafratli nomlar qo‘yish”. Farzandga ortiqcha maqtovni eslatadigan ism qo‘yish (Valiyulloh kabi) dir”53.
Har bir xalqda kishilarga nom tanlashning o‘z milliy-madaniy asoslari mavjud. Tarixchi Shihobiddin al-Qalqoshindiy (vaf. 821 hijriy) qayd etishicha, “arablarning ko‘p nomlari o‘z xayollari xazinasida bo‘layotgan narsalardan iborat, ular ko‘rgan eshitgan nimaiki narsa bo‘lsa, ism qilib qo‘yaverishgan”54.
Darhaqiqat, ilk davrlarda o‘z farzandlari uchun qumtepalar, qoyalar, hayvonlar va o‘simliklarning nomlarini ham ism qilib qo‘yish arablar uchun tabiiy hol edi. Arabcha ismlarning tarkibiy qismlari ko‘pincha tabiat hodisalarini anglatuvchi nomlardan tashkil topganligi ularning tabiatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilishgandek tasavvur uyg‘otadi. Albatta, arablar nazarida ism tanlashga bunday yondashuv to‘g‘ri va asosli edi.
Arab dunyosida Islom dini keng yoyilgach, arablar tafakkurida ism tanlashda shariat talablari, solihlik kabilarga amal qilina boshlashi qabilaviy jamiyat qadriyatlariga aylandi. Buni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiziqishi va bevosita aralashuvi bo‘lgan ism va taxalluslarda ham ko‘ramiz.
Iroqlik tarixchi Javad Ali (vaf. 1987 y.) o‘zining “Arablarning islomgacha bo‘lgan batafsil tarixi” kitobida arablarning ism qo‘yishiga bag‘ishlangan bobida arablarning nomlari haqida “E’tiborni tortgan mavzulardan biri, chunki ularning ko‘plari g‘alati va g‘ayrioddiy”55, - deydi.
Johiliyat davrida va undan keyin arablar orasida ism tanlash, ism qo‘yish madaniyatiga aloqador bizga etib kelgan eng qadimiy arab manbalaridan biri Ibn Durayd Al-Azdiyning (vaf. 321 hijriy) “Kitabul ishtiqoq” kitobidir.56 U o‘zining muqaddimasida shunday dedi: “Bizni bu kitobni yaratishga turtki bo‘lgan narsa johiliyat davrida arablar orasida keng tarqalgan nomlash uslublari edi. Ular farzandlari va qullariga Kalb (it), Kulayb (kuchuk), Xinziyr (cho‘chqa), Qird (maymun) kabi nomlar bilan chaqirganliklarini guvohi bo‘ldim. Arab tili qoidalariga zid keladigan, hech qanday ma’no-mazmunga ega bo‘lmagan nomlarni uchratdim.”57. Demak shundan ma’lum bo‘ladiki, arab ismlari ichida hech qanday ma’no ahamiyat kasb etmasada ism qilib qo‘yiladiganlarning bir qanchasini uchratishimiz mumkin ekan.
Ibn Durayd bu da’voga javob berib, yolg‘on - shikoyatchilar tayangan rivoyatni tanqid qildi, ya’ni Al-Xalil bin Ahmad Al-Farohidiy (vaf. 170 hijriy) Abu Al-Duqaysh Al-Kalabiydan so‘radi. - hijriy ikkinchi asr arboblaridan mashhur badaviy va odamlarning eng so‘zlisi - “ad-Daqish” (al-daqashning kichraytiruvchisi, mayda dog‘li qurt) ma’nosi haqida; U: “Bilmayman! Bular biz eshitadigan, lekin ma’nosini bilmaydigan ismlar. Bu Al-Xalildagi xato va Abu Daqishga qarshi da’vo”58.
Uning fikricha, Ibn Durayd buyuk tilshunos Ahmad ibn Foris Ar-Roziy (vaf. 395 hijriy) fikriga qo‘shilmagan va u o‘zining “Til me’yorlari” kitobida bu badaviyning so‘zlarini sharhlab shunday degan: “Qanday qilib bu gap haqiqatga to‘g‘ri kelishi mumkin?!” So‘ngra Ibn Durayd arablar orasida nom berish falsafasini tushuntirib, bu boradagi ta’limotlarini oydinlashtirdi.
Agar Abu ad-Duqaysh al-Kilobiy “Ism va laqablar belgidir” deb hisoblagan bo‘lsa, arablarning nomlari aslida, ular yashagan muhitning ifodasidir va faqat shu orqali siz ularning hayotining ko‘plab tafsilotlarini tasavvur qilishingiz va bu muhitning suratini gavdalantirishingiz mumkin. SHuning uchun Qalqashandiy o‘zining “Nihoyat ul-arab fi ma’rifat al-ansab al-arab” kitobida shunday degan: “Arab nomlarining ko‘pchiligi o‘z xayollari xazinasida bo‘lgan narsalardir. Arslon va yo‘lbars kabi hayvonlardan yoki o‘simlik va o‘t-o‘lanlar, hasharotlaru tog‘, saxro, dengiz kabi erning qismlaridan olingandir”59.
Arablar ismlari falsafasiga har doim hayotning qiyinchiligi va arab muhitida yashashning mashaqqati ta’sir ko‘rsatgan, ammo bunday masalalarda arablarning idrok etgan muhitini ifodalashdan ko‘ra chuqurroq ko‘rinadi. Ularning sharoitlari psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatidan xavfsiz bo‘lmagan. Ularda og‘ir kechgan jangu jadallar va tinimsiz murosasizliklar bo‘lishi, ularning ismlarida nafrat tuyg‘usi sifatida aks etgan. Natijada ular Al-Qolqoshandiy aytganidek daxshatga soluvchi, qo‘rqinchli, mard, kuch-qudrat sohibi, shafqatsiz va qo‘pollik kabi sifatlarni aks ettiruvchi ismlar qo‘yilgan.
Abu Ubayd al-Qosim ibn Salom al-Haraviyning “Tahtib Jamhrat al-Anass” tadqiqotining muqaddimasida shunday yozadi: “Arab ismlaridan g‘olib, zolim, obro‘li, jangchi va hatto uyqusiz va notinch kabi ismlarni uchratasiz. Ular o‘z dushmanlarini qo‘rqitish maqsadida yirtqich hayvonlar ismlari: Lays, Faros, Durgham, Duraid, Basil va Vard va Talha, Samra, Salamah, Qatoda va Harras kabi. Urush va qurol aslahalar nomlari nomlar bilan nomlash: Harb, Qilich, Ok, Kinana, Adham va Kumayt.60
Ibn Durayd “Al-Ishtiqoq”da aytadi “Insonlar al-Utbiydan61 nega arablar farzandlariga yomon ismlar qo‘yib qullariga yaxshi ismlar qo‘yadi?” deb so‘rashganda, U zot: “Chunki ular o‘g‘illarini dushmanlari qo‘rqitish uchun, qullarini esa o‘zlari hursandchilik bilan chaqirishlari uchun nomlardilar”, dedilar.62
Muhammad bin Sa’d Az-Zuhriy (vaf. 230 hijriy) “Tobaqotul kubro” kitobida “Abdulloh ibn Abbos (r.a.) (68 hijriy) o‘z xizmatkorlarini arablarning ismlari bilan chaqirar edilar: Ikrima, Samiy’ va Kurayb”, deydi.63
Ibn Manzur (vaf. 711 hijriy) “Lisan al-arab”da aytadi: “Arablarning yana bir mashhur nomlaridan: Hoshim (هاشم - bo‘tqa tayyorlovchi) va Mut’im (مُطعم - taomlantiruvchi) va shunga o‘xshash ismlar esa arab qabililari orasida hupmatga sazovordir. Chunki ular arab qabilalarining cho‘llarida qashshoqlik va ocharchilikdan azob chekayotganlarida yordam qilganlari uchun shunday nom berishgan. Hoshim odamlarga bo‘tqani o‘z qo‘li bilan tayyorlab, ularni taomlantirgan kishidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Hoshim ibn Abdulmuttalibning asl ismlari Amr bo‘lgan, birinchi bo‘lib odamlarga bo‘tqa tarqatgani uchun Hoshim deb atashgan”.64
Shuningdek, Jafna (جَفْنَة lagan kosa) Abu Ubayd Ahmad bin Muhammad al-Haraviy (vaf. 401 hijriy) aytadi: “Arablar taom ustasini jafna deb atashgan, chunki u shirin ovqatlar tayyorlab, odamlarni ovqatlantirgani uchun shunday nomni berilgan.”65 Ma’lum bo‘ladiki, arablar orasida ocharchilik ko‘p bo‘lgani bois sahovatli va qo‘li ochiq insonlar taomga doir ismlar bilan nomlashgan. Ushbu gapimizning isboti o‘laroq tilshunos Abul Abbos Sa’labiyning (vaf. 291 hijriy) fikrlarini keltiramiz: “Arablar qo‘li ochiq, sahovatli kishilarni “Xubz” (الخبز – non) deb ham atashardi”66.
Al-Johiz67 (vaf. 255 hijriy) o‘zining “Al-Hayavan” kitobida shunday deydi: “Arablar farzandlariga Kalb (كلب – it), Himar (حمار – eshshak), Hajar (حجر – tosh), Jo‘’l (جُعْل – go‘ngqo‘ng‘iz), Hanzalo (حنظلة – tuya), Qird (قرد – maymun) kabi ismlar qo‘yib uni yaxshilikka yo‘yishar edi. Arablardan bir kimsaga farzand ko‘rgani xabari kelsa, tashqariga chiqardi agar toshni ko‘rsa yoki kimdandir tosh degan so‘zni eshitsa, uni ism qilib qo‘yardi va sabra, salobatda va boqiylikda toshga o‘xshasin deb niyat qilardilar. Agar eshshakni ko‘rsa yoki eshitsa, kuch-quvvatda, umri boqiylikda, sabrda eshshakga o‘xshasin deb niyat qilishardi. Itni esa qo‘riqchi, ovozi yuqori jasur bo‘lsin deyishardi68.
Arab o‘lkalarida avvaldan urushlar, kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar ko‘p bo‘lganligi sababli ular farzandlarini nomlashda ham o‘zlarining hissiyotlarini aks ettiruvchi nomlardan foydalanishgan. Shu asnoda ularda ushbu holat keyinchalik odat tusiga aylangan. Ba’zi ismlar dushmanning ustidan g‘alaba qilishga undovchi ismlar bo‘lsa, ( مظفر Muzaffar – zafar quchguvchi, g‘olib kabi) ba’zilari esa dushmanni qo‘rqituvchi, daxshatga soluvchi ma’nolarni bildiradi. Arablar ismlardagi ma’nolari insonga ta’sir qiluvchi deb ishonishgan.
Arabiston yarim orolida va butun dunyoda o‘limga olib boruvchi tuzalmas kasalliklar va urush qotillik kabi sabablar avj olgan bois ular farzandlarini uzoqroq yashashini umid qilgan holda معمر Muammar – uzoq umr ko‘rguvchi, Omir, Umar, Imron bular ham shular turiga mansub. Shuningdek Shayba ismi ham uzoq umr ko‘rishlikga dalolat qiladi. Ma’nosi شيبة – sochi va soqoli oqargan, ya’ni sochi-soqoli oqaradigan yoshga yetsin deya shunday ism qo‘yishgan.
Islomdan avvalgi ilk IV-V asrlarda Arabiston Yarim orolida aholi qatlami o‘qish yozishni bilmaydigan juda ham savodsiz bo‘lishgan. Shu sababli ular ko‘p masalalarda bir birlari bilan tortishib, ixtilofga borishgan. Odatta bunday holatlarda muammoga yechim o‘laroq oralaridan bir kishini hakam qilib tayinlashgan va bahsli vaziyatni yechimini aynan o‘sha hakam yechib bergan. Natijada ular orasida Hakim, Abu al-Hakam Aqil kabi ismlar urf bo‘lgan. Ko‘p holatlarda arablarda farzandlariga eng yaqin tasodiflar bilan ism qo‘yishgan. Bu esa o‘z navbatida g‘alati noodatiy ismlarning ommalashuviga sabab bo‘lgan. O‘zlari esa bu ismlar nisbatan optimistik munosabatda bo‘lgan. Masalan كلب Kalb – kuchuk ma’nosidagi ismning undagi salobat, haybat kabi yaxshi yaxshi hislatlarni pesh qilishib ushbu ismlardan foydalanishgan.
Ummonlik tarixchi solim ibn Hamud Al-Ibodiy (vaf. 1414-hijriy) Aftidan, bu tasodif nomi yaqin vaqtlargacha arablarda saqlanib qolgan, keyin oylar va kunlarni qamrab olgan va qadimgi davrlarda keng tarqalmagan; Ummonlik tarixchi Salem ibn Hamud Al-Ibodiy o‘zining “Isof al-aʼyan biansab ahli Umman” nomli kitobida shunday deydi: “Arablarning nom qo‘yish borasidagi an’analari yaqin-yaqin asrlargacha saqlanib qolgan. Urush va jangdan tashqari yana ko‘pchilik arablarning qo‘yadigan ismlari oy va kun nomlari bilan bog‘liq edi. Bahorda tug‘ulsa, ربيع - Robe’ - Bahor deb ism qo‘yishgan. Bundan tashqari yana hafta kunlari bilan ham nomlash urfga kirgan. Dushanba, Chorshanba, Juma kunlarining nomlari bilan ham nomlashgan. Hijriy oylarni ismidan ham foydalanishgan Sha’bon, Ramazon, Rajab kabi ismlar qo‘yishgan.”69
Farzandga hayvonlarning ismlarini qo‘yish ham islom dini kelishidan avvalgi davrda urf bo‘lgan.
Al-Johiz O‘zining “Kitab al-Hayavan” asarida: “Arablar o‘zlarining farzandlariga It, She’r, Arslon kabi hayvonlarning ismlarini ham qo‘yishar edi. Ular ushbu ismlarni qo‘yishda, hayvonlardagi kuchlilik, jasurlik, tezkorlik, epchillik, chaqqonlik, salobatlilik kabi hislatlar farzandlariga ham o‘tadi deb ishonishardi.”70, degan fikrlarni keltiradi. Mahshur arab ulamolaridan biri Al-Baqo‘ Ad-Damiriy (vaf. 808 hijriy) bu fikrga qo‘shildilar. “Buyuk hayvonlar hayoti” kitobida - shunday degan edi: “It juda kuchli hayvon bo‘lsada, yirtqich emas insonga juda sodiq do‘st”71.
Qishloqda va shahardan chekka joylarda yashovchi aholi vakillari farzandlariga ism qo‘yishda juda kam ishlatiladigan nodir ismlardan qo‘yardilar. Mashhur lug‘atshunos olim Sa’labiy ham arab ismlari haqida bir qancha izlanishlar olib bordi. Bu haqida Sa’labiy o‘zining “Al-fiqh al-Lug‘a” asarida “Arablarning o‘z farzandlariga sharmandali ismlar qo‘yishi” nomli alohida bob ajratadi.72 Sa’labiy aytadiki “Arablar o‘z farzandlariga it, mushuk, sichqon, bo‘ri kabi sharmandali ismlarni qo‘yishligi bu tabiiy hol edi. Ba’zida ular farzandi tug‘ulishi bilanoq ko‘ziga uchragan narsani ism qilib qo‘yaverishar edi. Tosh, pichoq, qilich, daraxt kabi predmetlarni ism qilib to‘yib keyin qo‘ygan ismlarini yaxshilikka yoyishar edi. Toshdek salobatli bo‘lsin, daraxtdek viqorli bo‘lsin, pichoqdek keskir bo‘lsin nayzadek o‘tkir bo‘lsin deya qo‘ygan ismlarini ta’vil qilishardi. Ularning fikricha farzandlariga qo‘ygan ismlari dushmanlari uchun shuning uchun yaxshi nom qo‘yishmasdi. Qullari va cho‘rilariga qo‘yilgan ism esa o‘zlari uchun deb ularga chiroyli ismlar qo‘yishardi”73
Ba’zi kimsalar Ibn Kilobiydan “Nega insonlar o‘z farzandlariga It, Bo‘ri, Arslon kabi hayvonlarni qo‘yishadi? Qul va cho‘rilariga esa Yoqut, Marjon, kabi chiroyli ismlarni qo‘yishadi?”, deb so‘rashadi. Shunda u “Arablar farzandlarini dushmanlari uchun, qul va cho‘rilarini esa o‘zlari uchun nomlashadi.”74 degan. Bu fikrni Ibn Durayd ham “Ishtiqoq asmai al-qobail” asarida qo‘llab quvvatlaydi.75
Shundan ma’lum bo‘ladiki, arablar ism qo‘yishda, farzandlari qullari, cho‘rilarini alohida-alohida maqsadlarda foydalanishgan ekan.
Yuqoridagi fikrlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, arablar qul va cho‘rilarini chiroyli yumshoq go‘zal ma’nodagi ismlar bilan atashar ekan. Yaqut, Jumana, Zumrat, Lu’lu’, Marjon kabi qadrli toshlar bilan yoki tilla, kumush, temir, feruzaj kabi qimmat metall nomlari bilan nomlashardi.
Sakan ibn Said Jurmuziy Abbos ibn Hishom al Kalbiydan rivoyat qilib aytadi: “Vil ibn Qosit ayoli to‘lg‘oq paytida tashqariga chiqdi. Ko‘zga ko‘ringan narsa bilan ism qo‘yish uchun biror narsa oxtara boshladi. Shunda yosh tuya bolasiga ko‘zi tushdi va بكر Bakr (yosh erkak tuya) deb nomladi. Keyingi gal farzand ko‘rganida unda ham huddi shu holat ro‘y berdi. Ayol ito‘lg‘oq paytida ekanligida tashqariga chiqib kuzatib turardi. Unga farzandi hushxabari yetganda ko‘chada qoramolning kichik bolasini ko‘rib qoldi. So‘ng عنز Anaz (Qoramolning bolasi) deb nomladi.76
Bunga o‘xshash ma’lumotlarni arab tarixchilari va tilshunoslari ko‘plab zikr qilganlar. Yana bir rivoyatda shunday keladiki, Abbos ibn Hishom Musayyab Tamimiydan rivoyat qilib aytadi. “Tamim ibn Murra va uning ayoli Salmo to‘lg‘oq vaqti yaqinlashgach tashqariga chiqib kuzatishdi. Ular qumlik bir sahro vodiysida edilar. Tunda hech narsani topa olmadilar va qaytib kirdilar. Shundan so‘ng ayolini ko‘zi yoriganda ushbu farzandimni ilohga bag‘ishlayman dedi va زيد مناة Zaydu Manot (Manot ilohining quli) degan ism qo‘ydi.77
Islomga kirgandan keyin ismni o‘zgartirish juda ramziy bashoratli ish bo‘lib, agar biror kishi Islomni qabul qilsa, go‘yo u qayta tug‘ilgan va yangi ismga loyiq bo‘ladi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam odatta yomon, qo‘pol ma’noga dalolat qiluvchi va but-sanamlarning ismlarini qo‘yishdan qaytarganlar. Agarda kimda kim musulmonlardan shunday ismlar qo‘ygan bo‘lsa, uni darhol o‘zgartirishga buyura edilar. Imom Al-Buxoriy (vaf. 256 hijriy) ham o‘zining “Al-Jome as-Sahih” asarida ism qo‘yish haqida alohida boblarni keltirib o‘tgan, masalan: “Allohga eng sevimli ismlar haqidagi bob”, “Ismni undan yaxshiroq ismga o‘zgartirish” bobi.
Said ibn al-Musayyib (vaf. 93 hijriy) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Uning bobosi qayg‘uga tushib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Isming nima?”, deb so‘radilar. Shunda sahobiy “Mening ismim Xazen (maʼnosi: qiyin)”, dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasalllam “Albatta, sen osonsan”, dedilar. Shunda u: “Men otam qo‘ygan ismni o‘zgartirmayman”, dedi. Said ibn Musayyab aytdilarki, shundan so‘ng otam bir umr qayg‘uli holda o‘tdilar. Imom Buxoriy rivoyati78
Go‘yoki Payg‘ambar alayhissalom arablarni urush, janjal va shafqatsizlik hayotidan boshqa yangi hayotga tayyorlamoqchi bo‘lgan va buni Abu Dovud as-Sijistoniy (vaf. 275 hijriy) - o‘z sunanlarida - Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam urushni tinchlik deb nom berganliklarini zikr qilganlar.
Abu Dovud shu bilan birga ism tanlashda payg‘ambarlik falsafasini belgilab beruvchi boshqa ma’nolarni ham zikr qilgan: “Xunuk ismni o‘zgartirish bobida”; Unda: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Al-Os, Aziz, Atalah, Al-Hakam, G‘urob, Shayton, Shihob va Habob ismini o‘zgartirib, uni Hishom deb atadilar.79
Bu o‘zgarish nafaqat erkaklarga, balki ayollarga ham tegishli. Abu Naim Al-Asbahoniy (vaf. 430 hijriy) “Sahobalar ilmi” kitobida Jamila binti Sabit Ummu Osim ibn Umar ibn Al-Xattobni “Osiyah” (ma’nosi gunoh qiluvchi ayol) deb ataganliklarini, shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni “Jamiylah” (Go‘zal) deb nomladilar. Al-Isfahoniy esa - Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam falsafasiga rioya qilib, “ismga optimistik qaraganlar” Ibn Sa’d “Tobaqot al-Kubro” asarida aytdiki, sahoba Mute binti an-Nu’mon al-Ansoriy “Osiya” deb atalgan, shuning uchun Rasululloh uni “Mute” (ma’nosi itoatkor) deb atadilar.80
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) inson o‘zini maqtashga ishora qiluvchi ismlar qo‘yishdan ham qaytararedilar. Imom Muslim o‘zining “Sahihul Muslim”ida Muhammad ibn Amr ibn Atodan rivoyat qilgan hadisni keltiradilar. Men qizimni “Barro” (ma’nosi: yaxshi) deb nomlagan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘zingizni maqtamang, Alloh sizlardan solihlarini yaxshi bilguvchidir”, dedilar. U zot: “Qizimning ismini Zaynab deb o‘zgartirdilar”, dedilar81.
Islom kelgandan keyin eski va yangi nomlar uchun falsafa ishlab chiqilgan bo‘lib, u butparastlik, shafqatsizlik yoki pessimizmga (salbiylik) ishora qiluvchi har qanday ma’nodagi nomlarni rad etadi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu amllari bilan nafaqat yosh bolalarni balki yoshi kottalarni ham ismlarini o‘zgartirishga buyurdilar. Hattoki, o‘zlarini ahli ayollari bo‘lsa, ham. Bu borada Ibn Abdulbarr al-Andalusiy (vaf. 463 h) o‘zining “Al-Istiyab fiy ma’rifati as’hab” asarida aytadi. Nabiy alayhis salomning ayollaridan bo‘lmish Juvayriya binti Haris al-Xuzoiyya (vaf. 56 h.) avvalgi ismlari Barroh bo‘lgan so‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam Juvayriyya deb o‘zgartirganlar. Uning ismlarni o‘zgartirishiga latif misollar orasida tinchlik va barakalar.
Boshqa bir manbalarda keltirilishicha Nabiy sollallohu alayhi vasallam dangasalikka dalolat qiluchi ismlarni ham g‘ayratli va harakatchan, jo‘shqinli ma’nolaridagi ismlarga o‘zgartirganlar. Abu Dovud o‘zining “Sunan”da Nabiy sollallohu alayhi vasallamning “Muztoje” (ma’nosi: yonboshlab yotuvchi), yoki ozchilikka dalolat qiluvchi Qilla (ma’nosi: oz) deb atalgan ismlarni boshqa ismga o‘zgartirganliklarini zikr qilganlar. Xatib Bag‘dodiy esa o‘zining “Talxiysul mutashabih” asarida shunday deydi: “Sobiyh ibn Saiyd an Najashiy al-Madaniyning onasining ismi “Inabah” (ma’nosi: bir dona uzum). Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam u ayolni “Unquda” (ma’nosi: uzum shodasi) deb atadilar82.



Download 240,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish