О‘zbekiston respublikasi


Chet tili fanlarining ta’lim samaradorligini oshirishda foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar



Download 2,28 Mb.
bet49/71
Sana14.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#147159
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
ХАЙИТОВА ДИЛАФРУЗ

3.2. Chet tili fanlarining ta’lim samaradorligini oshirishda foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar

Chet tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mashɡʻulotlarni tashkil etish dolzarb masala bо’lib, darslarni qiziqarli о’tishi uchun juda qulaydir. Chunki ta’lim texnologiyalarining asosiy maqsadi о’quv jarayonini faollashtirish, talabalar tomonidan о’quv materialini о’zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va ularni mustaqil fikrlashga hamda о’z fikrini bayon etishga о’rgatishdir.

Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarini tushunishning asosiy yо’li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam о’zaro aloqani о’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali о’qitishdir. О’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, о’quv jarayonini tо’liq qamrab olishi kerak.

Chet tillarini о’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish bu о’quv fanining о’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mazmunni yangilash, uning asoslari borasida talabalarga chuqur nazariy bilimlar berish asosida amaliy faoliyat kо’nikma va malakalarini shakllantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Oliy о’quv yurtlarida chet tili fanlari talabalar uchun asosiy fanlardan biri hisoblanadi.

“Oʻzbek modeli”ning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan “Ta’lim toʻɡʻrisida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, avvalo, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib boradigan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini toʻliq yuzaga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qoʻyilgan. Bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarining mantiqiy davomi sifatida Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻɡʻrisida”gi qarorning qabul qilinishi ham bu boradagi yana bir muhim qadamlardan deyish mumkin.

Mazkur qarordan koʻzlangan asosiy maqsad tillarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilɡʻor uslublari joriy etish, xorijiy tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Qolaversa, vatanimizning jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni tobora ortib, mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan bir paytda yoshlarga chet tillarni puxta oʻrgatish va xorijliklar bilan muloqot davomida oʻziga taalluqli masalalar, xalqimizning madaniyatli, erishayotgan yutuqlarimizni koʻrsatib erkin muhokama qila olishi, oʻɡʻzaki yoki yozma shaklda muloqot qilishni oʻrgatish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ta’kidlash zarurki, mazkur masala dunyo davlatlarida ham dolzarb vazifalardan boʻlganligi uchun ayni paytda qator mamlakatlarda bu borada e‘tiborli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yevropa Kengashining “Chet tilini bilishning umumyevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va baholash” toʻɡʻrisidagi hujjati umume‘tirof etilgan xalqaro me‘yorlardan biridir.

Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida ham chet tillarni oʻrganish boʻyicha Davlat ta’lim standartlari loyihasini ishlab chiqish jarayonida “Ta’lim toʻɡʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻɡʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablari asoslanildi hamda dunyoning rivojlangan mamlakatlarining ijobiy tajribalari va “Xorijiy tillarni bilish boʻyicha umumyevropa kompetensiyalari”tizimi chuqur oʻrganib chiqildi. Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarini oʻrgatish boʻyicha ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarining ahamiyati shundaki, unda oʻquvchi-yoshlarni chet tillarda erkin muloqot qila olish koʻnikmasini shakllantirish eng muhim vazifalardan biri etib belgilangan boʻlib, bir nechta yoʻnalishlarni qamrab olgan.

Eng muhim jihati Davlat ta’lm standartining loyihasi chet tilini oʻrganishda kommunikativ faoliyat va shaxsga yoʻnaltirilgan, integrativ va kompetensiyali yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish