О‘zbekiston respublikasi


Chet tillarini oʻqitishda grammatikaning ahamiyati



Download 2,28 Mb.
bet48/71
Sana14.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#147159
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
ХАЙИТОВА ДИЛАФРУЗ

3.1. Chet tillarini oʻqitishda grammatikaning ahamiyati

Hozirgi kunda grammatikaga oid bilim, koʻnikma va malakalarining chet tillarni egallashdagi rolini hech kim inkor etmaydi. Grammatik shakl va tuzilmalarni ma’nosini anglamay turib nutqni tinglab yoki matnni oʻqib tushunish mumkin emas. Ularni qoʻllashni bilmasdan turib, oʻz fikrini shakllantirish, oɡʻzaki yoki yozma bayon qilishni tasavvur etish qiyin. Grammatik material tasnifi tegishli koʻnikmalarni hosil qilish jarayonini oqilona tashkil etish uchun “poydevor” vazifasini bajaradi. Tilning grammatik qurilishi uning soʻz boyligi bilan birga til materiallarini tashkil qiladi. Metodikaning vazifasi talabalar, ular tomonidan grammatik hodisalarni egallashning samarali yoʻl va usullarini izlab topishdan iboratdir. Soʻz shaklini anglash, uni boshqa soʻzlar bilan biriktirib tugal fikr anglatadigan gaplar yasash, shuningdek fikrni tinglab va oʻqib tushunish, fikrni yozma bayon qilish oʻrganilgan tilning grammatik tizimi toʻɡʻrisida zaruriy bilim va malakalarni egallashni talab qiladi. Grammatik malakalarni oʻrgatish oʻqituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi. Grammatik materialni oʻrgatishda ham turli mashqlar, oʻyinlar va interfaol usullardan foydalanish oʻz samarasini beradi.

Koʻpgina grammatik koʻnikmalar maktab, litsey yoki kollej oʻquvchilarida yetarlicha shakllanmaganligi sababli, ulardagi qiyinchiliklarni aniqlash va zaruriyati tuɡʻiladi. Buning uchun oʻqituvchi dars davomida oʻquvchilardagi til qiyinchiliklarini oʻz vaqtida aniqlab, shunga qarab yondashsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Grammatikaning mohiyati shundaki, mashqlarni bajarish oʻrganilayotgan formalarni matndan topish ularga savollar tuzish, soʻzlarni u yoki bu belgilarga qarab tavsiflash, grammatik tahlil qilingan namunaga qarab soʻz birikmalari va gaplar tuzish oʻquvchilardan ma’lum analitik koʻnikmalarni talab qiladi.

Shunday qilib, bu grammatik til materiallarini oʻrganish haqidagi toʻɡʻri va aniq tushunchalar olishga, oʻz navbatida oʻquvchilarning keyingi amaliy faoliyati uchun mazkur predmetlardan erkin foydalanish uchun kerak boʻladigan til materiallarini oʻzlashtirish imkoniyatini oshiradi. Davlatimiz jadal sur’atlar bilan taraqqiy etadigan davrda zamonaviy oʻquvchining oɡʻzaki va yozma nutqini oʻstirish, nafaqat chet tili darslari uchun, umuman jamiyatimiz uchun muhim omillardan biridir. Grammatikaga oid bilimlarsiz, grammatika mexanizmini shakllantirmasdan turib chet tilida gapirish koʻnikmasi haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas. Agar oʻquvchi bunday mexanizmni oʻzlashtirgan boʻlsa, u chet tilida grammatik jihatdan toʻɡʻri tuzilgan gaplarni oʻz ona tilida hosil qila olishi mumkin.

Oʻrganilayotgan tilda nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish uchun oʻquvchilarga grammatikani oʻrgatish lozim. Binobarin, grammatik koʻnikma chet tilini oʻrganishda asosiy poydevor hisoblanadi


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish