Axborotlarning va bank faoliyatini tartibga solishning tarqoqliligi.
Oldinigi boblarimizda biz axborotlarning tarqoqliligini-(shu yaqqol isbotlandiki, moliyaviy bitimni kelishgan tomonlar teng darajada axborotdan xabardor bo‘lmagan) noto‘g‘ri tanlash va ma‘naviy riskka olib kelishini AQSh moliya tizimiga katta ta‘sir ko‘rsatishini kuzatdik. Axborotlarning tarqoqliligi noto‘g‘ri tanlash va ma‘naviy risk kontseptsiyasi nima uchun AQSh va boshqa davlatlar hukumatlari banklar faoliyatini tartibga solishning mayyan shaklini tanlab olganliklarini tushuntirishga yordam beradi. Banklar faoliyatini tartibga solishning jami sakkiz turi mavjud: omonatlar xavfsizligining davlat tizimi; bank aktivlari tarkibiga cheklovlar; kapitalga nisbatan talablar; banklarni litsenziyalash va tekshirish; risklarni boshqarishni baholash; axborotlarni ochishga nisbatan talablar; iste‘molchilarni himoya qilish; raqobatni cheklash134.