Suyultirilgan, eritilgan va yuqori bosimdagi gazlar saqlanuvchi ballonlarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Suyultirilgan va yuqori bosim ostida siqilgan gazlar saqlanadigan idishlar xilma-xil tuzilishga va hajmga ega bo‘ladi (6.1 – rasmga qarang). Ularning asosan bir yerga muqim o‘rnatilgan va harakatlantirib yurgizish uchun mo‘ljallangan, ya’ni ko‘chma turlari mavjud.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlar quyidagicha
guruhlanadi: kichik hajmli 0,4...12 l; o‘rtacha hajmli 20...50 l va katta hajmli 80...500 l qilib belgilangan.
Ballonlarning kichik va o‘rtacha hajmlilari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.
Ishlatilayotgan gaz ballonlarining texnik holati, tashqi ko‘rinishi doim nazorat qilinishi kerak. Gaz ballonlarini nosozlikka chiqarish uchun asos bo‘ladigan tashqi shikastlar va nosozliklar 6.10 – rasmda keltirilgan.
Тurli gazlar to‘ldirilgan ballonlarni bir-biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglarga bo‘yaladi (6.1 – jadval). Shuningdek, kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va “Sanoatgeokontexnazorat” qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi.
– rasm. Gaz ballonlarini nosozlikka chiqarish uchun asos bo‘ladigan tashqi shikastlar va nosozliklar.
6.1 – jadval
Gaz ballonlarining bo‘yalgan rangi va yozuvi rangi bilan farqlanishi
Gazni nomi
|
Ballon rangi
|
Yozuv rangi
|
Rang ko‘rinishi
|
Kislorod
|
Ko‘k
|
Qora
|
|
Azot
|
Qora
|
Sariq
|
|
Ammiak
|
Sariq
|
Qora
|
|
Asetilen
|
Oq
|
Qizil
|
|
Vodorod
|
Тo‘q yashil
|
Qizil
|
|
Butan
|
Qizil
|
Oq
|
|
Siqilgan havo
|
Qora
|
Oq
|
|
Тo‘ldirishga olib borilayotgan ballonlarning ichidagi qoldiq bosim 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Chunki, ballon ichidagi qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,065 MPa dan kam va 0,10 MPa dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Idishda ma’lum miqdordagi gazning bo‘lishi, unda qanday gaz borligini aniqlashdan tashqari, idishning zich yopilishligini kafolatlaydi. Bu esa idishga tashqaridan havo va boshqa aralashmalar kirishining oldini olib xavfli holatlarni bartaraf etadi.
Gaz ballonlarining portlashi, unda qanday gaz saqlanayotganligidan qat’i nazar, nihoyatda xavfli hisoblanadi. Portlash sabablari har xil bo‘lishi mumkin. Jumladan, ballonlarning ma’lum balandlikdan tushib ketishi, metall qismlarga yoki bir-birlariga qattiq urilishi, quyosh nurlari yoki isitish tizimlari ta’sirida qizib ketishi, shuningdek, portlashning kelib chiqishiga nihoyatda past harorat va ballonlarni suyultirilgan gazlar bilan haddan tashqari to‘ldirish ham sabab bo‘lishi mumkin. Kislorod ballonlarining portlashiga ballon ichiga yoki gaz chiqarish – gaz to‘ldirish qurilmalariga moysimon moddalarning tushib qolishi ham sababchi bo‘ladi.
Ballonlarning eskirib, zanglab ketgan joylari ham portlashga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kislorod ballonlarini to‘ldirishdan oldin maxsus suyuqliklar bilan yuvib yuboriladi (dixloretan, trixloretan ).
Ballonlarning portlashidagi sabablardan yana bittasi ularni to‘ldirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolikdir. Bunda ma’lum bir gaz balloniga boshqa, ikkinchi bir gaz to‘ldiriladi. Shuning uchun ham gaz ballonlari aniq ranglar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Masalan, kislorod balloni havo rangga bo‘yalib, “kislorod” degan yozuv qora rangda bo‘ladi. Asetilen balloni esa oq rangga bo‘yalib, yozuvi qizil rangda bo‘ladi va h. k.
Ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan bosim ostida ishlaydigan qurilmalarning eng oddiysi va soddasi bosim ostidagi moddalarni o‘tkazuvchi quvurlardir. Ma’lumki, hamma suyuqlik va gazlar bir joydan ikkinchi joyga quvurlar orqali yuboriladi. Davlat standartiga asosan quvurlar orqali
yuborilayotgan moddaga qarab, quvurlar turli ranglar bilan ajratib qo‘yiladi: suv – yashil; bug‘ – qizil; havo – ko‘k; yonadigan va yonmaydigan gazlar – sariq; kislotalar – to‘q sariq; ishqorlar – binafsha rang; yonadigan va yonmaydigan suyuqliklar – jigarrang; boshqa moddalar – kulrang.
Quvurlardagi xavfni aniq ko‘rsatish maqsadida ularga ogohlantiruvchi rangli halqalar tushiriladi. Masalan, qizil rangdagi halqa quvur orqali yong‘inga, portlashga xavfli yengil alangalanuvchi modda, yashil rangdagisi – xavfsiz inert modda, sariq rangdagisi – zaharli modda uzatilayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari sariq halqa boshqa turdagi xavfli holatlar va moddalardan ogohlantirish uchun ham qo‘yilishi mumkin, masalan, kuchli havosizlantirilgan muhit, yuqori bosim, radioaktiv moddalar va boshqalar.
Bosim ostidagi ballon va idishlardan foydalanganda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tasodifiy hodisalarga, asosan, bu idishlarni ishlatishda ishchilar va ma’muriyat tomonidan yo‘l qo‘yilgan xavfsizlik talablarining buzilishi, ishga sovuqqonlik bilan qarash, bosim ostidagi idishlarga o‘rnatilgan nazorat asboblari yetarli emasligi va nosozligi sabab bo‘ladi.
Тurli maqsadlarda ishlatiladigan yonuvchi gazlar havo bilan aralashishi natijasida portlashi mumkinligini hisobga olib, korxona mutaxassislari tomonidan, oldini olish tadbirlari belgilanishi lozim.
Gaz keltirish quvurlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlashlarning oldini olish maqsadida bu quvurlarga havo so‘rilishi va gaz chiqib ketib havo bilan aralashishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlar butunlay tugatilishi kerak. Buning uchun havo holatini aniqlovchi o‘lchash asboblari, gaz analizatorlari, shuningdek, quvurlardagi gaz holatining o‘zgarishiga qarab (bosimning pasayishi yoki ortishi, qarshilikning ko‘payishi yoki kamayishi), avtomatik ravishda ishlovchi o‘chirish vositalari (masalan, membranali o‘chirish qurilmalari) o‘rnatiladi.
Portlash bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, asosan havo bo‘lmasligini ta’minlash, buning uchun gaz aralashmasi hosil bo‘layotganligini aniqlovchi avtomatik moslamalar o‘rnatish, bunda gaz analizatorlari ishini shamollatish tizimlari bilan bog‘lab olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish korxonalarida birmuncha keng tarqalgan bosim ostida ishlatiladigan idishlardan bittasi, asosan, gaz ballonlari hisoblanadi. Bu ballonlar, xususan, gaz payvandlash ishlarini bajarishda keng qo‘llaniladi. Bu ballonlardan foydalanishda zarur xavfsizlik chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday ballonlarni tashib keltirishda va saqlashda bir - birlariga tegib turishi mutloqo taqiqlanadi. Ularni bir-birlaridan ma’lum masofada ajratib turadigan rezina halqalar qo‘llaniladi. Ular alohida, ishlab chiqarish korxonasi asosiy binosidan birmuncha masofada joylashtirilgan maxsus joylarda saqlanadi. Asetilen ballonlarini ishlab chiqarish korxonasi binolarida saqlash tavsiya etilmaydi.
Kislorod va atsetilen ballonlaridan gazni reduktorlar yordamida, xavfsizlikni va zarur bosimni ta’minlash maqsadida, foydalanish uchun yuboriladi. Quyidagi
– rasmda reduktorning sxemasi va ishlash prinsipi keltirilgan. Reduktorning asosiy vazifasi – yuqori bosim ostida saqlanayotgan gazni ma’lum bir, foydalanish uchun zarur, bosimgacha kamaytirish va shu bosimdagi gazni ishlatilayotgan joyga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. Reduktor quyidagicha ishlaydi.
– rasm. Gaz reduktorining tuzilishi va ishlash prinsipi: a - reduktorning yopiq holati; b - reduktorning ochiq holati;
1 - reduktorni ventil shtutseriga mahkamlaydigan gayka; 2 - yuqori bosim manometri; 3 - teskari harakat prujinasi; 4 - past bosim manometri; 5 - saqlash klapani; 6 - shlang ulash nippeli; 7 - diafragma; 8 - rostlash (siqish) prujinasi;
9 - rostlash vinti; 10 - past bosim kamerasi; 11 - reduksion klapan; 12 - yuqori bosim kamerasi.
Yuqoridagi 6.11.a – rasmda rеduktorning berk, ishlamay turgan holati tasvirlangan. Bunda yuqori bosim ostidagi gaz kameraga (12) kirgan holda uning kameraga (10) o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi klapanni (11) gaz o‘tish joyiga prujina
(3) siqib turadi. Agar biz vintni (9) burasak, u prujinani (8) siqadi va bu kuch diafragmaning (7) egilishiga olib keladi. Diafragma o‘z navbatida egilib, klapanni
itaradi va gazni kameraga (10) o‘tishini ta’minlovchi teshikni ochadi. Reduktor ishchi holatga o‘tadi (6.11.b – rasm). Gaz xohlagan miqdorda yuqori bosimli kameradan (12) past bosimli kameraga (10) o‘tadi va ishlatish uchun yuboriladi. Manometr (4) ishlatilayotgan gaz bosimini ko‘rsatib turadi. Manometr
ballondagi gaz bosimini ko‘rsatib turadi. Yuqori bosimli ballondan vint (9) va manometr (4) yordamida xohlagan ishchi bosimni olish mumkin. Bundan tashqari reduktor alanganing shlang orqali ballonga o‘tib ketish xavfini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |