O‘zbekisтon respublikasi


Siqilishga bog‘liq holatda havo temperaturasining oshishi



Download 6,58 Mb.
bet187/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Siqilishga bog‘liq holatda havo temperaturasining oshishi





Bosim, MPa

0

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

1,0

2,0

5,0

Harorat, ° K

293

395

404

439

468

494

573

691

836

Ishlab chiqarishda keng ko‘lamda ishlatilayotgan qisilgan havo hosil qiluvchi kompressorlar va ularning tarmoqlari, shuningdek, qisilgan havoni to‘plovchi resiverlarni ishlatish amaliyotidan kelib chiqib, ulardagi portlash hodisalari, asosan, ularda havo bilan birga kompressor tizimiga kirib qoladigan va ma’lum qismlarda yig‘iladigan moysimon moddalar tufayli ro‘y beradi. Bu modda qotib qolgan quyqa sifatida yig‘ila boradi va vaqt o‘tishi bilan moy va uning parchalangan qismlarini o‘ziga to‘plab kattalashadi, keyin siqilgan havo o‘tishiga qarshilik qilishi natijasida qiziy boshlaydi va oxir-oqibat alangalanib ketib portlashga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosimdagi havo tarkibiga kirib qolgan neft mahsulotlari va moysimon moddalar va boshqa moylovchi suyuqliklar biron-bir uchqun ta’sirida yonib ketib portlashga sababchi bo‘ladi. Bunday moddalarning yonib ketishiga quyqa alangasi sababchi bo‘ladi.


Katta bosim ostidagi havoning yuqori harakat tezligiga ega bo‘lishi havo tarkibida yuqori kuchlanichdagi statik zaryadlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularning razryadlari esa havo tarkibidagi moy bug‘larining portlashi uchun yetarli omil hisoblanadi.

Kompressorlarning o‘zida portlash sodir bo‘lishining asosiy sabablaridan biri bosimning oshishi natijasida temperaturaning ko‘tarilishi va temperaturasi oshgan havoning porshen osti qismiga (kompressor karteriga) o‘tishidir. Karterga o‘tgan qizigan havo va kompress moyining bug‘lari aralashib portlovchi (yonib ketuvchi) aralashma hosil qiladi va yonib ketadi. Aralashma yonishi natijasida portlash yuz beradi. Shu sababli qisilgan gaz temperaturasi bilan moyning yonib ketish temperaturasi orasidagi farq 75 oC dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘pincha portlashlar havo to‘plovchi idishlarda (resiverlarda) ham yuz beradi. Bunga asosiy sabab kompressorlarni moylashda ishlatiladigan moylovchi moddaning siqilgan havo tarkibiga kirib qolishidir. Kompressor qismlarini kerakidan ortiq moylash va moyga katta harorat va bosim ta’siri moyning siqilgan havo tarkibida ko‘payishiga olib keladi.
Siqilayotgan havo tarkibida ma’lum miqdordagi yonuvchi changlarning bo‘lishi ham portlovchi muhitni yanada xavfliroq holatga olib keladi. Masalan, havo tarkibidagi moysimon bug‘lar va changlar 6...11 foiz atrofida yig‘ilganda, 200 °C haroratda portlab ketishi mumkinligi kuzatilgan.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, kompressorlarda va resiverlarda portlash sodir bo‘lishining asosiy sabablarini quyidagicha jamlash mumkin:

  • kompressor yordamida siqilayotgan havo haroratining belgilangan me’yordan ortiq qizib ketishi;

  • siqilgan havo tarkibida ma’lum miqdordagi yonuvchi changlarning kirishi va to‘planishi;

  • kompressor yordamida resiverlarda to‘planayotgan siqilgan havo bosimi belgilangan me’yordan oshib ketishi;

  • moylovchi moddalarning kompressor qismlaridan havo tarkibiga o‘tib bug‘lanishi va portlab ketishi;

  • kompressor porshen devorlarining va boshqa havo yo‘llarining ortiq darajada qizib ketishi;

  • xavfsizlikni ta’minlash jihozlarining, saqlash qurilmalarining ishlamasligi va nosozligi.

Kompressor tizimlarida portlashning oldini olish maqsadida, yuqorida aytilgan sabablardan kelib chiqib, xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • kompressor tizimlarida hosil bo‘ladigan quyqa qatlamlarini o‘z vaqtida tozalab turish;

  • kompressor porshenlarida quyqa va qurum qatlamlari hosil bo‘lmasligini ta’minlash uchun, kompressor porshenlarini moylash maqsadida bosimga va yuqori haroratga chidamli maxsus moylardan foydalanish.

  • kompressorlarni suvli yoki havoli ishonchli sovitish tizimi bilan ta’minlash;

  • kompressor tizimi elektr xavfsizligini ta’minlash va statik zaryadlanishni bartaraf qilish maqsadida yerga ulashni bajarish.

Har olti oyda ishlatilayotgan kompressor tizimi elementlari ochib tozalanishi, quyqalar yo‘qotilishi, bosimli havo bilan purkab tozalanishi kerak. Тizimdagi saqlovchi qurilmalar olinib, texnik nazoratdan o‘tkazilishi va ishlashi ishonchliligi stendlarda tekshirilishi kerak.



    1. Download 6,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish