O‘zbekisтon respublikasi


Katta energiya va bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari



Download 6,58 Mb.
bet183/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Katta energiya va bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari




      1. Bug‘ va suv qozonlarini ishlatishda xavfsizlik talablari


Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida bosim ostida ishlaydigan uskuna va jihozlardan keng foydalanish, albatta, ishlab chiqarish korxonalarida ulardan foydalanishning xavfsiz yo‘llarini, bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohatlanishlarni kamaytirish chora-tadbirlarini izlab topishni, taqozo qiladi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan katta bosim ostidagi idishlar zich yopilganligining buzilishi natijasida fizik va kimyoviy portlash xavfi vujudga



keladi.
Ishlab chiqarishda va hayotda bug‘ hosil qilish va suv isitish qozonlari keng ishlatiladi. Bu qozonlarni xavfsiz ishlatish muammosi dolzarb masaladir, Chunki, bular ishlaganda bir qator xavfli omillar yuzaga keladi. Masalan, normal havo bosimida suv 100 °C da qaynaydi. Agar biz shu suvni berk qozonda qizdirsak, uni bosib turgan bug‘ hisobiga qaynash to‘xtab qoladi. Endi suvning qaynashi uchun qo‘shimcha issiqlik berilishi kerak bo‘ladi. Suv 6·105 Pa bosim ostida 169 °C da; 8·105 Pa bosim ostida 171 °C da; 12·105 Pa bosim ostida 180 °C da qaynay boshlaydi. Bosim oshib borishi bilan qozon ichidagi suv o‘ziga juda katta issiqlikni yutib boradi. Agar 180 °C haroratda qaynayotgan suv bug‘ini sekinlik bilan sarflab borilsa, unda suv harorati to 100 °C ga pasayguncha bug‘lanish davom etadi. Agar biz bug‘ sarfini oshirsak, ya’ni qozondagi bosimni qanchalik tezlik bilan kamaytirsak, bug‘lanish shunchalik tezlashadi, ya’ni suv bug‘i sarfi oshishi bug‘lanish jarayonini tezlashtiradi. Mabodo, qozon yorilib ketib katta teshik ochilsa, katta quvvatga ega bo‘lgan bug‘ nihoyatda katta kuch bilan otilib chiqishi natijasida o‘ta xavfli vaziyat vujudga keladi. Bu holat yoriq kengayib ketmaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa, lekin amalda yoriq birdaniga kattalashib ketadi va bunday holat kuchli portlash bilan tugaydi. Chunki, zichligi yo‘qolgan qozonning materiali katta bosimga bardosh berolmay qoladi.
Ishlab chiqarishdagi har qanday bug‘ hosil qiluvchi yoki suv isitish qozonlarida 100 °C dan ortiq harorat ostida bo‘lgan suv o‘zida katta energiyani to‘plagan bo‘ladi va suv bug‘langanda suvga nisbatan 1700 marta ortiq hajmni egallashini hisobga olsak, bu energiyani nazorat ostidan chiqarish qanday oqibatlarga olib kelishi ma’lum. Shuning uchun katta haroratga ega bo‘lgan qozonda zich yopilganlikning kichik miqdordagi teshigi orqali nihoyatda katta kuch bilan bug‘ otilib chiqishi mumkin. Bu o‘z navbatida reaktiv kuch hosil qiladi va qurilmaning butunlay buzilib ketishiga sabab bo‘ladi. Demak, qurilmaga xavf tug‘diruvchi kuch bu suv yuzasidagi bug‘ emas, balki uning ostidagi 100 °C dan ortiq qizdirilgan suvda to‘plangan quvvat hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, qizdirilgan suv hajmi qancha katta bo‘lsa, to‘plangan quvvat ham shuncha ko‘p
bo‘ladi. Shuning uchun bug‘ va suv isitish qozonlardan xavfsiz foydalanish, ularni ma’lum sharoitlarga moslab tanlash muhim ahamiyatga ega.
Har bir kvadrat metr qizdirilayotgan yuzaga to‘g‘ri keladigan suv hajmining kichik miqdori hisobidan tayyorlangan suv isitish qozonlari ishlatishga qulay va xavfsiz hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, samovarsimon quvurlardan yasalgan qozon xavfsizligi yuqori hisoblanadi. O‘t yonish xonasiga quvurlar yoki batareyalar qo‘yilgan qozonlarda xavf ortadi. 60 kg isitilgan suv yuzasidagi bug‘ning bosimi 5·105 Pa bo‘lsa, unda 1 kg porox portlagandagicha energiya jamlangan deb hisoblanadi.
Bosim ostidagi qozonlarda portlash sodir bo‘lishining asosiy sabablarini quyidagicha guruhlash mumkin [35]: qozonlarni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar; qozonlarni katta yuklanishlar (kuchlanishlar) ostida ishlatish; qozonda suv kamligi tufayli qizib ketish; qozon devorlarida cho‘kma hosil bo‘lishi; qozonning uzoq vaqt ishlatilishi tufayli eskirishi; texnika xavfsizligi talablarining buzilishlari.
Bug‘ hosil qiluvchi va suv isitish uchun foydalaniladigan qozonlarda yoqilg‘i sifatida asosan tabiiy gazdan foydalaniladi. Issiqlik hosil qilish uchun gazlarni yoqish samarali, ancha yengilliklar tug‘diradi. Shu bilan bilan birga gazlardan foydalanish xavfli holatlarni ham vujudga keltiradi. Chunki, tabiiy gazlarning ma’lum miqdorda havo bilan aralashma hosil qilishi oqibatida portlashlar sodir bo‘ladi, moddiy zarar va jarohatlanishlar, hatto o‘lim hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan xavfli holatlarning oldini olish uchun qozonlar yoqilg‘i bilan ta’minlash tizimida xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar bilan jihozlanadi. Bu vositalarga gaz bosimi kamayishi yoki gaz birdan bo‘lmay qolganda o‘chirib qo‘yish tizimlari, shuningdek, qozondagi suv harorati ko‘tarilib ketganda gaz berishni to‘xtatuvchi qurilmalar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Qozonlarning prujinali va richagli saqlovchi qurilmalarini ishlatish oddiy va qulay, shu bilan bir qatorda ularning o‘ziga yarasha kamchiligi ham bor. Bu saqlovchi vositalar asosan bosimning sekin-asta ko‘tarilib borishiga mo‘ljallangan.
Shuning uchun qozonlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hollarda, bosim keskin ko‘tarilib ketganda, bu vositalar ishlashga ulgurmay qolishi mumkin. Bunday hollar uchun qozonlarda muhofaza vositasi sifatida parchalanib ketuvchi (sinuvchi) saqlovchi yoki sitilib chiqib ketuvchi membranalardan foydalaniladi. Bu

membranalar qozondagi bosim ishchi bosimning 0,25∙ Pi
miqdoridan ortib

ketganda sinib ketishi natijasida ortiqcha bosimni tashqariga chiqarib yuboradi.
Qozonlardagi bunday membranalar qozonlarni muhofazalovchi vosita sifatida alohida o‘zi o‘rnatilgan bo‘lishi yoki boshqa turdagi saqlovchi qurilmalar bilan birgalikda o‘rnatilgan qurilma bo‘lishi ham mumkin.
Membranalar cho‘yan, oyna, grafit, po‘lat, alyuminiy va bronza materiallaridan tayyorlanib, ularga qo‘yiladigan asosiy talab, qozondagi bosim ma’lum miqdorga yetgandan keyin ularning sinib, qozonda hosil bo‘layotgan ortiqcha bosimdan kam bo‘lmagan miqdordagi bosimni tashqariga chiqarib yuborishni ta’minlashdir. Buning natijasida qozonlar yuqori bosim ta’siriga tushishdan saqlab qolinadi, ya’ni kichik texnik hodisa yuzaga keltirilib katta portlashning oldi olinadi.
Bug‘ hosil qiluvchi va suv isitish uchun foydalaniladigan qozonlardagi membranali saqlovchi qurilmalarni ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatishdagi xavfsizlik qoidalari “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga tatbiq qilingan “Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalari”da keltirilgan [43].



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish