O‘zbekisтon respublikasi


Katta energiya va bosim ostidagi uskuna, qurilma va idishlarni ishlatganda yuzaga keladigan xavfli holatlar



Download 6,58 Mb.
bet179/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Katta energiya va bosim ostidagi uskuna, qurilma va idishlarni ishlatganda yuzaga keladigan xavfli holatlar


Yuqorida keltirilganidek, bosim ostida ishlaydigan idishlarga bug‘ hosil qilish va suv isitish qozonlari, kompressorlar, hamma turdagi gaz ballonlari, bug‘


o‘tkazgichlar va yuqori bosimli gazlarni o‘tkazuvchi quvurlar kiradi. Bu bosim ostida ishlaydigan idishlarning asosiy xususiyati ularning germetik yopilishidir, ya’ni zich yopilganligidir [34].
Bosim ostidagi suyuqlik va gazlarning qurilmalar va idishlarning har xil detallari va quvurlar ulangan qismlari orqali sizib chiqmasligini ta’minlash germetiklik (zich yopilganlik) deb ataladi.
Zich yopilgan qurilma ichidagi holat, jarayon yoki mahsulot tashqi muhitdan butunlay ajratilgan holatda bo‘ladi. Bunday holat har qanday gaz va suyuqlik bilan ishlaganda zaruriy shart hisoblanadi. Shuningdek, bu holat havosiz muhitda ham qo‘llaniladi. Demak, yuqorida keltirilgan idishlarning hammasi, germetiklik asosida ishlaydi.
Germetik yopilgan idish va qurilmalardagi gaz va suyuqliklar katta bosim ostida, yuqori haroratda yoki juda past, hatto absolyut haroratga yaqin bo‘lgan haroratga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu holat o‘ta havosizlantirilgan sharoitda ham bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kuchli bosim va energiya bilan ishlovchi idishlar, juda katta potensial xavfga ega. Agarda biror bir sabab bilan ularning germetikligida yoki konstruksiyasining boshqa tomonida buzilish yuz bersa bu idishlarda portlash sodir bo‘lishi mumkin. Portlash esa katta falokat va vayronagarchiliklarga olib keladi.
Havoli yoki suvli bosim ostidagi idishlar germetikligi buzilishi natijasida portlash sodir bo‘lishining asosiy mohiyati bug‘ va gazlarning to‘satdan, juda qisqa vaqt ichida adiabatik kengayishidir, ya’ni fizik portlash sodir bo‘lishidir.
Bosim ostidagi idishlar portlashning quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi, Vt [34, 35]:
F A / t , (6.1)
bu yerda А portlashning bajargan ishi, J;
t – portlashning davom etish vaqti, s, (sekundning o‘ndan biriga teng).
Portlashning bajargan ishi quyidagi formuladan topiladi (abiabatik kengayishda), J:
m 1
m P2 m


A m 1 P1V 1  P , (6.2)
 1 



bu yerda
Р2
Р1 – idishdagi birlamchi bosim, Pa;

  • idishdagi oxirgi bosim (atmosfera bosimi), Pa;

V – gazning birlamchi (idish) hajmi, m3;

m cp / c

    • adiabata ko‘rsatkichi (Puassan koeffitsienti), gazning



o‘zgarmas bosimda ( сp ) va o‘zgarmas hajmdagi ( c ) solishtirma issiqlik sig‘imlari nisbati; gaz turiga bog‘liq, bir atomli gazlar uchun
m  1,67 , ikki atomlilar uchun m  1,41, uch va undan ko‘p atomlilar

uchun
m  1,29 .

Bunday holat zich yopilgan idishda saqlanayotgan yonuvchi gazning u yerdan sizib chiqishi natijasida vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, agar u yerda atsetilen gazi saqlanayotgan bo‘lsa, unda ajralib chiqqan gaz havo bilan aralashib yengilgina uchqundan alangalanib ketishi yoki portlashi mumkin. Bundan tashqari, zich yopilganlikning buzilishi natijasida texnologik jarayonda ishlatilayotgan gaz havo muhitiga tarqalishi natijasida, agar unda saqlanayotgan gaz yuqori haroratga ega bo‘lsa, kuyib qolish, past haroratli bo‘lsa, sovuq urishi, agar saqlanayotgan suyuqlik tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lsa, nurlanish, agar modda zaharli bo‘lsa, zaharlanish holatlari yuz berishi mumkin. Shuningdek, idishda saqlanayotgan modda katta bosim ostida bo‘lsa, zich yopilganlikning buzilishi natijasida kuchli oqim hosil bo‘ladi va bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin.


Ishlab chiqarishda bosim ostidagi idishlar bilan avariya holatlari sodir bo‘lgan. Masalan, 12 atm bosim ostida havo saqlanayotgan 1 m3 hajmli idishning 0,1 sekund ichida portlashida 28100 kVt quvvat hosil bo‘ladi.
Bug‘ qozonining germetikligi buzilib bosim kamayishi natijasida uning ichidagi barcha suv bir soniyada bug‘ga aylanadi va bug‘ning hajmi suv hajmiga nisbatan 1700 martaga oshadi. Hajmning keskin oshishi natijasida qozon

devorlariga juda katta bosim yuzaga keladi, qozonda katta falokat keltirib chiqaruvchi adiabatik kengayish, ya’ni fizik portlash sodir bo‘ladi. Qozonxona devorlari buziladi, uning ayrim bo‘laklari 300 ... 400 m masofaga uchib ketishi mumkin.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan voqea ko‘rsatadiki, avtoklavda sodir bo‘lgan portlash natijasida uning 1,1 tonnalik eshigi 270 m masofaga uchib ketgan. Massasi 75 tonnalik avtoklav reaktiv kuch ta’siri ostida 10 masofaga siljigan. Avtoklav joylashgan bino butunlay vayron bo‘lgan.
Agar idishning zich yopilganligi buzilib, 15 mm ga yaqin teshik hosil bo‘lsa, bosimi 20 MPa ga teng bo‘lgan idishdan otilib chiqayotgan oqim hosil qilgan reaktiv kuch 3,5 kN ni tashkil qiladi va bu kuch 70 kg massadagi ballonga 5,9 m/s2 boshlang‘ich tezlanish berishi mumkin. Bu tezlanish ballonni bir necha metr masofaga uloqtirib yuboradi. Uloqtirilgan ballon katta buzilishlar, ikkilamchi avariya holatlarini, yong‘inlarni va odamlar jarohatlanishlarini keltirib chiqaradi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish