A.I. Ko‟rachenkov, B.A. Nikityuk, A.P. Soroqin, F.V. Sudzilovskiy, V.G. Koveshnikov, P.Z.Gudz kabi yetuk olimlar ulkan xissalarini kushganlar.
Uzbekistonda morfologik fanlarning taraqqiyoti R.E.Xudayberdiev,K.A.Zufarov,N.K.Axmedov, X.Z.Zoxidov faoliyati bilan bog‘liq. R.E.Xudoyberdiev - taniqli uzbek morfologi, professor, Uzbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Uzbekiston anatomiya maktabining asochilaridan biridir. 60-yillik ilmiy faoliyati davomida professor R.E.Xudoyberdiev raxbarligida odam anatomiyasi kafedrasining jamoasi ishtirokida bir nechta muxim ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar o‘tkazilgan va ishlab chikmokda: jaroxat tufayli va eksperimental ta‘sirotlar ostida qon aylanish tizimida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, qon aylanishi buzulgan xolda odam organizmda kollateral yo‘l bilan tiklanish, ichki a‘zolarda turli ekstremal xollarda mikrotsirkulyator tizimini o‘rganish, xazm qilish a‘zolarida kompensator-moslashuv jarayonini o‘rganish maqsadida oshkozonni rezektsiya kilingandan so‘ng, shu tizim a‘zolaridagi morfo-funktsional o‘zgarishlar va kompensator javobi aniqlandi.
Uzbek tilida anatomiya kitobi - birinchi original darslik sifatida tasviriy va funktsional anatomiya soxasida ko‘p yil davomida ishlab kelgan, yetarli tajribaga ega bo‘lgan pedagog va olimlar R.E.Xudayberdiev, N.K.Axmedov, X.Z.Zoxidovlar xamkorligida birinchi marotaba yaratilgan. Nerv tizimi va turli morfo-funktsional tizimlardagi a‘zolarda innervatsiya xususiyatlarini N.K.Axmedov tomonidan o‘rganilgan. Tibbiy - biologik va ayniqsa morfologik fanlarning taraqqiyoti akademik K.A.Zufarov faoliyati bilan bog‘liq. K.A.Zufarov Uzbekistonda kuchli va butun dunega mashxur bo‘lgan morfologlar ilmiy maktabini yaratdi. Olimning eng katta xizmatlaridan biri – u birinchi bo‘lib xar bir a‘zoni makrostrukturasidan tortib, to eng nozik elektronmikroskopik tuzilmasigacha o‘rgandi, a‘zolar va tizimlar faoliyatining umum jarayonlarni asoslari ko‘rsatildi. Ko‘p yillar davomida o‘tkazilgan eksperemental tadqiqotlarlar natijalari eng zamonaviy usullar yordamida yechildi, shu jumladan elektron mikroskopik usuli O‘rta Osieda birinchi marotaba ilmiy izlanishlarga kiritildi. K.A.Zufarov raxbarligida duneda birinchi marotaba to‘qimalar va a‘zolarning elektronmikroskopik atlasi yaratilgan. Atlas mazmuni jixatdan, bajarilish texnikasi va elektronnogrammalarni sifati bo‘yicha dunening eng yirik ilmiy maktablaring yetakchi olimlari tomonidan yuksak baxolangan. K.A.Zufarov morfologiya fanlarida qilgan xizmatlari uchun Pragada ―Purkine‖ oltin medali bilan mukofatlangada ―Zufarov morfologiyaning shoxsupasiga chiqqan olim.‖ deb faoliyatini yuksak baxolashgan.
So‘nggi davrlarda esa izlanishlarning asosiy yo‘nalishlarini odamda va jonivorlarda xarakat faolligiga moslashuv jarayonini ta‘minlashda o‘zgarishlarni o‘rganish tashkil etdi (V.Ya.