Ish uchun kerakli jihozlar: Mulyajlar, rangli atlaslar, plakatlar, mulyajlar, releflar.
Ishning borishi: Talabalar buyrakni o‗rab turuvchi pardalar, buyrak piramidalari, nefronlarning tuzilishini mulyajlar, rangli plakatlar, releflar va atlaslardan ko‘rib o‘rganishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar buyrakni o‗rab turuvchi pardalar, buyrak piramidalari, nefronlarning tuzilishini rangli ko‘rinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT №: 18. YURAKNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI.
Ishdan maqsad: Yurakni qavatlari, yurak klapanlari, yurakni o‗tkazuvchi sistemasi, yurakni toj arteriyalarini tuzilishini o‗rganish.
Nazariy tushuncha: Yurak devorlari, bo‟shliqlari, klapanlari va muskullari haqida tushuncha.
Yurak muskulli a‘zo bo‘lib, ko‘krak qafasining ichida, kuks oralig‘ining o‘rta qismida, to‘sh suyagi ning orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o‘ng tomonida kiya holatda
joylashgan bo‘lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida, o‘ngdan to‘sh suyagi ning cheti, o‘mrov osti chizig‘idan 1 sm ichkarida, chapdan ko‘krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg‘a oralig‘ida bo‘ladi.
Tirik odamda yuraking kengligi 12-15 sm. uzunasi 14-16 sm, ayollarda o‘rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo‘lib, ko‘pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va konstitutsiyasiga, nafas harakatlari va bajariladigan jimoniy harakatlariga bog‘liq.
Yurak devori uch qavatdan: 1. ichki qavat - endokard, 2. o‘rta qavat-miokard, 3. tashqi qavat- epikarddan tuzilgan.
Endokard - yurakning ichki pardasi, yurak kameralarining ichki yuzasini, muskul so‘rg‘ichlarini, pay iplarini qoplab turadi. Yurakning tavakali va yarimoysimon qopkoklari endakard hisobiga takomil etadi. Endokard bir necha qavatdan iborat. Yurak bo‘shligiga qaragan qavati bazal membranada joylashgan yupqa endoteliy bilan qoplangan. Endoteliy ostida subendotelial qavat joylashadi. Undan chuqurroqda muskul-elastik qavat yetadi. Bu qavat tarkibiga silliq muskul hujayralari va elastik tolalari kiradi. Endokardning miokardga tegib turgan qavati tashqi biriktiruvchi to‘qimali qavat deb ataladi.
Miokard - ko‘ndalang-targil muskul to‘qimadan tuzilgan. Bu qavat tipik miotsitlar va atipik miotsitlardan tashkil topgan. Tipik miotsitlar skelet muskulaturasidagi miotsitlardan tuzilishi jixatdan bir oz farqlanadi. Muskul tolalari bir-biridan qo‘shimcha disklar orqali ajraladi. Qo‘shimcha disklar skelet muskulaturasida bo‘lmaydi.
Epikard - yurak xaltasini hosil qiladigan seroz pardaning vistseral varag‘i bo‘lib, yurak, o‘pka stvoli, aorta va qovak venalar sohasini ustki tomondan qoplab, xaltaning (perikardning)seroz pardaning parietal varag‘iga o‘tadi. Epikard usti mezoteliy bilan qoplangan va yupqa biriktiruvchi to‘qimali plastinkadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |