Aorta
Aorta (aorta) katta qon aylanish doirasining eng katta toq arteriya tomiridir. Unda uch: aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismi, aorta ravog'i va pastga tushuvchi qismi tafovut qilinadi. Aortaning ko'tariluvchi qismi (pais ascendens aortae) chap qorinchadan to'sh suyagining chap chekkasida uchinchi qovuig'a oralig'ida chiqadi. Boshlangan yerda u piyozga o'xshab kengayib, 25- 30 mm kenglikdagi aorta piyozchasi (bulbus aortae) ni hosil qiladi. Bu sohada aorta devori bilan yarimoysimon qopqoqlar o'rtasida aortaning uchta sinusi bo'ladi. Aortaning ko'tariluvchi qismining boshlanish joyidan yurakning o'ng va chap tojsimon arteriyalari boshlanadi.
Ish uchun kerakli jihozlar: Mulyajlar, rangli atlaslar, plakatlar, mulyajlar, releflar.
Ishning borishi: Talabalar katta va kichik qon aylanish doiralarining qon tomirlarini tuzilishini mulyajlar, rangli plakatlar, releflar va atlaslardan ko‘rib o‘rganishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar katta va kichik qon aylanish doiralarining qon tomirlarini tuzilishini rangli ko‘rinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT №:20. LIMFA TOMIRLARI.
Ishdan maqsad: Limfa tomirlarining tuzilishini, limfa aylanishini o‘rganish.
Nazariy tuhuncha: Limfa tizimiga limfa kapillyarlari, limfa tomirlari, asosiy limfa stvollari va yirik limfa yo‘llari - ko‘krak limfa yo‘li va o‘ng limfa yo‘li kiradi. Yo‘l-yo‘lakay limfa okimi bo‘ylab limfatik tugunlar yetadi.
Limfa - rangsiz yoki sargish suyaklik bo‘lib, uning miqdori organizmda 1-1.5 l, tarkibi qon plazmasiga o‘xshashdir. Limfada suv, oqsillar, tuzlar va qon shakliy elementlaridan - eozinofillar, bazofillar va limfotsitlar uchraydi. Ammo limfaning oqsilli va hujayraviy tarkibi o‘zgarib boradi Masalan, periferik limfa tarkibida oqsillarni miqdori 0.49 - 0.69% tashkil etsa, ko‘krak limfatik yo‘lida 2-4.5 % yetadi. Hujayraviy miqdori jixatdan D.A. Jdanov periferik, oraliq va markaziy limfani ajratadi. Periferik limfada hujayralarni soni kam va bunday limfa umuman limfatik tugunlardan hali o‘tmagan. Oraliq limfa bir nechta limfatik tugunlardan o‘tgan. Markaziy limfa esa barcha limfa tugunlardan o‘tib, hujayralarga ancha boyigan bo‘ladi. Masalan, ko‘krak limfa yo‘lida va o‘ng limfatik yo‘lida 1 mm3 limfada 2000 dan 20 000 limfotsitlar va 500 - 12 250 leykotsitlar
aniqlanadi. Limfani yana bir xususiyati - uni doim faqat bitta yo‘nalishda - a‘zolardan markazga yurak tomon okishidir.
Limfa kapillyarlar - bir tomoni berk bo‘lgan naychalar bo‘lib, devorlari yupqa bir qavat endotelial hujayralardan iborat.Limfa kapillyarlarda bazal membranasi va tashqi qavatida peritsitlar bo‘lmaydi va endoteliysi to‘g‘ridan to‘g‘ri biriktiruvchi to‘qimaning xujayroaro moddasiga yendoshadi. Endoteliy hujayralari o‘zining shaklini o‘zgaruvchangligi bilan, tarkibida yaxshi ifodalanmagan organellardan tashqari ko‘p miqdorda mikropinotsitoz pufakchalar, va ikki tomonga qaratilgan mikrovorsinkalari bo‘ladi. Mikropinotsitoz pufakchalar transport vazifasini bajarib, atrofdagi moddalarni hujayra tsitoplazmasi orqali kapillyar bo‘shligiga yetkazib beradi. Mikrovorsinkalar esa nafaqat limfatik kapillyar bo‘shligiga, balki tashqariga, biriktiruvchi to‘qimaning xujayroaro moddasi tomon yo‘nalgan. SHu sababli, to‘qimalararo suyuqligining ortiqcha qismi hujayralar o‘rtasidagi oraliqlardan limfa kapillyarlarning devori orqali yengil suriladi. To‘qimalararo suyuqlikdan oqsillarning kolloid eritmalari, suv va unda erigan kristalloid moddalar, mikroorganizmlar, hujayra qoldiqlari limfa kapillyarlariga o‘tadi.
Limfa tomirlarni devori vena tomirlarni devoriga o‘xshash 3 pardadan iborat. Ichki parda endoteliy hujayralaridan, o‘rta parda - silliq muskul hujayralardan iborat va tashqi parda -siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Limfa tomirlarning ichki pardasida klapanlar bor. Limfa tomirlardagi klapanlarning fiziologik ahamiyati xuddi venalarga o‘xshash: limfani markazga - yurak tomonga harakatlantirishdan va orqaga kaytib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik mexanizmidan iborat. Qon tomirlardan farqli limfatik tomirlar o‘zyo‘nalishida albatta bir yoki bir necha marta o‘ziladi, chunki limfatik tomir limfa tuguniga darvozasidan kirib, kavarik tomonidan chiqib ketadi va yo‘l yo‘lakay tugunlardan o‘tib,turli zararli moddalardan tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |