O‘zbekiston respublikasi



Download 1,08 Mb.
bet57/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Guruhlararo nizolarga:

  • bo‘limlar bilan bo‘limlar o‘rtasidagi;

  • ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi;

  • bo‘limlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi;

  • bo‘limlar bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi nizolar misol bo‘la oladi.

Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo‘nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o‘rtasida sodir bo‘ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko‘rinadi.
Shtabli boshqaruv guruhlarida band bo‘lganlar, odatda bir yo‘nalishdagi boshqaruv guruhlarida band bo‘lganlarga qaraganda yosh va iqtidorli kishilar bo‘ladilar. Ular ko‘pincha “ko‘cha” so‘zlari bilan muomala qilishni xush ko‘radilar. Bu esa guruhlar o‘rtasidagi muomalani jiddiylashtiradi. Bir yo‘nalishdagi rahbarlar axborotlarni olish nuqtai nazaridan shtabli rahbarlarga tobe’ ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin
Ekstremal sharoitda bir yo‘nalishdagi rahbarlar shtabli rahbarlar tomonidan qilinadigan tavsiyalarining shunday variantini ataylab tanlaydilarki, bu variant pirovard natijada mazkur ishning barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu harakat mutaxassislarni “o‘z o‘rn iga qo‘yish” yoki o‘ch olish maqsadida qilingan harakat bo‘ladi. Bundan g‘azablangan shtabli rahbarlar bir yo‘nalishdagi rahbarlarni axborotga kiritib borishini yanada qiyinlashtirib ularni o‘zlariga tobe’ligini kuchaytiradi.
Bunday hollarda nizoli vaziyat yuzaga keladi va bora-bora u pishib o‘zaro to‘qnashish sodir bo‘ladi. Bir korxona doirasidagi bo‘limlarning maqsadlari bir- biriga mos tushmasligi sababli ham nizolar chiqib turadi. Guruhlararo nizolar o‘z tabiatiga ko‘ra aralash nizolardir, chunki ularning vujudga kelishi barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo‘ladi.
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq vayopiq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ochiq nizolarodatdaqarama-qarshitomonlarningko‘zoldida, to‘g‘ridan- to‘g‘rivujudgakeladi.
Bundaynizolarrahbariyatnazoratiostidaturganligisabablikorxonauchununchalikxavftu
g‘dirmaydivaularniboshqarishosonkechadi.
Yopiq nizolar o‘ta xavfli.Bundaynizolarastasekin,
belgilanganfursatda“portlaydigan mina”gao‘xshatsabo‘ladi.
Agarnizohali“etilmagan”yokiular odamlarnigohidanyashirilsa, boshqachaqilibaytgandanizokishilar“ichida” bo‘lsa, bunihoyatxavflivauniboshqarishjudaqiyin.
Yopiqnizolarko‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla- nayrangshaklidarivojlanishoqibatidavujudgakeladi. Ularoraganifoqsolish, buzg‘unchilikkaqaratilganbo‘lib, yolg‘on,buhtongaplarmuxoliflaruchunasosiyqurolvazifasinibajaradi.
Ochiqnizolarko‘pinchanido, chaqiriqshaklidarivojlanishioqibatidavujudgakeladi. Ularochiqdan-ochiqcha baqiriq, tovushchiqarishdao‘zifodasinitopadi. Bundabirguruhxodimlaro‘zlarigaqarama- qarshibo‘lganrasmiyyoxudnorasmiyguruhlarningmanfaatinio‘ziningmanfaatitomonbu rishgaharakatqiladi.
Xarakteriga qarab nizolar obektivvasubektivnizolarga bo‘linadi.
Obektiv nizolargamehmonxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, rahbarlik
usulubini takomilashtirish, mehmonxonada normal “ruhiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subektiv nizolarkishilarning u yoki bu voqelikka bo‘lgan shaxsiy fikrlarning turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his- tuyg‘uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga keladi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan, tushunmaydigan yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv vadestruktiv nizolarga bo‘linadi.
Konstruktiv nizolarmehmonxonadamaqsadga muvofiq o‘zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan obyektni (sabab) bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo‘lmasa, unda bu nizo destruktiv nizodeb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‘rtasida munosabatlarni barbod etadi, so‘ngra xizmat ko‘rsatish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‘ladi.
Shuni nazarga tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‘z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya’ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, har bir so‘zdan ilgak _oucher, atrofdagilarning qadir-qimmatini yerga urish, o‘zining fikrini zo‘rlab tirkash, yetilgan muammolarni hal qilishdan boshtortish harakatida bo‘laveradilar.
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarni destruktiv nizolarga aylanishi nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassislar kishilar o‘rtasida ortiqcha nizolarni tarqatishga sababchi bo‘luvchi olti toyifadagi
“nizoli”shaxslarni ajratishadi:
Namoyishkorona shaxs.Bular har doim diqqat markazida bo‘lishga intiladilar. Har qanday ehtirosli bahslarning tashabbuskoridirlar.
Kibr-havoli shaxs.Bular: o‘zlarihaqidayuqorifikrdabo‘ladilar; o‘zgalarning fikri bilan hisoblashmaydilar; o‘zlarining hatti-harakatiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaydilar; jizzaki, terisi yupqa, salga xafa bo‘ladilar; atrofdagilarga zahrini sochadilar.
Jilovsiz shaxs. Bular: o‘z-o‘zini judaham sust nazorat qiladilar; beixtiyor harakatlaribilan ajralib turadilar; tajovuzkor bo‘ladilar; hechham tushunib bo‘lmaydigan kishilardir.
O‘ta aniq shaxs. Bular: ortiqcha talabchan bo‘ladilar; hardoim shubhada bo‘ladilar; vahimachi bo‘ladilar; ikir – chikirga beriluvchan bo‘ladilar.
Maqsadga yo‘naltirilgan shaxs. Bular: nizoni o‘zlarining shaxsiy manfatlarini amalga oshirishda qurol sifatida ko‘radilar; o‘z manfaati yo‘lida atrofdagilarga qalloblik qiladilar, nayrang ishlatadilar.
Nizosiz shaxslar.Bular o‘zlarining harakatlari bilan ko‘ngilni topishi bilanoq yangi nizolarni ijod etadilar.



    1. Download 1,08 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish