Axborot almashuv jarayonidagi muammolar
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tugilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:
Idrok qilishdagi ruhiy farq.
Manaviy (semantik) tosiq.
Noverbal imo-ishoralar.
Filtrlash.
Aloqa kanallarining haddan tashqari kopayib ketishi.
Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib).
Kishilar bir xil malumotni ozlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, hissiy tuygularining turlichaligidan ozlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu orinda rahbar bilan boysinuvchi ortasidagi munosabat ham muhim rol oynaydi. Bir-biriga ishonch va ozaro bir-birini anglash bor joyda axborot kolami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda boladi.
Manaviy semantik tosiq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qollanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlar nuqtai nazaridan) mos tushmaganligada namoyon boladi.
Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chogida noverbal, yani ogzaki yoki sozda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning ozgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan soz mohiyatini tubdan ozgartirilgan holda etkazilishiga sabab bolishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, soz bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma soz oraqi emas, balki noverbal yol bilan qabul qilinar ekan.
Filtrlash axborotni istemolchiga tez etib borishi jarayonida uni ixchamlashtirish, noxush malumotlardan tozalash maqsadida axborot soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi bogindagi rahbarlar, ozlari xohlamagan, ammo yuqori bogindagi rahbarlar bolishi shart. Bolmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborotlar filtrlanadi.
Aloqa kapitallarining haddan tashqari kopayib ketishi ham kommunikatsion jarayonga salbiy tasir korsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarining etishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi oqibatida sodir boladi.
Nomaqul tashkiliy struktura ham kommunikatsion jarayonda muammo tugdiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv boginlari kop bolib, funktsiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini kop takrorlasa, shunchalik axborotning manziliga etib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir
boginda oziga maqbul bolgan tuzatishlar kiritiladi. Bu jarayonda bolimlar va boginlarda sodir boladigan ixtiloflar, axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul qilishga jiddiy tosiqlarni yaratadi.
Axborotni uzatish va qabul qilish kop jihatdan samarali quloq solish sanatiga ega bolish darajasiga bogliq. Amerikalik olim professor Kit Devis samarali quloq solish sanatining 10 ta qoidasini keltiradi. Qoidalarni navbatma-navbat oqib, bir zum ozingizni holi tuting. Yuzma-yuz gaplashayotgan aniq kishini koz oldingizga keltiring va ushbu qoidalarga nechogliq rioya qilganingizga baho bering (18-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |