O‘zbekiston respublikasi


Elektron hujjatlar bilan ishlash



Download 1,08 Mb.
bet70/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Elektron hujjatlar bilan ishlash


Axborotlar tizimi ma’lumotlar bazasi ustida ish olib boradi. Ma’lumotlar bazasi esa ishlab chiqarish, fan, umuman inson hayot-faoliyatining ma’lum bir sohasi bo‘yicha tuziladi. Masalan, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati (familiyasi, ismi, sharifi, jinsi, tug’ilgan yili, ishlash joyi, qon guruhi va hokazolar). Ma’lumotlar bazasi ba’zan ma’lumotlar banki deb ham yuritiladi.Umumiy holda, ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar banki tushunchalari kompyuter bilan bog’liq bo‘lishi shart emas. Masalan, vrach kabinetida qogoz yoki karton kartochkalarda tashkil etilgan bemorlar kartotekasi kompyuter yordamida qayta ishlanmaydi, lekin ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar bankiga misol bo‘la oladi. Ammo, imkoniyat boricha ma’lumotlar bazasi shaxsiy kompyuterlarda tuzilsa, kerakli ma’lumotni qidirish va topish ancha osonlashadi26.
Ma’lumotlar bazasini kompyuter yordamida qayta ishlashni osonlashtirish uchun uni tuzish jarayonida qandaydir qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Bu yerda ikki xil yondashish bo‘lishi mumkin.

  1. ma’lumotlar bazasining tuzilishi haqida kelishib olish. Masalan, har yili qabul vaqtida shaxsiy kompyuterda hujjat topshirgan abiturientlar haqidagi ma’lumotlar bazasi tuziladi (abiturientlarning familiyasi, ismi, sharifi, o‘rta maktabni tugatgan yili, attestatining nomeri, viloyati, tumani, jinsi va hokazo). Bu ma’lumotlar bazasi hujjat topshirilgan sana va vaqt bo‘yicha tuziladi.

  2. ma’lumotlar bazasi istalgan tartibda tuziladi, lekin bu holda ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, hujjat topshirgan abiturientlar ro‘yxati istalgan tartibda tuzilgan bo‘lsin. U holda bu ma’lumotlarni hujjat topshirilgan sana va vaqti bo‘yicha qayta ishlab chiqadigan algoritmini tuzish kerak bo‘ladi.



26 http://niservis.narod.ru/dars/9.htm
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:
biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‘ozli hujjat aylanishi hajmini
kamaytirish;
xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish; mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash;
operatsion xarajatlarni oqilonalashtirish; statistik va analitik funksiyalar.
Professional tizimlar zamirida ko‘plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan-yilga oshib bormoqda va yangi professional ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‘lgan bir nechta professional ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‘pligiga qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‘xshash. Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma’muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‘zi funksional prinsipga ko‘ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish, yashash va ko‘rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo‘li bilan mehmonlarning hisob varaqlarini yuritishni ta’minlash imkonini beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‘limlarida mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab
chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga talabnomalarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyasiya qilish. Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo‘ljallangan. Kichiq mehmonxonalarda asosan Front offikeni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo‘llaniladi.

    1. Download 1,08 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish