O‘zbekiston respublikasi



Download 1,08 Mb.
bet73/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

13.2-jadval.



T/r

Qoidalar

Izoh

1.

So‘zlashdan to‘xtang

-Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab,
ammo “hech kimga ovoza qilma” degan naql bor.

2.

So‘zlovchiga o‘zini erkin tutishga
yordamlashing

-Gapiruvchi kishiga o‘zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Ko‘pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

3. O

‘zingizni
so‘zlovchiga quloq solayotganingizni ko‘rsating

-O‘zingizni manfaatdor ekanligingizni ko‘rsating va shunga mos ravishda harakat qiling. So‘zlashuv jarayonida gazeta, jurnal
o‘qimang. Eshitaturib uni rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushunishga harakat qiling.

4. G

’ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

- Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo‘zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo‘yilsa, xonada sokinlik bo‘ladi.

5.

Bardoshli bo‘ling

-Vaqtni ayamang. So‘zlaguvchini bo‘lmang, chiqishga zo‘r
bermang, eshik tomon qadam bosmang.

6.

So‘zlovchiga hamdard
bo‘ling

-So‘zlovchini o‘zingizning o‘zningizga qo‘yib ko‘ring.

7.

Harakteringizni saqlay
biling

-G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida
bo‘ladi.

8.

Bahsga va tanqidla yo‘l qo‘ymang

-Bunday hol so‘zlovchini himoyaga o‘tishga majbur qiladi. U jim bo‘lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib
chiqib, bu bilan yutqazgan bo‘lasiz.

9.

Savollar bering

-Bu so‘zlovchini ilhomlantirida, u sizning uni quloq solayotganingizga yani bir bor iqror bo‘ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

10.

So‘zlashdan to‘xtang

-Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan to‘xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham
bilmaysiz.



Samarali quloq solishning 10 qoidasi



Tabiat odamga ikkita quloq, ammmo faqat bitta til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi bo‘lsak, bu degan so‘z – gapirishdan ko‘ra ko‘proq eshitish kerak. Eshitish uchun ikkita quloq zarur: biri – so‘z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi – so‘zlovchi hissiyotini ilib olish uchun kerak.
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun etarli axborotlar oligga muvaffaq bo‘lmaydilar. O‘zingizning quloq slish qobiliyatingizgni o‘stirish niyatida bo‘lsangiz so‘zlashuvdan so‘ng o‘zingizga o‘zingizga-o‘zingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd qilingan 10 qoidaga banoan qanday samarali ish qilganingizni o‘zingizdan so‘rang. Shundan so‘ng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va o‘zingizni takomillashtirishingiz ayon bo‘lib qoladi.
Axborot bu ma’lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik unsurlariga ega bo‘ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi.
Axborotning o‘z vaqtida kelishi va o‘z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya’ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o‘zgarish, undan boshqaruvning barcha bo‘g’inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo‘shimcha ishlov bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish