O‘zbekiston respublikasi


Menejment tarixining bosqichlari va maktablari



Download 1,08 Mb.
bet12/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Menejment tarixining bosqichlari va maktablari


Boshqarish nazariyasi asosini tashkil etgan qonun-qoidalar xususiyatiga bog‘liq
ravishda xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruhlarga bo‘linadi. Ular jumlasiga:
-boshqaruvning «klassik» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi;
-«insoniy munosabatlar» maktabi;
-boshqaruvning «emperik» maktabi;
-«ijtimoiy tizimlar» maktabi;
-boshqaruvning «yangi» maktabi kiiradi.
Klassik maktab namoyondalari amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor, fransuz olimi A.Fayol, ingliz L.Urvin, nemis iqtisodchilari M.Veber, G. Ford, G.Emersonlardir7.
Boshqaruvning klassik maktabi to‘rt muhim unsur - mehnat taqsimoti, boshqaruv tabaqalanuvi va ko‘p bo‘g‘inliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bvlgan chegaralarini o‘rganadi.
Shunday qilib, boshqaruvning «klassik» maktabi uning insonning turli-tuman faoliyatini boshqarishga qo‘llash mumkin bo‘lgan tamoyillarini asoslab berishga harakat qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini o‘rgangan. Bu maktab xaqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga ko‘tarila olmadi.
«Klassik» maktabga xos bo‘lgan inson omilini hisobga olmaslik, kishilar faoliyati sabablarini soddalashtirilgan nuqtai nazaridan yondoshish amerika boshqaruv nazariyasida yangi yo‘nalish - «inson munosabatlari» maktabi vujudga


7http://hozir.org/
kelishiga sabab bo‘ldi. Bu yo‘nalishning asoschilari - amerikaliklar E.Meyo, F.Rotlisberger, Dj. Lizli va boshqalardir.
Garvard universiteti professori E.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi. Uning g‘oyalarining mohiyati shundaki, mehnat jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan, ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuqtai nazaridan qarash lozim. Bu nazariya insonning ma’lum ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini qondirish yo‘li bilan uni yanada unumli mehnat qilishi mumkin degan g‘oyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishga 2 xil yondashuv mavjud:
-majburlash va rag‘batlantirish usullari;
-tashabbuskorlik va mustaqilliikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit yaratish
Lekin, bu nazariyaning asosiy jihati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi vakillari ijtimoiy muammolarni butun jaiyat miqyosida emas, balki alohida korxona miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlar ijtimoiy ahvoliga kompleks ravishda hal etilish lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida emas, balki kishilarning guruhiy munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochiq emperzmni targ‘ibot qiladi. U boshqaruvning maqsadi - rahbarlik qilish bo‘yicha ijobiy tajriba va anq xatolarni o‘rganishdan iborat, deb ta’kidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq nazariy maslahatlar berib, ko‘proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shug‘ullanish kerak deydilar, albatta, tajriba o‘rganish juda muhim. Lekin faqat amaliyotga asoslanib menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorqin namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nyuman, D.Miller va boshqalardir.
Yuqorida sanab o‘tgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi har tomonlama chuqur o‘rganilmaganligidir. Bu yangi yo‘nilish «Ijtimoiy tizimlar»
maktabi vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March, G.Saymon, A.Etsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib, korxonaga o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi.
Umuman, to‘rt ta’limot maktabining boshqaruv fikrining rivojlanishiga
qo‘shgan hissasi quyidagilar:
A.Ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi:

  1. vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi uslublarni aniqlashda ilmiy tahlildan foydalanish;

  2. vazifalarni bajarish uchun eng mos keladigan xizmatchilarni tanlash va ularni

o‘rgatish;
v)o‘z vazifalarini samarali bajarishi uchun xizmatchilarni kerakli resurslar bilan
ta’minlash;
g)ish unumdorligini oshirishda moddiy rag`batlantirishdan tizimli yondashuv asosida va to‘g‘ri foydalanish;
d)rejalashtirish va fikr yuritishni ish bajarishdan ajratish. B.Mumtoz (klassik) boshqaruv ta’limot maktabi:

  1. boshqaruv tamoyillarining rivojlanishi;

  2. boshqaruv vazifalarini ta’riflash;

v) mehmonxonani boshqarishga tizimli yondashuv.

  1. Insonlar orasidagi munosabat ta’limot maktabi va xatti-harakat haqidagi

fanlar ta’limot maktabi:

  1. shaxslararo munosabatlar uslubini qo‘llab qoniqish darajasi va unumdorlikni oshirish;

  2. insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv va mehmonxona shakllanishida qo‘llash.

  1. Ilmiy boshqaruv ta’limot maktabi:

  1. modellarni qo‘llab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;

  2. murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam beruvchi miqdoriy usullarni rivojlantirish.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish