Boshqaruv nazariyasining rivojlanish tarixi
Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bolgan boshqaruv mehnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj osishi yuz berdi.
Menejment nazariyasini asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yonalishi «klassik» (ananaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning on ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bolib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi.
Aniq belgilangan goya va maqsudlar;
Aqli rasolik;
Asosli maslahat;
Qatiy intizom;
Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
Markazlashtirish;
Tezkor, ishonchli, toliq, aniq va doimiy hisob;
Meyor va tartib;
Sharoitni normallashtirish;
Operatsiyalarni meyorlash;
Yozma standart qollanmalar;
Unumdorlik uchun ragbatlantirish.
Oz xulosalariga qoshimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik konsepsiyaga salmoqli xissa qoshdi4.
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini organgan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) oz diqqat etiborini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli G.Cherch tayyor qonun - qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini korsatib berdi.
Ozining «ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida u boshqarish vazifalarining quyidagi klassifikatsiyasini bayon qilib bergan: loyihalashtirish, uskuna bilan taminlash, buyuruvchilik, hisob va amalga oshirish. G.Cherch kitobining ayrim nazariy qoidalar hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir.
Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishini maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qollab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli xissa qoshganlar. Shuningdek, menejment nazariyasiga Fransuz muhandisi Anri Fayol muhim xissa qoshgan, u boshqaruv vazifalari maqbullashtirish - oldindan kora olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy boshqaruv» asarlari chop etildi5.
4Tsai, H., Tsang, N.K., Cheng, S.K., 2012. Hotel employees perceptions on corporatesocial
responsibility: the case of Hong Kong. Int. J. Hosp. Manage..
5 https://coollib.com/b/142662/read
Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi osishida ham yangi bosqich boldi. Ford ham Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qoygan bolsada, unga boshqa yol bilan erishishga harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil etishga alohida etibor bergan bolsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga etibor bergan.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning sotsiologik va psixologik jizatlariga etibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy goya rivjlanishiga xissa qoshgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amitr Temur. Ibn Holdun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |