Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Hozirgi dunyoning geopolitik,
iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasi turli mafkuralar kurashi ostida
kechmoqda. Geopolitika - tashqi siyosatda biron bir davlat yoki mintaqaning hududiy o‘rni,
kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan qarashlar asosidagi faoliyat. U
dastlab jamiyat taraqqiyotida geografik shart-sharoitlarning o‘rnini yuqori darajaga ko‘tarish
tarzida namoyon bo‘ldi. Natijada ayrim davlatlarda “tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati”
tarzida ekspansiyani asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb qarashga olib keldi.
Gegemonizm (yunoncha, gegemoniya - “yetakchilik”, “boshqarish”) — turli sohalarda,
jumladan, ma’naviy sohada ham ustunlik va o‘z hukmiga bo‘ysundirishni anglatuvchi tushuncha.
Gegemonizm mohiyatan dunyo barqarorligini ta‘minlash yoki uni mustahkamlashga qaratilgan
siyosatga zid hodisa bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan
chiqaradi18. Ba’zi davlatlarning barcha sohalarda ustunlik qilish va dunyoni o‘z hukmiga
buysundirishga intilishi insoniyat tarixining turli bosqichlarida salbiy oqibatlarni keltirib
chiqargan. Gegemonizm biron-bir qudratli kuchning manfaatlarini ustuvor darajada, bir
tomonlama ta’minlash maqsadini ko‘zlagani sababli u boshqa tomonning manfaatlariga zid
bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik yetarli
imkoniyatga ega bo‘lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‘laqonli ishtirok eta
olmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida
gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‘ladi,
dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir etadi.
Ilmiy-texnikaviy imkoniyat jihatdan ancha ilgarilab ketgan G‘arb mamlakatlari
farovonligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi o‘laroq Sharq mamlakatlariga nisbatan
mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma’naviyat
asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo‘ldi.
Tamaddunlararo munosabat rishta lari uzildi. Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi minglab yillik
hamkorlik va aloqalar o‘rnini o‘zaro dushmanlik mafkurasi hamda siyosati egalladi. XIX asr
nemis faylasufi G.Gesse ta’biri bilan aytganda: «Insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb
— Sharq va G‘arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi». G‘arbda Sharqqa
nisbatan ustuvor Yevropotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, mustamlakachilik, hududiy-
mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik
sari intilish bilan bog‘liq g‘oyaviy-siyosiy amaliyot ko‘rinishlari shakllandi. Pirovardida, har ikki
sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi ma’rifiy munosabat pasayib bordi.
Nisbatan qoloq xalq va mamlakatlarni mulki, aqliy salohiyati hamda ma’naviyatidan judo
etishning uslub-yo‘llari ketma-ket ishlab chiqildi. O‘sha davrlarda G‘arb geosiyosatida biron-bir
18 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Q.Nazarov mas’ul muharrir. T., “G‘afur G‘ulom” NMIU, 2013, 50-51 betlar
makonni bo‘ysundirish, qaramlikka solish uchun u ikkinchi platsdarm deb e’lon kilindi. Ya’ni,
o‘zi uzoqda joylashgan, lekin strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, hududga yetib olish uchun
ikkinchi bir hudud ustidan qon kechib o‘tishni yoqlovchi rejalar ishlab chiqildi. Ming yillarki,
Sharqu G‘arbning hayotiy ehtiyojlari tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib
kelgan Buyuk ipak yo‘li qon kechgan lashkarlar oyog‘i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan bizning
yurtimiz ham ko‘p zarar ko‘rdi19
1997 yilda chop etilgan "AQShning keyingi asrdagi milliy xavfsizlik strategiyasi"dan
quyidagi parchani keltirish bugungi kunda. dunyoda kechayotgan hodisalarni tushunish imkonini
beradi: "Biz dunyodagi integratsion jarayonlarni zaruriy o‘zanga yo‘naltirish uchun, mavjud
siyosiy va iqtisodiy institutlar hamda xavfsizlik tuzilmalarini o‘zgartirish uchun, shuningdek,
bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni ilgari surish uchun zaruriy shart-sharoitlar yarata
oladigan yangi tashkilotlarni shakllantirish uchun AQShning yetakchilik rolidan foydalana
olamiz va foydalanishimiz kerak"20.
Bundan kelib chiqadigan xulosa - istiqlolga erishgan kunimizdanoq boshlangan, ammo
keyingi vaqtda kuchaygan buzg‘unchi ma’naviy-mafkuraviy oqimlarning suverenitetimizga
taxdid solayotganiga O‘zbekiston Respublikasi kimningdir qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lishdan bosh
tortayotgani sabab! Shu boisdan, yurtimizda demokratiya niqobi ostida gegemonizm
o‘rnatmoqchi bo‘lganlarga va neokolonializmga intilayotganlarga Birinchi Prezidentimizning
so‘zlari bilan javob qaytaramiz: "Biz hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaymiz!"21
Jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQShga teng keladigani
yo‘q. Mamlakatning bunday gegemonlik siyosatiga qarshi bo‘lgan har qanday harakat
Kissinjerning ta’kidlashicha, "milliy manfaatlarga tahdiddir. Xo‘sh, Prezident G.Trumen
davridayoq mukammal tarzda yo‘lga ko‘yilgan, bugun esa yanada shiddatli va andishasiz
ko‘rinish kasb etayotgan bu gegemonizm nimalarda namoyon bo‘ladi?
Avvalo, siyosiy sohada. Bu borada amerikalik siyosatdonlar amalga oshirishga ulgurgan
ishlarga o‘nlab misollar keltirish mumkin. Buyuk davlatlar o‘z yo‘rig‘iga yurishni istamagan
davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy jihatdan bosim o‘tkazadi. Sanksiyalar qo‘llash bilan
tahdid qilish, axborot xuruji, siyosiy jihatdan yakkalash va mamlakatning xalqaro maydondagi
obro‘sini tushirish kabilar shunday vositalardandir. Qolaversa, BMT, Xalqaro Valyuta
Jamg‘armasi, Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon banki singari dunyoning eng yirik xalqaro
tashkilotlaridagi yetakchi mavqei ham bosim o‘tkazishda katta imkoniyat beradi. Suriya, Sudan,
Shimoliy Koreya, Venesuela kabi davlatlarga nisbatan olib borilgan siyosat bunga misol bo‘la
oladi. Boshqa mamlakatlardan xalqaro huquq normalariga so‘zsiz amal qilishni talab qiladigan
AQShning o‘zi bu normalarni ko‘p marotaba buzgan yoki ularga umuman qo‘shilmagan.
AQSH tomonidan gegemonizm siyosati iqtisodiy siyosatda ham faol qo‘llaniladi. Xech
ko‘zingiz tushganmi, "Maykrosoft" korporatsiyasining mashhur kompyuter dasturlarini
o‘rnatayotganingizda dastavval ekranda "Litsenziya kelishuvi" degan oyna paydo bo‘ladi. Unda
shunday yozuv bor: "Siz ushbu kompyuter dasturini AQSH tomonidan cheklovlar joriy etilgan
davlatlar, jumladan, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Shimoliy Koreya, Sudan va Suriyaga olib
kirmaslik, bu davlatlar fuqarolariga vaqtinchalik foydalanish uchun bermaslik majburiyatini
olasiz". Bunday cheklov AQSH Savdo vazirligining Eksport nazorati byurosi tomonidan
Amerikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarga belgilanadi. Ushbu taqiqning demokratiya
talablariga qay darajada mos kelishi masalasini inson huquqlari himoyachilariga qoldirgan holda
aytmoqchimizki, bu iqtisodiy bosim o‘tkazish yo‘llaridan biri, xolos.
Gegemonizmning uchinchi asosiy ko‘rinishi madaniy siyosatda namoyon bo‘ladi. Kissinjer
yozadi: "Biz bu millatni insonlarni ozod qilish uchun yaratdik, biz o‘z konsepsiyamiz va
maqsadlarimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda, Amerika bilan cheklanmaymiz va endi barcha
insonlarning ozod bo‘ligli uchun harakat qilamiz. Agar bunday qilmasak, Amerikaning shon-
19 Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., — G‘afur G‘ulom” NMIU, 2007, 86 bet.
20 Азроянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? —М., "Новый век", 2002, Ст. 36.
21 Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., — G‘afur G‘ulom” NMIU, 2007, 513 bet.
shavkati barbod bo‘ladi, uning qudrati esa havoga uchib ketadi". Amerikanizmning mohiyatini
mana shu so‘zlardan yanada mufassalroq anglab yetish mumkin.
Bunday siyosat odatda "madaniyatlarni boyitish", "demokratiya an‘analarini joriy etish"
yo‘llari bilan amalga oshiriladi. O‘z qadriyatlarini saqlashga urinib, bunday "madaniy
uyg‘unlik"ni, "demokratiya talablari"ni qabul qilmaydigan davlatlar oldida esa ikki yo‘l turadi:
yo bo‘ysunish, yo qoloqlik, xalqaro siyosatda yakkalanish, obro‘sizlanishga duchor bo‘lish22
Bu va yuqorida sanab o‘tilgan boshqa holatlar buyuk davlatlar tomonidan qo‘llaniladigan
bosimlardan ayrim misollar xolos. Ularning bunday tashqi siyosatidan ko‘zlangan bosh maqsad -
insoniyatning eng muhim tabiiy, moliyaviy, intellektual va informatsion resurslari ustidan o‘z
nazoratini o‘rnatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |