O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

105-
 
§. Кiritma qurilma. 
Кiritma qurilma gap holatida bo‗lib, nutqda gapdan 
anglashilayotgan fikrga qo‗shimcha tariqasidagi yangi fikrni bayon 
etish vositasi. Кiritma kirish gapdan o‗zining gaplik mohiyatiga to‗la 
egaligi (kirish gap garchi shaklan gap tarzida bo‗lsa-da, ko‗proq kirish 
so‗z tabiatiga ega bo‗ladi), asosiy gap bilan mazmuniy bog‗liqlikning 
o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi: 
Buvamga (hamma band bo„lganligi 
uchun) men qarashib turadigan bo„ldim. 
Bu gapdagi 
hamma band 
bo„lganligi uchun 
qurilmasi kiritma gap bo‗lib, u asosiy gap bilan 
grammatik jihatdan bog‗lanmasa-da, mazmunan undan anglashilgan 
voqea/hodisaning sababini bildirib, mazmunan qo‗shma gapda 
bo‗lgani kabi izohlash vazifasini o‗tamoqda. Кiritma gapning nisbiy 
mustaqilligi gap ohangidan ham anglashilib turadi. 
Кiritma gapning qo‗shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – 
uning ma‘lum gapga nutq momentida tug‗ilib qolgan ehtiyojga ko‗ra 
kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Bu uni sof nutqiy hodisadek 
tasavvur qilishga olib keladi. Biroq so‗zlovchi ongida kiritma 
qurilmalarni gapga kiritish ko‗nikma va malakasi mavjud bo‗lib, bu 
uning lisoniy hodisa tajallisi ekanligidan, lisonda uning nutqiy 
qo‗llanish andozasi mavjudligidan dalolat beradi. 
Кiritma qurilmaning o‗rni ham gap tarkibida qat‘iy. U asosiy 
fikrga qo‗shimcha, ilova fikrni ifodalaganligi bois gap avvalida kela 
olmaydi. Chunki asosiy fikr boshlanmasdan ilova fikrni berish 
noo‗rin. Shuningdek, kiritma, odatda, gap oxirida ham bo‗lmaydi. 
Кiritma gapning yana bir xususiyati uning yig‗iq (kesimdangina 
iborat) bo‗lmasligi: 1. 
Yalpiz (cho„l yalpizini aytganim yo„q) oshga 
solinadi. 
2.
O„sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qarol 
qilib berishdi. 
Chunki, birinchidan, fikr qo‗shimcha bo‗lsa-da, u 
muhim, shu boisdan, odatda, uni faqat kesim bilan berishning imkoni 
yo‗q. Ikkinchidan, kiritma bir so‗z bilan berilsa, u ajratilgan bo‗lakka 
aylanib qoladi: 
Onam (o„gay) meni ko„p urishardi. 
Bunday 
ko‗rinishdagi ajratilgan bo‗lak ba‘zi darslik va qo‗llanmada kiritma 
gap sifatida talqin qilinadi. Aslida 
Otam (o„gay) qazo qildi 
gapida 


421 
o„gay 
birligi ajratilgan aniqlovchi (
Bayroq, havo rang, hilpiramoqda 
gapidagi kabi
). 
Demak, kiritma qurilmali gap mohiyatan qo‗shma gapga 
o‗xshaydi. Biroq grammatik aloqa va intonatsion o‗ziga xoslik ularni 
farqlovchi belgi. Misol sifatida
O„rmondan (u yerda yirtqich hayvonlar 
bor edi) bo„kirgan ovozlar eshitilardi 
gapini olaylik. Gap mazmunini 
O„rmonda yirtqich hayvonlar bor, shuning uchun u yerda bo„kirgan 
ovozlar eshitilardi 
deya tushunish mumkin. Biroq uni 
O„rmonda 
bo„kirgan ovozlar eshitilardi, u yerda yirtqich hayvonlar bor edi 
tarzida o‗zgartirilsa, gaplardagi grammatik mustaqillik kuchayib, 
qo‗shma gaplik xususiyati susayadi, alohida sodda gaplarga intilish 
o‗sadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish