407
GAPDA AJRATILGAN SO„ZSHAKLLAR
Tayanch tushunchalar
minimal qolip, maksimal qolip, so„z kengaytiruvchisi, gap
kengaytiruvchisi, ajratilgan gap kengaytiruvchilari, ajratilgan so„z
kengaytiruvchilari, ajratilgan gap bo„lagi, ajratilgan hol, ajratilgan
to„ldiruvchi, ajratilgan hol, ajratilgan ega, ajratilgan kesim
99-
§. Ajratilgan so„zshakllar.
Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma‘nosi so‗zlovchi
uchun yetarli darajada ochilmagan bo‗lishi mumkin. Shunda ularning
ma‘nolarini muayyanlashtirish
maqsadida alohida, ta‘kid ohangiga
ega bo‗lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e‘tibor
bering: 1.
Shavkat she‟r o„qidi.
2
. Yurtim – Nurota.
3.
Uning kafolati
kerak bo„ladi.
4.
Soy buyida uzoq turdi.
5.
Seni sog„indim.
Tinglovchi
uchun ushbu gaplardagi ma‘lum bir so‗zlar ma‘nolari izohlarsiz
noaniq bo‗lishi mumkin. Buni e‘tiborga olgan holda so‗zlovchi ularni
muayyanlashtiruvchi so‗zlar bilan qo‗llaydi: 1.
Shavkat, shoir, she‟r
o„qidi.
2.
Yurtim – Nurota, tog„lar orasi.
3.
Uning, Ikrom
Imomzodaning, kafolati kerak bo„ladi.
4.
Soy bo„yida, qo„sh
yong„oqning tagida, uzoq turdi.
5.
Seni, vafodorimni, sog„indim.
Birinchi gapda ega
(Shavkat
)ning ma‘nosini
shoir
so‗zi,
ikkinchi
gapda kesim
(Nurota
)ning ma‘nosini
tog„lar orasi
, uchinchi gapda
aniqlovchi
(uning
)ning ma‘nosini
Ikrom Imomzodaning
so‗zshakli,
to‗rtinchi gapda hol (
soy bo„yida
) ning ma‘nosini
qo„sh yong„oqning
tagida
so‗zshakli, beshinchi gapda to‗ldiruvchi (
seni
) ning ma‘nosini
vafodorimni
so‗zshakli izohlagan, to‗ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu
so‗zlar o‗zi izohlayotgan so‗zlar bilan bir hokim so‗zga tobelanadi.
Undan faqat nisbatan tor ma‘noga egaligi va ta‘kid
ohangi bilan
ajralib
turadi.
Bunday
atov
birliklari
gapning
ajratilgan
kengaytiruvchisi
deyiladi. Gapning so‗z kengaytiruvchisi ham, gap
kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va
ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so‗z
kengaytiruvchisi
ajratilgan.
Shu
boisdan
ajratilgan
kengaytiruvchilarni:
a)
ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
408
b)
ajratilgan
so‗z
kengaytiruvchilari
ko‗rinishida ikkiga bo‗lib o‗rganish mumkin.
Gap ajratilgan kengaytiruvchilari
bilan
ajratilgan bo„laklar
muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo‗laklar deganda, gap
konstruktiv
bo‗laklarining
ajratilishi
tushuniladi.
Ajratilgan
kengaytiruvchilar
atamasi esa bo‗lak mavqeyiga ega bo‗lmagan atov
birliklarini ham o‗z ichiga qamrab oladi. Masalan,
Men seni,
vafodorimni, sog„inganimni ayta olmayman
gapida
vafodorimni
so‗zshakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo‗lagi emas.
Ajratilgan kengaytiruvchining gap struktur sxemasiga munosabati
ular izohlayotgan atov birliklariniki kabi. Ajratilgan kengaytiruvchi
ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklari-ning
«soyasi»bo‗lganligi bois, ular bilan bir butun holda bevosita yoki
bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo‗ladi. Yuqoridagi gapning
struktur qolipga munosabatini kuzating (51-jadval):
51-
jadval
E
H
W
Pm
Men
ayta ol
sog„inganimni
vafodorimni,
seni,
mayman
Yoki
Shavkat, shoir, she‟r o„qidi
gapining
struktur sxemasi
quyidagicha (52-jadval):
52-
jadval
E
H
W
Pm
shoir,
Shavkat,
o„qi
she‟r
di
Ajratilgan kengaytiruvchi muayyanlashtirilayotgan bo‗lakning
«soyasi» bo‗lganligi bois, sof nutqiy hodisa. Shuning uchun uning
mavjudligi va o‗ziga xosligi sof nutqiy omil – ohang bilan ham
409
bog‗liq. O‗ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa
– undalmaga monand bo‗lib qoladi. Masalan,
Erkin, ukam, injener
bo„ldi
gapida
ukam
atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos
ohangdan
mahrum etilsa
(ukam
birligidan keyin ajratish pauzasi
qo‗llansa
),
u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib
qoladi.
Gap va so‗z kengaytiruvchilarining ajratilishida o‗ziga xosliklar
bor.
Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga
nisbatan o‗ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi:
traktorchi Toshpo„lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo„rayev
kabi.
Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo‗lsa, u ham
shunday mavqega ega bo‗ladi. Masalan,
Traktorchi Toshpo„lat aka
smenani topshirdi
gapida izohlovchi (
traktorchi
) ega (
Toshpo„lat aka
)
ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo‗qoladi va o‗zi ham
egaga aylanadi.
Toshpo„lat aka, traktorchi, smenani topshirdi
. Bu
gapda
traktorchi
so‗zshakli o‗rni o‗zgargan
izohlovchi emas, balki
tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo‗lagi – ega) olganligini
izohlanmish (
Toshpo„lat aka
)ni gapning boshqa konstruktiv yoki
nokonstruktiv bo‗laklari vazifasiga qo‗yish bilan amin bo‗lish
mumkin:
1)
Bu kishi – Toshpo„lat aka, traktorchi;
2)
Toshpo„lat akani, traktorchini, taniyman
;
3)
Toshpo„latning, traktorchining, obro„yi baland, hurmati
joyida.
Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo‗lmish
traktorchi
kesim,
ikkinchi gapda to‗ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi
vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish
natijasida
izohlovchi o‗z sifatini o‗zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: