O`zbеkistоn rеspublikasi



Download 225,92 Kb.
bet1/8
Sana12.06.2022
Hajmi225,92 Kb.
#658481
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turizm industriyasi

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI


ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
192-GURUH TALABASI
Qadamboyev Sa’dullabek
Turizm nazariyasi va amaliyoti
fanidan

KURS ISHI


Mavzu:Turizm infratuzilmasi

URGANCH-2020

Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Turizm infratuzilmasi va uning mohiyati.
2. Mehmonxona va ovqatlantirish korxonalari infratuzilmasi.
3. Transport va sayr-tomosha infratuzilmasi.
4. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Xulosa………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………

Kirish
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligi turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali o‘z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda. XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzu tarovatining hamma sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib keldi. Bu o‘zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo‘lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‘lida muqarrar bosib o‘tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakam oxirgi maqsadi avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho‘qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo‘jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak. Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlabchiqarish sohasi, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bular turizm sohasining mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga qay darajada ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo - sotiq, oziq - ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi.


Mamlakatimizning turizm infratuzilmasini takomillashtirishda har qanday xorijiy mamlakatdan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi, bu borada ko‘plab muvoffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirga qadar zamon talablariga javob beradigan turizm infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‘z ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Mustaqil o‘lkamizning jahon hamjamiyatida keng miqyosda e’tirof etilishi, dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari bilan o‘zaro do‘stona munosabatlarning yanada barqarorlashib borishi, tashrif buyurayotgan turistlar oqimining yil sayin ortib borishi, yurtimizda mavjud yangidan-yangi turizm imkoniyatlarining kashf etilayotganligi va boshqa shu kabi o‘zgarishlar fikrimizning yaqqol dalili bo‘la oladi. Boshqa iqtisodiy tarmoqlarda bo‘lgani kabi, turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizga tashrif buyuradigan turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va bozor talablariga to‘liq javob beradigan turizm sanoatiga ega mamlakat sifatida dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb etishdir. Respublikamiz turizmida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlantirishning asosini turistik tashkilotlar, joylashtirish vositalari va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish tashkil etadi.



1. Turizm infratuzilmasi va uning mohiyati.
Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistlarning turistlik zaxiralaridan bemalol foydalanishini ta’minlovchi binolar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo‘llar, turizmning turli xizmat ko‘rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo‘llar, yo‘l harakatini, havo yo‘llarini, dengiz va daryo yo‘lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlardir. Ma’lumki, turizm sohasida turistlik resurslari, yani tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm ob’ektlari bo‘lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‘l qurilishi sohasini olib ko‘raylik. Albatta sayyohlar oddiy yo‘lovchilar emas. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‘llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Turist-avvalo dam oluvchi bo‘lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘llari, shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki temir yo‘llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak. Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik tarmog‘i ishlamaydigan, elektr tarmog‘i past, kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm sohasining rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘lgan muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning yo‘qligi, achchiq bo‘lsa ham aytish kerak: turistlar xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talabi darajasida emas. Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‘li o‘tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo‘lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo‘jaligi vazifasini o‘tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo‘riqchilar) o‘z joyiga qo‘yilgan. Yurtimiz ko‘hna tarix va madaniyatga ega. Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat ko‘rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari sopol quvurlar orqali olib kelingan-ligidan daloldatdir. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir. Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar - xizmatlarning o‘rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya’ni, o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko‘ngil ochish uchun har kuni ko‘p miqdorda pul sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko‘tarib yurish, turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘diradi. Turistlarning katta miqdorda pulni olib yurishi o‘g‘rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarni jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to‘g‘rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo‘lgan xavfsiz pul bilan ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. Dastlab Tomas Kuk turizmni tashkil etishdagi ushbu muammoni hal etish bilan shug‘ullangan va turistlik faoliyatni tashkil etishning hamma tomonlarini o‘rganib chiqqan. Natijada, u yo‘l cheklarini ixtiro qilgan. Bu xavfsiz pul tizimi turizm maqsadida yaratilgan bo‘lib, uni butun dunyo banklarida bemalol mahalliy valyutaga almashtirish mumkin bo‘lgan. Bir qancha vaqt o‘tib, bu tashabbusni Amerikan Ekspress firmasi o‘ziga qabul qildi. Turizm sohasidagi bu ikki gigant sug‘urta moliyaviy xizmatlar bo‘yicha yetakchi korxonalarga aylandi. Keyinroq, plastik kartalar ixtiro qilindi. Viza, Amex, Diner Klub kabi dunyo miqyosidagi to‘lov tizimlari yaratildi. Ushbu to‘lov usullarining qo‘llanilishi bilan turistlarning o‘zlari bilan katta miqdorda pul olib yurishlari cheklandi. Barcha do‘konlar, restoranlar va boshqa turistlik markazlarning korxonalari kartalar bo‘yicha naqd pulsiz to‘lovlar qabul qila boshladilar. Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning haritasiga, transport magistrallari sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Zamonaviy turizmda bo‘lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko‘rinishida chop etishga e’tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3-5 marta ko‘p reklama qiladi. Hamma yirik turistlik markazlar turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etadi. Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘lgan internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko‘lamda foydalanadilar. Ular ham turistlik mahsulotni tashkil etayotganida maxsus yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar. Kolumbs Press nashriyotida har ikki yilda qayta chop etiladigan dunyoga mashhur yo‘l ko‘rsatkich Vorld Travel Guide da 200 mamlakatning sxemalarini turistlik markazlarning va agentliklarning har xil kataloglari mamlakat va butun dunyo bo‘yicha transportning harakat jadvali chop etiladi.



Download 225,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish