2.3.Silindrik tishli uzatmalarga qo’yiladigan texnik talablar. Silindrik uzatmalarni remont qilishga va yig'ishga nisbatan qo'yiladigan talablar:
1. Vazifasiga va aylanish tezligiga qarab tishli g'ildiraklar ma'lum aniqlik darajasida tayorlanishi lozim.
Eslatma. O'qlarning yo'l qo'yilgan qiyshayishi yo'l qo'yilgan paralellikning yarmiga teng.
2. Tishlarning ish profilida darzlar, o'yiqlar, tirnalishlar va boshqa nuqsonlar bo'lmaslik kerak.
3. Almashlab qo'shialdigan tishli g'ildirakning qo'zg'almas g'ildirak bilan tishlanishdagi tomonidagi tishlarning toretsi yumoloqlangan bo'lishi kerak.
4. Valga qo'zg'almas qilib o'tkazilgan g'ildiraklar qimirlamasligi, almashlab qo'shiladigan g'ildiraklar esa valga yengil va ravon surilishi lozim.
5. Tishl silndirik uzatmalarning chekli chetga chiqishi GOST 1643-81 (ST SEV 641-77) dan belgilangan.
6. O'qlararo masofning chetg chiqishi yo'l qo'yilgan qiymatidan oshmasligi lozim. Bu masofa kattalashganda dinamik nagruzkalar va shovqin oshib ketadi, kichiklashganda esa tishlar qadalib qolishi va sinishi mumkin.
7. Tutashuvchi g'ildiraklar o'qlarining parallelmasligi va qiyshiqligi yo'l qo'yilgan qiymatlardan oshmasligi lozim, aks holda tishlar kontak zonasining haqiyqiy uzunligi qisqarishi tufayli ular tez yoyilishi mumkin.
8. Tishli g'ildiraklarning radial tepishi yo'l qo'yilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Tishli g'ildiraklarning boshlang'ich aylana bo'ylab radial tepishi tishlar orasidagi chuqurchaga kalibrlangan rolik qo'yish yo'li bilan tekshirildi. Bu operatsiya har 3-4 tishdan so'ng takrorlanadi va tishli gi'ldirak to'liq aylanib chiqquncha davom ettiriladi. Operatsiyalarni takrorlanayotganda rolikka indicator yaqinlashtiriladi: indicator ko'rsatishlaridagi faqat radial tepish qiymatini bildiradi.
9. Tishli g'ildirak gardishi va gupchigining toretsdan tepishi yo'l qo'yilgn qiymatlardan oshmasligi lozim.
10. Tishlashmadagi garantiyalangan yon zazor tanlangan tutashma turiga mos bo'lishi kerak. Bu zazur kattalashganda dinamik nagruzka va shovqin ortadi, kichiklashganda esa tishlar qizib ketib, qadalib qolishi mumkin. Uzatmadagi yon zazor shchup yoki qo'rg'oshin simlar yordamida tekshiriladi. Buning uchun ular tishlar orasidagi ish bajarmaydigan tomonidan qo'yiladi va tishli g'ildirak aylntirib chiqilgandan so'ng ularning qalinligi o'lchanadi.
11. Tishli g'ildiraklarning aylanish tezligi 3-5 m/s dan ortiq bo'lganda ularni statik muvozantlash tavsiya etiladi.
12. Tishli juftning to'g'ri tishlashishi bo'yoq iziga qarab tekshiriladi, buning uchun kichik g'ildirak tishlariga yupqa qilib bo'yoq surtiladi va uzatmani qo'lda bir necha marta aylantirib bo'yoq yetakchi g'ildirak tishlariga o'tkaziladi. Tishlar bir- biriga tekkanida hosil bo'lgan bo'yoq dog'lari (kontak dog'lari) tishning o'rtasida joylashishi, tishning pastning qismida quyida ko'rsatilgandan kichik joyini egallamasligi zarur:
Aniqlik darajasi…………………………….. 6 7 8 9
Kontak dog'lari yig'indisining nisbiy o'lchami, % (kamida):
tishning balandligi bo'yicha………………… 50 45 40 30
tishning uzunligi bo'yicha…………………... 70 60 50 40
13. Yig'ilgan tishli uzatmalar dastlab 6-8 soat (muhim uzatmalar) va 2-3 soat (uncha muhimmas uzatmalar) solt ishlatib sinaladi. Sinovlar kichik aylanish chastotasidan boshlanib, namuna nominal aylanish chastotasigacha yetkaziladi. Keyin uzatmaga asta-sekin to'liq nagruzkaning 25% (3 soat), 50% (3-4 soat), 75% (4-5 soat) va 100% (1-2 soat) belgiladi. Sinovning har bir bosqichidan so'ng pay do bo'lgan nuqsonlar bartaraf etiladi.
14. Termik ishlov berilmagan g'ildiraklar etolon tishli g'ildirak bilan kerosin va mashina moyi aralashmsidan iborat surkov moyida chiqtiriladi. Toblangan g'ildiraklar GOI pastasi bilan pritirlndi.
15. Tishli uzatma ishlayotganda kuchli shovqin chiqishiga yo'l qo'yilmaydi. Agar unday shovqin pay do bo'lsa, tishlar qdamida katta hatolar borligini yoki tishlar profilining buzulganligini (zarblar, kuchli guvillash), radialtepishi (pulslanuvchishovqin) borligini,tishlarsirtiningg'adirbudirligini kattalashganini (g'ijirlash) bildiradi.