O'zbеkiston rеspublikasi


Ikki yoqlama yozish usuli



Download 54,54 Kb.
bet7/9
Sana29.04.2022
Hajmi54,54 Kb.
#590610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr

Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi ho'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir hil muomala bo’yicha aynan bir hil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida - birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishi dan iborat bo’ladi.
Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati ho'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyat ko'rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya'ni ho'jalik yurituvchi sub'ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. Uz faoliyatini tugatgan kundan boshlab ho’jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qilmaydi7.
Ehtiyotkorlik. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarning orttirilgan bahosi hamda majburiyatlar yoki harajatlarning bahosini pasaytirib ko'rsatiilishiga yo’l quymaslikni anglatadi. Ushbu tamoyilni qo’llash yashirin zahiralarni hosil qilish yoki orttirilganligini ta'minlash aktivlar va daromadlarni, majburiyatlar va harajatlarni ataylab pasaytirib yoki orttirib ko'rsatish huquqini bermaydi
O'z vaqtidalik. Ma'lumot uz vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchila uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin foydalanuvchilar ihtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy hisobotlarning foydalanilganligi pasayib ketadi. hisobot ma'lumotlari asossiz kechiktirilsa, u uz ahamiyatini yo’qotgan bo'ladi.
Holislik (ob'ektivlik). Moliyaviy hisobot sub'ektning moliyaviy ahvoli, faoliyatini tining moliyaviy natijalari va pul mablag’lari haqida holis ahborot berishi kerak Xolislik qoidasiga erishish uchun har bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya hisobi tishda va moliyaviy hisobot tuzishda BHMS va hisob yuritishning asosiy tamoyillarini qo’llashi lozim.
Buxgalteriya hisobi registrlari tushunchasi nisbatan keng tushuncha bo'lib biz uni bevosita hisob tushunchasi bilan bog’lashimiz mumkin.
Hisob deganda olingan ma'lumotlardan ma'lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunish kerak.
Xo'jalik hisobi deb xo'jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi. Ho'jalik hisobi to'g’risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iktisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko'rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iktisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chikish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik hisobining ko'rsatkichlari ichki va tashqiga bo'linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qizikuvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, xo'jalik hisobining bu ma'lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida obektiv ravishda tashqi - e'lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo'linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi konun ishlab chiqilishi kerak bo'ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga
o'z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo'ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saklab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta'kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo'jalik faoliyati o'z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko'rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.
Korxonada sodir bo’ladigan ishlab chiqarish, moliya-ho'jalik faoliyatida sodir bo'ladigan va amalga oshiriladigan operaciyalar buxgalteriya hisobining boshlangich hujjatlarida larida aks ettiriladi, ular keyinchalik yig’iladi va yigma qaydnomalar tuziladi. Ularning ma'lumotlari tegishli registrlarga yozib chiqilish tartibiga va iqtisodiy mazmuniga muvofiq guruhlanishi kerak .
Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang’ich va yig’ma hujjatlarda aks ettirilgan ho'jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalarini iqtisodiy mazmuniga ko'ra guruhlash hamda ho'jalik muomalarining tarkibi va harakatini hisobga olishda qo'llaniladigan mahsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Bu jadvallar buxgalteriya hisobida hisobvaraqlarning o'zaro alokasi va hisobvaraqlardagi yozuvlarning iqtisodiy mazmuni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Buxgalteriya hisobi registrlariga jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, kartochkalar hamda tasdiqlangan blanklar kiradi.
Xo'jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya kilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo'lmay, hattoki, hisob ko'rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo'lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo'lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko'rsatkichlar har xil yo'l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e'lon qilinadigan hisobotdagi ma'lumotlarning solishtiruvchanligini ta'minlash uchun moliyaviy hisobga ilova kilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul kilingan hisob siyosati hakida izohlar keltirilishi kerak.
Xo'jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya kilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil kilinishi har xil bo'lmay, hattoki, hisob ko'rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo'lishi mumkin. Natijada har xil mulk egalari ixtiyorida bo'lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko'rsatkichlar har xil yo'l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e'lon qilinadigan hisobotdagi ma'lumotlarning solishtiruvchanligini ta'minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrlari o'z shakliga qarab turli guruhlarga bo'linadi.
Yozuv turlariga ko'ra hisob registrlarining quyidagi turlari mavjud8:

  • Xronologik

  • Sistematik

  • Kombinatsiyalashgan

Ushbu turlarga alohida to'htalib , ta'rif berib o'tsak. Iqtisodiy kitoblarga berilgan ma'lumotlarga tayanib ta'rif berib o'taman.
Xronologik hisob registrlarida Korxonada amalga oshirilgan yoki sodir bo'lgan ho'jalik operatsiyalari hech qanday tizimga solinmagan holda faqatgina hujjatlarning buxgalteriya ga kelib tushish vaqtiga qarab ro’yhatga olinadi. Xronologik hisob registri vafasini buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida qo’llaniladigan «Ho'jalik muammolarini ruyhatga olish jurnali» bajaradi. Ushbu jurnalda ho'jalik operatsiyalar sodir bo'lish vaqtiga qarab ketmaket yozib boriladi.
Sistematik hisob registrlari Korxonada sodir bo’ladigan ho'jalik muomalalarini ma'lum belgilariga qarab sistematik ravishda yozish uchun mo’ljallangan. Sistematik hisob registrlariga «Bosh daftar», analitik hisob kartochkalari misol bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan hisob registrlari Korxonada amalga oshiriladigan hujalik operatsiyalarini ham sistematik ham hronologik tartibda guruhlashtirishni ta'minlovchi-hisob registrlaridir. Ushbu turdagi hisob registrlari buxgalteriya hisobining takomilashuvi natijasida vujudga kelgan bo'lib, unda ho'jalik muomalalari buxgalteriya hisobining hneobvaraqlarida uzlarining iqtisodiy mazmuniga ko'ra ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida har bir ho'jalik operatsiyalari bevosita hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, ushbu jarayon bevosita hisob registrlari va shakllariga borib taqaladi. hujjatlashtirish jarayoni va unda aks etadigan jarayonlarni ko'rib o'tamiz.
Korxona va tashkilotlarda sodir bo'lgan ho'jalik muomalalarini, shuningdek mavjud bo'lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shahslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta'minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki Korxonada sodir bo'lgan har bir ho'jalik muomalasi hujjatlashtiriltan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta'minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma'lumotlar Korxonada sodir bo’ladigan ho'jalik muomalalarining ishonchliligini ta'minlaydi. Ho'jalik muomalalarini hujjatlashtirish Korxonani operativ boshqarishga samarali ta'sir ko'rsatadi, boshqaruv hodimlarining o'z vazifalarini suiiste'mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta'minlaydi.
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yulga qo’yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o'z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechirib rasmiylashtirilishini istisno qilsin, mazkur masalada Korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi nohush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o'tkazilayotgan ho'jalik muomalalariga doir hujjatlar harakati ustidan Korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham
o'zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo'yilishi lozim. Buning uchun Korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo'lga qo'yish va mas'ul ijrochilarni ko'rsatgan holda hujjatlar oborotining turli boswich chizmalar ko'rinishida grafiklar yoki ishlar ro'yhatini tuzish kerak bo'ladi. hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak
Buxgalteriya hisobida hujjat deganda - amalga oshirilgan ho'jalik muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo'lib, buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi. Buxgalteriya hisobida hamma ho'jalik muomalalarini hujjatlashtirish joriy buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga isbotlovchi kuch beradi. Ba'zi hollarda ho'jalik tortishuvlarini ho'jalik sudi tomonidan to'g’ri hal qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish yordamida ho'jalik mablag’lari harakatini o'z vaqtida to'g’ri hisobga olish, shuningdek bir moddiy javobgar shahsdan ikkinchisiga o'tkazishda moddiy boyliklarning butligi ta'minlanadi. Shuning uchun ham ho'jalik muomalalarini hujjat lashtirish natijasida Korxona mol-mulkining butligi ta'minlanad9i.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy natijalarsh aniqlash, hullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks ettiriladi. Bu esa Korxonada amalga oshirilgan ho'jalik muomalalari ustidan nazorat o'rnatish bilan birga, ish yuritishda muayyan tartib-intizomni yo'lga qo'yiladi va oqibat natijada hisobni mustahkamlaydi.
hisob registrlari ulardagi ma'lumotning hajmiga karab ikki turga bo'linadi:

  • Sintetik hisob registrlari

  • Analitik hisob registrlari

Sintetik hisob registrlarida yozuvlar umumlashgan holda pul ifodasida hech qanday tushuntirishsiz qayd etiladi. Sintetik hisob registrlarida yozuvlar olingan ayrim hujjatlarga muvofiq olib borilmaydi, bunda oldindan iqtisodiy mazmunga
ko'ra guruhlangan bir hildagi hujjatlar yigindisi bo’yicha aks ettiriladi. Ushbu turdagi hisob registrlariga bosh daftar, ho'jalik muomalarini ro’yhatga olish jurnali va boshqalar kiradi.
Analitik hisob registrlari ho'jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ho'jalik jarayonlari to'g’risida batafsil ma'lumotlarni aks ettirib, analitik guruh0larga bo'lib ro’yhatga olib borish uchun mo’ljallangan. Analitik hisob registrlarida Korxonada amalga oshiriladigan ho'jalik muomalalari sintetik hisob registrlaridagiga nisbatan detallashtirilgan holda aks ettiriladi. Bunday turdagi hisob registrlariga «Asosiy vositalar», «Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» va boshqa hisob-varaqlar bo’yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo'ladi.
Hisob registrlarini tasniflashda davom etadigan bo'lsak, qaydnomalar ularning bir qismi bo'lib hizmat qiladi.
Qaydnomalar hisob registlarining ajralmas bir qismi bo'lib hisoblanadi. Qaydnomalarda korxonada sodir bo'lgan bir hil ma'lumotlarni anglatuvchi ho'jalik muomalalari tizimga solinib, ma'lum bir davrga hisobvaraqlar bo’yicha yig’ma provodkalar beriladi. Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan qaydnomalar 2 turga bo'linadi:

  • yig’ma qaydnomalar;

  • guruhlovchi qaydnomalar.

Yig’ma qaydnomalar - ularda ma'lum bir hisobot davri ichida ayrim buxgalteriya hujjatlarining ma'lumotlari bo’yicha bir hildagi ho'jalik muomalalari jamlanib boriladi. Bunday turdagi qaydnomalarga mahsulotlarni junatish va sotish bo’yicha qaydnoma hamda boshqa qaydnomalar misol bo’la oladi.
Guruhlovchi qaydnomalarda bir hildagi ijro hujjatlarining oylik ma'lumotlar yigib yoziladi. Bunga ish haqini taqsimlash qaydnomasi va boshqa qaydnomalar misol bo'la oladi.
Korxonada buxgalteriya hisobining quyidagi qaydnomalari qo'llaniladi10:

  • Asosiy vositalar va hisoblangan amortizaciya ajratmalarini hisobga olish;

Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish qaydnomasi;

  • Ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, shuningdek ular bo’yicha to’langanni hisobga olish qaydnomasi;

  • Pul mablag’larini hisobga olish qaydnomasi;

  • Mahsulot sotilishini hisobga olish qaydnomasi;

  • Mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • Mehnatga hak tulanishini hisobga olish qaydnomasi;

Yuqoridagilar buxgalteriya hisobi registrlari bo'lib, endi BMI ning ikkinchi masalasi buxgalteriya hisobi shakllariga to'xtalsak.
Buxgalteriya hisobining shakli deb, buxgalteriya hisobi yozuvlarini tehnika vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda Korxona hisob ishlari' sodir bo'lgan har bir ho'jalik muomalasining uz vaqtida, to'g’ri va izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimida jamlanishi ta'minlanadi.
Amaliyotda buxgalteriya hisobining turli shakllari mavjud. Ushbu shakllar quyidagi asosiy jihatlarga ko'ra bir-biridan farq qiladi:

  • Hisob registrlarining soni, vazifalari va tashki ko'rinishiga ko'ra;

  • Sintetik va analitik hisob registrlari, hronologik va sistematik registrlarning o'zaro aloqasiga ko'ra;

  • Hisob registrlariga yozuvlarni yozish tartibi va tehnikasiga ko'ra.

Hozirgi vaqtda amaliyotda buxgalteriya hisobining memorial-order, jurnal-order bosh jurnal hamda informatsion tehnologiyalarga asoslangan shakllari amal qilib kelmoqda.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli davlat korxonalari va kichik korxonalarda keng qo’llaniladi.
Memorial-order shakli quyidagi afzalliklarga ega:
Hisob jarayoni qatiy izchillikda olib boriladi;
Hisob tehnikasi sodda va tushunarli bo’ladi;
Registrlarning standart shakllarini qo’llash mumkin;
Hisobishlarini buxgalteriya hodimlari o’rtasida ularning malakalariga ko'ra taqsimlash mumkin.
Memorial-order shakli quyidagi kamchiliklarga ega:
Hisobishlarini yuritishda ko’p mehnat talab etiladi;
Analitik hisobsintetik hisobdan ajralib qoladi, hisobalohida yuritiladi; Turli xil registrlarida bir xil yozuvlar ko’p marotaba qayd qilinadi.
Memorial-order shaklining mohiyati shundan iboratki, ho'jalik muomalalarini qayd qilish uchun sintetik va analitik hisobning mahsus jamgaruv oborot qaydnomalaridan, ya'ni: asosiy vositalar, hisoblangan amortizastiya ajratmalari; ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish qaydnomasi; ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, shuningdek ular bo'yicha tulangan KDSni hisobga olish qaydnomasi; pul mablag’larini hisobga olish qaydnomasi; mahsulot sotilishini hisobga olish qaydnomasi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi; mehnatga haq to’lanishini hisobga olish qaydnomalaridan foydalaniladi. Korxona buxgalteriya siga kelib tushgan birlamchi hujjatlar ularni to’ldirish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Oborot qaydnomalari va jamlama hisob registrlari asosida memorialorderlar tuziladi. Memorial orderlar ma'lumotlari har oyda «Bosh daftar» jurnaliga o'tkaziladi. So'ngra unga qarab oborot saldo balansi chiqariladi va keyin u balans hisoboti shakliga o'tkaziladi. «Bosh kitob»da barcha hisobvaraqdar debeti bo’yicha bir oy uchun oborotlar summasi barcha hisobvaraqlar krediti bo’yicha oborotlar summasiga, shuningdek «Summasi» ustuni yakuniga teng bo'lishi kerak Oborotlardan keyin bir oy uchun keyingi satrda kelayotgan oy boshida har bir hisobvaraqning salьdosi chiqariladi va u hisobot balansiga kiritiladi. Memorial-orderlarning tuzilishiga misol keltiramiz:

Download 54,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish