O'zbеkiston rеspublikasi


«Kassa» 1-memorial orderi 2012 yil yanvar oyi uchun



Download 54,54 Kb.
bet8/9
Sana29.04.2022
Hajmi54,54 Kb.
#590610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr

«Kassa» 1-memorial orderi 2012 yil yanvar oyi uchun

Muomala mazmuni

Debet

Kredit

Summa

korxona kassasiga pul olindi

5010

5110

(so’m)

Mahsulotni sotishdan olingan tushum

5010

4010


Ish haqi berildi

6710

5010


Hisob kitob schotiga kassadan pul topshirildi

5110

5010


Kredit bo’yicha jami




Buxgalter________________
Ijrochi_________________
Memorial orderlarni ro’yhatga olish jurnali
Hisobvaraq_________________

м/о

Sana

Muomala mazmuni

Summa

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli 1960 yil 1 yanvaridan joriy etilgan Buxgalteriya hisobining ushbu shakli joriy etilguniga kadar memorialorder shakli amal kilgan edi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar yig’ma va guruhlovchi qaydnomalarda (jurnal-orderlar), shuningdek yordamchi qaydnomalarda guruhlab boriladi. Buxgalteriya ga keltirilgan boshlangich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan bevosita shu jurnallarning uzida aks ettiriladi, chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo’llaniladigan jurnallar bir vaqtda ho'jalik muomalalarini buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarni tuzish zaruriyatini yo’qotadi. Bu erda memorial-orderlarning urnini avvaldan hisobvaraqlarning korrespondensiyasi tuzib qo’yilgan mahsus hisob registrlari tuziladi. Bu registrlar yigma va guruhdovchi qaydnomalar, ya'ni jurnalorderlardir. Buxgalteriya hisobi bu shakli ning jurnal-order deb nomlanishi ham shu registrlarning nomidan kelib chiqqan. Jurnal-orderlarda birlamchi hujjatlarning ma'lumotlarini to'g’ri guruhlashtirishni ta'minlash uchun hisobvaraqlar krediti bo’yicha namunaviy korrespondensiya va oylik choraklik hamda yillik hisobotlar uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar ruyhati nazarda tutilgan. Jamlama va tahliliy hisob uchun mo’ljallangan jurnal-orderlarda, bundan tashqari, tahliliy hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Jurnal-orderlarda muomalalarni ruyhatga olish tartibida yozuvlar faqat hisob

  • varaqlar krediti bo’yicha, debetlanuvchi hisobvaraqlar bilan korrespondensiyada amalga oshiriladi;

  • Jamlama va tahliliy hisob yozuvlari yagona tizimdan joy oladi;

  • Ho'jalik hisoblari buxgalteriya hisobida davriy va yillik hisobotlarni nazorat qilish va tuzish uchun takozo etiladigan ko'rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi;

  • Oldindan ko'rsatilgan hisobvaraqdan korrespondensiyasi, tahliliy hisob moddalari nomenklaturasi, davriy va yillik hisobotlarni tuzish uchun takozo etiladigan ga

  • Ko’rsatkichlar bilan birgalikda registrlardan foydalaniladi; - Oylik jurnal-orderlar qo’llaniladi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hisob registrlari shunday tartibda tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'g’ridan-to'g’ri shu registrlarning o’zidan olish mumkin bulsin. Buxgalteriya hisobotning hamma turlarini va jadvallarini shu hisob registrlarining ma'lumotlari asosida qo’shimcha ishlar bajarmasdan bevosita tuzish mumkin.
Tahliliy hisob moddalaridagi ma'lumotlarni bevosita buxgalteriya hisoboti jad vallariga o'tkazish mumkin. Demak buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining
hususiyat- laridan biri buxgalteriya hisobining bu shaklidagi hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti tuzishga moslashganligidir.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjatlarning aylanishi tezlashadi, memorialorder va ruyhatga olish jurnallari tuzil- maydi. jamlama va tahliliy hisob o’xshab ketadi va hisobotni kushimcha ishlar bajarmasdan to'g’ridan-to'g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin va hokazo. Bularning barchasi hisob registrlaridagi yozuvlarning takrorlanishini yukotadi va ish usulinyng quyidagi holda bo'lishini ta'minlaydi: hujjatlarda rasmiylashtirilgan ho'jalik muomalalarini aks ettirish hujjatlardan hisob registrlariga ma'lumotlarni yozib olish va hisobot uchun hisob registrlarining ma'lumotlarini jamlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida vaqtning tejalishi, hato yozuvlarning birmuncha kamayishi va ob'ektlar hakddagi ma'lumotlarning birmuncha ko’rgazmali bo'lishi ta'minlanadi
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shakli
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shaklida jamlama hisob registri bosh jurnal orqali yuritiladi. Ushbu shaklda hronologik va sistematik yozuvlar bir hisob registrida, ya'ni bosh jurnalda olib boriladi. Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida har bir ho'jalik muomalasiga boshlangich hujjatlar asosida memorial-order yoziladi va unga asoslangan yozuv bosh jurnalga ko’chiriladi. har bir memorial-order va unga ilova qilingan boshlangich hujjatlar asosida hisobvaraqdarga yozuvlar yoziladi. hisobot oyining ohirida esa hisob-varaqlar bo’yicha oborot qaydnomalari tuziladi. Ushbu qaydnoma jami bosh jurnaldagi tegishli hisobvaraqlar oboroti bilan taqqoslanadi.

Download 54,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish