O'zbеkiston rеspublikasi


V. BIRLASHMANING MOLIYa-XO`JALIK FAOLIYATI



Download 54,54 Kb.
bet3/9
Sana29.04.2022
Hajmi54,54 Kb.
#590610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr

V. BIRLASHMANING MOLIYa-XO`JALIK FAOLIYATI

15. Birlashmaning moliya-xo`jalik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

16. Birlashma o`z mol-mulkiga еgalik qiladi, undan faoliyati maqsadlariga muvofiq foydalanadi va uni tasarruf еtadi, shu bilan birga byudjet mablag`lari hamda byudjetdan tashqari mablag`lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.

17. Birlashma mol-mulki asosiy fondlardan, shuningdek boshqa moddiy boyliklardan va moliyaviy resurslardan iborat bo`ladi.

18. Birlashma vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni, ulardan aholiga tibbiy yordam va xizmatlar ko`rsatish uchun foydalanish maqsadida, shartnoma asosida ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga еga.
19. Davlat byudjeti mablag`lari, xayriya еhsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Birlashmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

20. Birlashma xarajatlarini moliyalashtirish (to`lash) belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.



21. Birlashmaning moliya-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari”

ahamiyati, maqsad va vazifalari


Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimiz jadal sur'atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Buning bosh mezoni sifatida tanlangan yo'lning to'g’ri ekanligini aytib o'tish maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda butun dunyo davlatlari tan olgan bozor iqtisodiyotidan borayotgan ekanmiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo'li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish, yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.1
Bizga ma'lumki, hozirgi raqobat muhiti jarayonida korxonalarning samaradorligi bevosita mahsulot sifati hamda uning tannarxiga bog’liq. Tannarxni to'g’ri kalkulyatsiya qilish esa bevosita buxgalteriya hisobiga borib taqaladi. Shunday ekan korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo'yilgan reja ko'rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo'jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo'jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat'iy nazar, barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo'jalik mablag’larining tuzilishi, joylashishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo'jalik jarayoni va muomalalari ta'siri ostida bo'layotgan o'zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi. Buxgalteriya hisobi, korxona ihtiyoridagi mablag’lar, xo'jalik jarayoni, uning ta'siri ostidagi ho'jalik mablag’larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo’ladigan o'zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo'jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi fanidan bizga ma'lumki, ushbu hisob tizimi bevosita hujjatlarga asoslangan holda olib borilib, uzluksiz tashkil etiladi. qisqa qilib aytganda, buxgalteriya hisobi xo'jalish operatsiyalarining hujjatlarda aks ettirilgan puldagi ifodasidir.
Buxgalteriya hisobi vositasida Korxonalar ho'jalik faoliyati jarayoni, mablag’lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to’g’risidagi ma'lumotlar olinadi. Shunisi ham borki, buxgalteriya hisobida faqat pul o’lchovida foydalanish mumkin bo'lgan xo'jalik jarayoni va mablag’larigina o'z aksini topadi. Pul ifodasiga ega bo'lmagan Korxonalarning mulklari buxgalteriya hisobida o'z aksini topmaydi. Agar ularning qiymati aniqlanib, pulda ifodalangan bo'lsa, u holda bular ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Joiz kelganda, buxgalteriya hisobi va uning predmetiga to'xtalib o'tsak.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to'liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta'minlash, shuningdek boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish2.
Demak, buxgalteriya hisobi bu:

  • subektning iqtisodiyoti to'g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o'lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Demak, buxgalteriya hisobining predmeti korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo'jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning ho'jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir.
Buxgalteriya hisobi predmetini bunday ta'riflash bilan barcha Korxonalar uchun umumiy bo'lgan xalq ho'jaligining kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini olib borish ko'rsatiladi. Bu buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi sanoat, qishloq ho'jaligi, qurilish va boshqa tarmoqlari Korxonalarida, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, noishlab chiqarish tarmog’i Korxonalari va umuman olganda barcha Korxona, tashkilot hamda muassasalar yuritiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va butun iqtisodiyot bo’yicha buxgalteriya hisobotlarini yig’ish va bu ma'lumotlarni kerakli ko'rsatkichlarda guruhlashtirish natijasida hamma Korxonalarning xo'jalik mablag’lari, ularning tuzilishi, joylanishi va tayinlanishi, ho'jalik faoliyati haqidagi buxgalteriya hisobining ma'lumotlariga ega bo'ladilar. Buxgalteriya hisobining predmeti haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun buxgalteriya hisobining ob'ektlari bilan yaqindan tanishmog’imiz lozim.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o'z sarmoyasi, rezervlar, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’lik bo'lgan xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob'ektlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining ob'ektini umumlashtirilgan holda quyidagilar tashkil etadi: ho'jalik mablag’lari, ho'jalik mablag’larining tashkil topish manbalari, ho'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar.
Quyidagi chizmada buxgalteriya hisobining ob'ektlari ko'rsatib o'tilgan:
1-rasm









xo'jalik mablag’lari


xo'jalik mablag’larining tashkil topish manbalari


xo'jalik jarayonlari


Moliyaviy Natijalar

3

3 1-rasm. O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonuni
Korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun ma'lum turdagi mablag’larga ega bo'lishi kerak. Ular xo'jalik jarayonida turli funksiyalarni bajaradi va shuning uchun ular buxgalteriya hisobida ho'jalik mablag’lari deb yuritiladi. Buxgalteriya balansida ho'jalik mablag’lari aktivlar sifatida e'tirof etiladi.

Download 54,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish