O’zbеkistоn rеspublikаsi

Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmat

Download 0,58 Mb.
bet8/10
Sana19.04.2020
Hajmi0,58 Mb.
#45832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmat.
Inqirozli oila yoki mushkul ahvolga tushib qolgan onalar, ularning farzandlari bilan psixologik-pedagogik yordam ishlarini tashkil etish asosan quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:

  • diagnostik;

  • korrektsion;

  • profilaktik;

  • ma’rifiy.

Inqirozli oila bilan ishlash avvalo shunday holatga tushib qolgan oilalarning talab-takliflari asosida, yoki u yoki bu xududdagi oilalarning ahvolini o’rganish natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Masalan, O’zbekiston sharoitida jami oilalarning salmoqli qismi yosh oilalar toifasiga kirishi, ularda muayyan muammolarning, ijtimoiy hamda psixologik muhofazaga ehtiyojni sezitshi tabiiy bo’lgani uchun ham bunday xizmat shahobchalari bir tomondan, talab va taklif asosida tashkil etiladi, ikkinchi tomondan, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oilani muhofaza qilish, ularning muammolarini o’rganish va yordam berish o’z-o’zini boshqarish organlari, “Oila” markazlari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakatiga yuklanganligi uchun tavsiya va ko’rsatmalar asosida ham tashkil etiladi. Qanday shaklda bo’lmasin, bunday markazlar yoki xizmat turlariga turli inqirozli sharoitni boshdan kechirgan oilaga yordam ko’rsatish ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Jamoatchilik tashabbuvi bilan tashkil etilgan shunday xizmat turlaridan biri mamlakatimizning turli tuman va shaharlari markazlarida tashkil etilgan yoshlar ijtimoiy ko’mak markazlari bo’lib, uning qoshida tashkil etilgan “yosh oilaga ijtimoiy va psixologik xizmat ko’rsatish” bo’limlari, undagi “Ishonch telefonlari” oila a’zolariga ma’rifiy, ma’naviy, axborot, psixologik xizmatlarni amalga oshiradi.

Oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari kimning buyurtmasi bilan faoliyat boshlagani, uning faoliyati samarasini kim monitoring qilishidan qat’iy nazar, u quyidagi toifa insonlarga xizmat ko’rasatadi:

  • bolalar;

  • ota-onalar;

  • yaxlit oila.

Oilada tarbiyalanayotgan bolalar muammolari bilan shug’ullanadigan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari asosan ular bilan diagnostik va psixokorrektsion yo’nalishlarda ish olib boradi.

Diagnostik yo’nalishdagi ishlar o’z ichiga quyidagi vazifalarni qamrab oladi:

  • Bola psixik taraqqiyotida sodir bo’layotgan muammolar, chekinishlar va ularning asl sabablarini diagnostika usullari yordamida aniqlash;

  • Bola normal taraqqiyoti jarayonida aniqlangan muammolari jihatlar va ularni bartaarf etish bilan bog’liq ishlar;

  • Bola psixik taraqqiyotidagi patologiyalar va ularni qisman bo’lsa-da bartaraf etish, kelib chiqish sabablarini ota-onaga bildirish hamda hamkorlikda bolaga yordam berish choralarini belgilash.

Bola salomatligi va uning xastaliklarini psixik hayotga aloqadorligi bevosita ekanligini aniqlagan psixolog – maslahatchi ota-ona bilan birgalikda muammoning echimini izlaydi va bu bilan oila muhitini yaxshilashga hissa qo’shadi.

Bolalar o’rtasida olib boriladigan profilaktik ishlar asosan avvaldan belgilangan reja bo’yicha amalga oshiriladi. Profilaktikaning maqsadi – bolada anomal holatlarning oldini olishdir. Albatta bunda ham psixolog mutaxassis psixodiagnostik vositalardan foydalandi, lekin uning vazifasi eng avvalo bolada ro’y berishi mumkin bo’lgan patologik jarayonlarning oldini olishdir. CHunki oilaviy nizolar, oilaviy munosabatlarning izdan chiqishi shu oila muhitida tarbiyalanayotgan bolaning asab tizimiga, psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Oilasida muammo bo’lgan bolalar o’rtasida olib boriladigan korrektsion-tuzatish bilan bog’liq chora-tadbirlar ham diagnostik amaliyot bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunda diagnostika orqali aniqlangan xulqdan chekinish holatlari bolaning yoshi, oilaviy sharoiti, qiziqish va iqtidori inobatga olingan holad malakali amaliyotchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bevosita bola ongi va fikrlash tarziga ta’sir ko’rsatiladi, shuning uchun bunday tadbirlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’rtasida o’tkaziladi.

Ota-onalar bilan psixologik-pedagogik profilaktika ishlari oilada er yoki xotin tomonidan bir-birlariga nisbatan noo’rin, beshavqat munosabatlar sodir etilganda amalga oshiriladi. SHuning uchun amaliyotchi psixolog eng avvalo er-xotinlarning qay biri ko’proq aybdor va qaysi birining insoniy sha’ni va huquqlari paymol etilganini aniqlashi darkor. S.Kovalevning fikricha, nizokash er-xotinlarning dastlabki muloqotda psixologga bergan ma’lumotlari har doim ham haqqoniy, ob’ektiv bo’lavermaydi. Psixolog xizmatidan foydalanishni istagan shaxsning o’zi muammoni aniq nimada ekanligini bayon etolmaydi. Masalan, eridan noligan xotin erning qay darajada nohaqligi yoki nima sababdan undan ko’ngli qolganligini aniq aytib berolmaydi. Ayniqsa, bunday holatlarda nizoli vaziyatni keltirib chiqargan “aybdor” bola bo’lib chiqsa, ikkala tomon ham o’zicha haq va ularning ikkisini janjallashishga turtki bo’lgan omil ularning farzandini sevishi bo’lib chiqadi.

Rus olimi V.V.Stolin psixologik xizmat markazlariga norozilik bilan murojaat qilgan ota-onalarning shikoyatlari mazmunini o’rgangan va ularni toifalarga bo’lgan:

1. Bolasidan tashvishlangan ota-onaning murojaati. Aslida ba’zi murojaatlar o’rinsiz bo’lib, ota-onaning ortiqcha jonsarakligi, xavotirchanligi tufayli kelib chiqadi, ular har ehtimolga qarshi bolsini parvarishlash, tarbiyalashga adashib ketmaslikdan qo’rqib psixolog qabuliga keladi.

2. Shikoyatli murojaat ota-onaning bolaga munosabatining o’zidan kelib chiqadi. CHunki aslida bola ota-ona ishora qilayotgan tashvishlardan, nuqsonlardan xoli bo’ldai. Masalan, onaning fikricha, bolasi uni yoqtirmaydi, uning aytganlarini qilmayapti, aslida uning o’zi bolaga etarli va o’rinli mehr berolmaydi.

3. Shikoyat qisman yoki mutloq asosli, chunki bolada haqiqatan ham ota-onaga, yaqinlariga, yaxshi ko’rgan narsalariga nisbatan noto’g’ri munosabat shakllana boshlagan yoki anchadan buyon namoyon bo’lmoqda. Bu nuqsonlar asosan ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlarga aloqadorligi psixolog aniqlaydi.

4. Bola xulqidagi og’ishlar va ularga bohliq xatti-harakatlar ota-onani jiddiy tashvishga soladi. Lekin bunday holat umuman oilaviy o’zaro munosayuatlarning darz ketganligini oqibati bo’lishi mumkin. Bu odatda bolaning ota-onasi bilan normal munosabatda ekanligini ko’rsatadi, lekin xulqdagi nomuvofiqliklar bolaning o’qishi, intizomi, maktabdagi burchlarini to’la bajarmayotganligi bilan bog’lanadi.

5. Bolaning ota-onasi bilan munosabati yomonligining sababi – asosan kattalarning bolaga nisbatan adolatsizligi oqibati hisoblanadi. Bunday holatlarda haqiqatan ham bolaning psixologiyasida jiddiy o’zgarishlar va muammolar bo’ladi va ota-onaning shikoyati jiddiy psixologik tuzatish ishlarini taqozo etadi.

Yuqoridagi kabi shikoyatlar ortib borgan sari oxirgi yillarda ota-onalarning o’z farzandlarini to’g’ri tarbiyalashlari, o’zaro munosabatlarini to’g’ri maromda tashkil etishlari borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. SHunday loyihalardan biri “Ota-onalikning samaradorligi treningi” bo’lib, u rus olimi A. Aladin tomonidan taklif etilgan. Bu trening ota-onalarda oilaviy munosabatlarda o’zini qanday tutish, farzandlar bilan munosabatda qo’llaniladigan eng samarali usullar borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishga yo’lantirilgan.

O’zbekiston sharoitida ham endi keng ko’lam yozayotgan xususiy va davlat muassasalari taklif etayotgan “Oila saboqlari”, “Ijtimoiy psixologik treninglar” aynan er-xotinlarni ota-onalikka va o’zaro munosabatlarning turli jihatlariga qaratilgandir. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan mahallalarda tashkil etilayotgan “Ota-onalar universitetlari”ning asosiy maqsadi va yo’nalishi ham aynan shu kabi muammolarni joyida, oila muhitida echishga kattalarni va yoshlarni o’rgatish, ularda sohlom munosabatlar psixologiyasini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Nazorat uchun savollar?

1.Oila ,mahalla va ta`lim tashkilotlarining o`zaro aloqadorligi haqida gapiring?

2. Oilada bolaga tarbiya berishning metod va vositalari?

3. Bola tarbiyasida ota-onaning o`zaro munosabati?

8-mavzu : Otaning oiladagi ma`suliyati va farzand tarbiyasidagi o`rni. Xalq og`zaki ijodi namunalarining farzand tarbiyasidagi o`rni.

Reja :

1. Oila tarbiyasi 

2. Oilada otaning o‘rni

3.Tarbiyada oilaviy muhitning o`rni
Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar еtkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib еtishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga еtkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Oilada otaning o‘rni

O‘zbek oilalarida qadimdan erkak kishining o‘rni muhim bo‘lib kelgan. Chunki erkak oila boshlig‘i va tayanchi sifatida eng muhim ishlarni bajarish, muammolarni hal etishi lozim. Oilani moddiy tomondan ta’minlash, turmush o‘rtog‘i va farzandlarining yurish-turishi, odobi va boshqa tarbiyaviy jihatlariga mas’ullik ham ularning vazifasi sanaladi. Onalar bola tarbiyasida ham turmush o‘rtog‘ining obro‘sidan foydalanishgan. Agar ota farzandini, asosan o‘g‘lini biror nojo‘ya ishi uchun jazolasa, onaning aralashishi mumkin bo‘lmagan. Oilada erning obro‘si, avvalo, uni ayoli qanchalik hurmat qilishiga bog‘liq. Sababi o‘zi turmush o‘rtog‘ini e’zozlamagan ayol bolalarini otasiga hurmat ruhida tarbiyalay olmaydi.

So‘ngi vaqtlarda ayrim oilalarda otadan avval birinchi qadamni ona bosayotganligini guvohi bo‘lyapmiz. Erini ishi yurishmay qolgan vaqtda, ayol uch to‘rt so‘m pul topib erini oyog‘ini uchida ko‘rsatib, uni hurmat qilmay oilada mojarolarning kelib chiqayotganligi ham bor gap. Ayolining ovozi erkaknikidan yuqori chiqqan xonadonda otaning o‘rni tobora kichra­yib boraveradi. Oqibatda esa, ayolining ko‘ziga qarab, uning ko‘rsatmasisiz biror ish qilolmaydigan, jur’atsiz otalar ko‘paymoqda.

Hozir ayrim yosh oilalarda yanada boshqacharoq vaziyatni kuzatish mumkin. Ayollar farzandlari oldida ham erini jerkib gapiradi, har ikki gapning birida erini noshudlikda ayblaydi. Er esa boshini quyi eggancha o‘z xayollariga asir bo‘lib jim turaveradi. Chunki bu er degani ikki og‘iz so‘z aytsa, uchqundan alanga chiqib, janjalga aylanishini, juda ko‘p narsalar yuziga solinishini yaxshi biladi. Ota farzandlariga ibrat bo‘lishi uchun avvalo, namunali er bo‘la olishi lozim.

Endi bugungi kunning ayrim otalari qiyofasiga razm solsak: xotini ro‘zg‘or qilib kelsa, bunga tabiiy hol deb qaraydi; o‘zi ishlamay, ayolining topib kelganiga qarab turishdan hech ham xijolat tort­maydi; oilada nimanidir hal qilib, qaror qabul qilishga kelganda, sekingina o‘zini chetga oladi. “Ana, onang bilan hal qil!”. ”Otang nimani ham bilardi?.” Bunday gaplarni eshitgan bolalar bora-bora otasiga umuman murojaat ham qilmay qo‘yadi. Qarabsizki, oilada hukmronlik o‘z-o‘zidan onaga o‘tadi.

Ba’zi otalar uchun bolalar bilan suhbatlashish, ularni hunarga o‘rgatish, kundalik, darslarini nazorat qilish kabilar “mayda ish” hisoblanadi. Balki, shuning uchun ham bugun maktabdagi sinf majlislariga otalarning bormasligi odatga aylangandir. Uyda, bog‘chada, maktabda faqat onasi, bog‘cha opasi yoki ustozi bilan maslahatlashib ulg‘aygan bola, yigit yoshiga еtib, uylanganidan so‘ng ham ayoli tomonidan boshqarilishga oson ko‘nikadi. Nafaqat ko‘nikadi, balki shunga ehtiyoj sezadi. Bu esa oila tanazzuliga еtaklaydigan yo‘ldir. Ota oilada eng to‘rda, markazda turuvchi sulton bo‘lishi zarur.

Har bir mamlakat rahbar-yetakchiga muhtoj bo‘l­ga­­nidek, har bir oilada bosh­liqqa ehtiyoj bor. Uning aytgani buyruq, uning mavqei boshqalarnikidan ko‘ra eng balandda turadi. Agar oilada er o‘z o‘rnini egallay olmasa, bu o‘ringa boshqalar da’vogarlik qiladi. Bu esa oila sultonini yo‘qotishiga, ayni vaqtda otaning hech kimga keraksiz mavqega tushib qolishiga sabab bo‘ladi.

Kuzatishlarga ko‘ra, ayol tomonidan muttasil boshqarilgan bola, yigit yoshiga еtganida ham hamma narsani oilada ona hal qilsinu, erkak televizor ko‘rib yotaversin, degan fikrda bo‘ladi. Ming afsuski, mudom ayollar ustunligini ko‘rgan yigitlarda ayollarga xos ayrim xususiyatlar, maydagaplik, g‘iybat, mol-dunyoga o‘chlik, o‘ziga zeb berish kabilar ko‘zga tashlanmoqda. Farzandlarimiz tinch va fayzli umr kechirishlari uchun ularga otani hurmat qilish, uning rizoligiga erishish yo‘llaridan saboq beraylik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin- qizlarni qo‘llab- quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5325-sonli Farmonining chiqqanligi ayni muddao bo‘ldi. Farmonda oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratish to‘g‘risida ta’kidlab o‘tilgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyati kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtiga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan muqaddas zaminimizning yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi.

Farzandlarimizga shunday tarbiya beraylikki, ular o‘z ota-bobolariga,o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati,diniga va an’analariga sodiq bo‘lib kamol topishsin.

Bolajon xalqmiz. Topgan-tutganimizni farzandlarimizdan ayamaymiz. Ularning sog’lom, ma’naviyatli, oqil va dono bo’lib ulg’ayishi, jamiyatga naf keltiradigan insonlar bo’lishi uchun еlib-yuguramiz. Bu xalqimizga xos fazilatdir.

Farzandga g’amxo’rlik qilish, uning hyech kimdan kam bo’lmay ulg’ayishi uchun harakat qilishning nimasi yomon. To’g’riku-ya, ammo ba’zi oilalarda bu g’am-xo’rlik biryoqlama, ya’ni faqat moddiy ta’minotiga ko’proq e’tibor qaratilishi bilan namoyon bo’lmokda. Eng yomoni esa, ayrim ota-onalar oiladagi to’kislik, ta’minot a’lo darajada ekanidan xotirjam yurishadi, bolamning usti but, qorni to’q, ta’minoti risoladagidek deb, tarbiyaning ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratmaydilar. Vaholanki, bola tarbiyasida oiladagi ma’naviy muhitning o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Buni dars jarayonida juda ko’p kuzatganman.

Saboq berayotgan o’quvchilarimning ota-onalari turfa kasb egalari. Bu tabiiy, biroq ularning ma’naviy dunyoqarashlari ham turfa ekanligi meni o’ylantiradi. Suhbat jarayonida shuni anglab еtamanki, ular tarbiyada o’qituvchi muhim rol o’ynaydi, biz ota-onalar farzandimizning kiyimini, kitobini, daftar-qalamini ta’minlab tursak, bas, deya fikrlashadi. Bunday ota-onalarga o’zingiz oxirgi marta qaysi kitobni o’qidingiz, bolangizning dars tayyorlashini qachon nazorat qilib, ko’maklashgansiz, unga qanday ibratli hikoyatlarni aytib bergansiz, qanday kitoblarni olib berayapsiz, deya so’rashning o’zi ortiqcha.

To’g’ri, bola maktabda ta’lim olish bilan birga tarbiya ham ko’radi. Ilm dargohlarida yosh avlod har tomonlama mukammal bilim va salohiyat egasi bo’lib ulg’ayishi lozim. Bu borada davlatimiz tomonidan katta g’amxo’rlik ko’rsatilmokda. Zamonaviy uslubda qurilgan, yuksak texnologiyalar bilan jihozlangan maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ular ixtiyorida. Ilm dargohlarida o’g’il-qizlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bundan, albatta, har bir ota-onaning ko’ngli to’q, lekin unutmaslik kerakki, tarbiyada ota-onaning ham, o’qituvchi-murabbiyning ham o’z o’rni bor. Mana, masalan, o’quvchilar bilan suhbatlashganimda ularning dunyoqarashi, o’y-fikri, orzu-niyatlari bilan qiziqaman. Ayrim to’kis oilada ulg’ayayotgan bolalar fikrini boqimandalik hissi egallab olgan. Ular kelajagini ota-onalari belgilab qo’yganini «faxr» bilan so’zlab berishadi.

Yuqorida biz farzandga g’amxo’rlik haqida so’z ochgandik. Ota-ona oila davrasida farzandiga «sen hyech xavotir olma, uy-joy, avtomobil, nima kerak bo’lsa, mana, bizning zimmamizda» desa, bu aslo g’amxo’rlik emas. Yoki ba’zi ota-onalarni olaylik. Ular farzandi bilan gaplashishga umuman vaqt topisha olmaydi. Bola ulardan mehr kutsa, qo’liga pul tutqazishadi. Shumi, g’amxo’rlik?

O’zim guvoh bo’lgan bir voqyea haqida aytmoqchiman. Yosh hamkasbim bir kuni mendan maslahat so’radi: «Ustoz, bir o’quvchim darsga doim xalaqit berayapti. Yaxshi gapirib ham ko’rdim, tanbeh xam berdim foydasi bo’lmadi. Otasini chaqirtirsam, vaqti yo’q ekan, haydovchisini jo’natibdi. Otaning bunday e’tiborsizligidan juda ranjidim. Oxiri o’zi ham keldi. U mendan anchagina «achchiq» gaplarni eshitsa-da nopisandlik va balandparvozlik bilan e’tibor xam bermadi». Hamkasbimning gaplarini eshitib Xoja Samandar Termiziyning bir ibratli hikmati yodimga tushdi: «Har kim agar yoshligidan beadab kishilar ichida o’sib ulg’aysa, katta bo’lgach uning vujudiga o’rnashib oladigan badfe’llik illatini chiqarib tashlash qiyin bo’ladi».

Yaqinda bir voqyeani eshitib yanada hayron qoldim. Qishloq maktablaridan birining o’qituvchisi beodob o’quvchilaridan biriga tanbeh berayotib, jahl ustida qo’liga urib yuboribdi. Ma’lumki, pedagogikada bolaga qo’l ko’tarish mumkin emas. O’qituvchi bu xatosini anglab еtgan bo’lsa ham, bola uyiga borib darhol ota-onasiga shikoyat qilgan. Ota esa o’z mavqyeidan foydalanib shifokordan bolasining quloq pardasi yirtilgani haqida soxta ma’lumotnoma tayyorlatib olgan. To’plangan hujjatlar asosida muallimni sudga berib, o’qituvchining tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi va ishdan mahrum etilishiga «erishgan». Bir odamning noqonuniy xatti-harakatini deb, bir fidoyi inson nohaq qoralandi. Otaning bu qilmishini kuzatib turgan farzandning ertaga bunday nomaqbulchilikka qo’l urmasligi dargumon.

Mana shunday holatlardan biri mening ish faoliyatimda ham sodir bo’ldi. Bir o’quvchim uyga vazifani tayyorlamaganligi uchun unga qoniqarsiz baho qo’ydim. Bu bahoni kundaligiga ham qo’yib, bolasining o’qishidan ota-onasini xabardor qilish uchun xat yozmoqchi bo’lsam, u kundaligini tortib olib sinfxonani ruxsatsiz tark etdi. Undan juda xavotir oldim. Ertasi kuni qarasam, darslarga qatnashib yuribdi. Ko’nglim ancha joyiga tushdi, Keyin bilsam, kecha bola ota-onasiga «meni o’qituvchim urdi» deb arz qilibdi. Holbuki, men unga ko’limni xam ko’targanim yo’q. Bunga sinfdoshlari guvoh. Ish vaqti tugagach uyga ketganimdan so’ng bolaning ota-onasi to’polon qilib kelgan, hyech narsani so’rab-surishtirmay meni rosa ayblashgan. O’sha-o’sha bola mening darsim bo’ladigan kuni mashg’ulotlarga kelmaydigan odat chiqardi. Sinf rahbari onasiga qo’ng’iroq qilsa: «Adabiyot o’qituvchisi qattiqqo’lligi uchun uning darsi bor kunlari farzandim qo’rqib bormayapti,» degan javobni aytibdi. Mana, sizga ba’zi ota-onalarimizning ma’naviy saviyasi. Oxirigacha so’rab-surishtirmay, bilmay-netmay, o’quvchimning yolg’on gaplariga ishonib, uning ko’ngliga benihoya katta e’tibor berayotgan bunday ota-ona o’z farzandiga yomonlik qilayotganini anglab еtmaydi.

Yana bir gap. Bolalar «iPhone», «Samsung Galaxy», «Lenovo», LG, HTC rusumidagi mobil telefonlardan foydalanayotganini ko’z-ko’z qilayotganini ko’rib kishi chuqur o’yga cho’madi. Ota-onalar ularga qimmatbaho telefonlarni olib berganlar, ammo ularning ko’pchiligi bunday telefonlardan foydalanishni o’zlari bilmaydilar-ku! Bola bu telefonlardan qay maqsadda foydalanayapti, uning maxfiy kodlangan papkalarida nimalar saqlanayapti, ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan do’st bo’layapti, internetda qanday saytlarga tashrif buyurayapti – bularning barchasini nazorat qilish uchun ota-ona o’sha texnologiyani farzandidan ko’ra yaxshiroq tushuna olishi kerak. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarakqiy etgani sari ulardan foydalanish, tushunishda farzandlarimizdan ortda qolsak, bilingki, ularni hyen qachon nazorat qila olmaymiz. Ko’pgina ota-onalar farzandlarining uyali aloqa vositasidan foydalanishlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan deya izohlaydilaru undan dars vaqtida foydalanish mumkin emasligini uqtirishni unutib ko’yadilar.

Aytmoqchimanki, bolaga g’amxo’rlik qilaman deb, uning ma’naviy dunyoqarashiga salbiy ta’sir qilmaslik kerak. Ertaga u nainki ota-onasiga, balki jamiyat taraqqiyotiga yomon ta’sir etuvchi salbiy illatlarga ko’l urishi mumkin. Bunga yo’l ko’ymaslik uchun, avvalo, bolaning yurish-turishini kuzatib, unga to’g’ri tushuntirish va yo’nalishlar berish, farzandining ta’lim olishiga e’tibor qaratib, ilm-fan, ijodga mehr uyg’otish, tarbiyasi yo’lida maktab va mahalla bilan mustahkam hamkorlik o’rnatish talab etiladi. Eng muhimi, bolaning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishiga yaqindan ko’maklashish lozim. Uning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda, turli fan va sport to’garaklariga qatnashtirish, imkon bo’lsa, musiqa va san’atga oshno qilish maqsadga muvofiq. Bu yoshlarning ongini egallashga urinayotgan turli g’arazli kuchlarga qarshi eng yaxshi qalqon vazifasini o’taydi. Yosh niholga istagancha shakl berish mumkin bo’lganidek, bolada yoshligidan qiziqishni uyg’otish ham unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Ota-onalar shu orqali farzandlari va ularning kelajagi uchun katta g’amxo’rlik qilgan bo’ladilar.

Tarbiya borasida qilingan bir xatoning ta’siri odamni bir umr ta’qib etishi mumkin. O’qituvchisiga hurmatsizlik bilan gapirayotgan bola ertaga ota-onasiga shu munosabatni qilmasligiga kim kafolat beradi?

Aziz ota-onalar, hurmatli hamkasblar! Milliy an’ana va qadriyatlarimiz, hurmat, izzat tushunchalari hamda jamiki axloqiy fazilatlar bu yo’lda bizga yaxshi qamroh bo’lishi, shubhasiz.

Farzand tarbiyasi juda murakkab va mas’uliyatli vazifa. Bu vazifa yurt taraqqiyoti, mamlakat kelajagiga daxldor ekanini sira yoddan chiqarmaslik kerak. Yurtboshimizning«Yuksak ma’naviyat – еngilmas kuch» asarida, insonga xos orzu-intilishlarni ro’yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy olam bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslangan. Tarbiyada mana shu ikki olam uyg’unligi ta’minlansa, katta muvaffaqiyatlarga erishilishi ayni haqiqat.

Tarbiyada oilaviy muhitning o`rni

Nazorat uchun savollar:

    1. Farzand tarbiyasida ota-onaning o`rni qanday?

    2. Xalq og`zaki ijodi namunalaridan farzand tarbiyasida qanday foydalanish mumkin?

    3. Tarbiyada oilaviy muhitning o`rni qanday?

Amaliy mashg`ulotlar

1-Mavzu: Mamlakat ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarda oila masalalarining dolzarbligi

Reja :

  1. Ijtimoiy sohada oila masalalarining yoritilishi

  2. Ota-onalar va farandlarning huquq va majburiyatlari

Topshiriq

    1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan tanishib chiqing va kichik guruhlarda ushbu normativ-huquqiy hujjat asosida nikoh tuzish tartibi va shartlari (3-bob; 13-17-moddalar) va bolalarning nasl-nasabini belgilash (10-bob; 60-64-moddalar) masalalarining huquqiy asoslarini batafsil o‘rganing.

    2. Venn diagrammasi” grafik organayzeri yordamida ota-onalar hamda farzandlarning huquq va burchlarini yoriting.

Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan tanishish asosida kichik guruhlar nikoh tuzish tartibi va shartlari (3-bob; 13-17-moddalar) va bolalarning nasl-nasabini belgilash (10-bob; 60-64-moddalar) masalalarining huquqiy asoslarini alohida-alohida o‘rganib chiqadilar. Har bir guruh o‘zi o‘rgangan masalaning mohiyati bilan navbatdagi guruhni tanishtiradi.

2. Ota-onalar hamda farzandlarning huquq va burchlarini yoritishda ikkita diagrammasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1-diagrammada ota-onalarning huquq va majburiyatlari, 2-diagrammada esa farzandlarning huquq va majburiyatlari bayon etiladi. O‘qituvchi talabalar faoliyatini osonlashtirish uchun ularni ikki guruhga ajratib, quyidagi topshiriqlarni beradi: 1-guruhga “Ota-onalarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish; 2-guruhga “Farzandlarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish. Diagrammalarni shakllantirishda guruhlar quyidagi sxemadan foydalanishlari mumkin:

1-guruh. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari

2-guruh. Farzandlarning huquq va majburiyatlari

2-Mavzu: Sharq va g`arb mutafakkirlarining asarlarida oila, oilada bola tarbiyasi masalalarining hal etilishi.

Reja :

1.Oilada bola tarbiyasi

2.Sharq allomalarining oilada to`g`risidagi qarashlari
 Farobiy bilimidan ma’rifatli еtuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».

Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola еtuk bo’lib еtishmaydi.

Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.

Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.

Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.

Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni еtishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.

Alisher Navoiy bolaning voyaga еtishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va еtuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga еtkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.

Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.

Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni еtkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.

Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.

Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.

Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.

XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.

Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.

Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.

Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.

Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.

Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o’rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi.

Muxammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo’stlikni go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.

Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish xayotda o’z o’rnini topib olishda g’oyat muximdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.

Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.

Muxammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do’stlikni mehmondo’stlikni axloqiy go’zallikni ulug’ladi. Insonlarni ziyraklikka, to’g’ri so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o’gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.

Berdimurod Berdaq Qaraqolpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini olg’a suradi.

Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim.

Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.

Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o’rin tutishni aloxida ta’kidlaydi, oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota – onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo’lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim.

Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi.

Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.

Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib еtishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.

Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.

B/BX/B JADVALI.

B/BX/B JADVALI- Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanishlarni olib borish imkonini beradi.

Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivoj-lantiradi.

Talabalar:

  1. Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida /kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.

  2. “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar.

  3. Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.

  4. Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limini to’ldiradilar

B/BX/B JADVALI

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Mavzu bo’yicha nimalarni bilaman?

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish