O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 0,58 Mb.
bet7/10
Sana19.04.2020
Hajmi0,58 Mb.
#45832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.


Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak.

Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.

Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi.    Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda  kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.

1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g‘oyalar tezis sifatida aks etsin.

2. Ulug‘ dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o‘zi mamlakat qiroli bo‘lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga haddan ziyod mehr ko‘rsatsa-da, umrining so‘nggi kunlarini ularning diydoriga zor holda muhtojlikda o‘tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring.

3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar to‘planib birgalikda mashg‘ulot o‘tkazadigan joyning esa maktab, o‘quv yurti, auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o‘tgan edi. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning oiladan ko‘ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy sabablarini yoritishga harakat qiling. Siz qanday fikrdasiz, ushbu hodisa ota-onalar zimmasidan farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatning soqit etilishi uchun asos bo‘ldimi? Farzand tarbiyasining asta-sekin to‘la ravishda ta’lim muassasalari zimmasiga yuklanishi G‘arb mamlakatlarida kuzatilayotgan oilaning qadrsizlanishi, ajralishlar sonining keskin oshishi, g‘ayriaxloqiy hodisa – bir jinsli nikohning paydo bo‘lishiga olib kelmadimi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
 – Eshak, cho'chqa, hayvon! O'ligingga kuyay sening! Necha marotaba aytdim ko'chada ming'irlama, deb. Pulim yo'q. Bo'ldi, o'chir ovozingni!

5 yashar atrofidagi o'g'il bolani qo'lidan etaklab ketayotgan yoshgina kelinchak uni bir siltadi-da, sudraganicha yo'lida davom etdi. Bir lahza ko'chadagi stolchaga yoyib qo'yilgan shirinliklarga termulganicha bolakay orqasiga qaray-qaray, onasining orqasidan ketdi. Silkilashlar va haqoratlarga hatto ko'zidan yosh ham chiqmaganini ko'rib, u bundan-da battariga o'rganganini tushunib etdim.

Xo'sh, muntazam ravishda haqoratlarni eshitgan bola kelajakda kim bo'lib etishadi? Ertaga tom ma'noda eshakdek tayoq esa ham, indamay turadigan, o'z fikrini ayta olmaydigan, hayoti uchun kurashmaydigan bo'lib qolmaydimi, shaxs sifatida o'zini ko'rsata olmay, bor alamini ichiga yutib, ozgina bo'lsa-da, atrofdagilar tazyiqi, haqoratlarini unutish uchun spirtli ichimliklar ichib, cho'chqadek loyga ag'anamaydimi, o'zini inson sifatida emas, hayvondek his qilmaydimi? «Baxtingni ko'ray», deyish o'rniga «O'ligingga kuyay», deya qarg'ash endigina hayotga qadam qo'yayotgan jajji insonning hayot chizig'i davomiyligini chegaralamaydimi? Bejiz dono bobolarimiz: «Yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishtalar «omin» deydi», demagan. Har bir aytgan gapimiz, hattoki o'ylagan o'yimiz ham amalga oshmay qo'ymasligini hayotning o'zi isbotlamoqda.

Afsus, asrlar davomida ildiz otgan, bola tarbiyasi borasida shakllangan qadriyatlar asta-sekinlik bilan yo'qolib bormoqda. Bolaning tarbiyasi juda ham nozik va jiddiy masala bo'lib, kelajakda ularning qanday odam bo'lib etishishi mamlakatning bevosita iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy rivojini belgilab beradi. Shunday ekan, har bir xalq o'z kelajagini o'ylab farzandlari tarbiyasida o'ziga xos tarbiya usullarini ishlab chiqqan.



3.Bolalar tarbiyasi: turli mamlakatlarda u qanday amalga oshiriladi?

Yaponiya – kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o'ta jiddiy qarashadi. Bu erda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo'linadi va ayri tarbiya usullari qo'llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko'ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin.

Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo'lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o'ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog'chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to'ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud.

Ota-onalar o'z farzandlarini o'yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi. Ular ko'pincha akalari va opalaridan qolgan kiyimlarni kiyishadi. Sayrga chiqqanda esa o'yinchoqlar olib chiqilmaydi. Bolalarda atrof-muhitga bo'lgan mehrni shakllantirish maqsadida tabiat in'omlari bilan rivojlantiruvchi o'yinlar o'ynashga harakat qilinadi. Agarda ona o'z farzandining xatti-harakatidan norozi bo'lsa, chetga olib chiqib, past ovozda unga o'zini qanday tutish kerakligini tushuntiradi.

5 yoshdan 15 yoshga qadar kichik yaponiyaliklarni tartib-intizomga va kattalar gapini ikki qilmaslikka o'rgatishadi. Tarbiyaga bunday yondashuv asrdan asrga o'tib kelayotgani va Yaponiya jamiyatining ajralmas bo'lagi bo'lganligi bois bolalar buni me'yordagi holat sifatida qabul qilishadi.

Maktabning o'quv dasturiga esa, albatta, kuzatuv darslari kiritilgan. Unda o'quvchilar tabiat qo'yniga chiqib, tirik tabiatni kuzatish, his etish, eshitish, asrashni o'rganishadi. Bu o'z navbatida fuqarolarni yoshligidanoq Yaponiya tabiatini asrab-avaylashga o'rgatadi.

15 yoshdan so'ng esa o'smirlarga teng huquqli fuqaro sifatida qaraladi.

Maktabda har bir boshlang'ich sinf o'quvchisini yuqori sinf o'quvchilari otaliqqa olishadi. Kichik sinf o'quvchilarining tushligi sinfga olib kelib beriladi, ularning muammolarini «Ota-ona qo'mitasi» hal qiladi.

O'rta maktabda o'quvchilarga nisbatan qo'yiladigan talablar kuchayadi. Bolalar ertalabki darslarni madhiya aytishdan boshlashadi. Yildan yilga o'tiladigan fanlar soni ko'payib boradi. Maktabda ota-onalar yig'ilishi qilinmaydi. O'qituvchi har bir ota-ona bilan muloqot vaqtini belgilaydi va mazkur uchrashuv 15 daqiqadan oshmaydi.

Yana bir jihat. Mamlakatda onalarning bola tarbiyasidan ajralmagan holda qo'shimcha bilim olishiga katta e'tibor beriladi. Maqsad ular tarbiyasida bo'lgan farzandlarining kelgusida har jihatdan komil inson bo'lib etishishlaridir.

Aytish joizki, Yaponiya bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilikning kamligi va insonlarning hayot farovonligining yuqoriligi bilan dunyoda etakchidir. Albatta, bunda tarbiyaning roli juda ham kattadir.



Amerika Qo'shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o'z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o'yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko'pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o'ynalgan o'yinchoqlar bilan to'lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go'dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so'zlarni har kuni eshitgan holda o'sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko'r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo'rsan!» deya qo'llab-quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o'zining mevasini beradi.

Evropa mamlakatlarida bolalarning etuk shaxs bo'lib rivojlanishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Ota-onalar intizom yoki qat'iy rejimga kam e'tibor berishadi. Ular uchun bolaning xavfsizligi birinchi o'rinda turadi. Kattalar bolalarning fikrlariga quloq solib, aksariyat holda o'z fikrlarini o'zgartirishlari ham mumkin.

Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o'z huquqlari va majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag'rikenglik, o'zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo'lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo'lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi.    

8-sinfdan boshlab o'quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o'tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo'llari, jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog'at yoshida o'smirlar bilishi zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

«Save the children» deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro'yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o'rinni egallaydi. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi. Homiladorlik davrida ayollar bepul tibbiy yordam va maslahat olsalar, farzand tug'ilgach, albatta, onaga bolaga qarashni o'rgatuvchi hamshira biriktiriladi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat onalar uchun bola tarbiyasi, parvarishi bilan bog'liq xilma-xil tekin kurslar tavsiya etadi.

O'tgan asrning 70-yillarida Shvetsiya birinchilardan bo'lib farzandiga qo'l ko'targan ota-onalarni jazolay boshladi. Bog'chadanoq bolalar o'z huquqlarini biladilar. Mazkur usul «stressiz tarbiya» deb ataladi. Ammo shvedlar bola tarbiyasida ma'lum chegaralanish bo'lishi lozim, deb hisoblashadi. Bolani faol, o'z fikrini bildiradigan, mustaqil, oldiga qo'ygan maqsadiga erishadigan inson sifatida tarbiyalashga harakat qilinadi. Ota-onaning farzandiga qo'l ko'tarishi, baqirishi, bir narsa so'rasa, unga tushuntirmasligi, «Yo'q, dedimmi, yo'q!» iborasining ishlatilishi ularning tarbiyasizligi va qonun oldida javob berishi lozimligini bildiradi. Ijtimoiy xizmat xodimlari muntazam ravishda hududdagi ota-onalarning farzandlariga nisbatan xatti-harakatidan boxabar bo'lib turishadi. Agarda sal nojo'ya harakat qilinayotganini sezib qolishsa, sud orqali bola ota-onadan tortib olinadi. Davlat bunday bolalarning farovonligi uchun juda ham ko'p pul ajratadi, sudlar esa faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda ish ko'radi. Bu narsa so'nggi yillarda bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar sonining keskin ko'payishiga sabab bo'lmoqda.



Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo'lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog'cha va maktablarga borishadi. Bu erda nogiron va sog'lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O'yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalari hamda jamoat joylari o'yingohlar va maydonchalar, bolani ovqatlantirish uchun maxsus xonalar, kafelarda maxsus bolalar uchun taomnomalar, jamoat transporti esa bolalar o'rindiqlari bilan jihozlangan.

Fin jamiyatida jinslar tengligiga qat'iy amal qilinadi. Ota va ona farzandiga birday mas'uldir. 18 yoshga qadar bolaning alkogol ichimliklar iste'mol qilishi yoki tamaki mahsulotlarini chekishi ta'qiqlanadi, shunga qaramay, ular jamiyatning to'laqonli a'zosi hisoblanadi va o'z hayotlariga doir qarorlarni o'zlari qabul qilish huquqiga egadirlar.

Balog'at yoshiga etgach, farzand uyini tark etadi va o'zining oilasini qurmagunicha ota-onasidan alohida yashaydi. Ota-onalarning o'z farzandlariga nisbatan munosabati jarayonidan doimo ijtimoiy xizmat xodimlari xabardor bo'lib turishadi. Biror ishkal chiqsa yoki qo'shnilar farzandga nisbatan nohaqlik bo'layotgani haqida arz qilsa, ota-onalar javobgarlikka tortiladi.

Frantsiyada bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog'chasiga berish odatiy holdir. Birinchidan, bu frantsuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go'dakligidanoq jamoaga moslashadi va mustaqil bo'lib o'sadilar. 6 yoshidanoq frantsuz bolakay o'zi mustaqil maktabga boradi, do'kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg'iz qoladi. Shunga qaramay, frantsuzlar 30-35 yoshgacha ota-ona uyida yashashlari va o'z oilasiga ega bo'lishga shoshilmasliklari mumkin.

Onalar o'z farzandlariga ovozlarini ko'tarib urishishsa-da, hech qachon urmaydilar. Jamiyat qator qonunlar orqali bola huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda sog'ligi uchun mas'uldirlar.



Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e'tibor beriladi. Onalar o'z farzandlarini boshlang'ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo'lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo'lib o'ynash, o'zaro muloqotga o'rgatishdir. Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so'nggina uni bolalar bog'chasiga berishadi. Chunki farzandning bog'chaga ko'nikishi oson kechadi va bolalar bu erda o'zlarini erkin his qiladilar. Bog'chada bolaga o'z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o'rgatishadi. Bu nafaqat bolalarga qo'l ko'tarish, balki kattalar tomonidan ularga ovozni balandlatish, xafa qilishning oldini olish ham demakdir.

Nemislar o'z farzandlariga yoshligidanoq tejamkorlik, intizomli bo'lishni, atrof-muhitni muhofaza etishni, odob-axloqni o'rgatishadi. Yigit va qizlar aksariyat holatlarda 30 yoshga qadar turmush qurishsa-da, 40 yoshlarga borib, ya'ni o'zlari ma'nan va moddiy ravishda tayyor bo'lgach, farzand ko'rishadi. Ota-onalarning o'z farzandlariga yordam bermasliklari, bolalar bog'chalarining to'liq kun ishlamasligi, enaga xizmatining qimmat turishi hisobiga ayollar farzand ko'rishga shoshilishmaydi va shu sababli Evropa davlatlari ichida mamlakatda tug'ilish eng kam hisoblanadi. Farzand ko'rishdan oldin yosh oila kichik uyda turishsa, uni kattarog'iga, bola uchun alohida xonasi bor uyga almashtirishadi, oldindan tajribali enaga, pediatr topishadi, homiladorlikning har bir bosqichida tibbiy ko'rikdan o'tiladi. Bola tug'ilgach, uning tarbiyasiga jiddiy e'tibor beriladi.

Bolalarga kichik yoshida televizor ko'rishga ruxsat berilmaydi va iloji boricha soat 20.00 da uxlashga yotqizishadi, chunki kichkintoyni erta uyg'onishga, kichik yoshidanoq o'z kunini rejalashtirish, muhim sanalar (qarindoshlarning tug'ilgan kunlari)ni yodda saqlash, o'z xarajatlarini nazorat qilishga o'rgatishadi.

Farzandlarida kommunikabellikni rivojlantirish maqsadida onalar ularni rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Bolalar bog'chalari asosan kichkintoylarni jamoada o'zini tutish, muloqotda bo'lishga o'rgatadi, yozish va o'qish faqatgina maktabdan boshlab o'qitiladi. Bola go'dakligidanoq enaga nazoratida o'zi istagan ishni qiladi, o'qish kichkintoy uchun foydali va yoqimli bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi, har bir bolaning iqtidoriga qarab fanlarni tanlashga harakat qilinadi.

Boshlang'ich sinflardagi barcha fanlar o'yin tarzida o'tiladi. Maktab 9 yillik bo'lib, o'quvchining sha'niga hech kim putur etkazmasligi uchun hattoki nazorat ishlar baholari sinfda e'lon qilinmay, alohida ota-onaga aytiladi. Bola bir kun dars qoldirsa, ta'lim politsiyasi darhol buning sabablarini aniqlashga harakat qilib, sababsiz holatda ota-onaga jarima solishi mumkin. Jismoniy kamchiligi mavjud o'quvchilar oddiy maktablarga borishadi, aqliy jihatdan kamchiligi mavjud bolalar maxsus maktablarda o'qitiladi. O'qish puli ijtimoiy xizmat tomonidan to'lanadi.

Germaniyada 9 yoshga kirmagan bolani uyda yolg'iz qoldirish mumkin emas. Shu sababli onalar yarim stavkada ishlashga yoki enaga yollashga harakat qilishadi.

Maktabda baholash tizimi biznikidan keskin farq qiladi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi joriy etilib, eng yuqori ball 1 hisoblanadi va u faqatgina 3-sinfdan keyingina qo'yiladi. Chunki ilk nazorat ishlari aynan 3-sinfdan boshlab olinadi. Nemislarning fikriga ko'ra, 1–2-sinflarda o'quvchini baholash uning muvaffaqiyatli ravishda rivojlanishiga xalaqit berishi mumkin.  4-sinfda o'quvchi 2 va 1 baholarga o'qisa (yuqorida aytilganidek, bu baholar eng yuqori hisoblanadi), u o'z o'qishini gimnaziyada davom ettiradi. Gimnaziyada o'quvchi 13-sinfgacha o'qiydi va oxirgi ikki yil kollej vazifasini o'tab, o'smir o'zi tanlagan kasb yo'nalishidagi fanlarni o'rganadi. Aslida esa 10 yoshidan keyin o'quvchi kasb tanlashi lozim. Shunga qarab bola rivoji uchun fanlar tanlanib, uni mazkur sohaga yo'naltirish bo'yicha faoliyat boshlanadi.

Italiyada bolalarning tarbiyasi bilan ota-onadan tashqari bobo va buvilari, xola, amma, tog'ayu amakilari ham shug'ullanishadi. Kichkintoy katta oilada o'sadi va odatda bog'chaga bormaydi. Italiyada bolalarning barcha injiqliklarini ko'tarishadi, doimo sovg'alar berishadi va deyarli jazolashmaydi. Ba'zida italiyalik ona bolasiga jahli chiqib baqirsa-da, ammo darhol uni o'pib, quchoqlab, yupatishga tushadi.

Italiyada bola bog'chaga uch yoshdan boshlab qatnaydi. Bu erda unga o'qish va yozishni o'rgatib, maktabga tayyorlashadi, jamoaga moslashishni o'rgatishadi. Doimiy ravishda jamoaviy o'yinlar, spektakllar qo'yiladi, haftada ikki marotaba birorta xorijiy til o'rgatiladi. 



Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. Chunki bu erda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko'pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e'tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o'zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo'lishni, o'z hissiyotlarini yashirishni o'rgatishadi. Angliya shaharlarining ko'chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin.

Avstraliyada farzandiga jazo berish yoki bermaslikni ota-onalarning o'zlari hal qiladi. Evropa mamlakatlari kabi bu erda ham turmush qurishga yoshlar shoshilishmaydi, farzandli bo'lish baxtiga esa 35 yoshlardan keyin erishishadi. Homiladorlikning 12-haftasidan boshlab ayollar majburiy shifokor nazorati ostida bo'lishadi. Tug'ish paytida esa tug'ruq jarayonini kuzatish uchun oilaning istalgan a'zosi qatnashishi mumkin. Farzand ko'rgan ayolga davlat tomonidan juda ham yuqori bola puli beriladi, shu sababli ayollar uzoq payt ishga chiqmay, vaqtlarini go'dak tarbiyasiga bag'ishlashadi.

Avstraliyada bolalar bog'chasi pulli bo'lib, kunlik tarbiya 20-50 dollar atrofida turadi. Bog'chada kichkintoylar, asosan, rivojlantiruvchi  o'yinlar, rasm chizish, plastilindan buyum yasash, applikatsiyalar bilan mashg'ul bo'ladilar. Maktabga erta, ya'ni 5 yoshdan borishlarini inobatga olgan holda muassasada o'qish va yozish o'rgatilmaydi. Tarbiyachi hech qachon onaga bolani yomonlamaydi. Bog'chadan tashqari mamlakatda ko'plab bolalar klublari mavjud. Ular bolalalarning qiziqishlariga qarab tashkil etiladi.

Avstraliyada faol dam olishga katta e'tibor qaratilgani bois oilaviy tabiat qo'ynida dam olishlar juda ham ommaviylashgan. Otalarning o'z farzandlari tarbiyasiga ko'proq vaqt ajratishlari Avstraliyada qo'llab- quvvatlanadi.

Maktablarda darslar ancha erkin. Bu erda bolalar 45 daqiqa partada o'tirishmaydi, balki dars jarayonida erkin harakatlanishlari mumkin. Eng asosiysi ta'lim muassasasida vullying (bir-birining ustidan kulish, haqoratlash)ning oldi darhol olinadi va ijtimoiy kelib chiqishi, dini, irqi, biror nuqsoni mavjudligidan qat'i nazar, o'quvchilar bir-biriga hurmat bilan muomalada bo'lishadi.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga baho qo'yilmaydi, balki topshiriq yaxshi bajarilgan bo'lsa, daftariga nakleyka yopishtiriladi. Yaxshi o'qigan o'quvchi faxriy yorliq va medal bilan taqdirlanadi, ammo yomon o'qiganlar ham sertifikatlar, mukofotlar olishadi. Maqsad har bir boladagi mavjud iqtidorni yuzaga chiqarishdir.

  Har yarim yillikda ota-onalar farzandining o'qishi va baholari haqida qisqacha hisobot olishadi. Har bir ota-ona istalgan vaqtda o'z farzandining o'qishi, o'zining tutishi haqida o'qituvchi bilan gaplashishi mumkin. O'quvchilar bilan esa muntazam ravishda boshqalarga nisbatan hurmatda bo'lish, haqorat qilmaslik, urmaslik xususida «tarbiyaviy soatlar» olib borilib, bunday holatlarning oldini olish uchun ishonch telefon raqamlari beriladi.



Isroilda farzand tarbiyasi alohida e'tiborda, chunki bu erda bola oilaning markazi hisoblanadi. Bog'chalarga go'daklar 6 oyligidan qabul qilinadi. Davlat qaramog'idagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan tashqari mamlakatda oilaviy tipdagi bog'chalar – «mishpaxton»lar keng tarqalgan. Bunday bog'chalarning guruhlarida bolalar soni 5 nafardan oshmaydi va tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Barcha bog'chalar kompyuterlar, kutubxonalar bilan jihozlangan. Har hafta tarbiyalanuvchilar, albatta, ekskursiyalarga olib chiqiladi, spektakllar qo'yish, sport va musiqa bilan shug'ullanishga e'tibor qaratiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchisi darsdan charchasa, maxsus o'yin xonasiga olib chiqiladi. Yuqori sinf o'quvchilari o'zini yomon tutsa, albatta, ruhshunosga ko'rsatiladi. O'qituvchilar o'quvchilarni baholashmaydi. Mamlakatda bu narsa bola rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deb hisoblanadi. Ammo go'dakligidanoq bolakay yomon o'qisa, kelajakda yaxshi natijalarga erisha olmasligi, universitetga kirolmasligi singdiriladi va bog'chadan boshlaboq bolalar biror narsani o'rganishga harakat qilishadi. Agarda maktabni tugatiboq, qiz yoki yigit oliygohga kira olmasa, u armiyadan so'ng (harbiy xizmat Isroilda yigit va qizlar uchun birdek majburiy) o'z mablag'i hisobidan o'qiydi. Oilada hamda ta'lim muassasalarida bolalarga «u dunyodagi eng zo'r va iqtidorli inson» ekanligi tinimsiz ongiga singdiriladi, natijasi esa barchaga ma'lum. Dunyoning eng mashhur insonlari, olimlari aynan yahudiylardir.

Oilada bolalarga, agarda ularning hayotlariga rahna solinmasa, barcha narsa mumkin. U baqirishi, yugurishi, hattoki ota-onasiga istaganicha e'tiroz bildirishi mumkin. Ammo chegaradan chiqsa, unga qat'iy ravishda nohaqligi tushuntiriladi. Bu narsa go'dak 2 yoshga to'lganidan so'ng bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Isroilda bola tarbiyasi zo'ravonsizlikka asoslangan. Bolani urish, turtish, haqoratlash, so'kish mumkin emas. Chunki zo'ravonlik o'z navbatida zo'ravonlikni keltirib chiqaradi. Agarda bola o'qituvchining aytganini qilmasa, politsiya yordamga keladi. Aksariyat holatlarda ziddiyatli vaziyat huquq organlari vakillarining o'smir bilan ishonchga asoslangan suhbati bilan yakunlanadi.



Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to'ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o'z aksini topgan. Agarda Evropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas'ul bo'lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir.

Uch oydan boshlab chaqaloq bog'chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o'rgatila boshlanadi. Boshlang'ich sinfdanoq intizomli bo'lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o'qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir.

O'g'il bolaning tug'ilishi oilada katta quvonchdir. Chaqaloqqa qizil rangdagi kiyim kiygizilib, barchaga o'g'il tug'ilganligi ma'lum qilinadi.

Bog'chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e'tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Maktabda o'qish muddati 9 yil bo'lib, tarbiya jismoniy, intellektual va estetikka bo'linadi. Ta'lim muassasasida darslar kam soatni tashkil etsa-da, o'quvchining mustaqil tayyorlanishi uchun ko'p uyga vazifa beriladi.

So'nggi yillarda Xitoy iqtisodiyot, bank sohalarida, sport va ilm-fanda etakchilik qilmoqda. Bularning barchasi fuqarolarning tinimsiz o'z ustida ishlashi va o'zining jismoniy, intellektual hamda ilmiy salohiyatini namoyish etishga intilish mevasidir.

Janubiy Koreya hayoti mamlakatimiz teletomoshabinlariga ko'plab namoyish etilayotgan seriallar orqali tanishdir.

Bundan 15 yillar ilgari aksariyat ayollar hech joyda ishlamay, faqat farzand tarbiyasi bilan mashg'ul edilar. Ishlash deganda Koreyada uydan tong sahardan chiqib ketish va tungi 11-12 larda qaytishni inobatga oladigan bo'lsak, otalar, deyarli, farzandlarini ko'rishmasdi, natijada farzand tarbiyasi bilan birgalikda uy xo'jaligini yuritishga bog'liq barcha masalalar bekalar zimmasida edi. Bugun vaziyat o'zgargan. Ko'plab koreyalik ayollar ishlamoqda. Bolalar tarbiyasi bilan, asosan, bolalar bog'chalari va buvilar shug'ullanishayotir. Shunga qaramay, ona uyga kelishi bilan farzandining barcha muammolarini yakka o'zi hal etishga kirishadi. Otalar doimo ishda bo'lganligi sababli kamdan-kam holatda bolalar o'z otalari bilan sirdosh bo'lishadi. Lekin biror-bir masalada oxirgi nuqtani ota qo'yadi.

Koreyslar oilasida bobo va buvilarning fikri juda qadrlanadi. Ular oldida bolani urishish mumkin emas. Chunki bu narsa katta yoshdagilarga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi. Bobo va buvilar nevaralarining tarbiyasida faol qatnashishadi. An'anaviy bayramlarda ular o'gitlarini ayamay, oila tarixini so'zlab berishadi. Har bir koreyalik o'zining kelib chiqishi va ildizlarini bilishi shart.

Yaponiyadagi kabi Koreyada ham 5 yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Kichkintoyni urushishmaydi, uning har bir iltimosi qondiriladi. Onasi esa doimo uning yonida bo'ladi. Besh yoshdan so'ng bola tartib va intizomga o'rgatila boshlanadi. Qanchalik uning yoshi o'sib borsa, shunchalik unga nisbatan talablar kuchayadi. Oilada va maktabda bolaning har tomonlama kamol topishiga, bilimlarni o'zlashtirishiga alohida e'tibor qaratiladi.



Hindiston nafaqat aholisining soni, balki dinlarning xilma-xilligi va xudolarning ko'pligi bilan ham dunyoda etakchidir. Hind donishmandlari «O'zga bilan muloqotga kirishganingda yuragingga quloq tut», deb bejiz aytishmagan. Aynan hind ota-onalar farzandlariga go'dakligidanoq atrof-muhitni bilishda qalbi va hissiyotlari amriga bo'ysungan holda faoliyat yuritishni o'rgatishadi: birorta inson, hayvon va qushni xafa qilmaslik, tabiatni asrash, barchaga nisbatan mehribon bo'lish shular jumlasidandir.

Hindlar – donishmand ota-onalardir. Ularning aksariyati 20 yoshga to'lmasdanoq farzand ko'rishsa-da, bolalariga hech qachon baqirishmaydi va shu orqali ularni ham o'z hissiyotlarini nazorat qilishga o'rgatishadi.

Maktabda o'g'il va qizlarni darsni yodlashga emas, balki fikr bildirish, mushohada qilish va o'ylashga o'rgatishadi. Boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilar «O'limga munosabat», «Intizomli bo'lish zarurati» kabi mavzularda o'z fikrlarini bildirishlari lozim. Standart darslardan tashqari hind maktablarida xotirani kuchaytirish va jilmayish darslari ham mavjud. Yilda ikki marta maktab ma'muriyati o'tgan oyga nisbatan o'z natijalarini yaxshilagan o'quvchilarni rag'batlantiradi.

Afrika mamlakatlarida bolalar go'dakligidanoq o'z holiga tashlab qo'yilganligi uchun aksariyat holatlarda u o'ziga emak topish, himoyalanish, yuvinishni mustaqil o'rganadi. Afrikalik onalar bola tarbiyasida biror-bir qoidaga rioya qilishmaydi. Bola yoki o'z holiga tashlab qo'yiladi, yoki tunu kun onasi bilan birga bo'ladi. Onalar farzandlarini lattaga o'ralgan holda kechgacha orqalarida ko'tarib yurishadi. Agarda bola tunda ham ovqat so'rasa, u sog'lom hisoblanadi. Keniyada hattoki tunda bolani bir necha marotaba uyg'otishadi. Uzoq uxlash yaxshilik keltirmaydi, deb hisoblanadi. Kongo, Uganda singari mamlakatlarda ikki yoshli bolaning idish yuvayotgani, uch yoshida esa mustaqil ravishda egulik xarid qilayotganini ko'rish mumkin.

Bola tarbiyasi borasidagi qiziqarli faktlar

 


  • Avstriyada bola uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan eng ko'p o'yinchoq sotib olinadi.

  • Angliyada agarda bola shamollasa, uning tana harorati oshib yo'talsa, u kasal hisoblanmaydi va maktabdagi darslarni qoldirishga ruxsat berilmaydi.

  • Belgiyada kichkintoylar uch yoshdan boshlab maktabga borishadi.

  • Evropada eng tarbiyasiz bolalar italiyaliklar hisoblanadi. Ular jamoat joylarida o'zlarini tutishni bilishmaydi.

  • Gonkongda bola uchun enaga yo`llanilmaydi. Bolalar chaqaloqligidanoq bog'chaga beriladi.

  • Braziliyada bola uchun eng oliy jazo – uni futbol o'ynashdan mahrum qilishdir.

  • Kubada hattoki 7-8 yoshdagi bolalar ham darsdan so'ng ishlashga majburdir.

  • Germaniyada 90 foiz oilalarda 8 yoshgacha bolaga televizor ko'rish ta'qiqlanadi, 8 yoshga kirganida esa unga faqatgina bolalar uchun mo'ljallangan ko'rsatuvlarni tomosha qilishga ruxsat beriladi.

  • Har bir davlatda bola tarbiyasiga yondashuv turli xil bo'lsa-da, ularning barchasini bir narsa – farzandga bo'lgan mehr-muhabbat birlashtirib turadi.


Oila va bolalar tarbiyasi, ularni to’g’ri tarbiyalash shartlari

Bolalarning murg'ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta'sir etmaydi va barcha

ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat yo'q.

N.I.Novikov

 

Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga kirganini so'rabdi. Besh yoshga to'lganini bilib onaga xitob qilibdi:



— Tezda uyga qayt!

Bola tarbiyasida eng kerak bo’lgan besh yilni sen boy berib qo'yibsan! Shunday, bola dastlabki yillarda tez va ko'p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom etaveradi. "Lekin siz mevani keyin ko'ra boshlaysiz, — deydi bir donishmand — bu o'zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan tarbiyangiz gulining mevasidir" bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali borligiga singib boraveradi.

Donishmandlar kishi keyin umr bo'yi o'zi yashaydigan yaxshilik va yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bala bilan keksalik o'rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.

Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo'lishi ko'p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrning qanday o'tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bog'liqdir. Bolaga munosabatda avvalo uning yosh darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko'ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:



Tarbiyaning yoshga bog'liq jihatlari:

1. Uch yoshgacha

2. Uchdan еtti yoshgacha

3. Yettidan o'n yoshgacha

4. O'ndan - o'n to'rt yoshgacha

5. O'n to'rtdan-o'n sakkiz yoshgacha

Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana vazni uch hissa oshadi, bo'yi 25 sm o'sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o'rganadi, emishdan to'xtaydi, bola oyog'ida turishni, kattalar qo'lini ushlab yoki o'zi mustaqil yurishni biladi. 3 yoshgacha bu ko'rsatkich oshib boradi, qo'llar harakati takomillashadi, mustaqil kiyinadi, echinadi, yuvinadi, qo'li bilan nozik harakatlarni qiladi, u endi qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o'rganadi, shuning uchun ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo'lishlari kerak. Tana a'zolarining to'g'ri rivojlanishi aniq-ravon so'zlashga o'rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik bilan ish tutishlariga bog'liqdir.

Bolaning 3-7 yosh oralig'i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon tushunchasi haqida to'g'ri tushunchalarni shakllantirish uchun unga yolg'on gapirmaslik, savollariga to'g'ri, jiddiy javob berish kerak. Bundan tashqari bolalarda gigienik ko'nikmalarni go'dakligidanoq shakllantirish kerak 2-2, 5 yoshidan yuz-qo'l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko'maklashish zarur. Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog'lig'ini saqlash uchungina emas balki uni kelajakda ham pokiza bo'lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga o'rgatish kerak. Buning uchun kichkintoyga bolalar tish cho'tkasi, pastasi berish lozim.

To'g'ri uyushtirilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Bolani aniq belgilangan vaqtda ovqatlantirish kerak, pala-partish ovqatlantirish bolalar salomatligiga yomon ta'sir qiladi. Yosh bolalarning nerv sistemasi juda ta'sirchan bo'ladi. Bolalar darrov cbarchab qoladilar va dam olishga ehtiyoj sezadilar. Dam olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va kunduzgi, uyqu muddati bolaning yoshiga bog'liq nimjon bolalar ko'proq uxlashi lozim, uyqudan oldin ochiq havoda sayr qilish foydali, kechki ovqat yotishdan 1-1,5 soat oldin berilishi kerak.

Bola sog'lig'ini saqlash, mustahkamlash va uni har tomonlama rivojlantirishda chiniqtirish muhim rol o'ynaydi. 2-3 yashar bolalarning toza havo bilan chiniqishi muhimdir. Bundan tashqari quyosh vannalari suv bilan chiniqtirish ham juda foydali. Yosh bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida tarbiya qilish, ularni oilada tarbiyalashga qaraganda bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola uchun yasli-bog'cha tanlashda "moda orqasidan quvmaslik, sportni yoki diet tilini o'rgatadigan bog'chani qidirmaslik kerak. Uyingizga yaqin bo’lgan yasli-bog'cha eng qulay va hammasidan yaxshi bo'ladi. Uy sharoitida ba'zi bir ko'nikmalarni o'zlashtirgan bola bog'chaga borganda qiynalmaydi. Qoshiqdan mustaqil foydalanishni bilgan, o'zlari kiyinadigan va echinadigan bolalar bog'chada o'zlarini dadil his qiladilar va tez ko'nikadilar. Bundan tashqari bola hayotini o'yin va o'yinchoqlarsiz, ertaklar va musiqasiz — fantaziyasiz va ijodiyotsiz tasavvur etib bo'lmaydi. O'yin va o'yinchoqlar olamida yayrab yashagan bolaning hayotini ma'naviy to'laqon deyish mumkin. Bolaga o'yinchoq tanlayotganda uning yoshi, qiziqishi va sharoiti ko'zda tutiladi.

Yoshi katta bo'lishi bilan o'g'il bolalar texnikaga oid ayniqsa transport va shu kabi o'yinchoqlarga qiziqishi ortadi, bu o'yinchoqlar bolalarda turli kasb va mutaxassisliklarga qiziqish tug'diradi, ota-ona bu qiziqishni vaqtida payqab, rag'batlantirishi kerak. Qo'g'irchoqlar qizlarning sevimli o'yinchoqlaridir, 1-2 yoshli qizchalar ko'zi ochilib yumiladigan, "Ingalaydigan qo'g'irchoqlarni yaxshi ko'radilar. 1-4 yoshli qiz bolalarga plastmassadan qilingan kiyimsiz qo'g'irchoqlar ma'qul, qizlar ularni o'zlari cho'miltiradilar, kiyintiradilar, yo'rgaklaydilar. Sport o'yinchoqlari (koptok, arg'imchoq, kabilar) bolalarni jismoniy baquvvat qilishga xizmat qiladi.

Musiqa o'yinlari bolalarni badiiy qobiliyatlarini o'stiradi. Umuman olganda bolalar o'yinchoqlari shartli ravishda 3 ta guruhga ajiratiladi:

1. Syujetli o'yinchoqlar

2. Quruvchilik o'yinchoqlari

3. Turli materiallar agar bolani yoshlikdan o'yinchoqlarini toza tutish, ehtiyot qilishga o'rgatib borilsa ular uy anjomlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni o'rganadilar.

Oilada bolaga tarbiya berishning qator o'ziga xos prinsiplari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi. Ular quyidagicha: tarbiyada ota-onaning ma'suliyati, tarbiyadagi birlik, ota-ona obro'si, mehnat tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasini bog'cha, maktab va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borishi, ota-onaning barcha bolalarni teng ko'rishi, ularga adolatli munosabatda bo'lishi, tarbiyada bolaning o'sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, bola shaxsini hurmat qilish, unga talabchan bo'lish kabilardir. Buning uchun ba'zi tarbiya usullarini bilib qo'yish foydadan xoli emas.



Bola tarbiyasi prinsiplari.

Masalan: ibrat - namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, odatlantirish, o'rni kelganda nasihat qilish, tarbiya berish, unga munosabatni o'zgartirish, ishontirish, rag'batlantirish, qoralash kabi usullar.

Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o'rin tutadi maqsadimiz — barkamol avlodni tarbiyalash uni Vatanga muhabbat ruhida xalqning eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy an'analari ruhida, jamiyat uchun bilimdon va madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashdir. "Agar siz fuqaroni tug'ib qo'yib, uni o'z mehringizdan benasib qilsangiz, marhamat qilib jamiyatni bu razil niyatingizdan ogoh etib qo'ying - deydi A.C.Makarenko "ota-ona mehridan benasib bolalar ko'pincha mayib kishilar bo'lib еtishadilar".

Hamma bolaga bir ko'zda qarash.

Oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalashning shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. Hamma narsada bolaga muomalada, jazolashda, ta'sir o'tkazishda, birlik bo'lishi zarur. Ko'pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani dadasi ta'qiqlab qo'yadi. Bolalar talabchan otasi bilan kam talabchan onasi va umuman talabchan bo'lmagan buvisi o'rtasida o'zlaricha yo'l topadilar. Kattalar o'rtasidagi kelishmovchilikni ko'rib bolalar mug'ombirlik, aldamchilik, xushomadgo'ylikka o'rganadi. Ayrim ota-onalar bolaga haddan tashqari mehribonlik qilib, girgitton bo'ladilar, uning hamma vazifalarini o'zlari bajarishadi, barcha injiqlik va o'jarliklarini ko'tarishadi, natijada bola noshud, bemehr bo'lib o'sadi. Ota-onaning hamma bolalariga bir xil bo'lishi, tarbiyaning muhim shartlaridan bo'lib, opa ukalarning ahil, bir-biriga mehribon, oqibatli bo'lishiga olib keladi, bola nazarida ota-onaning obro'si oshadi, odamlar bilan hisoblashishga, ularning ko'nglinii ranjitmaslikka, odamlarni qadrlashga o'rgatadi. Bir ota, bir onaning farzandlari fe'1-atvori jihatdan bir-biriga o'xshamaydi, ota-ona bolalarning sho'xini ham, qobilini ham bir xil mehr bilan sevishi, kattasini katta, kichigini kichik o'rnida bilib har birini o'ziga qarab muomala qilishi lozim. Birini ikkinchisidan ortiq ko'rish yaramaydi. Tarbiya avvalo oilada, bog'chada, so’ng maktabda, jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda olib boriladi, tarbiyalashning muhim xususiyatlaridan biri, uni uzluksiz olib borishdir. Ba'zan onalar ikkinchi farzandni ko'rishgach kattasi g'ashlik qilayotganini aytib qolishadi, buning oldini olish uchun to'ng'ichga endi aka, opa bo'lganini aytish, ukasini boqishda yordamlashishi kerakligini tushuntirish lozim. Tarbiyada har bir bolaga alohida muomala, munosabat, e'tibor kerak. "U bolaku, bolaga bo'laveradi", "yumalab, sumalab katta bo'lsa rizqini topib еr", "hammasiga keyin o'zi o'rganib ketadi", kabi fikrlarni qo'yib, bolani tug'ilganidan voyaga еtkuncha tarbiyalab borish kerak. Bolaning tabiiy ehtiyoji bo’lgan narsalarni taqiqlash yaramaydi, bolani tez o'sayotgan organizmni harakat qilib turishni talab qiladi. Bola o'jarlik bilan gapga quloq solmaydi, yig'laydi va asabiylashadi. Keyinchalik esa vazmin, uyatchan bolaga qo'pol muomila qilinsa u juda qo'rqoq bo'lib qoladi, hayotda mustaqil yashashga qiynaladi.

Respublikamizda yangi asrning birinchi yili — "Onalar va bolalar" yilida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy ta'siri yurtimizda yashayotgan barcha insonlar taqdirida, har bir oila, har bir xonadon hayotida o'z aksini topdi. Bu esa mamlakatimizda Sog'lom avlod — Sog'lom oila — Sog'lom jamiyat g'oyasining izchillik bilan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.

"Ona va bola" Davlat dasturiga ko'ra tug'ish yoshidagi ayollarning deyarli 99% to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va zarur hollarda davolashga yo'naltirilishi tashkil qilindi.

Uzoq tarixiy va mustahkam poydevorga ega bo'lgan o'zbek oilasi, uning o'ziga xos milliy xususiyatlarini butunlay yo'q qilish, insoniyat xotirasidan o'chirib tashlash uchun o'zgalar hech qanday kuch topa olmadi. Tarixan qisqa 14 yil ichida o'zbek oilasi hayotida mislsiz o'zgarishlar yuz berdi:

Birinchidan — mustaqillik sharofati bilan oila va uning manfaatlarini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Oila tarbiyasi kommunistik g'oyalardan tozalanib, milliy tarbiya mezonlari asosida amalga oshirila boshlandi.

Ikkinchidan — qonun ustivorligini ta'minlash oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.

Uchinchidan - oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash, nogironlar, еtim-yesirlar, yolg'iz keksalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash.

To'rtinchidan — Yurtboshimiz aytganidek, "Ayolsiz oila, oilasiz davlat, jamiyat bo'lmasligi o'z isbotini topdi".

Beshinchidan — Birinchi Prezidentimiz tashabbuslari bilan 1998 yil "Oila yili", 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog'lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalami qadrlash yili" deb e'tirof etilishi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus davlat dasturlarining qabul qilinishi.

Oltinchidan — Muhtaram Birinchi Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi farmonlariga binoan, Respublika xotin-qizlar qo'mitasi raisligiga Bosh vazir o'rinbosari, tuman, shahar, viloyat xotin-qizlar qo'mitalari, raislariga hokim o'rinbosarlari maqomlari berildi.

Ettinchidan — oila, xotin-qizlar, bolalar manfaatlarini himoya qiluvchi 10 dan ortiq jamoat tashkilotlari tashkil etildi. Darhaqiqat, XXI asr o'zbek oilasi mustahkamligi, barqarorligi, farovonligi bilan еr kurrasidagi barcha oilalar uchun namuna maktabi bo'lmog'i lozim.

7- mavzu : Oila, mahalla va ta`lim muassasalarining bola tarbiyasidagi o`zaro hamkorligi masalalari

Reja :

1. Bola tarbiyasida "oila, ma halla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati.



2.Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.

Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmat.

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maksadida 1993 yilda ishlab chikilgan "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal buldi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya turg‘risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o‘quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‘onaga kutarishni taqzo etadi.

Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;

ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya — milliy mafkuraga sadoqat ru hida tarbiyalash;

uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon xamjamiyatida, xalqaro maydonda O‘zbekistonga munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ru hida tarbiyalash;

to‘rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadokat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

beshinchidan, yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda talaba-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.

Davlatimiz rahbari ko‘rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya so hasidagi islohotlar:

birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o‘zgartirishga;

ikkinchidan, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishini tezlashtirishga;

uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin SHaxsni shakllantirishta;

to‘rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to‘la ro‘yobga chiqarishga;

beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy Dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.

Mazkur Konsepsiyada taraqietimizning ma’naviy-a hloqiy negizi milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o‘zaro aloqalari, uyg‘un yo‘nalishlari belgilab olindi.

Milliy tarbiya yo‘nalishi orqali yoshlarda o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy Fypyp, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.

Umuminsoniy yo‘nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya yo‘nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.

Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytiradi. qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi siesiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 130-sonli qarori misol bo‘la oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga etmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o‘quv muassasasigacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo‘yilgan.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o‘quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. YOsh avlodni ma’naviy-a hloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.

O‘zbekistonda ruy berayotgan uzgarishlar "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" yo‘nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o‘quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.

1. Guruh rahbari oila va jamoa bilan olib borgan faoliyati

O‘quv yurtining oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi guruh rahbari orqali amalga oshiriladi. Guruh rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:

1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va aloqani doimo mustaqkamlab boradi;

2. Talabaga nisbatan o‘quv yurtining va oilaning yagona talablar qo‘yishga erishadi;

3. Guruh ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning guruhdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;

4. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi;

5. Guruhga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va o‘quv yurtiga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi va ularni guruhdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.

Guruh rahbarining talabani yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlarigaqanchalik ko‘p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog‘liq. Ana shu maqsadda guruh rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:



  • Talabaning o‘quv mehnatiga tavsifnoma, o‘qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablariolayotgan baholari.

- Talabannig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, talabaning jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo‘qligi, sababi, ularga o‘zining munosabati.

- Talabaning o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning harakteri, o‘quv yurtidagi munosabatlarnnig doirasi.

- Talabaning ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga talaba tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o‘z navbatida farzandi haqida o‘z mulohazalari, ko‘zatishlari yuzasidan guruh rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:

- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.

- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.

- Talabaning o‘quv yurti haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, guruh hayotidagi turli voqealarga baholari.

- Ota-onaning ayrim o‘qituvchilardan, guruh rahbaridan, o‘quv yurti rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.

Guruh rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro xabarlashuvlar talabani to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Guruh rahbari o‘z ko‘zatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to‘plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o‘rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo‘llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo‘yib bo‘lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.

Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, guruh-guruhli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo‘nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni o‘quv yurti talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan ko‘zatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo‘llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, guruh hayotidagi o‘zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o‘tkazish ommaviy ishning turlaridir.

Guruh rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar guruh ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o‘z qarorlari bilan guruhdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo‘nalishini belgilab beradi.

Guruh ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: guruhdagi tashkiliy ishlar bilan bog‘liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag‘ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag‘ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o‘z maqsadiga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga ega.

Tashkiliy masalalar bilan bog‘liq guruh ota-onalari majlisida odatda ota-onalar guruhi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.

Ko‘pgina o‘quv yurtidagi guruh rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko‘proq shaxsiy ish shakli bo‘lib, unga guruh rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Guruh rahbari o‘zining shaxsiy suhbatini, oilani o‘rganish va ko‘zatish asosida to‘plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o‘tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g‘oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni guruh rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
Nazorat uchun savollar

1. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi qanday mexanizmga asoslanadi?

2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida qanday tadbirlar uyushtiriladi?

3. Oilalarga qanday ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatiladi?



7-Mavzu:Oila, mahalla va ta`lim muassasalarining bola tarbiyasidagi o`zaro hamkorligi.

Reja :

1.Bola tarbiyasida oila, mahalla va ta`lim muassasalarining aloqadorligi.

2.Oilada bolalarni sog`lom qilib ilib tarbiyalash.

3. Ta`lim va tarbiyaning o`zaro aloqadorligi.

Tayanch tushunchalar: oila, mahalla, muassasa,aloqadorlik, hamkorlik.
O’sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to’la qonli qabul qilishi, o’z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo’lib etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o’rnatadigan to’g’ri munosabatlari bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo’ladi va ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o’zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo’ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o’rtasida samimiy muloqot bo’lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Bunday muvaffaqiyatli munosabatlarning bir qator psixologik tamoyillarini ajaratish mumkin



  • avvalo, tarbiyachi ota-onaga farzandini faqat yaxshi tomondan ko’rsata bilishi lozim. YA’ni, boqchadagi bolaning obrazi ota-ona uchun ijobiy bo’lsagina, ular farzandini xonadonidan yaxshi kayyait bilan olib keladi va uyga qaytayotganda ham tarbiyachi bilan iliq xayrlashib, bolaning ham uni hurmat qilishi va mashg’ulotlarga aytganlariga quloq tutishi lozimligiga o’rgata oladi. Aks holda ota-ona og’rinib bolasini boqchaga olib keladi va uni maktabgacha ta’lim muaasasasining tartiblarini menismalikka o’rgatib qo’yishi mumkin. Demak, birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim muaasasasidagi bola to’g’risida ijobiy obraz yarata olish;

  • maktabgacha ta’lim muaasasalarining trabiyachilari ota-ona bilan kundalik muloqotda bolaning erishgan yutuqlari, qanday bilim, malaka va ko’nikmaga ega bo’lolganini ko’rsata olishlari lozim. Masalan, tengqurlari bilan muloqotda o’zini qanday tutgani, do’stlari mavjudligi, berilgan she’r yoki boshqa topshiriqni bugun aynan qay tarzda o’zlashtira olganligi, kimga qanday yordam bera olgani, sotsiometrik maqomi qanday ekanligi hamqida norasmiy tarzda ma’lumot bera olishi kerak. Demak, bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi.

  • tarbiyachi bolaning uydagi xulqi va yutuqlari yoki kamchiliklarini bilib turishi shart. Bu ota-ona bilan ishonchga asoslangan dialog jarayonida aniqlanadi. CHunki tarbiyachi bolaning uyda qanday o’ziniitutishi, odat va qiliqlarini bilmasa, unga to’g’ri pedagogik yondashuvni tashkil etolmaydi. YA’ni, uchinchi tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish.

Yuqoridagilarning bola ijtimoiylashuvida inobatga olinishi maktabgacha ta’lim muaasasalarining oila bilan yagona shior ostida “Keling birgalikda o’rganaylik!” ishlashga va yutuqlarga erishiga imkon beradi. Bunda asosiy manfaatdor tomon va faollik ko’rsatuvchi birinchi navbatda ota-ona bo’lishi lozimligini unutmaslik kerak.

Oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ko’plab mamlakatlarda qator qonun hujjatlari va normativ aktlar qabul qilinganki, ularga ko’ra, ota-onaning xohishiga ko’ra oila muhitida, xonadonda bolaning ta’lim va tarbiyasini tashkil etish mumkin. Bunday tarbiyachilarning qonuniy xaq-huquqlari qounn bilan kafolatlangan. Masalan, “Rossiya Fedaratsiyasida oilaviy (uy sharoitidagi) ta’lim to’g’risidagi Nizom”, “Uyda ta’lim olishning namunaviy Nizomi” kabi hujjatlar mamlakatning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan bo’lib, unga ko’ra agar ota-ona xohlasa, xonadon pedagogi uyga kelib bola (lar)ga ta’lim beradi. Bu kabi guvernatkalar xizmatidan foydalanish, uy enagalarini yollash kabi tajriba ko’plab rivojlangan mamlakatlarda keng quloch yoygan. Yurtimiz O’zbekistonda ham ushbu harakatning dastlabki ayrim ko’rinishlari paydo bo’lgan. Lekin bizda oilaviy ta’lim alohida ko’makka muhtoj, etim, nogiron bolalr uchun tashkil etilgan. CHunki o’zbekistonlik bolalar avvalo qonunan berilgan imkoniyatlar bois 2-3 yilgacha bevosita onaning ardog’ida bo’lishi mumkin, bu davrda ikki yoshgacha farzandi bo’lgan onaga davlat tomonidan nafaqa ham tayinlanadi. Agar oilada imkoniyat bo’lsa, keyingi davrlarda bola yana onasi yoki buvilari yordamida katta bo’ladi, maktabgacha ta’lim muaasasalariga jalb etiladi.

Tug’ilishdan nogironli bo’lgan, maktabga borish o’qish imkoniyati cheklangan bolalarga esa “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, uy sharoitida o’qitish tashkil etilgan. Bunday pedagoglarga qo’shimcha imtiyozlar ham beriladi, ular 6 soatlik dastur asosida nogiron bolaga eng zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni uyda beradilar. Bu ham O’zbekistonning ijtimoiy sohani isloh qilish borasida siyosati bo’lib, yurtimizda birorta bola maktab yoshida ta’limdan chetda qolmaydi.

Normal taraqqiyotli bolalar maktabgacha ta’lim muaasasalaridan so’ng maktabga jalb etiladilarki, bu erda ham ta’limning hamda tarbiyaning samaradorligi oila bilan hamkorlkka tayanishi barchaga ma’lum. SHuning uchun ham har bir o’rta maktabda “Ota-onalar Kengashlari” tashkil etilgan, ularga kattagina huquq va vakolatlar berilganki, bu “Maktab – oila – mahalla” kontseptsiyasining amalda ishlashining isbotidir. Lekin bu borada muammrlar yo’q emas, chunki maktab ma’muriyati, pelagoglar har doim ham barcha o’quvchilarning oilasi, undagi sharoitlar, ota-onaning bola o’qishiga qanchalik qiziqishi va manfaatdorligini yaxshi bilmaydi, natijada ba’zan aynan maktab yillarida bola psixologiyasi keskin o’zgarib, u deviant xulqlilar toifasiga ham tushib qolishi mumkin.

Ya’ni, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi hamda Ta’lim to’g’risidagi Qonun asosida uzluksiz ta’limning barcha bosqichida yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayoni kechishini unutmaslik, har bir bosqichda uning samarasi ijtimoiylashuv usul va vositalarining to’g’ri va aniq tanlanishi bog’liqligi bilish katta ijtimoiy ahamiyatga molik ishdir. Zero, bola tarbiyasi va to’g’ri ta’limi bo’yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bo’lmish o’qituvchining oila bilan aloqasi qanchalik yaxshi va maqsadli bo’lsa, bola tarbiyasi ko’ngildagidek bo’ladi, bu borada aniq tasavvurga ega bo’lmagan yayrim ota-onalar uchun hayot maktabi bo’lib xizmat qiladi..


Oiladagi ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta`siri.
Amalda er va xotin ajralishga axd qilganda, ular o’rtasida farzand bo’lmasa, FXDyo idoralariga murojaat qiladilar va ularning nikohi bekor qilinadi. Agar o’rtada farzand bo’lsa, bu ishni sudlar xal qiladi, lekin aksariyat holatlarda o’z-o’zini boshqarish organi bo’lmish mahalla va undagi yarashtirish komissiyasining a’zolari bo’lmish faollar bunga aralashadilar, arzimagan sabab bilan ajrimgacha borayotgan yoshlarga jamoatchilik monelik ko’rsatadi. CHunki milliy mentalitetda farzandni tirik etim qilib qo’yish katta gunoh hisoblanadi, shuning uchun azaldan urf bo’lgan tamoyil borki, yosh oilaning keyingi taqdiriga kattalar aralashadi va oilaviy nizoning sabablari o’rganilgach, bir qarorga kelinadi. Agar oilaviy nizo yoshlarning, birinchi navbatda ayolning va farzandlarning salomatligi, tinchligi va birgalikda yashashlariga jiddiy xavf solgan hollarda (xiyonat tufayli bir-birini kechirolmaslik, erning tinimsiz alkogol iste’mol qilishi tufayli ayolni muntazam qiynashi, maishiy zo’ravonlik, oila budjetiga erkak ulushining qo’shilmasligi kabi) jamoatchilik ayolning xaq-huquqlarini himoya qiladi va mahallaning o’zi ayol, uning farzandlari taqdirini belgilash, ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida bu ishga aralashadi. Joylardagi xotin-qizlar faollari oxirgi yillarda aynan shu masalalarda o’z-o’zini boshqaruv organlarining odilona faolligini oshirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.

Mahalladagi yarashtirish komissiyalarining a’zolari bilan o’tkazilgan suhbatlardan ma’lum bo’ldiki, ular aksariyat holatlarda aynan ayollarning manfaatlarini himoya qilish bilan shug’ullanadi, lekin ayolning aybi va uning oilaviy yumushlarga tayyor emasligi, eri va qarindoshlar bilan to’g’ri munosabatlarni o’rnatishga no’noqligi tufayli oila ajrim arafasida bo’lgan sharoitda mahalla maslahatchilari kelin bilan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Masalan, Samarqand viloyati bo’yicha ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, 2006 yilning 10 oyi mobaynida jami 20711 ta nikoh qayd qilingan, sudlar orqali 59 ta va FXDyo idoralari bo’yicha 148 ta nikoh ajrimlari qayd etilgan. Jami yarashtirilgan oilalar soni 23 ta tashkil etgan bo’lsa, 2005 yil mobaynida Samarqand shahri bo’yicha sudga ajralish haqida da’vo arizasi berganlar soni 885 ni tashkil etgan, kattalarning va mahallaning aralashuvi bilan 162 ta oila saqlab qolingan, barchasida ayollar va bolalarning manfaatlari himoya qilingan.

FXDYO organlaridan olingan raqamlardan ma’lum bo’lmoqdaki, oxirgi yillarda FXDyo organlari orqali sodir bo’layotgan ajrimlar soni ortmoqda, buning asosiy sababi – er yoki xotinning, yoki ikkalasining bepushtligidir. Milliy mentalitet nuqtai nazardan qaralganda, 1-2 yil ichida o’rtada farzandning bo’lmasligi, ming afsuski, yosh oilaning buzilishiga sabab bo’lmoqda, bunda oilaning kattalari ko’proq salbiy rol o’ynaydi, ya’ni, bu borada sabrli munosabat xali shakllanmagan.

O’zbekistonda nikoh ajrimlarining imkon darajasida kam bo’lishi yo’lida olib borilayotgan ishlar o’zining natijalarini bermoqda. Yil sayin sudlar orqali nikoh ajrimlari sonining kamayib borayotganligi fikrimz dalilidir. Quyidagi jadvalda oxirgi yillarda nikoh va ajrimlar koeffitsientlari keltirilgan.

Raqamlardan ko’rinib turibdiki, 1000ta qayd etilgan nikohga nisbatan olinganda, 1989 yilga nisbatan (14,6) 2006 yilda ajralishlarning miqdori kamaygan va 10,8 ni, 1000 nafar aholi soniga nisbatan hisoblaganda ham 2006 yilda salkam 0,6 promillini tashkil etdi. Bu MHD orasidagi eng ijobiy ko’rsatgichdir. Lekin absolyut miqdorda hisoblaganda, rasmiy nikohlar sonining oxirgi 5 yil mobaynida o’sib borayotganligini, nikohdan ajralganlikning absolyut miqdori esa, aksincha, kamayib borayotganligini (2004 yilda 17393 tani, 2005 yilda 16392 nafarni, 2006 yilda – salkam 15000) ta’kidlash mumkin20.

O’zbekistonda rasman qayd etilayotgan nikoh va ajrim holatlari

Yillar

Nikoh

Ajrim koeffitsienti




umumiy soni


koeffitsienti


1000 kishiga nisbatan


1000 ta nikoh soniga nisbatan

1989

15000

8,2

1,5

14,6

2002

165385

6,8

0,6

9,2

2004

155936

6,0

0,7

10,1

2005

183991

7,0

0,6

11,0

2006

208423

8,1

0,58

10,8


Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear tipli, ya’ni, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga sodir bo’lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi – bu nuklear oilalar, bir xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami oilalarning salkam 23,5 foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9 yildan kam bo’lgan turmush tajribasiga ega bo’lganlar bo’lib, sodir bo’layotgan nikohning barbod bo’lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga to’g’ri kelmoqda. Ya’ni, ilmiy izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, 70 foizdan ortiq nikoh ajrimlari yosh oilaga to’g’ri keladi.

Noto’liq oila – yolg’iz onaxon yoki otaxonlar, er yoki xotinning o’limi tufayli noto’liq bo’lgan oilalar, yoki ajrim tufayli paydo bo’ladigan oila tipidir. Afsuski, oxirgi sabab bo’yicha noto’liq bo’lgan oilalar boshqa toifaga nisbatan ko’p. Ajrim bo’lgan oilalarning salkam 1% dagina bolalar otaning qo’lida qoladi. Qolgan holatlarda voyaga etmagan bolalar onalari bilan qoladi. Bu onalarning o’rtacha yoshi 23-24 yoshni tashkil etadi, ularning qo’lida qolgan bolalarning o’rtacha soni 2,5 nafardir. yolg’iz farzand tarbiyalayotgan yosh ayollarning ma’lumotliligi o’rganilganda, ularning aksariyati o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotli ekanligi e’tirof etilgan (20,5%). yosh turmush qurayotgan qizlarimizning 12,3%i 15-19 yosh oralig’ida ona bo’lishadi. 15-16 yoshda ona bo’lish holatlari ham xanuz mavjud bo’lib, 2006 yilda ular soni 95 nafarni, yoki jami tuqqanlarning 0,01%ini tashkil etdi (2005 yilda 117 nafar edi, yoki 0,02%), 17-19 yoshda ona bo’lgan ayollar soni 19419 nafar bo’lib, bu jami tuqqanlarning 3,6 foizini (2005 yilda mos ravishda 19147 yoki 3,7%) tashkil etdi. Ularning har 10 tasidan bittasi (10,6%) talaba qizlardir.

Psixologik adabiyotlarda ajrimlarning tabiati, bu jarayonga oid qonuniyatlar ilmiy nuitai nazardan beriladi. Masalan, S.Kraxotvil ajrim jarayonining quyidagi bosqichlarini ajratadi:


  • Bosh ko’tarish bosqichi: xo’rlangan va norozi ayol o’z faolligini oshirib, ajrim sodir bo’lmasligining oldini olib uchun muayyan say’i-harakatlarga kirishadi. Lekin barcha ishlarni xavotirlik va hayajon bilan amalga oshirgani sababli, ko’p xatolarga yo’l qo’yadi va noma’qul ishlar ham qilib qo’yishi mumkin;

  • Tushkunlikka tushish bosqichi: ajralishni xohlamagan tomon vaziyatni boshqara olmaganligini tan olib, tushkunlik, depressiya holatiga tushadi, va endi o’zini ham ayblay boshlaydi;

  • Bo’yinga olish bosqichi: ajralishni xohlamagan tomon endi mavjud holat bilan kelishib, bunday nikohning bo’lganidan bo’lmagani ma’qulligi fikriga keladi.

Albatta, shuni ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ikkala tomon ongli ravishda, o’zaro kelishib, bir-birlariga tana-dashnom bermaydilar va bunday ajrimlar yuqorida ko’rsatilgan bosqichlarsiz sodir bo’ladi. Demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatlarda ajrimlar masalasiga ham demokratik tarzda qaraladi, ya’ni, bu ikki tomonning yoki birining manfaatiga mos kelishi inobatga olinib, ajrim sodir etiladi, lekin bunday holatlarda, ayniqsa, yosh bolasi bilan qolgan ona ijtimoiy-psixologik yordamga, jamiyat toomnidan ko’rsatiladigan madadga muhtoj bo’ladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish