90
17.1-rasm. Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlar turlari:
a - tutib turuvchi; b - tutib-
chegaralab turuvchi; v- chegaralab-tutub turuvchi; g - chegaralab turuvchi
CHiquvchi ustun qismi A yuzasi (detallarning korroziyaga chidamliligini oshiruvchi maxsus
birikmalar bilan aralashtirilgan I-20A yoki I-ZOA tipidagi moy) moy bilan to’latiladi. Bu qism
ichki idish vazifasini o’taydi. Ustun chiquvchi qismini surilishi bir pog’onali porshenli nasos bilan
bajariladi. Nasos rukoyat 6 li krivoship mexanizmi 5 yordamida ishlatiladi. Porshen 7 ning yuqoriga
harakatida moy A yuzadan klapan 11 orqali B yuzaga oqib chiqadi. Keyin porshen pastga
xarakatlanganda 11
klapan yopiladi, 10 klapan ochiladi va ishchi suyuqlik V yuzaga o’tadi va
ustunning chiquvchi qismi 5 yuqoriga ko’tariladi.
Agar V yuzadagi bosim belgilangan o’lchamdan oshsa, saqlanish-yuklanish klapani 4 ochilib,
moy A yuzaga oqa boshlaydi. Ustunni tushirish uchun tushirish qurilmasi 3 yuqoriga ko’tariladi,
natijada moy klapan 4 orqali V yuzadan A yuzaga oqadi va ustun pastga tushadi.
Tashqi manba’li gidroustun (17.2-rasm,6) tashqi nasos stantsiyasi bilan ulangan pistolet 1
yordamida ishga tushadi. Bunda suyuqlik pistolet 1 yordamida filьter 11 va klapan 10 orqali
ustunning A yuzasiga kelib tushadi va klapan 9 orqali ustunning B yuzasiga o’tadi. Natijada
chiquvchi qism 7 yuqoriga ko’tariladi. Krovlyaga tayanish tugagandan so’ng pistoletning krani 2
berkitiladi. Kelayotgan suyuqlik endi kanal 3 orqali nasos stantsiyasiga oqib ketadi.
Agar B
yuzadagi bosim belgilangan normadan oshib ketsa saqlanish klapani 4 ishga tushadi va ustunning
zaruriy ish holati ta’minlanadi.
Ustunni tushirish klapan 5 yordamida rыchag 6 ni soat strelkasi yo’nalishigi qarshi tomonga
burish orqali amalga oshiriladi va B yuzadagi moy chiqariladi.
17.2-rasm. Yakka tartibdagi mustahkamlagichlarning tuzilish sxemasi: a – suyuqlikning ichki
tsirkulyatsiyasi, b – suyuqlikni tashqi manbadan ta’minlash hisobiga ishlovchi.
Xozirgi vaqtlarda yer osti inshoatlari qurilishida va shaxtalarda kunlarda 2GSK tipidagi ichki
tsirkulyasiyasi hisobiga ishlovchi va 2GVS, 2GVT va GVU tipidagi tashqi manba’li gidravlik
ustunlar ko’proq ishlatiladi.
91
1984 yildan boshlab GVU tipidagi gidroustun ishlab chiqarilmoqda (4GVU30-12GVU30),
ular 0,71-1,6 m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishda krovlyani ushlab turishga mo’ljallangan
bo’lib, eng kichik qarshiligi 300 kN ni tashkil etadi. Bu ustunlarning boshlang’ich tayanch bosimi
20 mPa suyuqlik boimida 127 kN ni tashkil qiladi. 4GVU30-12GVU30 ustunlari (xammasi bo’lib 9
ta markada) xar qanday qazish tartibotida va krovlyani boshqarish usulida ishlatilishi mumkin.
Yakka tartibdagi mustaxkamlagichlarni ishlatishda metall tutgichlar krovlyani tutib turuvchi
element hisoblanadi. Metall tutgichlarning VV3O, VV3M va sharnirli V15B, M71S
rusumlari
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: