UTV.
Kompyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar.
IPT.
«SHarhlovchi ma’ruza ».
Tor qamrovchi kombaynlar
- asosiy qazib oluvchi mashinalar hisoblanib, ular zamonaviy
qazish komplekslari bilan birga ishlatiladi (16.1-rasm).
Sinflari va ishlatilish ko’lami:
-qatlam yotiqlik qiyaligiga bog’liq ravishda tor qamrovchi kombaynlar farqlanadi: qalin va
qiya (35
0
gacha) qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (qachonki qazib olingan ko’mirni tashish lozim
bo’lganda); 35
0
dan oshiq yotiqlikdagi qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (ko’mirni tashish lozim
bo’lmaganda, ya’ni qazib olingan yuk o’z og’irligi bilan harakatlansa);
-qatlam qalinligiga bog’liq ravishda 0,6-5m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishga
mo’ljallangan kombaynlar farqlanadi: qatlam qalinligi 0,8 m va undan yuqori bo’lsa, kombayn
zaboyda yonida joylashgan suriluvchi kurakli konveyer ramasida xarakatlanib qazib oladi. Xuddi
mana shu asosiy texnologmk sxema bo’yicha ko’plab tor qamrovchi kombaynlar 5 m gacha
qalinlikdagi qatlamlarni qazib oladi (rasm-16.2).
Agar qatlam qalinligi 0,6-0,8 m bo’lsa, tabiiyki yupqa qatlam ish zonasi kombaynning
konveyer ramasi ustida xarakat qilishini ta’minlay olmaydi. Bunday xollarda kombayn qatlam
zaminida konveyer yonida harakatlanadi. Bu holat ikki variantda bo’lishi mumkin:
1) kombayn konveyer yonida (16.1-rasm, b) zaboy tarafda (K103);
2) kombayn korpusi konveyer reshtagi yoniga (o’tilgan bo’shliqtarafda) joylashtirilgan, uning
ishchi organi esa zaboyda (MK67M) (16.1-rasm,
v).
.
Eng ko’p tarqalgan tor qamrovchi kombaynlarning strukturaviy sxemasi 16.1,a – rasmda
ko’rsatilganidek, kombayn zaboy konveyeri ustida ikkala shneklari zaboy tarafda (1K101, 2K52M,
2K52MU) quyidagi ketma-ketlikdagi ishlaydi.
Elektrodvigatel D validagi aylanish momenti bir tarafdan uzatuvchi mexanizm PM lar
yordamida ish bajaruvchi organ IO ga, ikkinchi tarafdan esa harakatlanish organi MP ga uzatiladi.
Ish bajaruvchi organ ko’mirni massifdan ajratib olib bir vaqtning o’zida zaboy konveyeriga
yuklaydi. Oxirgi jarayonni oddiy konstruktsiyali yuklash qurilmasi PU (podpornыy щit) bajaradi.
Kombayning harakatlanishi unda joylashgan yurituvchi yulduzcha va kalibrli zanjir orqali amalga
oshiriladi. Zanjirsiz harakatlanishda tortuvchi organ sifatida zaboy konveyeri bortida joylashgan
tishli reyka va kombayn- da tishli shesternya ishlatiladi. Bunda shesternyaning tishli reykaga
birikishi natijasida harakat yuzaga keladi. Kombaynda ishga tushirish-moslash qurilmasi, chang
bostirish va boshqa yordamchi qurilmalar bo’ladi.
Tor qamrovchi kombaynlar konstruktiv tuzilishini KSH-1KG kombayni (16.2-rasm) misolida
ko’rib chiqamiz. Kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektroblok 1, 1G405
83
tipidagi gidravlik harakatlanish mexanizmi 2 (tezlikni avtomatik boshqarish bilan), 24*86 mm
kalibrli aylana zvenoli tortish zanjiri 3, suv bilan sovitiluvchi elektrodvigatelь 4, asosiy 5, oraliq 6
va ikkita buriluvchi 7 va 12 reduktorlardan tashkil topgan ko’p tarmoqli uzatish mexanizmi, 2 ta
shnekli ishchi organ 8 va 11, har bir shnekka bittadan 9 va 10 gidrodomkratlar, boshqarish punkti va
chang bostirish tizmlari.
16.1-rasm. Ko’mirni tor qamrovchi kombaynlar yordamida qazib olish texnologiyasi: a –
kombaynning konveyer ramasida ishlash sxemasi; b - kombaynning zaminda ishlash sxemasi; v-
kombaynning qazib olingan bo’shliq tomonda ishlash sxemasi.
Zamonaviy qazish kombaynlari konstruktsiyasida shnekli ishchi organlar eng ko’p
tarqalgandir. Bular 2K52M, 1K101, 1GSH68, KSH1KG, KSHZM, K102, K120, K128P
kombaynlaridir. SHneklarning asosiy ishlatish afzalliklari qatlamni butun qalinligi bo’yicha qazib
olish, qatlam gipsometrik o’lchamlarida ishchi organlarning qazish qalinliklarini oson o’zgartirish,
yuqori unumdorlik, frontal burg’ulash imkoniyatlarining mavjudligidir. Ishlab chiqarilayotgan
shnekli kombaynlar kesishga qarshiligi 220—300 kN/m bo’lgan qatlamlarda samarali
ishlatilmoqda.
Ish bajaruvchi organlarning qamrash kengligini quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: 1,2—
2,5 m qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,63 m; 1,2 m dan kichik qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,8 m;
2,5 m dan oshiq qalinlikdagi qatlamlar uchun qamrash kenligi 0,5 m.
Ko’mir sanoatida eng ko’p tarqalgan qazib olish kombaynlari quyidagilardir.
Kombayn 1BK.T
— mokisimon ishlovchi, 0,55—0,8 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi,
krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga
mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita oldinga va orqaga simmetrik joylashgan bir
xil qismlardan iborat. Ish bajaruvchi organi har biri ikkitadan burg’ulash koronkasiga, uchta
gorizontal aylanish o’qli disk va bitta vertikal o’qli diskdan tashkil topgan. Qamrash kengligi 0,8
m.
Kombayn 1K101 -
mokisimon ishlovchi, 0,7—1,2 m qalinlikdagi, 25° gacha qiyalikdagi,
krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga
mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita (700 yoki 900 mm) bir xil shneklardan iborat.
Ko’mirning kesishga bo’lgan qarshiligi 250 kN/m.
Kombayn 2K52M
— mokisimon ishlovchi, 1,1—2,0 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi,
krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga
mo’ljallangan. Ko’mirning kesishga bo’lgan qarshiligi 250 kN/m. Kombaynning qamrash kengligi
0.6 va 0.8 m ni tashkil qiladi.
Kombayn 1GSH68
— chelnokovыy, 1,1—2,7 m qalinlikdagi, 20° gacha qiyalikdagi,
krovlyasi o’rtacha barqaror, kesishga bo’lgan qarshiligi 300 kN/m gacha bo’lgan ko’mir
qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi
84
ikkita bir xil diametrli kombayning ikki tarafida joylashgan ikki yo’lakli simmetrik shneklardan
tashkil topgan. Bu kombayn shneklari qamrash kengligi 0,8 m va 0,63 m.
Ish bajaruvchi organining ko’ndalang zaboyda burg’ulash funktsiyasi bilan ishlay olishi
lavaning butun uzunligi bo’ylab qazish ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.
16.2-rasm.KSHZM tor qamrovchi kombayni: 1 — markaziy reduktor;
2
— chap buriluvchi
reduktor;
3
— o’ng buriluvchi reduktor;
4
— chap shnek; 5 — o’ng shnek:
6
— gidrotsilindr; 7 —
gidrovstavka; 8— tayanch-yo’naltiruvchi mexanizm;
9
— elektruskunalari;
10
— chang so’ruvchi
qurilma; 11 — chang bostirish qurilmasi;
12 —
g’ilof;
13
— G405 uzatish mexanizmining
gidromexaniq qismlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |