80
Ma’ruza № 15. Yer osti kon ishlari kon mashinalari va avtomatlashtirilgan
komplekslari to’g’ri sida umumiy tushunchalar. (2soat).
Mashg’ulot rejasi:
1.SHaxta kon mashinalari va mexanizmlari qo’llanilishi va ishlatilishi sohalari.
2.Kon mashinalari umumiy tuzilishi, ular klassifikatsiyasi va konstruktiv tuzilishi.
3.Asosiy va yordamchi
funktsional kon mashinalari, komplekslari va agregatlarining
ekspluatatsiyasi va ularning ishlashi rejim parametrlarini aniqlash.
4. Kon mashinalari va komplekslari struktura tuzilishi va tizimlari.
O’quv-texnik vositalar-UTV.
Kompьyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma
materiallar.
Ilgor pedagogik texnologiyalar-IPT
«Kirish ma’ruzasi».
Ko’mir qazib olish texnologik jarayoni uchta asosiy funktsiyadan iboratdir: ko’mirni qazib
olish, uni shtrek bo’ylab qayta yuklash punktiga eltish va krovlyani boshqarish. Bu jarayonlarning
har birini mos funktsional mashinalar: qazib oluvchi, tashuvchi
va mexanizatsiyalashgan
mustahkamlagichlar bajaradi.
Qazib oluvchi mashinalarga ishchi organi yordamida ko’mirni massivdan ajratib oluvchi
kesuvchi (vrubovыe)
mashinalar, qazib oluvchi (ochistnыe kombaynы) kombaynlar va qirg’ich
(strugovыe) qurilmalari kiradi.
Kesuvchi mashina faqat bir tomonli texnologik sxema bo’yicha ishlaydi, ya’ni zaboy bo’ylab
bir tarafga kesish jarayonini bajaradi, orqaga bo’sh ishsiz holatda qaytadi.
Kesuvchi mashina bar
yordamida qatlam tagidan kesilgan tirqish hosil qiladi. Kesilgan massiv burg’ulash-portlatish usuli
bilan buziladi. Bu mashinalarning harakatlanish usuli trossni o’zining barabani 2 ga o’rash hisobiga
amalga oshiriladi.
Qazib oluvchi kombaynlar.
Qazib oluvchi kombaynlar –
(15.1-rasm) bu shunday kombinatsiyalashgan mashinalarki, bir
vaqtning o’zida ikki, uchta jarayonni - ko’mirni massivdan ajratib olish (zarubku, otboyku) va uni
zaboy konveyeriga yuklashni mexanizatsiyalashtiradi.
Qazib oluvchi kombaylar qazish chegaralariga qarab keng
va tor qamrovchi kombaynlar
guruxlariga bo’linadi.
Keng qamrovchi kombaynlar ishchi organi qamrash kengligi 1m dan ortiq (odatda 1,6; 1,8;
2m), tor qamrovchilar esa –1 m va undan kam bo’ladi.
81
15.1-rasm. Yer osti konlarida ishlatiluvchi qazib olish kombayni
Qazib oluvchi kombaylarni shartli ravishda qazib olayotgan qatlam qalinligi bo’yicha: yupqa (
0,8 m gacha qalinlikda), kichik qalinlikdagi (0,8—1,5 m), o’rta qalinlikdagi (1,5—3,5 m) va qalin
(3,5 m dan oshiq) qatlamlarda ishlatiluvchi guruxlariga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: