19
UTV.
Kompьyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar.
IPT.
«SHarhlovchi ma’ruza ».
SHpurlar (diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo’lgan tsilindrik kon lahimi) va
skvajinalar (chuqurligi 5 m dan oshiq va diametri katta yoki har qanday diametrli)
hosil qiluvchi
kon mashinasiga burg’ulash mashinasi deyiladi.
Burg’ulash mashinalari – bu umumiy tushuncha bo’lib, bular qo’l va kolonkali parmalar,
burg’ulash qurilmalari, ochiq konlarda va yer ostida ishlatiluvchi burg’ulash stanoklaridir.
Burg’ulash stanoklarining asosiy ko’rsatgichlari – burg’ulanayotgan
skvajinaning diametri,
chuqurligi va qiyalik burchagi hisoblanadi.
Burg’ulash stanoklari turini standart skvajina diametrlari belgilab beradi. Konchilik ishlab
chiqarishida standart 100, 125, 160, 200, 250, 320 va 400 mm diametrli skvajinalardan
foydalaniladi. Ushbu diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun GOST bo’yicha quyidagi stanoklar
ishlab chiqarilgan.
SBSH – sharoshkali dolotali aylantirib burg’ilovchi stanok. Maydalangan
kon jinslari havo
yordamida chiqaziladi. SBSH stanoklarining beshta modeli ishlab chiqarilgan bo’lib nominal
diametri 160 mm dan 400 mm gacha skvajinalarni burg’ilashga mo’ljallangan. Ishlatilish ko’lami –
kon jinsinnig qattiqligi f = 6-18.
Hozirgi vaqtda aylantirish bilan burg’ilovchi stanoklarning SBSH-200, SBSH-250, SBSH-
320 va SBSH-400 (Rossiya) kabi turlari keng ko’lamda ishlatilmoqda. SBSH-200 stanogining 4 ta
modeli 215 va 244 mm diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun ishlatilmoqda. Bu stanoklar
2SBSH-200-32, 2SBSH-200-40; 4SBSH-200-40 va 3SBSH-200-50 (oxirgi
sonlar stanokning
burg’ilash chuqurligi (metrda) ni ifodalaydi). SBSH-250 stanogining ikkita turi mavjud: SBSH-250
MNA-32 va SBSH-250-55, Burg’ilaydigan skvajinalari diametri 244 va 269 mm. Diametri 320 mm
va chuqurligi 36 m gacha bo’lgan veritkal skvajinalarni burg’ilash uchun SBSH-320 stanoklari
xizmat qiladi. Ko’pchilik stanoklar burg’ilash stavini skvajina zaboyiga 300 kN, 2SBSH-200-32
stanogi – 250 kN gacha, SBSH-250-55 stanogi – 350 gacha va SBSH-320 stanogi – 600 kN gacha
kuch bilan uzatishni ta’minlaydi.
Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan ta’minlangan va
gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t dan 110 t gachani tashkil etadi.
SHaroshkali burg’ilash stanoklarining printsipial tuzilishini SBSH-250MNA-32 (13-rasm)
misolida ko’rib chiqamiz.
Stanok mashina bo’limi 5, gusenitsali yurish organi 8, kabel barabani 7, machta 3 va uni
qotirish uchun tayanchlar 2 dan tashkil topgan.ishchi organining
barcha uzellari machtaga
joylashtirilgan. Ulardan asosiylari: aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm, shtangalar kassetasi va
shtangalarni qotiruvchi-echuvchi mexanizm.
Stanokni ko’chirishda machtani tushirish uchun ikkita gidrodomkrat 4,
stanokni ishlatishda
machtani ko’tarish uchun uchta 6 gidrodomkrat xizmat qiladi. Stanokning chap tomonida mashinist
kabinasi 1 joylashtirilgan. Mashina bo’limida moy stantsiyasi, skvajinalarga suv beruvchi nasos va
siqilgan havo beruvchi vintli kompressor joylashgan.
Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi, kompressor unumdorligini
avtomatik moslashtirish tizimi, burg’ilash shtangalarini yechish va qotirish mexanizmlari
yordamida burg’ilash stavini ishlatishni qo’l mehnatisiz mashinist kabinasida
bajarish imkonini
beradi.
Quyidagi yetakchi xorijiy firmalarda sharoshkali burg’ilash stanoklarining 80 ga yaqin
modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion», «Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH),
«Sandvik» (Finlandiya), «Atlas kopko» (SHvetsiya) va boshqalar.
SBU stanoklari pnevmozarbbergich bilan jihozlangan bo’lib zarbli-aylanma usulda
burg’ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari skvajinadan havo yordamida chiqariladi.
Ushbu stanoklarning to’rtta turi mavjud bo’lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni
qattiqligi f = 8-20 bo’lgan kon jinslaridan burg’ilaydi.