14
Bu usulda konjinsi instrumentga ta’sir qiluvchi zarb kuchi, aylanish momenti va o’q
yo’nalishi bo’yicha ta’sir qilayotgan kuch hisobiga buziladi.
Aylanib — urib burg’ulash uslubi qattiq konjinslari (
f
= 5
14) da yaxshi natija berib og’ir
burg’ulash mashinalari yordamida diametri 100 mm gacha bo’lgan shpur hamda skvajina
burg’ulashda ko’llaniladi.
Olovli (ognevoy) — termik burg’ulash hamma fizik burg’ulash uslublar ichida eng ko’p
qo’llanilib diametri 300 mm gacha chuqurligi 30 m gacha bo’lgan skvajinalar burg’ulashda
qo’llaniladi.
Bu uslubda konjinsini buzilish jarayoni skvajina zaboyida yuqori temperatura (2000—
2500°C) ta’sirida potentsiallar farqi hosil bo’lishi hisobiga sodir bo’ladi.
Yuqori temperatura ishchi organ yo’naltirgichidan 2000 m/s tezlikda otilib chiquvchi gaz
oqimi hisobiga amalga oshiriladi. Yuqori temperatura va tezlikda otilib chiquvchi gaz oqimi
konjinsini yuzida yorilish, sinish va chaqnashlash hosil bo’lib zaboyda buzilish hosil bo’ladi. Bu
mayda konjinslar fraktsiyasi skvajinadan par-gaz aralashmasi hisobiga olib chiqiladi.
Ushbu uslub kremniy asosli yoki past issiqlik o’tkazuchanlik koeffitsienti bo’lgan, erishdan
oldin chaqnab ketuvchi konjinslarini burg’ulashda ishlatiladi.
Ulьtratovush uslubi bilan burg’ulash konjinsiga yuqorichastotali ulьtratovush tebranishi bilan
suyuqlikni kavitatsiya effektini konjinsiga birgalikda ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Gidravlik uslub bilan burg’ulash juda ingichka (diametri 0,8—1 mm) suv oqimini zaboyga
katta bosim (2000 kg/m2 gacha) va tovushdan tez tezlik bilan yo’naltirish hisobiga amalga
oshiriladi. Bu usulni yumshoq (
f
3
4) konjinslarida ko’llash mumkin.
Elektrogidravlik uslub bilan burg’ulash skvajina zaboyiga to’ldirilgan suvda elektr zanjiri
kontaktlariga yuqori kuchlanish yuborib elektrodlar oralig’ida qisqa tutashish hosil qilib, shu
oraliqda katta bosimli (6000
15000 kgk/sm2) gaz kanali hosil qilish, shu bosim hisobiga konjinsini
buzishdan iboratdir.
Ulьtratovush, elektrogidravlik, gidravlik usullari bilan burg’ulash hozirgi vaqtda nazariy,
eksperimental tadqiqot stadiyasida bo’lib, sanoatda hozircha qo’llanilmaydi.
Portlatib burg’ulash suyuq yoki qattiq portlovchi modda patronlari yordamida amalga
oshiriladi. Bu usulda skvajinani yuvib chiqaruvchi suyuqlikka truba orqali suyuqlik yoki qattiq
portlovchi modda patronlari ma’lum chastota orqali yuborilib turiladi. Bu patronlar zaboy
devorlariga tegib urilishi hisobiga portlaydi va konjipsini buzilishga olib keladi.
Yoki maxsus trubalar orqali skvajina zaboyiga portlovchi moddaning suyuq komponentlari
tushiriladi, undan keyin shu komponentlarga ularni portlatuvchi kaliy va natriy tushirib komponent
portlatiladi. Bu uslub hozir sinash stadiyasida.
Termomexaniq uslubi bilan burg’ulash, aralash burg’ulash uslubi bo’lib, bunda, skvajina
zaboy yuzasida unga yuqori temperaturali gaz oqimi yuborilib oldindan kuchlanish hosil qilinadi,
shuni hisobiga unga mexaniq uslub bilan ta’sir etilsa konjinsi oson buzilib samarali burg’ulash
jarayoni sodir bo’ladi.
Hozir burg’ulash jarayonida sinashdan o’tayotgan bu uslub unumdorlikni faqat mexaniq
(sharoshka) uslubi bilan burg’ulashga nisbatan 30—50 % oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: