O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

OLIY MAJLIS
— O‘zbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. 
O.M hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga 
asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi. O.M. dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va 
fuqarolarning umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. Bir 
palatali parlament 250 deputatdan iborat edi. U faoliyat yurgizgan davrda O.M. (1994-2004 yy.)
10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror, qonun hujjatlariga 1573 ta 
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan hamda qonunchilik, davlat boshqaruvi, o‘tish davri 
muammolarini echishda salmoqli tajribaga ega bo‘ldi. 2002 yil 27 yanvarida o‘tkazilgan 
referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi O‘zbekiston xalqi tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi. .O.M. ikki palatadan Qonunchilik palatasi(quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) 
iborat. Ikkala palataning vakolat muddati besh yil. O.M. Qonunchilik palatasi saylov okruglari 
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. O.M. Senati hududiy 
vakillik palatasi hisoblanadi. Senat a’zolari O‘zbekiston Respublikasi hududiy birliklari davlat 
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida deputatlar orasidan 
teng miqdorda-olti kishidan saylanadi. Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, 
ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta 
amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan 
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat a’zolarining umumiy soni 100 nafardan 
iborat. O.Mning ikki palatali tuzilishidagi qonun qabul qilish tartibi quyidagicha: qonun 
loyihasi dastlab Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Q.p. tomonidan qabul qilingan qonun 
Senatga yuboriladi. Senat esa qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa, uning Q.p.ga qaytariladi.. Agar Q.p. deputatlar 
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovoz bilan qonunni yana ma’qullasa, 
qonun O.M. tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. Parlamentning yuqori va quyi palatalari
o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida kelishuv komissiyasini
tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonuchilik palatasi tomonidan 
qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va 
ma’qullash uchun Senatga yuboriladi. O.M. tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida
Prezidentga imzolash uchun yuboriladi. Prezidentning Qonunni imzolash muddati o‘ttiz kun 
etib belgilangan. Respublika Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o‘tkazish 
uchun qonunni o‘z e’tirozlari bilan parlamentga qaytarishga xaqli. Agar qonun avvalgi qabul
qilingan taxririda O. M.ning ikkala palatasida ham uchdan ikki qismdan iborat ko‘pchilik ovoz 
bilan ma’qullansa, qonun Prezident tomonidan 14 kun ichida imzolanishi kerak. Qonun 
belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim. Qonunchilik palatasida quyidagi qumitalar: Byudjet 
va iqtisodiy islohotlar, Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mehnat va ijtimoiy masalalar, 
Mudofaa va havfsizlik masalalari, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, Sanoat, qurilish va 


93 
savdo masalalari, Agrar, suv xujaligi masalalari va ekologiya, Fan, ta’lim, madaniyat va sport 
masalalari, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari , axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari mavjud. Senatda 
Byudjet va iqtisodiy islohotlar, Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mudofaa va havfsizlik 
masalalari, Tashqi siyosat masalalari, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari, Agrar, suv 
xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitalari mavjud. O. M. so‘nggi yillarda qonunchilik 
faoliyatini jadal sur’atlar bilan olib borib, mamlakatimiz rivojlanishining yangi bosqichida bozor 
iqtisodiyoti munosabatlari muammolarini oqilona hal hilish, ma’naviyatni ravnaq toptirish, 
ishlab chiqarishni yanada yuksaltirish, chet ellar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zaro aloqalar 
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. (3) 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish