TEOKRATIK DAVLAT
— davlat hokimiyatini tashkil etishning maxsus shakli, bunda
hokimiyat cherkov ierarxiyasiga tegishli bo‘ladi. Hozirgi kunda bunga Davlat-shahar Vatikan
misol bo‘la oladi, u mutlaq teokrat monarxiyadir. Vatikanda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati kardinallar hay’ati umrbod saylaydigan
Papa
ga tegishlidir. Teokratik davlatdan
klerikal
davlat
deb atalmishni farqlash lozim (
q. Klerikal davlat
). (2)
TERROR
– lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, qo‘rqitish ma’nosini anglatadi. (11)
TERRORIZM
- xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning
suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur etkazish, urush va qurolli
mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish
maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy
yoki yuridik shaxsni biron-bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga
majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa
qilmishlar yohud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud
bo‘lishini, ishlab turishni, moliyalashtirilishini ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini
tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yohud terrorchilik faoliyatiga
ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki
bilvosita har qanday mablag‘ vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar
ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat, shuningdek Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari
tomonidan qaror qabul qilishning ta’sir ko‘rsatish yohud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga
to‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yohud hokimiyat vakilining davlat yoki
jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga
shikast etkazish.
Terrorizm
– davlat organlari yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan qaror qabul qilinishiga
ta’sir ko‘rsatish maqsadida, xalqaro munosabatlarni, hududiy birlikni buzish, davlat xavfsizligiga
tahdid solish, qurolli mojarolarni keltirib chiqarish, aholini qo‘rqitish, jamiyatdagi siyosiy
vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida sodir etilgan harakatlarda namoyon bo‘ladi. Terrorizm:
portlash yoki o‘t qo‘yish; o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish; mol-mulkni bosib olish yohud qo‘lda
tutib turish yoki shaxsni garov sifatida ushlab turish; xalqaro himoya ostida bo‘lgan chet el
davlatlar vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlarning xizmat, uy-joy binolariga xujum qilish
kabi harakatlarni sodir etishdan iborat bo‘lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |