MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT, ULARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI HAMDA
INSON KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI
Ma’rifat tushunchasi, mohiyati va mazmuni
Har qanday jamiyat va uning ma’naviy taraqqiyotini ma’rifatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zaro ta’siri va munosabatlari to‘g‘risida so‘z yuritishdan avval
ma’rifat tushunchasi, uning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini bilib olishimiz zarur.
Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy adabiyotlarda ma’rifat tushunchasiga turlicha ta’riflar berilib, turlicha
izohlanib kelinmoqda. Bu esa ma’rifatning ma’naviyat singari keng qamrovli tushuncha
ekanligini bildiradi.
«Ma’rifat» so‘zi yakka va ko‘plik ma’nolarda ishlatiladi. U arab tilidan olingan bo‘lib, «bilish»,
«bilim», «tanish» kabi ma’nolarni bildiradi.
Ma’rifat tushunchasi SHarq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan, ijod etgan
mutafakkirlarning asarlarida qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va
ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nosida qo‘llab kelingan.
Evropa adabiyotida bu tushuncha XVII asr oxiri- XVIII asr boshidan beri qo‘llanila boshladi. Bu
tushunchani G‘arb falsafiy faniga birnchi bo‘lib Vol’ter va Gerder kabi ma’rifatparvar olimlar
olib kirgan.
Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va
mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o‘zining «Ma’rifat nima? degan savolga javob»
nomli maqolasida bayon qilishicha, ma’rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi
imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya’ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo‘lida
foydalanishdir.
Ma’rifat – bilim va ilm, uni egallash ma’nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson
mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks
ettiruvchi tushunchadir. Ma’rifatli degani esa – muayyan sohada ma’lumoti bor, ko‘p narsani
biladigan, mushohada qiladigan, bilimli, o‘qimishli demakdir. Fanlar keng va chuqur rivojlangan
va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, fan namoyondasi
ilmning ya’niki ma’rifatning ma’lum sohasi, yo‘nalishinigina egallashga erisha oladi. Masalan,
153
fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, matematika va boshqalarning ham ma’lum, o‘zi qiziqqan
yo‘nalishlarini egallaydilar.
Ma’rifat-pedogogika nuqtai nazaridan ta’lim va tarbiya so‘zlarining qo‘shma birligini bildirib,
ta’lim – bilim berish, tarbiya esa olgan bilimlarni hayotda qo‘llay olishlik ya’ni olingan
bilimlarga ko‘nikma hosil qilish, avlodlar tarbiyasini odamlarga o‘rgatish ma’nosida talqin
etiladi.
Ma’rifatni ma’naviyat nuqtai nazaridan ifodalaydigan bo‘lsak, kishilarning ongiga muayyan
bilimlar, g‘oyalar, e’tiqod va iymon, axloq va odob me’yorini singdirish, ta’lim –tarbiya ishlarini
takomillashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, targ‘ib etish maqsadida amalga
oshiriladigan tadbirlar tizimini bildiradi.
66
Jamiyat taraqqiyoti va inson ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir etadigan g‘oya va qarashlarni
yaratish, targ‘ib etish esa marifatchilik deb ataladi. Ma’rifat – ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali
yoyiladi. Ma’rifatparvar – jamiyat va insonlarni ma’rifatli qilish uchun kurashuvchi, ma’rifat
xomiysi va tarafdori demakdir.
Ma’rifatni kishilar ongiga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Maorif ma’rifatni
xalq orasida yoyish quroli va vositasidir. U o‘z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘rta
ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kabi o‘quv yurtlarini qamrab oladi. Ma’rifatni
talaba yoshlar o‘rtasida yoyishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari ham
muhim o‘rin tutadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga
o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, millatning eng etuk, ongli, oq-qorani
tanigan, fidoiy, elim, yurtim deb yashovchi, yuksak kelajakni ko‘zlovchi ma’naviyatli –
ma’rifatli vakillari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar faqat bilim va
madaniyatni, ma’naviyatni yoyish bilan shug‘ullanib qolmaydi. Ular shu bilan birga davr uchun,
jamiyatning, mamlakatning, millatning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari
suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.
Ma’rifat qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf qiladi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz
salohiyat ato etadi. SHuning uchun barcha zamonlarda ozodlik uchun kurashchilar mamlakat,
millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb bildilar va ma’rifat uchun kurashdilar.
Bizning o‘lkamiz xalqlari azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. SHuning uchun ham bu
o‘lkadan umuminsoniyat ilm rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlar, ilmu ulamolar etishib
chiqqan. Ular o‘z ijodlari, ilmiy kashfiyotlari, olg‘a surgan g‘oyalari bilan ham dunyoviy ham
diniy ilmlar sohasida jahon ilm ahlini hayratga solganlar.
O‘tmishda yashab ijod etgan allomalarimiz Farg‘oniy, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek,
Buxoriy, Termiziy, Marg‘iloniy, Motrudiy, Zamaxshariy va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini
egallabgina qolmay, uni – ya’ni ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, o‘rgatganlar, shogirdlarni
tarbiyalaganlar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat,
Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma’rifiy qoloqlikdan xalos
etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoiy zotlar chor istibdodi, mustabid tuzum va
jaholatga, ma’naviy qaramlik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuch va imkoniyatlari bilan
kurash olib bordilar. Ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni,
kasb kori va madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ma’rifat chirog‘i
bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. SHu sababli
ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishga ham nazariy ham amaliy
jihatdan azmi shijoat namunasini ko‘rsatdilar.
Ma’rifatparvarlik harakatining yorqin siymolaridan biri Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning
madori, hayoti, rahbari, najotidir», - degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik harakatinig dasturini tashkil
etgan.
66
Қаранг. Эркин Юсупов. Инсон камолотининг маънавий асослари. Тошкент, «Унверситет», 1998, 61-бет.
154
Bilim va ilm ma’rifatning o‘q ildizidir. Kishilar kundalik faoliyatlarida bilim va ilmni bir xil
ma’noda ishlatishga odatlanib qolgan. Mazkur tushunchalar o‘zaro bir-biriga yaqin bo‘lsada,
ammo ular o‘rtasida ma’lum tafovut, farq mavjuddir. Bilim bu hali ilm emas. Bilimlarni orttirish
orqali ilmga tomon boramiz.
Ob’ktiv dunyo, olam, undagi turli-tuman narsa va hodisalar, jarayonlarning mazmuni, mohiyati,
sifat va xususiyatlari inson miyasida aks etib, asta-sekin ilmga aylanadi.
Bilim esa mazmun jihatdan kengroq bo‘lib, insonning hayot tajribasi orqali orttirilgan barcha
tushunchalar, fikrlar, amaliy malakalarini o‘z ichiga oladi. Ilm bilimning cho‘qqisidir. Bilimlar
tabiat, jamiyat, inson ruhiyatining mohiyatini ya’ni amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur
o‘rganish natijasidagina ilmga aylanadi.
Har bir davrning ehtiyojlari, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyoti uning ilmiy tafakkur
salohiyati darajasi bilan belgilanadi. Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini inson o‘z aql-
zakovati, bilimi va irodasi bilan aniqlaydi.Bilim va ilm har bir insoning yo‘lini yoritib turuvchi
mash’aldir. Inson ma’naviy kamolot cho‘qqilariga erishmoqchi ekan, u bilim va ilmni puxta
eallashi lozim. Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy inson ma’naviy yuksalishida bilim va
ilmning ahamiyati ustida to‘xtab shunday yozgan edi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning
sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki ilm bizga o‘z
ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur...
Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur»
67
.
Ingiliz faylasufi F.Bekon ta’kidlashicha «Bilim kuch, kuch esa bilimdadir», Rudakiy esa «Bilim
– barcha kulfatlarga qalqon» deb bilimning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini
izohlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Kuch – bilim va tafakkurda»degan konseptual g‘oyani
ilgari surib, bilimning inson ma’naviyatini butun qiladigan, har qanday qiyinchiliklarni engib
o‘tishda, yovuz va begona g‘oyalarga qarshi kurashda unga madad beradigan kuch ekanligini
ta’kidlaydi.
Ma’rifatli inson bilimlidir. Bilim insonning fazilatini ulug‘lovchi xususiyatlardan biridir. Bilim
olish, ma’rifatli bo‘lish, insonlar turli sohalarda qiyinchillikka duch kelganda moddiy va
ma’naviy jihatdan g‘alaba qilishi uchun zarur. Bilimsiz, ma’rifatsiz kishi himoyasizdir. Ayniqsa,
mamlakatimiz bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda insonlar,
xususan tadbirkorlar ma’rifatli bo‘lmas ekanlar, ular hayot qiyinchiliklariga bardosh bera olmay
qiynaladilar.
Bilimli, ma’rifatli kishilarning ko‘payishi jamiyat boyligidir. Ma’naviyatni yuksaltirish ham
ma’rifatga bog‘liq. Milliy qadriyatlarning tarixini, kelajagini anglash ma’rifat orqali amalga
oshadi.
Inson bilim orqali dunyoni qanchalik ko‘p bilib borsa, o‘z faoliyatini ham shunchalik yaxshi
anglay boradi. Bilimli bo‘lish uchun vaqtni ayamaslik, vaqtdan unumli foydalanish lozim. Inson
ma’rifat va bilim orqali yuksak ma’naviyatlilik cho‘qqilarini egallaydi, barkamol, komil inson
bo‘lib etishadi. Ma’rifat keng ma’noda odamlarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil
demakdir. U ma’naviyatni shakllantiruvchi, jamiyatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik quvvatini
oshiruvchi inson faoliyati sohasidir. Boshqacha aytganda ma’rifat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi tushunchadir.
Kishilarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalash ishlari barcha zamonlarda ta’lim va tarbiya
orqali amalga oshirib kelingan. Bu haqda Islom Karimov shunday deb yozadi: “... ta’lim-tarbiya-
ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq
ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya
tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.”
68
Talim va tarbiya tushunchalarining mazmuni va mohiyatini, ularning o‘zaro nisbati va
munosabatlarini bilib olish ma’naviy – ma’rifiy tarbiya samaradorligi hamda ta’sirchanligini
oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
67
Абдулла Авлоний.Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1992, 22-бет.
68
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 61- бет.
155
Ta’lim – biror ma’lumotni kishilarga ma’lum bir tartibda berish va uni o‘zlashtirish, qabul qilish
jarayoni. Ta’lim – axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Abu Nasr Farobiy
ta’lim to‘g‘risida to‘xtab, ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim
berish; tarbiyaning nazariy fazilatlarini, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq
normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deb ko‘rsatgan edi.
69
Ta’lim turlari ko‘p: tabiiy, ijtimoiy-siyosiy bilimlar bo‘yicha ta’lim; texnik ta’lim; kasb-hunar
ta’limi; axloq-odob ta’limi va boshqalar.
Tarbiya-inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar
tizimi
bo‘lib
uning
turlicha
talqinlari
mavjud:
1. Farzandni boqib, voyaga etkazish; 2. Kishining ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda
qo‘llay olishlikka o‘rgatish, ko‘nikma hosil qilishi: Masalan, hunar – kasbga o‘rgatishni hunar
tarbiyasi; ahloq-odobga o‘rgatishini axloqiy tarbiya; shariat qoidalariga o‘rgatishni diniy tarbiya
deb yuritiladi va boshqalar.
Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning ketidan tarbiya berish,
ya’ni ta’lim orqali egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlikka o‘rgatishdir.
Inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy
bog‘langan jarayonlardir. Bizning ajdodlarimiz ta’lim va tarbiyaning o‘zaro dialektik bog‘langan
jarayon ekanligi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi va uyg‘unligini yaxshi tushunib etganlar.
O‘z amaliy faoliyatlarida unga rioya etganlar. Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiyaning
mushtarakligi haqida shunday degan: «Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida bir oz farq bor
bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan oyilmaydurgon, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan
kabidur … CHunki dars oluvchi biluvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi demakdur.»
70
Prezidentimiz buyuk ajdodlarimizning ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi haqidagi
qarashlarini umumlashtirib: “ Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir,”
71
- deb ta’kidlagan edi.
Inson shaxsini shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi. U ta’lim berish jarayonini,
barcha ma’rifiy tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Har qanday ta’lim tarbiya bilan
uyg‘unlashgandagina etuk ma’naviyatga, ma’naviy barkamol, komil insonni voyaga etkazishga
zamin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |