O‘зbekiстон рeспublikaсi


 Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

 
4.3. Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi 
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma’naviy barkamol, komil 
insonni tarbiyalab voyaga etkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan 
vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat 
o‘z farzandlarining ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero 
buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo 
hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».
79
Jamiyatni, 
mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch ma’naviyat va 
ma’rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib etgan va o‘z farzandlarini kamolga 
etkazishda ularning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berganlar. Bu haqda eng 
qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, 
tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi 
o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».
80
Ma’naviyat va ma’rifat birgalikda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni kishilarni kamolot cho‘qqisini 
egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan mutafakkirlar o‘z asarlarida 
ma’rifat ya’ni ilm – fanning inson ma’naviy barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida 
qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. Ularning ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida 
tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma’naviy barkamol 
yoshlarni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga 
76
Ўша жойда. 130-бет.
77
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 94-95- бетлар. 
78
Қаранг: Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 95-96- бетлар. 
79
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. 14-бет.
80
Макавелъский А.О. Авесто.Баку, «Азербажан,» 1960, 18-бет.


158 
chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur. Alloh 
taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur... 
Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, 
g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur,»
81
- deb yozgan edi Abdulla Avloniy. U yana 
jaholat, ilmsizlik, ma’rifatsizlik va ularning zarari haqida shunday deydi: «Jaholat deb 
o‘qumagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan nodonlig‘ni aytilur. Jaholat insoniyatning 
eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarining boshlig‘idur... Jaholat arbobi qayu-erda bo‘lsa bo‘lsin, 
loyiqi e’tibor o‘lmaq sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan qancha boy va sarvatdor bo‘lsa, 
ma’naviy jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat eng qo‘rqinch faqir va 
muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur».
82
Haqiqatan ham kishida jaholat kuchli bo‘lsa, uning xatti harakatini jaholat boshqarsa, bunday 
kishi ma’naviy tubanlik botqog‘iga botadi va oxir oqibat halokatga uchraydi. Agar bunday holat 
butun jamiyat, millatni o‘z domiga tortsa, unda jamiyat tanazzulga uchraydi, millat esa o‘zligini 
yo‘qotadi.
Ko‘rinadiki, odamzot naslining ulug‘ligi ma’rifat va ma’naviyatdan. U aql-idrok, ilm tufayli ne-
ne tugunlarni echishga qodir. Ma’rifat va ma’naviyat o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U 
insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. Ma’rifatli va 
ma’naviyatli insonlar o‘z orzu-istaklariga etadi, maqsadlariga erishadi. Ma’rifat va ma’naviyatni 
o‘zida mujassam etgan kishilarning foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz 
bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar. 
Ma’naviyat va ma’rifatning inson ma’naviy barkamolligidagi beqiyos ahamiyatini hisobga olgan 
holda mustaqillikka erishganimizdan buyon Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda 
ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Zero, “... bugungi shiddatli 
davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy 
qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil 
davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan 
kurasha olishi mumkin”
83
.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy masalalar 
bilan bir qatorda ma’naviyat va ma’rifatni uyg‘un holda rivojiga alohida ahamiyat berib 
kelinmoqda.
Bunga Prezidentimizning «Ma’naviyat va ma’rifat jaioatchilik markazini tashkil qilish 
to‘g‘risida» (1994 yil 23 aprel); «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi faoliyatini yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida «(1996yil 9 sentyabr);» Respublika 
ma’naviyat va ma’naviyat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida (1999 yil 3 sentyabr)ga 
farmonlari; Vazirlar Mahkamasining «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish 
va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 24 iyul) qarori; Oliy 
Majlis tomonidan «Ta’lim tizimini isloh qilish» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» 
to‘g‘risida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan qonunlar yaqqol misoldir. Mamlakatimizda 
ma’rifatni rag‘batlantiruvchi, unga xomiylik qiluvchi «Is’tedod», «Kamolot» kabi jamg‘arma va 
uyushmalar faoliyat ko‘rsatayotir.
Ko‘rinadiki, mustaqillik yillarida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami 
va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlariga erishish, hech kimdan 
kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi 
yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
Ma’naviyat va ma’rifat mamlakat miqyosida va joylarda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar orqali kishilar ongiga singdiriladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasiga hozir jamiyat hayotida tobora katta ahamiyat kasb 
etayotgan ommaviy axborot vositalari, ilmiy, badiiy adabiyotlar, barcha bilim yurtlarida, 
jamoatchilik orasida o‘tkazilayotgan suhbatlar, uchrashuvlar, munozaralar va boshqalar kiradi. 
81
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. 22-23 бетлар.
82
Ўша жойда, 43-бет.
83
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 16- бет 


159 
Jamiyat rivojlanib ma’naviy kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning 
ko‘lami kengaya boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham, 
insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan ish emas. 
Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa ham, ular o‘z-o‘zicha, 
stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota 
va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi. 
Ma’lum maqsadlar bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi, 
oila, jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy 
imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik fazilatlarini 
baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi, dunyoqarashini 
shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib keladi. 
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z oldidagi maqsadlar 
bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Xalqimizning 
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi ma’naviy barkamol, komil 
insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda 
muhim ahamiyatga egadir: 
-
aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;
-
odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lishlik;
-
mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylanganlik 
holati;
-
bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay 
olishligiga;
-
sog‘lomlik- jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy jihatdan 
sog‘lom fikr yuritishlilik;
-
milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni chuqur 
egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;
-
vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat qiluvchi, zarur 
bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;
-
baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;
-
insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;
-
jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga etkazuvchi va 
boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy barkamolligini o‘zida 
mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan maqsad ham ana shunday xislat va 
fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish