O‘зbekiстон рeспublikaсi


 Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

3. Moniylik va mazdakizm ta’limotlarida ma’naviyat masalalari 
Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning 2-3 asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi va o‘z 
o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim 
Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi 
Moniy (216-276 y) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid 
bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, 
lekin uning ba’zi asarlaridan parchalarigina bizgacha etib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-ahloqiy 
qarashlari “Sir ul asror” (Siru asror kitobi), “Kitob-ul-xudovost-tadbir” (Rahbarlik va boshqaruv 
kitobi), “SHaburkan” va boshqalarda bayon etilgan. 
Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib,keng xalq 
ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorug‘lik) va zulmat 
(qorong‘ulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning 
asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan 
ma’naviy-ahloqiy ta’limot ilgari suriladi. 
Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaffolikka, o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga faqat 
tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. Moniylik ahloqi 
dindorlardan imkoni boricha kam ovqat eyishni, ro‘za tutishni (demak ro‘za tutish odati 
islomdan avval ham bo‘lgan), o‘z turmushi, hayoti uchun kerakligidan ortiqcha mol-mulkka, 
boylikka yo‘l qo‘ymaslikni, mo‘‘tadil, o‘rtacha, dabdabasiz hayot kechirishni targ‘ib etadi. 
Moniy o‘z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda “surbet” bo‘lmaslikka va dunyoda ko‘p 
narsalarga intilmaslikka da’vat etadi. “Zero o‘limdan keyin hech kimsada ro‘zg‘or asboblari 
bilan hovli ham, uy ham qolmaydi”. Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan 


169 
boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi, ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy 
aytadi: “Men o‘z umrimda ko‘p hokimlarni ko‘rdim,ular dunyoda ahloqsizlik qilib, 
manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida g‘am-alamlarga, tubanlikka duchor bo‘ldilar”. 
Demak, Moniyning bu so‘zlaridan biz ham ibrat olishimiz foydadan holi emas. 
Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda “mazdakizm” deb atalgan boshqa diniy-falsafiy 
ta’limot yuzaga kelib, u Markaziy Osiyoda ham keng yoyildi. Mazdakizm feodal 
munosabatlarning rivoji va u bilan bog‘liq holda xalq ahvolining og‘irlashuvi va ikki o‘rtada 
ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan. Mazdak ta’limoti ham jamiyat 
taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan inson omilini ko‘tarishga, ma’naviyatini 
rivojlantirishga qaratilgan edi. 
Mazdakizmning Moniylik ta’limoti bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor.U Moniylik ta’limotini 
to‘ldirib, uning zohidlik – noumidlik g‘oyalarini dunyoga umid bilan qarash g‘oyalariga 
almashtiradi. 
Mazdak Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Dehqonlar qo‘zg‘oloniga yo‘lboshchilik 
qilganligi uchun 529 yilda Anushervon tomonidan qatl etilgan. Mazdak feodal mol-mulkini 
umumiylashtirishni, feodallar hukmronligini yo‘qotishni talab qiladi. 
Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama-qarshi ikki 
kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi. Bu kurashda 
yaxshilik yomonlik ustidan, yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, deb ishonch bildiriladi. 
Mazdakning aytishicha, yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar ekan, kishilar ularga 
nisbatan befarq bo‘lishlari kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga yordam berishlari kerak.
Mazdakning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o‘rtasida ziqnalik, o‘g‘rilik, yomonlik, 
makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat va baxtsizliklar kabi illatlarni keltirib 
chiqaradi. SHu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi asosning o‘zini tugatish kerak, 
deb hisoblaydi. Alloh hammaga mol-mulkni teng bo‘lib bergan, ammo boylar xudbinlik 
yo‘llariga o‘tib (o‘zim bo‘lay), barcha boylikni o‘ziniki qilib olish yo‘liga o‘tgan. Kambag‘allar 
ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining 
bir qismini ular o‘rtasida taqsimlab berish, boylar bilan qashshoqlarni tenglashtirish odilona ish 
bo‘ladi degan g‘oya ilgari suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa 
manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari ta’qib ostiga 
olindi va ular shafqatsizlarcha jazolandilar. 
Mazdakizm ma’naviy-ahloqiy ta’limotida ham xuddi Zardushtiylik ta’limotidagi kabi 
hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi. 
Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy yuksalishida, ayniqsa 
ularning adolatsizlik, zulm, zo‘rlik, shafqatsizlikka qarshi kurashishga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. 
Mavzu oxirida inson ma’naviyligi mezonlari va me’yorlari haqida “Avesto”dan namunalar 
keltirishni ma’qul ko‘rdik, zero uni o‘qigan yoshlar uchun foyda va ibratdan holi emas. 
Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Dunyo(boylikka) xirs qo‘yish dunyo lazzatlarini 
bemaza, behalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi. 
G‘azabdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... 
halol mehnatdan qoladi. G‘azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi,safo o‘ladi. 
Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan. 
Sergaplik gunohlarni ko‘paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko‘paytiradi. CHunki kamsuxanlik 
fikrlab so‘zlashga imkon beradi. 
Tirishqoq bo‘l, topganing bilan tirikchilik qil. Ortganini ehson qil, u ezgu ishlar orasida eng 
ulug‘i va zaruri. 
O‘zgalar molini olma, aks holda o‘zingnikini yo‘qotasan. 
Zino, o‘zgalar xotiniga qarash boyligingni,taningni, qalbing va ruhingni g‘arot qiladi. 
Qasd qidiruvchi odamdan yiroq bo‘l, ochko‘z bilan hamkorlik qilma, unga ayniqsa hokimiyat 
berma. 
Xotin olsang olijanob, xushodob, oqila qizga uylan. 
Mast bilan hamroh bo‘lma, nokasdan qarz olma. 


170 
Ilm o‘rganish, ilohiy haqiqatlarni bilish... yo‘lida tirishqoq bo‘l, chunki bu aqlingni, ruhingni 
o‘stiradi, qalbing va ruhingni savobga doxil qilib, gunohdan asraydi. 
Savob ish yaxshi niyatdan boshlanadi. Haqgo‘ylik adolat uchun zamindir. YOlg‘on so‘zdan 
adolatsizlik tug‘iladi.. 
Ezgu ishni boshlash uchun dadillik kerak. Dadil bo‘lish uchun ishingni haqligiga ishonch kerak. 
Boringga qanoat va shukur lozim. Borni halol ko‘paytirish esa mehnat bilan. 
O‘z ruhing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan-bir yo‘li foydali mehnat, mehnatdan ruhan 
qanoat olishdir. 
Sog‘liq uchun muhim shart me’yorida tanovul qilish. Tanni mehnatda tutish. G‘amgin 
bo‘lmaslik uchun qanoatli bo‘lish lozim. 
Oqil hukmdorning ishini quvvatlash fuqaroning farzidir. Hukmdor yaxshini yomondan ajrata 
bilishi adolat uchun muhimdir, yaxshini e’zozlash, yomonni jazolash adolat mezonidir. 
Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma. Maqtanchoqlik qilma. Erdagi hayotingni bezashga urinma. 
Kamtarona yashash xudoga ma’quldir. 
Amalu martabaga ishonma. Oxiri amalsiz, martabasiz qolasan. Erdagi hurmat-izzat aldamchi. 
Samodagisini yaratish uchun ezgu ishlaringni ko‘paytir. Ezgu hayot kechirgan inson ruhi jannat 
bihishtga loyiqdir.
95
Bu keltirilgan dono fikrlar bugun ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular barkamol 
insonni tarbiyalashda ma’naviyatimizni boyitishda muhim manba vazifasini bajaradi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish