2.4.Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyati
Qadriyatlar ham ma’naviyatning tarkibiy qisimlaridan birini tashkil etadi. Ular ijtimoiy
xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi.
Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati
uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.Tabiat va
jamiyat hodisalari insonning moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish, yaratuvchanlik
faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyatlilik ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Odamlarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, ularning orzu-istaklari, intilishlariga
mos kelmaydigan, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritish noo‘rindir.
56
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 75- бет.
57
Қаранг. Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. 14-
15-бетлар. Миллий истиқлол мафкураси халқ еътиқоди ва буюк келажакка ишончдир.12-19-бетлар.
58
Қаранг. Ж.Тулянов, Б.Қодиров , З.Ғофуров. Маънавий юксалиш сари. Тошкент. “Меҳнат”-2000, 103-бет.
150
Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan
baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlarini, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz
lozim.
59
Tabiat va jamiyat boyliklari, hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritilishning asosiy
sababi-kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki, bu qadriyatlar ularning shaxsiy va
ijtimoiy turmushini, ma’naviy – ruhiy dunyosini boyitadi, yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘llaydi.
Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyatiga to‘xtashdan avval,
qadriyatlarning turlari va ko‘rinishlarini bilib olish lozim. Qadriyatlar o‘z mohiyati, xususiyatlari
va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha turlariga va shakliy ko‘rinishlarga bo‘linadi. Avvalo,
barcha qadriyatlar orasida inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda
biron narsaning qadr-qimmati, ahamiyati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Insonsiz borliqdagi
mavjud barcha narsa va hodisalar o‘zining qadriyatlilik ahamiyatini yo‘qotadi. SHuning uchun
ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson qadr–qimmatini e’zozlash, uning manfaatlarini
har tomonlama himoya qilish, turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish,
sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etib
kelmoqda. Jahonda e’tirof etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillaridan biri
ham bozor iqtisodiyotiga o‘tishda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilganligida chuqur
insonparvarlik mohiyati mavjuddir.
Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy boyliklar –er, suv, havo, quyosh, turli
madanlar, o‘simliklar, hayvonat dunyosi va boshqalar, shuningdek, inson mehnati, hatti –
harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan turli-tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab
chiqarish, transport vositalari, asbob-uskunalar, hozirgi zamon axborat texnologiyalari, turar joy,
mol-mulk, noz-ne’matlar va boshqalar tabiiy va moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Bularsiz
insoniyat yashay olmaydi. Tabiat va uning boyliklari biz uchun moddiy ne’matlarning bosh
manbai hisoblanadi. Ularni asrab-avaylash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga har
birimiz ma’naviy va amaliy jihatdan mas’ulmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida: «Er, er osti boyliklari, suv,
o‘simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir,»
60
- deb yozilganki, ularni asrab-
avaylash, saqlash, kelgusi avlodlarga sof holda qoldirishimizda har birimizga javobgarlik
ma’suliyatini yuklaydi.
Muayyan jamiyat, davlat tuzilmasi, uning huquqiy asoslari, shaxs erkinligi va huquqlari, adolat,
ozodlik, tenglik, tinchlik, birodarlik kabilar ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Insoning
erkinligi, uning qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. Bu haqda asosiy qomusimizda
shunday so‘zlar yozilgan: «O‘zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy pirinsiplprga
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.»
61
Istiqlol tufayli mamlakatimizda barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik, dinlararo
bag‘rikenglik kabi ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qaror topdi. «Ko‘p millatli jamiyatimizda, - deydi
I.Karimov, - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik
saqlanayotganligi mustaqil O‘zbekistoning bunyod bo‘lishi va rivojlanishining birinchi
boshlang‘ich bosqichida qo‘lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo‘ldi.»
62
Prezidentimiz yuqorida
qayd etgan qadriyatlar yangidan barpo etilayotgan davlatchiligimizning poydevoridir.
Xalqimiz va umuminsoniyat tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy qarashlar, tarixiy, badiiy san’at
asarlari va diniy amollar; urf-odatlar, an’analar, bayramlar, marosimlar; insonparvarlik,
59
Қаранг. Ж.Тулянов, Б.Қодиров , З.Ғофуров. Маънавий юксалиш сари. Тошкент. “Меҳнат”-2000, 103-бет.
60
Ўзбекистон Республикаси Кониституцияси. Тошкент, «Ўзбекистон», 2003. 11-бет.
61
Ўша жойда, 5-бет.
62
Каримов И.А.Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Тошкент, «Ўзбекистон»,
1995. 262-263-бетлар.
151
vatanparvalik, mehnatsevarlik, yaxshilik, burch, vijdon, to‘g‘rilik, halollik kabi axloqiy
me’yorlar insonni ma’naviy kamolotga eltuvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar sanaladi.
O‘zbek xalqining mehnatsevarlik, erga cheksiz muhabbat, mehmondo‘stlik, katta yoshdagilarni
hurmat qilish, nonni, suvni e’zozlash bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p qadimiy ma’naviy
qadriyatlar chuqur hayotiy mazmunga ega bo‘lib bugungi kunda ma’naviy barkamol insonlarni
tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda milliy ma’naviy meros va qadriyatlarni, diniy axloq
mezonlarini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularning amaliy faoliyatlariga aylantirish muhim
ahamiyatga egadir. Xususan, IX-XII va XIV-XV asrlarda yashab o‘tgan buyuk
mutafakkirlarning ilmiy-falsafiy bilimlar va islom ilmi va madaniyati rivojiga qo‘shgan
hissalarini o‘rganish yoshlarimizda ma’naviy barkamollikning muhim belgilaridan biri milliy
g‘urur va milliy o‘zlikni anglab etishda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda mustaqillik
yillari ma’naviy meros va qadriyatlarning ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga
etkazishdagi muhim o‘rniga ahamiyat berib, o‘tmishda toptalgan ma’naviy qadriyatlarimizni
tiklashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov bu boradagi asosiy vazifalarni belgilab, quydagi fikrlarni aytgan
edi: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar davomida
yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatimizni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.»
63
Istiqlol tufayli xalqimiz boy ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizning ildizlariga nazar
tashlash, to‘laqonli suratda o‘rganish, ular orqali yoshlarimiz ongi va shuurini, ma’naviyatini
boyitish imkoniga ega bo‘ldik. Islom Karimov ta’kidlaganidek, ma’naviyat «…Insonga ona suti,
ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi».
64
Prezidentimizning mazkur so‘zlarida chuqur
falsafiy fikrlar mujassam.
Diniy qadriyatlarimiz ham inson ma’naviy kamolotning muhim omillaridan biridir. Asrlar
mobaynida xalqimizning ma’naviyati, insonparvarlik, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi
ezgu fazilatlari SHarq falsafasi va islom diniy ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgani
hozirgi kunda hammamizga ayon. Vazifa esa xalqimizni, xususan yoshlarimizni ma’naviy
kamolot cho‘qqilariga etkazishda islomiy qadriyatlardan ham bekamu ko‘st foydalanishdan
iborat.
Islom Karimov doimo qayta –qayta ta’kidlaganidek: «Biz islom dini ota-bobolarimiz dini
ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak
qadrlaymiz…. Dinga hurmat va e’tiqod biz uchun o‘lmas qadriyatdir».
65
Diniy qadriyatlarimiz inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat,
insonparvarlik, halollik, diyonatlilik, insoflilik, mehr-shafqatlilik kabi ko‘plab insoniy
fazilatlarni inson qalbi va ruhiyatida qaror toptirishga yo‘g‘rilgan. Ularning har biri inson qalbida
chuqur tomir otgan, ruhiyatini harakatga keltiradigan ma’naviyatdir.
Inson tug‘ilganidan so‘nggi nafasigacha an’analar, urf-odatlar, bayramlar qurshovida hayot
kechiradi. Ular esa kechagi avlodlordan bugungi, bugungi avlodlardan ertangi avlodlarga
ma’naviy meros bo‘lib o‘tib ma’naviy kamolot sari eltadi. Urf-odat, an’analar bugungi avlodni
ajdodlar tajribasi bilan tanishtiradi, ularda o‘z burchi vazifalariga mas’uliyat bilan qarash
fazilatlarni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
SHarq xalqlarining, xususan o‘zbek xalqining qadimiy bayramlaridan biri “Navro‘z” asrlar
silsilasidan o‘tib kelib, bugungi mustaqillik kunlarida yangicha mazmun kashf etgan holda
xalqimiz ma’naviyatini boyitishda, yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb
63
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолотлари. Тошкент, «Ўзбекистон», 1977, 137-бет.
64
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Тошкент, «Ўзбекистон», 1992, 71-бет.
65
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Тошкент,
«Ўзбекистон», 2000, 20-21-бетлар.
152
etib kelmoqda. U xalqimiz tomonidan uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat, muruvvat va
sahovat ramzi sifatida yuksak qadrlanadi. Navro‘z bayrami kunlari yoshu qari, har qaysi inson
o‘zini mo‘‘jizakor tabiatining uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-
avaylab, u bilan ham ohang bo‘lib, mustaqilligimizning har bir osuda kunining qadriga etib
yashash kerakligini yana bir bor idrok etib qalbidan o‘tkazadi.
Navro‘z ayyomi arafasida mahallalar, ko‘chalar, aholi turar joylari obodonlashtiriladi, ariq-
zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi, mevali,
manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tkaziladi. Bayram kunlari esa etim-esir, beva-bechora,
xasta va muxtoj kishilarga mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatiladi, qariyalarimizning duosi olinadi.
Bunday insoniy qadriyatlar yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi.
Mustaqilligimiz yillari qadimiy an’ana va urf-odatlarimizni tiklash, ularni yangi mazmun bilan
boyitish bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli
uzluksiz sport tizimi-«Umid nihollari», «Barkamol avlod», Unverisiada kabi ommaviy sport
o‘yinlarini, san’atda SHarq taronalarini muntazam suratda o‘tkazish an’anaga aylanib qoldiki,
bular yoshlarimizni jismonan chiniqtirish, sog‘lom o‘sib ulg‘ayishiga yordam berishi bilan birga,
ular ongi va dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ma’naviy komillikka
erishishlarida muhim rol o‘ynamoqda. SHu bilan birga Mustaqillik kuni, Hotira va qadrlash kuni,
Ustoz va murabbiylar kunlarining xalqimiz tomonidan umumxalq bayrami sifatida qadr topgani
va nishonlanib kelinayotgani ham yoshlarimizda vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislat va
fazilatlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |