O‘зbekiстон рeспublikaсi


Takrorlash uchun savollar



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

Takrorlash uchun savollar: 
1.
Islom Karimov tomonidan «ma’naviyat» tushunchasiga berilgan ta’rifning mohiyati 
nimadan iborat? 
2.
Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining qanday nazariy 
va amaliy ahamiyati bor?
3.
Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimizda Islom Karimovning xizmatlari 
nimalardan iborat? 
4.
Nima uchun Islom Karimov ma’naviyatni rivojlantirishga ustivor vazifa sifatida 
qaramoqda? 
5.
Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonda XXI asrda ma’naviyatni rivojlantirishning 
qanday vazifalari belgilab berildi? 
6.
Milliy – ma’naviy tiklanish va manaviyatni rivojlantirishning mukammal g‘oyalari Islom 
Karimovning qaysi asarlarida asoslab berilgan?
 
Takrorlash uchun savollar: 
7.
Ma’naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab bering? 
8.
Ma’naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi? 
9.
Ma’naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini bilasiz? 
10. Ma’naviyatni rivojlantirish hozirgi davrda davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi darajasiga 
ko‘tarilish sabablari nimada deb bilasiz? 


141 
2-MAVZU: MA’NAVIYATNING TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO 
MUNOSABATLARI 
 
2.1 Ma’naviyat va madaniyat, ularning o‘zaro munosabati 
«Ma’naviyat» tushunchasi haqida oldingi mavzularda to‘xtalganimizni hisobga olib, bu erda 
uning tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi tushunchalar haqida to‘xtalamiz. «Ma’naviyat» ham 
boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil tarkibiy qismlariga egadir. Ularni madaniyat, madaniy va 
ma’naviy meros, mafkura, qadriyat kabilar tashkil qiladi. Aslini olganda, ma’naviyat va 
madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq 
qiladi. SHuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. 
Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. SHu sababdan avvalo 
madaniyat va uning turlarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. CHunki, madaniyatni, xususan 
ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish 
ancha mushkul, inchunun ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi.
SHunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag‘ishlangan ko‘p ilmiy 
adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketgan. 
Mualliflar madaniyat tushunchasiga o‘rganayotgan sohalari nuqtai-nazaridan yondoshgan holda 
ta’rif berib qolmoqdalar. Bunga sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab ma’naviy-ijtimoiy 
hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarini qamrab olganligidir. 
Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. 
SHu jumladan, ularni umumlashtiradigan bo‘lsak, madaniyat tushunchasi keng ma’noda 
insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan va yaratayotgan barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklarning yig‘indisini ifodalaydi.Ko‘rinadiki madaniyat insonning moddiy va 
ma’naviy boyliklarni yaratish va o‘zlashtirishdagi faoliyatini o‘z ichiga oladi. U insonning ichki 
ruhiyati, aql-idroki, iste’dodi va jismoniy mehnati bilan yaratilgan barcha narsalarni qamrab 
oladi. YUqorida aytilganidek, madaniyat juda murakkab, ko‘p qirrali ma’naviy-ijtimoiy hodisa 
bo‘lib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarni, inson 
mehnat faoliyatining barcha samaralarini o‘zida mujassam etadi. Sirasini aytganda, xalq ommasi 
tomonidan yaratilgan hamma moddiy va madaniy-ma’naviy boyliklar madaniyatga kiradi. 
Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari 
va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, 
mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash ishini yo‘lga qo‘yish, aholi o‘rtasida 
bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga 
oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g‘oyalar va shu kabilar nazarda 
tutiladi. Ko‘rinadiki, madaniyat odamzod aql-idrokining eng yuksak cho‘qqilarigacha bo‘lgan 
narsalarning hammasini qamrab oladi. U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas, 
shu bilan birga kishilarning mehnat jarayonida voqe bo‘ladigan bilim boyliklari, tajribalari, 
qobiliyatlari, ishlab chiqarish va kasb malakalari, o‘zaro munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi. 
Madaniyat haqidagi yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib uni quyidagicha ta’riflash mumkin: 
Madaniyat-bu kishilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot 
sohasida yaratgan, o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan moddiy va 
ma’naviy boyliklar tizimidir.
43
Jamiyat moddiy ishlab chiqarishning ikki amaliy turi – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga 
qarab madaniyat ham ikki turga moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyat 
deganda mehnat qurollarini, mehnat ko‘nikmalarini, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy 
boyliklarni anglaymiz. Moddiy madaniyatga moddiy boyliklarning butun majmui, ularni ishlab 
chiqarish vositalari: ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan texnika, texnologiya, texnik 
inshoatlar, ijtimoiy mehnatni uyushtirish shakli, qurilish va dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish va 
boshqalar kiradi. SHularga qarab, moddiy madaniyatni bir qator turlarga bo‘lamiz. CHunonchi, 
43
. Қаранг. Эркин Юсупов. Инсон камолотининг маънавий асослари. Тошкент. «Унверситет,» 1998. 60-бет.


142 
ishlab chiqarish va texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, mehnatni tashkil etish 
madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandachilik madaniyati va boshqalar.
Madaniyatning ikkinchi turi-bu ma’naviy madaniyatdir. Ma’naviy madaniyatga insonning aqli 
va ma’nan yaaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat 
tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib insoniyat o‘z-o‘zini, avlodlarini saqlab qolishda, hayotda paydo 
bo‘lib turadigan ijtimoiy –ma’naviy inqirozlarni engib, yangi sharoitlar yaratishda va uni 
o‘rganishda, taraqqiyot yo‘llariga o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘llarini kashf etishda xizmat qiladigan 
bilim, tajriba, dunyoqarash, an’analar va urf-odatlar majmuini ifodalaydi. Ma’naviy madaniyat 
ilm-fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat, ommaviy axborot 
vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, diniy marosimlar, diniy 
adabiyot, san’at kabi ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlar yig‘indisidan tashkil topadigan 
insonning zohiriy va botiniy ma’naviyati, ruhiyati olamidir. YUqoridagilar ma’naviy 
madaniyatning inson va jamiyat faoliyatida namoyon bo‘luvchi ko‘rinish va shakllaridir. 
Umuman madaniyat, shu jumladan ma’naviy madaniyat keng va sermazmun tushunchadir. Har 
bir insoning oilada, mehnatda, o‘qishda, odamlar orasida va jamiyat ijtimoiy – siyosiy hayotidagi 
harakatlari ma’naviy madaniyat mezonlari bilan o‘lchanadi. Madaniyat singari ma’naviy 
madaniyat ham insoning ko‘p qirrali hayot faoliyati bo‘lib, u shaxsning ma’naviy-ahloqiy 
dunyosini, oilaga, san’atga, ma’naviy merosimizga, tabiatga munosabatini, kishilar bilan o‘zaro 
munosabatini, ko‘cha-kuydagi, jamoat joylaridagi hatti-harakatini o‘z ichiga oladi. Agar ana shu 
umumiy zanjirning bironta bo‘g‘ini tushib qolsa, bundan odamning o‘ziga ham, jamiyatga 
hamda oilaga ma’lum darajada zarar etadi. Insoning dunyoqarashini, didini, ilm-hunarga 
munosabati, axloqi kabi ma’naviy madaniyatini tarbiyalash tuganmas jarayondir. Ma’naviy 
madaniyat, ya’ni ta’lim-tarbiya topganlik madaniyati har bir odamning birinchi qadamidan, 
«qush uyasida ko‘rganini qiladi» deganlaridek oilada, ota-ona, aka-uka, opa – singil 
namunasidan boshlanadi. So‘ng esa bog‘chada va maktabda berilgan saboqlardan boshlanib, 
jamiyatdagi aloqalari orqali butun umri davomida sayqal topib boradi. 
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, 
xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish 
jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar 
rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik 
zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi. 
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. 
Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas. 
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni 
ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarshi mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab 
chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat 
qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib 
va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida 
ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va 
jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks 
ettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish bilan cheklanib qolmaslik kerak. 
Madaniyatga kishilarning bir-biriga munosabatlari, oila, maktab, oliygoh, korxona, tashkilotlar, 
muassasalardagi o‘zaro munosabatlari ham kiradi.
Madaniy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri uning to‘xtovsiz ravishda boyib borishi 
va rivojlanishidan iborat. Jamiyat rivojlanib borishi bilan madaniyat ham sifat jihatidan 
o‘zgaradi. Bu degan so‘z, jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o‘zgarishini talab qiladi, 
madaniyatning yangilanishi esa o‘z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi oldingi jamiyatning madaniy yutuqlarini zaruriy 
ravishda meros qilib oladi, uni qayta ishlaydi, undan ijodiy foydalanadi, uni yangi yuqori 
bosqichga ko‘taradi. Insoniyat tomonidan yaratilgan eng yaxshi va qimmatli narsalar, moddiy va 
ma’naviy boyliklar yangi tarixiy sharoitda o‘zlashtiriladi, qayta ishlanadi va rivojlantiriladi. Har 


143 
bir avlod o‘zi uchun maxsus yangi moddiy madaniy baza tashkil etmaydi, ilm-fan va 
madaniyatni yangitdan yaratmaydi, balki o‘zidan oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan moddiy 
va ma’naviy madaniyatdan meros sifatida foydalanib uni rivojlantiradi, yangi yuqori bosqichga 
ko‘taradi.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, 
me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari barchaga 
tegishlidir.
Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. CHunki u 
qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, baribir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi. 
Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan 
yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradi. Masalan, umuminsonyat 
mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlaridagi xunarmandchilik va arxitektura 
durdonalari, eng avvalo O‘zbeklarniki, ularga O‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy 
jilo berganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. 
Xuddi ana shu xususiyati bilan ular milliy hisoblanadi.
SHuning bilan ana shu sa’nat asarlari o‘zining takrorlanmas qiymati, yuksakligi va butun 
insoniyatning ma’naviy bahra olishiga xizmat qilishi darajasi bilan umuminsoniyat mulkiga 
aylangandir.
Demakki, madaniyat ham ma’naviyat kabi milliy va umuminsoniy shaklida namoyon bo‘ladi va 
rivojlanadi. 
Prezidentimiz milliy ma’naviyat haqida to‘xtab: “...har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini 
uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Bu borada... ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng 
muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”,
44
-deb ta’kidlagan edi.
Milliy ma’naviyat, va madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham 
mukammal shakllanmaydi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati va madaniyati tarixining ibtidosi 
asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, ularning necha ming yillik ma’naviy kamolot pillapoyalarini 
bosib o‘tganligini aniqlash bugun uchun anchayin murakkab muammo.
Boshqacha qilib aytganda, bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo‘lib yashagan, 
zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu fan barq urib yashnagani tabiiy ilmlar, xususan, 
tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o‘qitilgani, ilmiy akademiyalar 
tashkil etilib, mag‘ribu mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g‘ururlansak 
arpziydi.
O‘tmishda xalqimiz ma’naviy madaniyatining uzviy qismi bo‘lgan Islom dinini rivojlanntirishga 
ham o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi hammamizga ma’lum.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 
diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni o‘rganish, asrash va himoya qilish, shu asosda yosh avlodimiz 
qalbi va ongiga ezgu g‘oyalarini singdirish bo‘yicha keng miqyoda amaliy ishlar olib 
borilmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Toshkent va boshqa qadimiy 
shaharlarimizdagi xalqimiz moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘zida ifoda etgan sharq 
memorchilik san’atining durdonalari bo‘lmish tarixiy obidalarini saqlash, ularni qayta tiklash va 
ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. CHunonchi mustaqillik yillari 
Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq 
G‘ijduvoniy va Buhouddin Naqishband, Minorai Kalon, va Masjidi Kalon majmualari, 
Farg‘onadagi Ag‘mad Farg‘oniy va Burhonuddin Marg‘iloniy yodgorliklari, Surxondaryodagi 
Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Hivadagi Ichan qal’a, SHahrisabizdagi Dorut – tilovat, 
Qarshi shahridagi Odina va Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayh maqbarasi, 
Toshkentdagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi singari o‘nlab qadamjolarni obod etish 
bo‘yicha keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borildi.
44
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 29-30 бетлар.


144 
Islom sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga o‘zlarining ilmiy-ma’naviy merosi bilan ulkan hissa 
qo‘shgan buyuk ilmu –ulamolarning noyob va mo‘‘tabar ma’naviy merosini saqlab, asrab – 
avaylash, o‘rganish, ularni keng omma, ayniqsa yoshlar ongiga sigdirish, jahon jamoatchiligiga 
targ‘ib va tarannum etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
O‘tmishda yurtimizda ana shunday madaniy va ma’naviy meros sobiq sho‘ro davrida ham 
mavjud edi. Jumladan, tarixiy – ma’naviy qo‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va 
ulardan faqat tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu ma’naviy 
merosimizni asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur o‘rganish, ma’naviy hayotimizning 
uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. Bunga jur’at qilgan 
odamlarning qanday tazyiq va xavf-xatarlarga uchrashi muqararligini yaqin o‘tmishimiz bilan 
tanish bo‘lgan har qaysi o‘rta va keksa avlod yaxshi biladi. Tarixiiy madaniy – me’moriy 
madaniyat yodgorliklari –masjid va madrasalar, maqbaralar qarovsiz, xaroba holga kelib qolgan 
edi. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq diniy ma’naviy- madaniy merosimizga bo‘lgan 
bunday salbiy munosabatga chek qo‘yildi, ajdodlarimiz tamonidan yaratilgan boy ma’naviy va 
madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglash va bu bilan faxrlanish yo‘lida qator tadbirlar 
amalga oshirildi. Ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos 
katta hissa bo‘lib qo‘shilgan asarlarni teranroq o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi. 
YUrtdoshlarimiz Imom at-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Imom al-Buxoriy, Baxouddin 
Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturudiy va 
boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o‘rganilib, ularning o‘lmas asarlari xalqimiz 
ma’naviy hazinasiga qaytarildi. Mazkur ulug‘ zotlar mangu qo‘nim topgan joylar 
obodonlashtirilib xalqimizning ziyoratgohlariga aylantirildi. Zotan bu buyuk siymolar odamlar 
ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat, insonparvarlik kabi umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni 
singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulik yo‘lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti bo‘lmish AYSESKO tomonidan 
Toshkent shahriga 2007 yilda «Islom madaniyati poytaxti»degan yuksak nom berilishi 
yurtimizda etishib chiqqan ilmu ulamolarning Islom madaniyati va ma’rifati rivojiga qo‘shgan 
bebaho hisasini islom dunyosida e’tirof etilishidir.
Ular qoldirib ketgan ma’naviy meros bugungi kunda diniy qadriyatlarimizni tiklashimizning 
asosi bo‘lmoqda, ma’naviyatimizni, qalbimiz va ruhiyatimizni boyitmoqda. Ularning asarlari 
o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy boyligi bo‘lishi bilan birga butun dunyo xalqlarining 
mulkiga aylangandir.
Avlod-ajdodlarimizdan qoldirilgan ana shu moddiy va ma’naviy meros mustaqillik sharoitida 
ma’naviy tiklanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy rivojlanishimiz uchun asosiy manba bo‘lib 
kelayotganligi, ruhiyatimizni boyitib borayotganligi madaniyat va ma’naviyatning har doim 
uyg‘un rivojlanishini tasdiqlovchi yorqin misol bo‘la oladi. Ular har doim bir-birlariga ijobiy 
ta’sir o‘tkazib o‘zaro bir-birlarini boyitib kelganlar. Ularning uzviyligi umummilliy 
ma’naviyatimizni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish